“Kichkina shahzoda” ong olamiga sayohat, yoxud Antuan de Sent-Ekzyuperining betakror mahorati



Download 66,5 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi66,5 Kb.
#819854
Bog'liq
“Kichkina shahzoda” yoxud ong ostiga sayohat.


“Kichkina shahzoda” ong olamiga sayohat, yoxud Antuan de Sent-Ekzyuperining betakror mahorati.

Bolalik o‘z hayotingni, vaqtingni o‘zing istagandek boshqaradigan shahzodalik davringdir. Kichkina shahzodaga qo‘shilib, o‘zimizning ong sayyoramizdagi kichik-kichik ammo kelajakda tobora kattalashib ketadigan sayyoralarga sayohatni amalga oshiramiz. Bola yerda yurgani bilan osmonlarda uchib yuradi. Shuning uchun o‘z bolaligini unutgan qahramon kichkina shahzodaga shunday deydi: “Bundan chiqdiki, sen bu yerga o‘zga sayyoradan tushib qolibsan-da?” Ammo savoliga javob ololmaydi. Sababi bolalar javob beradigan emas, savol beradigan xilqat egasi.


“Mabodo kattalarga: “Men qizg‘in g‘ishtli chiroyli bir uyni ko‘rdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor”, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham ko‘z o‘ngilariga keltira olmaydilar. Ularga: “Men yuz ming frankli uyni ko‘rdim”, deb aytish lozim – shundagina ular: “Ana go‘zallig-u mana go‘zallik!” deya xitob qiladilar. Ana shunaqa g‘alati xalq bu kattalar”. Nima demoqchi ekanligimni tushunib yetdingiz chog‘i.
Bizning ong sayyoramizdagi kichkina shahzodaning ona sayyorasi bor-yo‘g‘i bir uydek kelar ekan. U ong sayyorasiga o‘z davrida katta ta’sir qilib turadi. Unga asar qahramoni “B-612” deb nom beradi. Men unga “Bolalik - 6 va 12 yoshlik orasi” deb nom berdim. Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘ylab topganiga to‘g‘ri keladi, degan umiddaman.
Kichkina shahzodaning sayyorasiga baobablar xavf solib turar ekan. Asardan bilib olamizki, baobab minora bo‘yi keladigan bahaybat daraxt. Bunga javoban kichkina shahzoda shunday deydi: “Baobablar endi unib chiqqan paytida juda ham kichkina bo‘ladi”. Albatta, baobab daraxt emas, u zararli FIKRimiz. Ong bog‘imizni qanchalik parvarishlab, ko‘proq mehr bersak, u gurkirab shaynayveradi. U o‘ylaganimizdan ham ko‘proq hosil beradi. Agar qarovsiz qoldirib, baobablarni kichkinaligidayoq tag-tomiri bilan yo‘q qilib tashlamasak, u butun sayyorani egallab oladi. Asarda shunday deyiladi: “U holda ular uni tilka-pora qilib tashlashi hech gap emas”. Bolalikda egallangan xarakter, fe’l-atvor va dunyo qarash bizni umr bo‘yi tark etmaydi. Ertalab uyqudan turib, yuz qo‘limizni yuvgach, ong bog‘imizni zararli fikrlardan tozalash lozimligini bolalardan o‘rganishimiz kerak. Agar biz kattalar har kuni shunday qilishni boshlasak, bu ishlar xarakterimizga tasir qilib, sekin-asta odatga aylanadi. To‘g‘ri, bu haddan tashqari zerikarli ish, lekin sira ham qiyin emas. Ong bog‘imiz bizga o‘zimiz uchun ko‘p foydali meva berishini istasak, albatta, shunday qilishimiz zarur. Buni menga kichkina shahzoda aytdi.
Bolalar ajoyib-da, quyosh botishini tomosha qilish ular uchun maroqli. Kichkina shahzoda shunday deydi: “Bilasanmi ba’zan yuraging nimadandir g‘ussaga to‘lib ketganda, botayotgan quyoshga birpas termulib o‘tirsang bormi…” Hamma narsa o‘tkinchi, men uchun ertaga yana yangi hayot boshlanadi, deb o‘ylaydi bolalar. Ulardan hech bo‘lmasa, shuni o‘rganish kerak, yoki o‘zimizda saqlab qolishimiz kerak, axir, hammamiz ham bir paytlar yosh bola bo‘lganmiz.
Kichkina shahzodaning sayyorasida bir gul o‘sib-o‘sib, oxiri o‘z bo‘y-u bastini nomayon qildi. U gul KO‘NGIL edi. U bilan til topishaman deb rosa qiynaldi. Gul kichkina shahzodaning yo‘lbarslar o‘t yemaydi, deganiga ranjib shunday degani yodingizdami: “Men o‘t emasman-ku”. Xuddi men “go‘sht emasman-ku”, degandek go‘yo. Uning to‘rtta tikoni bor. U mening ikki oyog‘im va ikki qo‘lim bor, hech narsadan qo‘rqmayman, deyayotgandek tuyulmayaptimi?! KO‘NGIL(Gul)dek dovyurak narsa yo‘q. U faqat bir narsadan YELVIZAKdan qo‘rqadi. Bilamizki, yelvizak sovitadigan shamol nomi. Ko‘nglimiz sovib qolishdan shunchalik qo‘rqadiki buni hali ta’riflashga til ojiz. Ko‘ngil(Gul) chiroy ochib borgan sari bafayz tanani ham go‘zallashtiradi.
Asarda shunday joyi bor: “Sayyorada ikkita uyg‘oq vulqon bo‘lib, ular nonushta tayyorlashga judayam qulay edi. Bundan tashqari, yana bitta so‘ngan vulqon ham bor edi. Biroq bu so‘ngan-ku, deb xotirjam yurib bo‘lmaydi-da, dedi kichkina shahzoda. Shu sababdan uni ham erinmay tozalab chiqqan”. Axir ikki uyg‘oq vulqon – bu IKKI KO‘Zlarimiz-ku. Bitta so‘ngan vulqon esa, KO‘NGIL KO‘ZI emasmi?!. Ko‘ngil bizni bolaligimizni juda ham yaxshi ko‘radi. Chunki u payt biz beg‘ubor va pok bo‘lamiz. Kichkina shahzoda ulardan ajray olmasa-da, baribir sayohatga chiqdi.
Bolalik, o‘smirlik, yetuklik davrlari bo‘ladi insonda. 1,-2-,3-davr desak, hozirgi aytmoqchi bo‘lgan gapimga yaxshiroq tushunasiz, deb o‘ylayman. Kichkina shahzodaning sayyorasiga “325”, “326”, “327”, “328”, “329”, “330”-asteroidlar juda yaqin edi. Kichkina shahzoda o‘smirlik (?) davrini bosib o‘tgach, birinchi bo‘lib, yetuklik davrining, ya’ni 3-davrning 25 yoshiga sayohat qilgan. 25 yosh, ayni kuncha to‘lgan, hamma yoq izmimda, hamma narsa menga itoatda, deb o‘ylaydigan qirollik payti. Bu sayohat davomida qirolning vaziyat taqozo qilib yuz beradigan jarayonlarga qarata jinnicha buyruq bergani, buyrug‘i bajarilganidan xursand bo‘lganligi haqidagi qiziq suhbatlarga guvoh bo‘lasiz.
Ikkinchi sayyorada, ya’ni 3-davrning 26 yoshida shuhratparast yashardi (Men ham hozir 26 yoshdaman. Yashirib nima qildim, hozir maqtovlarga juda o’ch paytim). Kichkina shahzodaning bu sayyoradagi ajoyib sayohatiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz, yoki bo‘lgansiz, degan umiddaman.
3-27 sayyorada piyonista yashardi. Antuan de Sent-Ekzyuperi bu asarida normal odam (!) psixologiyasida kechadigan jarayonni aniq tavsiflab berganiga aslo shubham yo‘q. Kichkina shahzoda bu sayyoradagi odam haqida shunday fikrlab: “Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati xalq”, yo‘lida davom etadi.
3-38 sayyoraga sayohat. U yerda korchalon odam yashaydi. 28 yoshda odam hamma narsani hisob-kitob qilib qoladigan bo‘ladi. Boy bo‘lish azaliy orzumizdek bo‘lib qoladi. Jiddiy odam kimga yoqadi, ayting?! Qayga bo‘lsa ham, o‘zimiz bilan olib ketadigan narsani go‘zallashtirish o‘rniga, tashlab ketadigan narsalarimizni go‘zallashtirish bilan ovvoramiz, axir, azizlar. Kichkina shahzoda yo‘lda davom etdi.
3-29 sayyorada charag‘bon chirog‘i bilan yashardi. 28 yoshida hamma narsani hisob-kitob qilib bo‘lganidan keyin, 29 yoshida vaqtni ham hisob-kitob qiladigan bo‘lib qoladi. Charog‘bon - har bir daqiqani boshlandi, tugadi deb turadigan odam. Xuddi kun botdi, kun chiqdi, deb turadiganga o‘xshaydi. Charog‘bon oldinlari chirog‘ini bir o‘chirsa, shu bilan tongda yoqishini aytadi. U uyquni juda ham yaxshi ko‘radi, lekin hozir unday qilolmaydi. Bolalik payti - uning eng go‘zal payti bo‘lgan edi. Kichkina shayzoda bu sayyoraga achinayotganini tan olmoqqa botinolmaydi: “Bu yerda yigirma to‘rt soat mobaynida quyosh botishini bir ming to‘rt yuz qirq marta tomosha qilish mumkin edi-da!” – asardan. Rostdan ham, 60 minutni 24 soatga ko‘paytirsangiz, 60x24=1440 minut chiqadi. Kichkina shahzoda yo‘lida davom etadi.
Oltinchi, 3-30 sayyora avvalgisidan o‘n barobar katta bo‘lib, unda yostiqdek-yostiqdek kitoblar yozadigan chol yashardi. 30 yoshda xayolimiz o‘ylanaverganimizdan cholga o‘xshab qolar ekan-da. XAYOL BOBOmiz yostiqdek-yostiqdek keladigan kitoblarga ko‘rganlarini va eshitganlarini yozib boraverar ekan. XAYOL BOBOmiz geograf bo‘lib qoladi. “Sayyohlarning hikoyalari avval qalamda yozib olinadi, kashfiyotchi tasdiqlaydigan ashyoviy dalil keltirgachgina, ularning xotiralarini siyoh bilan yozish mumkin”, - asardan. Kichkina shahzoda yo‘lda davom etib, yer sayyorasiga yetib keladi.
Inson 30 yoshdan so‘ng osmon o‘par xayollaridan voz kechib yerga tushadi. Kichkina shahzoda shuning uchun yer sayyorasiga safar qilgan edi, desam adashmagan bo‘laman. Dastlab u ilon bilan ko‘rishadi. Ilon – boylik timsoli. Asl boyligimizni o‘zimizdan tashqaridagi boyliklarni, deb yo‘qotamiz. Tulki – bizning adabiyotda ayyorlik timsoli. Ayyor narsalar bizga aqlli ekanliklaridan darak berib turadi. Tulki aql timsoli bo‘lsa, insonga 30 yoshdan keyin aql kiradi, degan gaplar to‘g‘ri bo‘lib chiqadi-da. Demak, bolaligimiz o‘ttiz yoshimizgacha bizga tinmay ergashib yurar ekan. Shu davrga kelib biz o‘zimizni uni yo‘qotgandek his qilamiz. Ammo biz uni tashlab ketmasak, u bizni tashlab ketmaydi. U bir umr bizning hayotimizga mislsiz go‘zalliklarini, oddiy narsadan ham cheksiz quvona olish lazzatini berib yuraveradi. Afsuski, ko‘pchiligimiz uni yo‘qotdik, deb undan voz kechib ketamiz. To‘g‘ri, bolalik qaytib kelmaydi, lekin bizni butunlayin, butun umrga tashlab ketmaydi.
Kichkina shahzodaning sochi tillarang edi. Hozir mening sochim tim qora rangda. Men qo‘limga 6 va 12 yosh oralig‘ida tushgan rasmimni oldim. Nimani ko‘rganimni aytsam, hayron qolishingiz aniq, men tillarang sochli kichkina shahzodani ko‘rdim. Ana yozuvchining betakror mahorati-yu, mana yozuvchining betakror mahorati.
Kichkina shahzoda asar qahramoniga asarning boshida shunday deydi: “Iltimos, menga qo‘zichoq chizib ber!” Qo‘zichoq deganda ko‘z oldingizga qo‘zichoqdan boshqa yana nimalar keladi?.. Men hali bular haqida bir narsa deyishga ojizman, lekin izlanishda davom etmoqdaman. Shuni o‘ylaganimda xayolimga Antuan de Sent-Ekzyuperining “Istehkom” asaridagi tarbiyachilarga qarata aytgan ushbu so‘zlari keldi: “(Murg‘ak qalblarga) Sizlar kechirimlilik va mehr-shafqatdan saboq berishingiz zarur emas. Chunki bu sifatlardan noto‘g‘ri talqin etish ziyon yetkazuvchi illatlar oldida tiz cho‘kishga olib kelishi mumkin. Lekin faqatgina insonning inson bilan hamkorligi vositasida amalga oshuvchi hammaning hamma bilan hamkorligini targ‘ib eting. Ana shunda jarroh oddiy ishchini davolash uchun ham sahrolar osha shoshadi. Illo, ularning har bir nafari ham butun bir kemaning darg‘asidir”.
Fikrlarimni xulosalaydigan bo’lsak, men shularni anglab yetganimdan so‘ng, “Kichkina shahzoda” asarini qo‘limdan qo‘yganim yo‘q. Endi uni umrimning oxirigacha qo‘limdan qo‘ymayman. “Juda oshirib yubordingiz endi”, - deydiganlar bo‘lsa, men hozir aytganimdek asarni tushunib, tayyorgarlik ko‘rib, Antuan de Sent-Ekzyuperining (Kichkina shahzoda) ibratli, ma’noli durlarga to‘la ummoniga g‘avvosdek bir g‘arq bo‘lib ko‘rsin. Shunga aminmanki, men kabi har g‘arq bo‘lganda, u ummondan quruq qo‘l bilan chiqmaydi.
Bu asar bilan men maktabda darslikda berilgan qismlari orqali tanishganman. “Uyda o‘qib keldingmi, o’tir besh”, yoki “o’tir yaxshi o’qib kelmabsan uch”, degan gapdan boshqa narsani adabiyotchi ustozimdan eshitmaganman. Institutda til va adabiyot fakultetida tahsil oldim. U yerda ham bu ummondan bahra olish emas, adabiyotchi ustozimning topshirig‘i bilan qandaydir ramzlarni, ishoralarni axtarib umrim o‘tdi. Bunday ketishda qachon kitobga oshno bo‘lamiz?! Oshno ham bo‘ldik deylik, qachon undan biron narsa olamiz?! Tayyorgarliksiz, ummonga qanday sho‘ng‘ib, uning ichidagi durlarni qanday oson topish daragisiz, qurollanmagan g‘avvosdek ummonga sho‘ng‘ib, ming azob va qiyinchilikda uni va uni topish yo‘llarini o‘zimiz izlab topadigan bo‘lsak, MURABBIY bizga nima kerak?! Hech qanday tayyorgarliksiz ummonga sho‘ng‘igan g‘avvos hech narsa topa olmay chiqsa, u qaytib ummonga sho‘ng‘igisi keladimi?! To‘g‘ri, men hali to‘rtta bolaga rosmana dars o‘tmagan bo‘lajak ustozman. Lekin men ustozlarim yo‘l qo‘ygan kichik bir xatosini ham takrorlamaslikni oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Men o‘quvchilarimni, ya‘ni g‘avvoslarimni haqiqiy dur izlab topa oladigan darajada qurollantirganimdan so‘nggina ummonga tushiraman. Bir narsani unutmasligimiz kerak, adabiyotga chin yurakdan oshno bo‘lmagan qalblar borib-borib toshga aylanib qolgusidir. Qalbi tosh odamning fojeasi – insonligini unutishi.
Hamkasblarim men o‘zimni sizchalik aqlliman deb o‘ylamayman. Sizlar mendan ham ko‘ra zehni va aqli o‘tkirlarsiz. Bu “Kichkina shahzoda” asaridan hali mendan ham ko‘p yashirin hikmatlar eshigini ochishingizni sezib turibman. Soddalikni murakkablashtirmang. Zero, biz sodda, murg‘ak qalblarni voyaga yetkazayotganimizni unutib qo‘ymaylik.
“Hech qachon sabringni yo‘qotma, bu eshikni ochguvchi so‘nggi kalitdir” – deydi buyuk QALB va betakror mahorat egasi Antuan de Sent-Ekzyuperi.
Sarvarbek To‘ychiyev.
Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish