standartlari sistemasi “Ish zonasi mikroiqlimi” ga asosan belgilangan.
muntazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklarni ko'tarishni talab qilmaydigan
ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga
kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga
bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv-to'qish ishlari, mexanik
ko'chirish va ko'tarish bilan bog'liq ashlar kiradi. Bunda energiya sarfi
soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik,
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va
28
qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan
organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini
ta'minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular
issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini
yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin
bo'lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik
holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga
chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarming kuchayishini
bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim o'rsatgichlarining
yig'indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq
nomo'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish
qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
1,2,3-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi
mumkin bo'lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda jadvalda keltirilgan
miqdorlar ta'minlanishi lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham
majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan, issiqlik ko'p ajralib
chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya,
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga (1,2-
jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga
qo'yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq
qotishini oldini olishga fqaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham
amal qilish zarur.
Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi
sharoitlarga emas, balki mehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda
o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham
hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o‘rtacha og'irlikdagi va og'ir
ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori harolatlarda va
harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo'l
qo'yilishi mumkin bo'lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan
ikkinchisiga o'tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati
10°C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan
tashqarida (1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o'zgarib turishi, yilning
issiq paytida esa (2-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa,
O'rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan sexlarda)
issiqlikning aniq ortiqcha bo'lishini ko'zda tutadi. Bu tashqi niuhitining
issiq bo'lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo'qotishni qiyinligi
bilan bog'liq.
Biroq bu holda ham normalar yo'l qo'ysa bo'ladigan maksimumni
chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bo'lgan sexlarda havoning harakat
29
tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
GOST12-1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va
namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va
narnlik kabilarni sun'iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan
qator qo'shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mayjud.
Do'stlaringiz bilan baham: