Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari, Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli va iptv ma'lumotlarni uzatish asoslari



Download 86,56 Kb.
bet1/8
Sana29.05.2022
Hajmi86,56 Kb.
#617941
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KAKT M 1 (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanidan


Mustaqil ish №1

Mavzu: Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari, Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli va IPTV ma'lumotlarni uzatish asoslari. NGN tarmoqlarida qo'llaniladigan turli texnologiyalar va ularning vazifalari va turlari.
NGC005-guruh.

Bajardi: Saidov Ismatjon.

Qabul qildi: Normatova Dilbar.

Toshkent-2022


Mavzu: Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli va IPTV ma'lumotlarni uzatish asoslari. NGN tarmoqlarida qo'llaniladigan turli texnologiyalar va ularning vazifalari va turlari.

Reja:

Kirish.

1. Keyingi avlod konvergent tarmoqlar haqida tushuncha. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari.


2. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli va IPTV ma'lumotlarni uzatish asoslari.
3. NGN tarmoqlarida qo'llaniladigan turli texnologiyalar va ularning vazifalari va turlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.
Insoniyat sivilizatsiyasi o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‘tishi bilan tavsiflanadi. O‘zgarishlarga boy bo‘lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg‘a qadam qo‘yish katta axamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. O‘zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan, bu hamjamiyatdagi o‘z o‘rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va Respublikaning axborotlashgan salohiyatini tushunishi va axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi takliflarni tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. SHuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish tezligi shunday katta hamda ma’lumotlarni ifodalash usuli shunchalik ommabop bo‘ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o‘zida ovozni, tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo‘ladi. Bunga qisman bo‘lsa ham erishilgan.

Download 86,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish