Kiberxavfsizlik asoslari fanidan tayyorlagan



Download 0,55 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#80017
Bog'liq
1-amaliy mashg'uloti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

KI ” FAKULTETI



2 – BOSQICH ATS-11-19 GURUH TALABASINING

KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI

FANIDAN TAYYORLAGAN

1-Amaliy mashg‘uloti

Bajardi: Boqiyev S



Qabul qildi: Bekkamov F

QARSHI – 2020

1-Amaliy ish



  1. Risk–grekcha so’z bo’lib, kemalarni halokatga olib boruvchi vaodamlarning o’limiga, mol-mulkining cho’kib ketishiga sabab bo’luvchi qoyanibildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to’siqlarga chap berib suzib o’tmoq”ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so’z “xavf ostida qolmoq” degan yangima’nodaqo’llanilyapti.Ushbu ta’rifda muallif risk tushunchasiga umumiy yondashib, uning tarixankelib chiqish o’zagini bayon qilgan. Haqiqatdan ham, bugungi kunga kelib riskbutunlay boshqa, ya’ni xavf-xatar, tavakkal degan ma’noda qo’llanilyapti. Risk – italiancha risico - xavf, рисковать – qoyani aylanib o’tish degan ma’noni bildiradi. Bu ta’rifda faqat risk so’zi va riskovat fe’lining lug’aviy ma’nolari keltirilgan. Ko’rib turganimizdek u ham birinchi ta’rifga o’xshash bo’lib, riskning tarixiy miohiyatini ifdalagan.Risk – insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo’lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo’lgan yo’qotishlar salmog’ini bildirgan hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo’rqish darajasiga moslashib turgan.Yuqoridagi ta’rifda ham riskka tarixan yondashilib, uning kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgani aytilgan. Aynan yo’qotishlar salmog’ining bildirgani bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, risk faqat yo’qotish ma’nosini bildiribgina qolmay, ayni paytda kutilmaganda foyda olish ehtimolini ham bildirishi mumkin. Risk – tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li esa tavakkal qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o’zini urish demakdir. Muallif riskka bugungi kun naqtai nazaridan ta’rif berib, uni faqat xavf bilan bog’lagan. Vaholanki risk o’zida xavf bilan bir qatorda noaniqlik, yo’qotish xususiyatlarni ham namoyon etadi. Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq
    ehtimollar o’lchamidir. Bu ta’rifda risk nafaqat yo’qotish ehtimoli, balki ana shu ehtimolning qiymat o’lchovi ekanligi ham aytilgan. Biroq doim ham bu ehtimolning qiymat o’lchovi
    mavjud bo’lavermaydi. Shu sababli yanda kengroq ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Risk – sodir etilish mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq, рисковать fe’li esa xav-xatardan qo’rqmay ish qilish degan ma’noni bildiradi.(S. Ojegov) Ushbu olim ham V. Dal singari risk tushunchasini faqat xavf bilan bog’lagan. Zarar ko’rish ehtimoli, noaniqlik ma’nolari chetda qolib ketgan. Chunki qanday qilib riskka borish emas, uning natijasi bizga ko’p jihatdan muhimdir. Risk – tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li esa xavf ostiga qoldirishga jur’at qilmoq. Bu ta’rifda ham muallif riskka faqat xavf nuqtai nazaridan yondashib, uni xavfli ish qilish deb aytadi. Vaholanki, risk avvalo ijobiy natijani ko’zlab qilinadi. Shunday ekan uni faqat xavf deyish to’gri emas. Bundan tashqari aksariyat turmush tarzimizda risklaga duch kelamiz. Bu degani faqat xavf xatar bilan yonma-yon yuramiz degani emas. Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, u o’z navbatida oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi. Risk haqida bildirilgan ushbu fikrda muallif yuqoridagilardan farqli ravishda uni noaniqlik bilan bog’laydi va oldindan ko’rish qiyin voqea sifatida ta’riflaydi. Darhaqiqat, risk oldindan aniq bilish mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liqdir. Aynan shu voqealarning oldindan baholangan natijasi bilan haqiqatdagi natijasi orasidagi farqda risk darajasi namoyon bo’ladi. Risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki zarar ko’rish ehtimolidir. Haqiqatdan ham risk bu rejalashtirilgan natija va haqiqatdagi natija o’rtasidagi farqda o’z ifodasini topadi. Ushbu farq salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab ko’zlangan daromad ham ko’payishi va kamayishi mumkin. Risk – bu noqulay (yoqimsiz) hodisaning sodir bo’lish ehtimoli va uning natijasi birlashmasidir. Bu ta’rif qisqa bo’lsa-da, riskning bugungi kundagi ma’nosini oldingilariga nisbatan kengroq ochib bergan. Chunki risk deganimizda yo’qotish yoki daromad ko’rish ehtimolinigina emas, uning (salbiy va ijobiy) natijasini ham tushunamiz. Risklarni o’rganishimizdan maqsad ham aynan shu natijani boshqarishdir. Risk – bu korxona resurslarining bir qismini yo’qotish daromad ola olmaslik, qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir Muallif riskka korxona nuqtai nazaridan yondashib, uni resurslar bir qismining yo’qotilish yoki xarajat vujudga kelish xavfi deb tushuntiradi. Lekin buni aynan riskning o’zi emas, balki uning natijasi deyish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Risk – bu faqat sirli noaniqlik, u yoki bu jarayon xavfi emas, balki muvaffaqiyatga erishish va salbiy omillarni yengishga ishongan subyektning
    noaniqlik sharoitidagi harakati. Albatta, risk avvalo harakatdir. Chunki barcha xo’jalik subyektlari yuqori foydani ko’zlab ish bajaradilar, tahlika yoki xavfni o’ylab emas. Ularning bu harakati noaniq ma’lumotlarga asoslangan bo’ladi xolos. Risk – biror zarar yetkazish xavfi bo’lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimoli. (S.Ushakov) Bu qisqa ta’rifda muallif riskni xavf va zarar bilan bog’lab tushuntirgan. Yuqorida aytib o’tganimizdek, uni faqat zarar yoki yo’qotish deb izohlash noo’rindir. Chunki risk zarar yoki yo’qotish bilan bir qatorda foyda ham keltirishi mumkin. Shu sababli ta’rifni yanada kengaytirish maqsadga muvfiqdir. Risk – bu noaniqlik emas, balki noaniqlik sharoitida xo’jalik subyektlarining faoliyat yuritishidir. Risk – kelajakning noaniqliqligi sababli kelgusi moliyaviy natijalarning noaniqligini xarakterlovchi kategoriya. Ushbu ta’rifda olim riskni kelgusi faoliyat noaniqligi bilan bog’lagan. Chunki kelgusi faoliyat qanday bo’lishini bilmaganligi sababli subyekt noaniq ma’lumotlar asosida qaror qabul qiladi. Ana shu qarorni amalga oshirishdagi harakat bu riskdir.
    Xususiy fikr: Risk bu tarixan xavf-xatarni bildirib, bugungi kunda (iqtisodiy sohada) ijobiy natijaga erishishni ko’zlagan xo’jalik yurituvchi subyektning noaniqlik sharoitidagi harakatini ifodalaydi.



  1. Bugungi kunda axborot xavfszligini ta’minlash qay dasrajada amalga oshirilmoqda degan savolga javob izlagan mutaxassislar bu sohada davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari 3 guruhga ajraqtishgan.

1 guruh. Tashkilotda axborot xavfsizligi bilan hech kim shug’ullanmaydi. Axborot xavfsizligini ta’minlash dasturiy ta’minot orqali amalga oshadi. Barcha savollar tarmoq administrator doirasida xal qilinadi.

2 guruh. Axborot xavfsizligi texnik masala sifatida qaraladi. Bu guruhda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1 guruh amallariga qo’shimcha ravishda nusxa ko’chirish, antiviruslar, tarmoqlararo ekran(Firewall) ishlatiladi.



3 guruh. Axborot xavfsizligi tashkilot rahbariyati tomonidan texnikaviy va tashkiliy tadbir sifatida qaraladi. Axborot xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan dastur ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lib, yuqoridagi guruhlardagi amallar bilan bir qatorda pochta va internet xabarlari, himoyalanish darajasi analizi,ichki va tashqi audit amalga oshiriladi.

  1. AnvirTaskmanager dasturi












Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish