Kimyo texnologiya



Download 2,59 Mb.
bet2/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

Kirish

Inson iste’mol qilgan taomlari hisobidan o‘nadi, o‘sadi va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatadi. Uning sog‘lig‘i va umri iste’mol qilinadigan taom va boshqa mahsulotlar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning sifatiga katta ahamiyat beriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mahsulot, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, sifati faqat standartlashtirish, sertifikatlashtirish va uni boshqarish faoliyatini uzluksiz o‘tkazish orqali ta’minlanadi. Mahsulot sifatini ta’minlashga uning sifat va gigiyenik ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish va ma’lum bir miqdorlarda chegaralash orqali erishiladi.

Bugungi kunda dunyo mamlakatlari xalqlari o‘zaro hamkorliksiz yashashlari qiyin, chunki bir mamlakat o‘zida yetishmaydigan mahsulotlarni boshqalaridan olsa, boshqalari esa o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oshiqcha qismini boshqa mamlakatlarga sotadi. Bundan tashqari bir mamlakatda erishilgan fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlaridan dunyoning barcha mamlakatlari ham manfaatdor bo‘ladi. Demak, dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro savdo-sotiq ishlari, ilmiy texnikaviy hamkorlik mavjud bo‘ladi va bundan keyin ham davom etadi. Mamlakatlar hamkorligida xalqaro bozorga chiqariladigan mahsulot va xizmatning sifati o‘ta katta ahamiyatga ega, chunki xalqaro bozor raqobatida faqat yuqori sifatli va narxi nisbatan past mahsulot yutib chiqadi.

Ichki bozorda va mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishda hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishda mahsulot yoki xizmatning sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar kelib ko’rib i mumkin. Mahsulot sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar uning sifat va gigiyenik ko‘rsatkichlarini xalqaro, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning standartlari va bugungi kundagi ichki va tashqi bozor talablari bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar hamda mahsulot sifati bilan bog‘liq boshqa me’yoriy hujjatlarni amalga kiritish orqali bartaraf qilinadi.

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishga intilayotgan hamda xomashyo bazasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanishga harakat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyatga ega. Uning jahon bozorida va iqtisodiy hamkorlikda o‘ziga loyiq joyni egallashi uchun barcha sharoitlari (resurslari, qulay iqlim sharoiti va moddiy-texnikaviy bazasi) mavjud.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish