Kecha va kunduz


Ena shevada ona ma’nosida ham, ota yoki onaning onasi ma’nosida ham ishlatiladi



Download 21,37 Kb.
bet3/4
Sana11.10.2022
Hajmi21,37 Kb.
#852354
1   2   3   4
Bog'liq
maqola Nurillayeva

Ena shevada ona ma’nosida ham, ota yoki onaning onasi ma’nosida ham ishlatiladi. Enajondan javob bo‘lmadi. Zebi o‘sha past ovoz bilan yana bir uyg‘otdi, enajon hali ham jim edi. Aravaning oldi tomonidan kelib, aravakash ham yordamlashdi: — Ho‘... xola, turing, kelib qoldik! (26-bet)
Bobo ota-onaning otasi. O‘zidan katta kishiga nisbatan hurmat, yaqinlik ma’nosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Eshon bobom sizdan dilgir emishlar, — deydi bir kun Qurvonbibi so‘figa (10-bet).
Tog‘a onaning akasi yoki ukasiga, ona tarafdan qarindosh erkaklarga nisbatan ishlatiladigan bu leksema asarda mingboshiga nisbatan qo‘llanilgan. Bu o‘rinda tog‘a so‘zi qarindoshlik ma’nosini emas, hurmat ma’nosini ifodalashga xizmat qilgan. Biz shu kechaga mingboshi tog‘aning qizi bilan kichik xotinini chaqirtiraylik (33-bet).
Xola onaning opasi yoki singlisiga nisbatan qo‘llaniladi. Asarda o‘zidan katta yoshli ayolga murojaat sifatida qo‘llanilgan.
2. Nikoh bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan qarindoshlik nomlari: er, xotin, kuyov, qaynona, qaynota, kelinbibi kabi. 
Er – erkak jinsiga mansub (erkak); xotin kishi bilan nikoh ahdida bo‘lgan erkak kishi (qalliq); mard, oliyjanob, jasur kishi (O‘TIL,V,45) semalarini ifodalaydiYo‘qsa, so‘fi erining dindor xotini bo‘lgan Qurvonbibi ham «bas endi!» deb ozmuncha qichqirmagan edi (8-bet). Asarda Akbarali mingboshining xotinlari nutqida er so‘zi o‘rnida kuyov so‘zining qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin. U chiqib ketgach, uchala kundosh bir yerga to‘planib, kuyovlarining avzoyini muhokama qildilar (85-bet). Yozuvchi bu o‘rinda erlarining so‘zi o‘rnida kuyovlarining leksemasini qo‘llash orqali tasvirning ta’sirchanligiga, o‘ziga xosligiga, milliy koloritni berishda o‘ziga xoslikni ta’minlashga erishgan. Kelin bo‘lib kelganingizga endi besh oy bo‘ldi. Halitdan boshingizga yangi kundosh orttirmoqchimisiz? Eringizning qayliqbozligini bilardingiz-ku! (41-bet).
Xotin so‘zi turkiy tillarda nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik termini bo‘lib, ma’no jihatdan er va erkak so‘zining ziddi hisoblanadi.Bu leksik birlik ilk marta qadimgi run bitigi “Kultegin”da “xonuma, zodagon ayol, oqsuyak ayol”ma’nosida qatun variantida ishlatilgan. J.Klosan qatun/xati “beka, xonim” terminining kelib chiqishini sug‘d tilidagi xwatun “hukmdor, zodagon zavjasi’ leksemasi bilan bog‘laydi. Xotinining ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo‘lsa, mo‘min-musulmon: — sharm-u hayoyuzasidan bo‘lsamikan? — xotinini «Xadicha» deb chaqiradi. Aksar ona-bola baravar «labbay!» deydi; shunday-da, oilaning haqiqiy egasi bo‘lgan ota: «Kattangni aytaman, kattangni!» deydi. Hatto shunda ham «Maryamni», demaydi...(9-bet)
Kundosh bir er nikohidagi bir necha xotin bo‘lib, bir-biriga nisbatan bu xotinlar kundosh sanaladi. Shundan keyin mingboshining kichik xotini Sultonxon katta kundoshining qizi bilan gapni bir joyga qo‘yib, o‘rnidan turdi (39-bet).
Kichik buvi. Qiz bechora, bu kulishlarning nimaligini anglayolmasdan hayron bo‘lib, dam onasiga, dam kichik buvisiga qarardi...(50-bet) Kichik buvi bu o‘rinda onasining kundoshiga, otasining kichik xotiniga nisbatan ishlatilgan. Asarda mingboshining o‘rtacha xotini Poshshaxon, Fazilatga kichik buvi hisoblanadi. Odatda buvi biz tahlil qilayotgan qavm-qarindoshlik guruhining birinchi qismiga mansub bo‘lsa-da, asarda bevosita nikohdan keyin hosil bo‘ladigan qarindoshlikni aks ettirgani uchun ham uni ikkinchi guruhga qo‘shishni ma’qul ko‘rdik. 
Kelinbibi akaning xotini (uka yoki singilga nisbatan)ga yoki yoshi katta ayollarga murojaat qilishda ishlatiladi. Hozirgi o‘zbek tilida shevalarda kelinoyi varianti ko‘proq ishlatilsa-da, asar tilida kelinbibi shaklida qo‘llanilgan. O‘tgan kuz biznikiga mehmon bo‘lib kelishdiku — kelinbibisi bilan birga? O‘shanda necha marta kishi yuborib chaqirtirdim, bormadingiz, otangiz javob bermadi... (5-bet).

Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish