Kasbi bo’yicha O’quv dasturlari to’plami


Namunaviy mavzular rejasi



Download 5,72 Mb.
bet53/134
Sana20.03.2022
Hajmi5,72 Mb.
#504557
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Bog'liq
O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan t

Namunaviy mavzular rejasi





Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Labaratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

1

1

1

-













I bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar

2

1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida tarbiyalash

1

1

1

-













3

2-mavzu. O`quv reja, dastur, taqvim-mavzu rejasi, to`garak rejasining mazmuni

2

2

1

1













4

3-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak mashg`ulot turlari, usullari, shakli.

1

1

1

-













5

4-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagida ta`lim tizimlari va tamoyillari,

1

1

1

-













6

5-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak rahbarining o`quv yili va mashg`ulotlarga tayyorgarligi.

3

1

1

-










2

7

6-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garak mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.

4

1

1













3

8

7-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi jarayonida kasbga yo`llash ishlari.

1

1

1

-













II bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi mashg`ulotlarini tashkil etishni o`rgatish masalalari

9

1-mavzu. Bichish-tikishga o`rgatish to`garagi uchun moddiy ta`minot.

1

1

-

1













10

2-mavzu. Tikuvchilik materialshunosligi bo`limini o`qitish metodikasi.

2

2

-

2













11

3-mavzu. Tikuvchilik asbob-uskunalari va ularni ishlatishni o`rgatish metodikasi.

2

2

-

2













12

4-mavzu. Ayollar va bolalar kiyimlarini loyihalash va badiiy bezash bo`limini o`rgatish metodikasi.

5

2

-







2




3

13

5-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi bo`limini o`rgatish metodikasi.

2

2

-

2













14

11-mavzu. Tikuvchilik buyumlarini ta`mirlashni o`rgatish. Yakuniy nazorat.

2

2

-

2
















jami

28

20

8

10




2

6

8



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Bichish – tikishni o`rgatish metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, tikuvchilik ish qurollari, gazlama namunalari bo`laklari, tikuv mashinsi, to`garak mashg`uloti ishlanmalari, amaliy ishlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar, tikuvchilik buyumlari eskizlari, andazalari, namunalari.
O`qitishning texnik vositalari
1. Jihozlar, inventarlar.
2. Didaktik materiallar va texnik vositalar:
- televizor, ekran, shaxsiy kompyuter
- mavzu bo`yicha disketlar - kodoskop
- videoko`z
- slaydlar
- kartochka-topshiriqlar va dasturlashtirilgan topshiriqlar, testlar
3. O`quv ko`rgazma qurollari, o`quv dasturlari bo`yicha plakatlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Barkamol avlod bobalar markazining Nizomi, Davlat talablari. – T.: 2011
2. M.Abdullayeva, X.SH.Boboxonova. Bichish-tikishni o’rgatish metodikasi.-T.2010.
3. N.Gairova, X.Boboxonova.Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari –T.: 2007
4. Q.M.Abdullaueva.N.Gairova. Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash.-T.:2010
5. R.I.Yegorova. Bichish-tikishni o`rganing. – T.: 1991.
6. V.A.Ponkratova. Tikuvchilikdan ishlab chiqarish ta`limi asoslari. – T.: 1993.
7. “Tikuvchi chevar” Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. 2004
8. “Burda” jurnallari.


Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i

  1. http:// ziyonet.uz/ru Tikuv texnologiyasi

  2. http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye

  3. http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash

  4. http://www.osinka.ru/sewing/modelling/ Конструирование и моделирование одежды

  5. http:// www.modnaya.ru Tikuvchilik sirlar

  6. http://tikuvchilik.wikidot.com/start Kiyimlarni tikishda ishlatiladigan matolar

  7. http://tikuvchilik.wikidot.com/foto-galeriya Foto galleria

  8. http://www.modnaya.ru/world/collection/f2012rtw/milly.htm коллекция pret-a-porter 2012 9.http://www.ms77.ru/products/domestic/atelie/?search=burda&page=24 Burda jurnallari 10.http://www.ziyonet.uz/ru/library/libid/30500/offset/0 Tolalali materiallarga birlamchi ishlovberish

  9. http://shyu.ru/ Уроки шитья

  10. http://shyu.ru/tips.html Шьем своими руками

  11. www.burda moden.com Burda jurnali2.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI

Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.10
“15” avgust 2012-yil

Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan



Tikuvchilik texnologiyasi


fanidan o`quv DASTURI


Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).





Tuzuvchilar:

X.babaxonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi













Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, PFN
















M.Nabiyeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi.















Kirish
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiy fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini tanlash O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridir. Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunlariga muvofiq holda tuzilgan bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta`lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlarga asoslangan hamda yuksak umumiy kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka intiladigan, istiqbol vazifalarni hal etishga qodir kadrlarni tayyorlashga yo`naltirilgan.
Milliy dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tiklash va puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishni, davlat va oila oldida javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Uzluksiz ta`lim tizimi turi bo`lgan kasb-hunar kollejlari tegishli davlat ta`lim standartlari doirasida o`rta maxsus kasb-hunar ta`limini beradi. O`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, tanlangan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisosni tanlash imkoni yaratiladi.
Pedagogika kasb-hunar kollejini bitirib chiqayotgan har bir bo`lajak to`garak tashkilotchisi maxsus puxta kasb tayyorgarligiga ega bo`lishi kerak. Bichish-tikish to`garagini olib boruvchi rahbarning kasbiy tayyorgarligi mutaxassislik qobiliyatiga bog`liq. “Tikuvchilik texnologiyasi” fani mana shu qobiliyatni shakllantirishda mutaxassislik fani hisoblanadi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo`lajak to`garak rahbarlarining kasbiy mahoratlarni egallashlarini ta’minlash, ya`ni yengil kiyimlarni bichish-tikish sirlarini o`rgatish, tikuvchilikda qo`llaniladigan qo`l ishlari uchun asbob-uskuna, moslamalar, tikuv mashinalaridan, dazmollash uskunalaridan unumli foydalanishni bilish, to`garak a`zolarini har tomonlama tarbiyalash, badiiy didini o`stirish, mehnatga ijodiy munosabatda bo`lishini ta`minlashdir. Bu fan bo`yicha bo`lajak to`garak rahbarlari mutaxassislik bo`yicha tayyorgarlik darajasiga, ya`ni “Tikuvchilikda yagona ta`rif-mutaxassislik ma`lumotnomasi”da ko`rsatilgan bilim, ko`nikma, malakalarga ega bo`lishi kerak.
Tikuvchilik texnologiyasi fani bo`yicha bilimlar berishda ayollar kiyimi tikuvchisiga oid kasbiy tayyorgarlik berish asoslariga tayaniladi. O`quvchilar tikuvchilik sanoatining xalq xo`jaligidagi ahamiyati, yakka buyurtma, xususiy korxonalar faoliyati kelgusida rivojlanish rejalari, mehnatni ilmiy tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish omillari, har xil ish qurollari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari, tikuvchilik buyumlarini tikish ketma-ketligi jarayoni bilan tanishtiriladi va grafik ko`rinishini chizish va o`qish o`rgatiladi. Tikuvchilik texnologiyasi darslarida o`quvchilarning dastlabki ko`nikma, malakalarini hosil qilishda ishlab chiqarish qiymatiga ega bo`lmagan gazlama bo`laklari orqali amalga oshiriladi. Masalan: qo`l qaviqlari, mashina choklari, cho`ntak qopqoqlari, yoqalar, cho`ntaklar, vitochkalar, yenglar, bo`yin o`yindisiga ishlov berish usullari, ko`ylak bel qismiga ishlov berish usullari, kiyim bezaklari, belbog`lar, bog`ichlar, kamar tutgichlar tikiladi, detal qirqimlariga ishlov berish usullari, yubka etagi va shimning pochasini tikish usullari bajariladi. Fanni o`qitishda asosan rejada ko`rsatilgan buyumni tikishni o`rgatishda tikilayotgan buyum eskizini chizish, tasnif yozish, tikish bosqichlarinini tanlash, andaza va gazlamani bichishga tayyorlash, tikish texnologiyasi ketma- ketligi xaritasini tuzish, buyum maketini tayyorlash ishlari bajariladi. Bu vaqtda o`quvchilarda kiyim tikish texnologiyasi asoslari bo`yicha ko`nikma hosil bo`ladi. “Tikuvchilik malakalarini takomillashtirish” o`quv amaliyoti jarayonida ko`nikma malakaga aylanib, yana ham mustahkamlanadi. O`quv rejasiga asosan 3 bosqichda o`quv yili davomida 180 soatlik o`quv amaliyoti o`tkaziladi. Bu davrda o`quvchilar “Tikuvchilik texnologiyasi”fanida egallagan ko`nikmga asoslanib, o`quv amaliyotida ko`rsatilgan buyumlarni o`z o`lchamlarida tikishni o`rganish orqali ko`nikmalarni mustahkamlab, malaka hosil qilish imkoniyati yaratiladi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish