I. 2. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash
tizimlari
Inson hayot faoliyati uchun tashqi nuhitda bo’ladigan o'zgarishlar
haqida yetarli ciarajadia axborotning bo'lishi va bu axborotni qaysi
mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik ko'rish
uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga ma'lum ma’noda tayyorgarlik
bo'lishi insonning yashash uchun kurash omilining asosi hisoblanadi.
Atrof-muhit holati haqidagi ma'lumot inson uchun shu muhitga
moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti mujjasi sifatidagi
axborot qabul qilish tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ular bu
axborotlarni inson miyasiga yetkazib beradi va bu yerda uning tahlili
amalga oshiriladi.
Inson yer yuzida hayot boshlangandan bed tashqi muhitda
bo'ladigan har turli o'zgarishlar, bo’ronlar, tabiiy ofatlar va boshqa har
qanday o'zgarishlarga ko'nikib, unga moslashib kelgan va shuning uchun
ham u ilgaridan uni ta'qib qilib kelayotgan tabiiy omillarga, masalan,
chang ta'siriga, zaharli moddalar ta'siriga, issiq va sovuqqa qarshi yetarli
ravishda kurash vositalarining reflekslari ta'minlangan. Buni changli
hududga tushib qolgan har qanday odam hech qanday ogohlantirishsiz u
yerdan tezroq chiqib ketish yok bu chang ta'sirini kamaytirish
15
imkoniyatmi beradigan ho'llangan dastro'molni burniga tutib nafas
yo'llarini changdan qisman bo'lsada, muhofazalanish tadbiri ko'riladi va
boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli omillar uchun ham huddi shunday
reflktor belgilar paydo bo'lgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida
hosil bo'ladigan xavfli omillarga insonda reflector yechimlari hal
qilinmagan. Masalan, elektr xavfi,elektromagnit maydonlari xavfi, har xil
nurlanishlar ayniqsa, yadro nurlanishlari inson uchun utilmagan xavf
manbasi hisoblanadi.
Demak, tashqi muhitdagi har qanday o'zgarishlar haqidagi axborot
bosh miyaga yetkazib beriladi va u yerda tahlil qilinib, qanday javob
reaksiyasi bo'lishi ta'minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson
hayotiga xavf solishi mumkin bo'lgan holatlardan chetlab o'tiladi, ya'ni
uning zarbalar va halokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko'riladi.
Masalan, tashqi muhit havosi harorati ko'tarilganda, agar bu butun tana
haroratini ko'tarilishiga olib keladigan .bo'lsa va bu inson organizmiga
(bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli bo'lsa, bunga qarshi tezda chora
ko'riladi, ya'ni harakat yo'nalishi bo'yicha salqinroq yerga o'tib ketiladi
yoki ichki zaxiralar hisobiga, ya'ni ichki issiqlikni kamaytirish, issiqlik
ajralishini ko'paytirish hisobiga bo’lishi mumkin.
Odamning tashqi muhit bilan bog'lovchi sezgi organlarining tashqi
muhit ta'siridan jumbushga kelishi holatlarini bir necha turkumga
bo'linadi:
- mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta'sir ko'rsatuvchi umumiy
tanaga suyak va pay to'qimalariga ta'sir ko'rsatganda, ten va harakatlanish
organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar
hisoblanadi;
- issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muhit
issiqligini birdek ko'rsatadigan sezgi bo’lib, bular, shuningdek, ichki
organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar
sezgilarini ham o'zida mujassamlagan bo'ladi;
- kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta'siriga asoslangan
sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan
bo'ladi;
- foto sezgilar, bular yorug'lik ta'sirida jumbushga keladigan sezgilar
hisoblanadi;
- og'riq sezgilari,ular ma'lum turkumlarga bo'linib, ba'zi birlari
mexanik bg'riqlar sifatida, kimyoviy og'riqlar va issig'lik ta'sirida vujudga
keladigan sezgilar hisoblanadi.
Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko'rish, eshitish; hid
16
bilish, tam bilish, og'riq sezgilari va inson tanasining fazodagi holatiga
taalluqli bo'lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi.
Sezgilar morfologiya jihatdan hujayralardan tashkil topgan bo'lib,
unda harakatlanuvchi nerv tolasi bilan ta'minlanganligi sababli u
nihoyatda sezgirligi kuchli bo'ladi. Masalan, foto sezgilar uchun 5-10
kvant yorug'lik yetarli bo'lsa, hid bilish sezgisi uchun moddaning bir
molekulasi kifbya qiladi.
Sezgilarga jumbushga keltiruvchi moddalarning ko'p vaqt ta'sir
qiiishi,
ularnibunioddaga
moslashishi
natijasida
ularning
sezish
qobiliyatini kuchsizlantirib yuborishi mumkin. Ammo bu modda
birmuncha vaqt yo'q bo'lib qolsa, sezgi yangidan kuchayishi kuzatiladi.
Sezgilarning moslashish bo'yicha biror qonuniyati yo'q. Lekin har xil
sezgilar jumtushga keltiruvchi moddalarga yoki holatlarga moslashishi har
xil ekanligi kuzatilgan. Sezgilar og'riq va kimyoviy sezgilarga umuman
moslashmaydi.
Sezgilar
tomonidan
qabul
qilingan
ma'lumotlar
nervlarda
mujassamlanib, uni markaziy organlarga tahlil qilish uchun yuboriladi. Bu
ma'lumotlar tahlildan keyin bajarish organlariga yuboriladi. Ba'zi bir
.ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri bajarish organlariga jo'natiladi. Bu so’zsiz
tug’ma nasldan naslga o'tuvchi reflekslarga asoslangan sezgilar bo'lib
bularga elektr toki va issiqlik yoki kimyoviy moddalar ta'siriga tushib
qolgan taqdirda inson organizmida bo'ladigan reaksiya natijasida undan
keskin chiqib ketish hoiatiarini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta'kidlash
joizki, bunday so'zsiz reflekslar ham juda mukammal ko'p komponentli
reaksiyalardan tashkil topganligini unutmaslik kerak.
Jumbushga keltiruvchi moddalarning uzoq vaqt ta'siridan olingan
tajriba asosida shartli reflekslar paydo bo'ladi.
Odam organizmida tavsif o'zgarishi tashqi muhit ta'sirining
davomliylgaiga bog'liq bo'ladi. Masalan, nafas olayotgan havo tarkibida
kislorodning qisqa muddatli kamayishi tezroq nafas olish yo'li bilan va
qon aylanishni tezlashtirish hisobiga organizmdagi kislorod tanqisligini
bartaraf etadi. Uzoq muddat davom etadigan kislorod tanqisligini
qoplashda (masalan, baland tog'larda) butunlay boshqa mexanizmlar ishga
tushadi,
qon
tarkibidagi
eritrotsidning
miqdori
ortadi
va
bu
gemoglabinning kislorod bog’liqligini o'zgartiradi va fernientlar
aktivligini oshiradi.
Ko'pincha tashqi sezgilarga organizmdagi o'zgarishlar bir necha
sezgilarning birgalashib yuborgan ma'lumotlari asosida markaziy nerv
tizimining qaysi biriga asoslanganligiga chegara qo'yish imkoniyati
17
deyarli yo'q. Masalan, engashib ishlayotgan odamga sezgilarning bir
nechtasi ta'sir ko'rsatadi. Bularning asosiy sezgi yo'nalishlari asosan
ko'tarish
va
harakatlanish
mexanizmlarini
muvofiqlashtirishga
asoslanganligi ma'lum.
Insonning ko'zi uning asosiy hayot kechirish bmilida qanday
mavqeni egallashini idrok etish mumkin. Ko'zning ko'rishi tashqi
muhitning yoritilganligiga bog'liq bo'lib, odamning ko'zi 380—770 nm
to'lqin tebranishlaridagi ko'rinadigan nurlarni ko'rish imkoniyatigi va
buning natijasi sifatida hamma narsani shu nur yorug'ligida ko'radi.
Eshitish vositasi quloq mukammal tuzilgan, tovush to'lqinlarning
16-0000 Gs chegaradagi tovushlarni aynan eshitish imkoniyatini
beradigan insonning yetti muchasidan biri hisoblanadi. Sezgi sifatida
insonni kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlovchi asosiy vosita hisoblanadi.
Hid bilish xususiyati har xil moddalarning hidini har xil sezish
imkoniyatlari mavjud. Ba'zi bir moddalarning hidi nihoyatda oz miqdorda
seziladi.
Hid bilish xususiyati inson uchun tashqi muhit bilan bog'lanish
imkoniyatini yaratuvchi asosiy mujjalardan biri hisoblanadi. Ba'zi bir
moddalarning hidini nihoyatda kam miqdorda bo'lsa-da, inson uni sezadi.
Tam bilish ham muhim ahamiyat kashf etadigan maxsus sezgi
sifatida ifodalanadi
Sezish xususiyati odamda juda murakkab xususiyat bo'lib,
odamning tashqi muhit bilan bo'ladigan hamma muloqotlarini
hisobga oladi. Bunda teri, pay-muskul birikmalari va shilimshiq
moddadan tashkil topgan odam tanasidagi ma'lum joylarda jumbushga
kelish natijasida vujudga keladigan sezgi ifodasi hisoblanadi.
Teri inson tanasini o'rab turuvchi tashqi qatlam sifatida
murakkab tuzilishga ega bo'lgan tuzilmadan iborat bo'lib, uning
bajaradigan vazifalari hayot uchun juda muhim hisoblanadi. Teri odam
tanasini tashqi muhit ta'siridan saqlabgina qolmasdan, balki sezgi
belgilarini va sezgi qabul qilgan axborotlarini yetkazish bilan birga yana
hayot uchun zarur bo'lgan modda almashish jarayonini ham bajaradi va
shuningdek, organizm issiqlik balansini tutib turadigan termoregulatsiya
jarayonida ham ishtirok etadi.
Terining asosiy vazifasi tanani saqlash. Demak, teri muhofazalovchi
vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Teri ostida ma'lum qavat yog'ning
bo'lishi tananing har xil urilish, turtilish, ma'lum kuch bilan ta'sir
ko'rsatilganda, uning elastiklik xususiyati turtkilarni tanaga o'tmasligini
ta'minlaydi. Terining ustki qatlami terining chuqurroq qismlarini qurib
18
qolishdan saqlaydi. Terining tashqi qismi va yog'simon qatlami kislota va
boshqa o’yuvchi moddalar ta'siriga chidamli. Terida melanin pegmenti
bo'lganligi sababli, u quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlardan saqlaydi.
Terining har xil mikroblarni zararsizlantirish va o'ldirish xususiyati muhim
hisoblanadi. Terining tashqi qismidan kasallik tarqatuvchi mikroblar
o'taolmaydi, chunki teri yuzasida paydo bo'ladigan ter moysimon
moddalar bilan qo'shilishi natijasida nordon muhit paydo bo'ladi. Bu
muhofaza muhiti yog' va teri bezlarining birgalikdagi xizmatlari
hisoblanadi. Ularda shuningdek, ma'lum miqdorda yog’ kislotalari ham
ajralib chiqadi. Shuningdek, terining tashqi qismlarida ham oksidlanish
jarayoni bo'lib turadi. Shuning uchun ham teri nafas oladi deb yuritiladi.
Teri tarkibiga kislorodning kirib turishi teri kasalliklarini kelib chiqishini
oldini oladi.
Terining yana bir muhim xususiyati uning organizm termore-
gulatsiyasida ishtirok etishidir. Issiqlik ajratishning deyarli 80% i teri
orqali amalga, oshiriladi. Atmosfera havosi isib ketsa, teri tarkibidagi qon
tomirlari kengayadi va buning natijasida tashqi muhitga issiqlik ajralishi
ortadi. Past haroratlarda aksincha teri tarkibidagi qon tomirlari torayadi,
teri rangsizlanadi va issiqlik ajralishi kamayadi. Teri ma'lum ma’noda
organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonida ham ishtirok etadi.
Ayniqsa, orgamzmdagi suv, mineral moddalar va karbonvo-
dorodlarning almashinuv jarayonida erining xizmati beqiyos. Uni juda
katta hajmdagi va qon tomir sistemasiga boy va tanadagi hamma ichki
organlar bilan aloqada bo'lgan ulkan sekretsiya bezi sifatida qabul qilinishi
mumkin. Teri bu tashqi bosh miya sifatida tinim bilmas sog'lik qo'riqchisi
bo'lib, har doim markaziy bosh miyani har bir xavf- xatardan
ogohlantiradi.
Demak, ko'rib o'tilgan sezgilarning hammasi inson
organizmini hayot faoliyatini meyorida kechirishini ta'minlashga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |