Kimyo texnologiya


Markaziy Osiyo Mamlakatlarining va O‘zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari



Download 2,59 Mb.
bet7/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

3. Markaziy Osiyo Mamlakatlarining va O‘zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari

Markaziy Osiyo mamlakatlarining, xususan O‘zbekistonda standartlashtirishning boshlanishi xaqida aniq bir raqamli vaqt va makonni keltirish avvalgi bo‘limning ba’zi bir xolatlariga takror bo‘lishi tabiiy. Alloma donishmandlarimizning tarixiy asarlariga nazar solsangiz bunga xech shubha qolmaydi. Qadimdan Eron va Turon zaminida ishlab chiqarish munosabatlari, jarayonlari, savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnik ishlari o‘zaro yaqin va chambarchas holatda olib borilgan. Shu munosabat bilan Eron mutafakkiri Kaykovusning XI asrda yozilgan «Qobusnoma» asaridan bir parcha eslash kifoya. "hozirgi men yashayotgan zamonda inson qo‘l urgan har qanday ish bo‘lmasin, ularni tartibsiz qoldirib bo‘lmas, har narsada tartibni anglash zarur". Har qanday sohada me’rosni (an’ana, odat, tarbiya) tartibli (standart) holatda qoldirilishini aniq tasdiqlagan Kaykovus vaqti kelganda ko‘p ishga ulgurishni nazarda tutgan. Asarda san’at, haykaltaroshlik, musiqa va boshqa sohalarda inson faoliyati xulq atvoriga qo‘yilgan talablar shu kunlardan o‘z ifoda va mazmuniga ega. Qadimgi allomalarimiz asarlaridagi va ota-bobolarimizning "….yetti o‘lchab bir kes" kabi hikmatli o‘gitlari standartlashtirish jarayonlarining elementlaridir.

Standartlashtirish elementlari Turon zaminidagi mamlakatlar, xususan O‘zbekiston mintaqasida bunyod etilgan noyob arxitektura boyliklarida, standart g‘ishtlarni rango-rang bezaklar bilan uyg‘unlashgan o‘lchovlarda qo‘llanilishi insonni mahliyo qiladigan Go‘r amir, Bibixonim, Paxlavon Mahmud, Xiva tashqi va ichki qal’alari, Ulu`bek madrasasi, qal’a minorasi Ko‘kaldosh madrasasi va boshqalarda mujassamlashgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va O‘zbekistonda qadimdan: qadoq (400 gr atrofida), chaqsa (6 kg), pud (16kg), botmon (160kg) kabi massa birliklari; enlik (panja eni, 2sm atrofida) so‘yam (bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq o‘lchovi - 18 sm atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o‘lchovi-23 sm), qadam (ikki oyoqni yurishdagi o‘rtacha oralig‘i-0,75 m atrofida), quloch (ikki qo‘lning yelka satxida cho‘zilishdagi uzunlik-1,5 m atrofida), bir tosh (taxminan 0,75km), bir chaqirim (taxminan 3 tosh) kabi uzunlik birliklari; tanob (100 m kv atrofida) sirt birliklari standart birliklar sifatida keng qo‘llanilib kelingan. Kirpich so‘zining-qirbich, kolbasaning-qo‘lbos, utyug (dazmol)ning- o‘t yuk kabi protiplarining turkiy tilda mavjudligi, algebraning al-jabr, meditsinaning-madadi sino kabi tushunchalar bilan uyg‘unligi ham Markaziy Osiyo mamlakatlarida standartlashtirish obyekt va jarayonlari tarixining yetarlicha chuqur va mazmunliligidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonda standartlashtirishning rasmiy bosqichi 1923 yil Toshkent shahrida «O‘lchov va tarozi mahkamasi Turkiston markazi» tashqi l etilishidan boshlandi. Bu markazning Qo‘qon, Samarqand, Ashxobod, Olma-Ota shaharlarida shahobchalari tuzildi.

1926-yilda O‘zbekiston ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissariati xuzurida standartlashtirish maxkamasi bunyod etildi. U davrlarda standart uch xil turda tasdiqlanar edi: sinaladigan, tavsiya etiladigan, majburiy qo‘llanadigan.

O‘zbekistonda standartlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha Markazqo‘m tasdiqlagan, sohalar tahliliga ko‘ra tuzilgan yillik rejalar asosida olib borilar edi.

1932-yil mart oyida "O‘zbekiston mintaqalarining 2 xil vaqt kamariga o‘tkazish to‘g‘risida "Sovnarkom qarori qabul qilindi 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +2 soat) va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat)

Shu yili O‘zbekistonda ilk bor kunjutning urug‘lik navi uchun O‘ZREST50 Respublika standarti qabul qilindi.

O‘zbekistonda standartlashtirishning zamonaviy bosqichi 1973 yili O‘zbekiston Respublikasi davlat Standart boshqarmasi (O‘zdavstandart) tashqi l etilganidan boshlanadi.

O‘zbekiston suverenlikka erishgandan so‘ng, ya’ni 1992 yili mart oyidagi O‘zRVMning № 93 "O‘zbekiston respublikasida standartlashtirish ishlarini tashqi l qilish to‘g`risidagi qarori qabul qilingan vaqtdan boshlab, standartlashtirishning yangi davri boshlandi."

1993-1998 va 2000-2003 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirishni jadallashtirish borasida bir qator o‘ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora-tadbirlar belgilandi. Standartlashtirishni rivojlantirshning xalqaro standartlashtirish jarayoni bilan uyg`unlashgan asosiy yo‘nalishlari belgilanib, soxalar standartlari, me’yoriy hujjatlarni ishlab ko’rib va joriy etish bo‘yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va kuzatib borish bo‘yicha idora va tashqi lotlar belgilandi.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish