“Bank menejmenti va marketingi” fanidan
MA’RUZA MATNI
1 Mavzu. Bank menejmenti va marketingi faniga kirish
Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va uning boshqa fanlar
bilan uzviy bog‘liqligi.
Bank menejmenti va marketingi fanining maqsad va vazifalari.
Bank menejmenti va marketingining banklar faoliyatidagi ahamiyati.
Bank menejmentining mazmuni va uning nazariy asoslari.
Bank menejmentining maqsadi va vazifalari.
Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi va unda tartibga solish va
nazoratning o‘rni.
1. Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va uning boshqa
fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Bank menejmenti va marketingi fanining
maqsad va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor
sohalardan biri hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning etakchi davlatlari
qatoriga chiqib olishni vazifasi belgilagan respublikamiz taraqqiyotida va iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda bank va bank tizimining salmoqli ulushi bor.
O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida
mamlakatimizda ikki pog‘onali bank tizimi shakllantirildi va banklarning amalga
oshiradigan operatsiyalari xalqaro darajaga ko‘tarildi. Xususan bank tizimining
erkinlashtirilishi va xususiylashtirilishi bunga misol bo‘la oladi. Banklarning
ixtisoslashuvidan voz kechish va ular faoliyatining universallashuvi ham aynan
mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning biri hisoblanadi.
Har bir korxona va tashkilot faliyatini amalga oshirishda muhim masalalardan
biri sifatida boshqaruv masalasiga duch keladi. Tijorat banklari ham ko‘zlangan
strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun samarali boshqaruv tizimiga ega
bo‘lishi talab etiladi.
Prezidentimiz I.A. Karimov o‘z ma’ruzalarida «Bozor iqtisodiyotiga asoslangan
jamiyat qurish uchun avvalambor, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xizmat
qiladigan tarmoqlar, jumladan, tijorat banklari tarmog‘i faoliyatini rivojlantirmay
turib, ma’rifatli bozor sari aniq qadam tashlash to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi
mumkin emas.»deb ta’kidlab o‘tganlar. Mamlakatimiz Hukumati va Markaziy
banki iqtisodiyotni bosqichma-bosqich isloh qilish qoidasiga rioya qilgan holda
bank-moliya sektorida samaradorlikka erishishga, institutsional o‘zgarishlarning
unumdorligini oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirishga katta e’tibor
qaratmoqda. CHunki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari aynan bank
tizimining barqarorligiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 22 yanvarida bo‘lib
o‘tgan 1-sessiyasi 2-chaqirig‘ida Prezident Islom Karimov so‘zlagan nutqida
ta’kidlanganidek, iqtisodiyotning erkinlashuvi va korxonalarning iqtisodiy faoliyat
erkinligining kengayishi, bir tomondan davlatning boshqaruv rolini qisman
cheklashni talab etadi hamda boshqa tomondan bu ularning daromadlarini samarali
joylashtirishga imkon beruvchi sharoit va erkinlik yaratish uchun kerak bo‘ladi.
Afsuski, shunday bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi bank tizimida xozircha hal etilmagan
masalalar mavjud, ayniqsa, ko‘p tarmoqli bank tizimini shakllantirish, bank
tizimidagi boshqaruvni qisman erkinlashtirilishi bank tizimini xususiylashtirish, va
bank boshqaruvchilari tomonidan zamonaviy korporativ boshqaruv tajribasi
egallanishi sohasida bir qator echimini kutayotgan muammolar mavjud.
Tijorat banklari iqtisodiyotdagi pul malag‘larini saqlash, ularni daromad
keltiradigan operatsiyalariga yo‘naltirish va mijozlarga turli moliviy xizmatlarni
ko‘rsatadi. Ushbu jarayonda bank yuqori foyda olishni ko‘zlagan holda o‘zining
faoliyatini amalga oshiradi. Banklar iqtisodiyotning asosiy qon tomirlari
hisoblanib, ayniqsa hozirgi global moliyaviy-iыtisodiy inqiroz sharoitida tijorat
banklarining roli va mavqei yanada oshmoqda.
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolining nechog‘lik yuqori ekanligi
bevosita banklarning bajaradigan funksiyalari bilan bog‘liq. Quyidagi rasmda
zamonaviy banklarning funksiyalari keltirib o‘tilgan.
Banklar turli xildagi moliyaviy xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshirib,
pul va tovarlar bozorida o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Ayniqsa, hozirgi bank
texnologiyalari rivojlangan sharoitda banklarning zamonaviy operatsiyalarini
rivojlantirib, ularni sifat va miqdor jihatdan takomillashuviga xizmat qiladi.
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish fiskal va monetar
usullar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklari faoliyatini boshqarishda va uni
tartibga solib borishda monetar vositalardan foydalanish samarali va ta’sirchanligi
yuqoriligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va uni
boshqarish jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bilvosita
usullar orqali aralashadi. O‘zbekiston Respublikasini “O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 8 bo‘limida Markaziy bank tijorat
banklari, kredit uyushmalari va lombardlar faoliyatini tartibga solish hamda
nazorat qilish masalalari ko‘rib o‘tilgan. Demak, Markaziy bank tijorat banklari
bajarishi lozim bo‘lgan iqtisodiy normativlarni o‘rnatishi va unga barcha kredit
tashkilotlari amal qilishi qonunlar asosida belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki makrodarajada o‘z faoliyatini
amalga oshirib, pul muomalasini tartibga solish, naqd va naqd pulsiz hisob-
kitoblarni tashkil etish, valyuta kursini belgilash, monetar siyosatni amalga
oshirish va kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish hamda tartibga solish
vaziflarini bajaradi.
Iqtisodiyotda turli mulkchilikning shakllanishi va ular salmog‘ini oshishi
ishlab chiqarishning kengayishiga, YAIM, to‘lov aylanmasi, investsiyalar va kredit
qo‘yilmalari hajmining o‘sishiga zamin yaratadi. Jamiyatda sub’ektlarning son
jihatdan ko‘payishi, tijorat banklari xizmatlari ko‘lamining oshishiga sabab
bo‘ladi. Natijada bank xizmatlari bo‘lgan talab oshib, ularni yanada rivojlantirish
talab etiladi.
Inqiroz davrida tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish va uni
boshqarish murakkab hisoblanib, pul muomasalasi, tovar aylanmasi va ishlab
chiqarishdagi muvozanat buzilib, iqtisodiyotda nomutanosiblik kuchayadi. Inqiroz
sharoitida banklar moliya va bank xizmatlari bozorida o‘zining mavqeini saqlashi
va zarur likvidlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlashi lozim. Global moliyaviy-iqtisodiy
inqiroz sharoitida tijorat banklarining mahsulot va xizmatlari salmog‘i pasayish
tendensiyasi kuzatiladi. Lekin, iqtisodiy o‘sishga erishish bilan moliyaviy
xizmatlarga bo‘lgan talab oshadi. Bunday sharoitda tijorat banklari faoliyatini
boshqarish, bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirishni talab etadi.
Xususan, banklarning tashqi iqtisodiy faoliyati, norezident banklar va mijozlar
bilan munosabatlarining rivojlanishi boshqaruv tizimini rivojlantirish zarurligini
ko‘rsatadi. Banklarda samarali menejmentning tashkil etilishi bank barqarorligi va
daromadliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |