Kashtachilik naqsh elementlaridan foydalanib ayollar zamonaviy libos loyhasini yaratish


II BOB. IJRO ETILAYOTGAN SAHNAVIY ASAR LIBOSLARI MATOLARINI TAHLILI



Download 11,15 Mb.
bet13/25
Sana06.07.2022
Hajmi11,15 Mb.
#751033
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Madinabonu Nomonjonovna ILMIYDISSERTATSIYA ISHI. 2M-20 (2)

II BOB. IJRO ETILAYOTGAN SAHNAVIY ASAR LIBOSLARI MATOLARINI TAHLILI
2.1. Milliy sahna asarlarida qo’llanilayotgan matolar assortimenti va ularning tahlili
Milliy asarlardagi kiyiladigan kiyim-kechak, sifatli materiallardan tayyorlangan, har qanday shaklga mos keladigan, ranglarning xilma-xilligi yuqori va barcha sifat standartlariga mos keladigan materiallardan tayyorlanishi kerak. Liboslar doimo sahnada harakatlanishda, suvni yaxshi shimib, havoni yaxshi o’tkazishi juda muhim. Milliy sahna asarlarida tashqi ko’rinish matolar hususiyatlar juda muhim hisoblanadi. Ayniqsa qadimiy naqshlari, hoshiya, bezaklari, jiyaklaru va ranglar mutanosibligi ham juda muhim.
Sahna liboslari asosan tabiiy, chidamli, o’chmaydigan qolaversa uzoqroq muddatga hizmat ko’rsatadigan matolardan bo’lishi shart. Aralashtirilgan matolarning ko'pgina afzalliklari bor: ular gigroskopiklik xususiyatiga ega bo’lib, paxta kabi, ular ham "nafas olishga qulay", ammo g’ijimlanishi kamroq bo'ladi va tashqi deformatsiyalanishga chidamli bo’ladi, ular mahsulotning shaklini saqlaydi.
Мatolar. XIX asrda o‘zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolar qatoriga ip gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kiradi. Ip gazlamalarning turlari juda ko‘p. Аyniqsa, och jigarrang, sariq tusli bo‘zlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan barcha yoshdagi kishilar uchun choponlar, shuningdek, ichki kiyimlar, sallalar tikilgan. Аyollarning ro‘mollari, dakana va lachaklarini tikish uchun doka ishlatilgan. Erkaklarning ko‘ylaklari xomsurp, sidirg‘a chit, ip gazlamali qalamidan tikilgan. Yo‘l-yo‘l ip gazlama mato – alachalar ko‘proq chopon tikishda qo‘llanilgan. Chopon tikishda, shuningdek, bo‘z yoki karbos (oddiy bo‘yalmagan ip gazlama), bosma (ko‘proq qizil tusdagi gulli bo‘z), alacha (bo‘yalgan ipdan to‘qilgan yo‘l-yo‘l ip gazlama), yo‘l-yo‘l nimshoyi matolardan ham foydalanilgan. Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Мarg‘ilon, Namangan va boshqa shaharlarda an’anaviy o‘zbek ipak (kanovuz, shoyi, xonatlas), nimshoyi (beqasam, banoras, adras) gazlamalaridan tikilgan turfa kiyimlar boy-badavlat kishilar orasida rasm bo‘lgan. XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Оsiyoga Rusiyadan ip gazlama va boshqa matolarning keltirilishi sababli XIX asr oxiri va XX asr boshida mahalliy aholi orasida asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, bo‘z, kolenkor, xom surpdan tikilgan kiyim-kechaklarni kiyish rasm bo‘lgan. Boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rang barang movutlarni sotib ola boshlaganlar. Shunga qaramay, kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, bo‘z, nimshoyi kabi gazmollar (adras, beqasam, poshshoyi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilar)ning turli xillariga ehtiyoj katta bo‘lgan. Мa’lumki, o‘zbek xalqi o‘zining milliy marosimlarida alohida kiyinadi. Nikoh yoki xatna to‘yida kelin-kuyovlar liboslari, to‘y bolaning kiyimi, dafn marosimida marhumni yodlash davrida kiyiladigan liboslarga bo‘linadi.
Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqalanib, undan ayollarning ustki kiyimi bo’lmish paranji tikilgan. Adras - abr iplari bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir. Guli ikki tomonlama bo’lganligi uchun ayrim joylarda duro’ya deb ataladi. Arqoq ipi yo’g’onroq bo’lganligi uchun gazlama yuzasida ko’ndalang chiviqlar hosil bo’ladi. Gullari abr usulida bo’lib sariq, ko’k, pushti, qizil ranglar qo’llanilgan. Atlas - tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to’qiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abr bandi usulida bo’yab bezatiladi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko’ra u tovlanib turadi10
Mazkur turdagi gazlamalarni chiqaradigan to’quvchilik markazlari Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, Zandona, Farg’ona vodiysida Namangan, Beshariq tumanlarida mavjud edi. Adras va atlas to’qish Marg’ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr bshlarida bu yerda ko’plab adras to’quvchi atlas to’quvchi kosiblar bo’lishgan. Adras 1920- yillargacha Marg’ilon, Xo’jand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda to’qilib, O’rta Osiyo bozorlaridan tashqari Afg’oniston, Xitoy kabi qo’shni mamlakatlarda ham sotilgan.


Download 11,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish