Kimyoviy kinetika. Reaksiya tezligi


Mavzuga oid masala va mashqlar



Download 438,53 Kb.
bet7/7
Sana09.04.2022
Hajmi438,53 Kb.
#540432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-dars

Mavzuga oid masala va mashqlar
1. Reaksiya tezligi deganda nimani tushunasiz? Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
2. Reaksiyaning tezlik konstantasi nima? U qanday omillarga bogʻliq?
3. Reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti nima?
4. Nima uchun temperatura oshganda reaksiya tezligi ortadi?
5. Aktivlanish energiyasi nima? U kimyoviy reaksiya tezligiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
6. Katalizator nima? Kimyoviy reaksiyalarning aktivlanish energiyasiga u qanday ta’sir koʻrsatadi?
7. Kimyoviy muvozanat deganda nimani tushunasiz? Kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
8. Le-Shatele qoidasi nima?
9. H2 + I2 = 2HI reksiyada 5090 C da toʻgʻri reaksiyaning tezlik konstantasi 0,16 ga, teskari reaksiyaning tezlik konsentratsiyasi 0,0047 ga teng boʻlsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang.
Yechish:
10. 2NO + O2 = 2NO2 qaytar reaksiyada muvozanat holatida [NO] = 0,056 mol/l; [O2] = 0,028 mol/l; [NO2] = 0,044 mol/l boʻlsa, muvozanat konstantasini toping.
Yechish:
11. Konsentratsiyalari [A] =1 mol/l; [B] = 2 mol/l; [C] = 0,01 mol/l boʻlgan 3 ta gazlar aralashmasi idishga joylashtirilgan. Biroz vaqtdan soʻng 3A + B = 2C muvozanat qaror topgan. Agar A moddaning 30 % miqdori reaksiyaga kirishgan boʻlsa, muvozanat vaqtida moddalarning konsentratsiyalari qanday boʻlganligini hisoblang. Yechish: ∆[A] = 30% ;∆[A] = 0,3 mol/l.
Reaksiya tenglamasi boʻyicha ∆[A] : ∆[B] : ∆[C] = 3 : 1 : 2 dan ∆B = 0,1 mol/l
∆C = 0,3∙2/3 = 0,2 mol/l
Muvozanat vaqtida reaksion aralashmaning tarkibi:
[A]muv = [A]boshl - ∆[A] = 1-0,3 = 0,7 mol/l
[B]muv = [B]boshl - ∆[B] = 2 - 0, 1 = 1,9 mol/l
[C]muv = [C]boshl + ∆[C] = 0,01 + 0,2 = 0,21 mol/l
12. A + B = C + D reaksiya uchun Km = 1. Sistemasining hajmi 4 l. Agar A va B larning boshlangʻich konsentratsiyalari mos ravishda 12 va 8 molga teng boʻlsa, muvozanat qaror topishi uchun A moddaning necha foizi reaksiyaga kirishishi kerak?
Yechish: A va B moddalarning boshlangʻich konsentratsiyalarini topamiz:
[A] = 12 : 4 = 3 mol/l; [B] = 8 : 4 = 2 mol/l. C va D moddalarining dastlabki konsentratsiyalari 0 ga teng. Muvozanat qaror topishi uchun A va B moddadan mol dan sarflanadi, u holda muvozanat vaqtida A ning konsentratsiyasi (3- ); B ning konsentratsiyasi esa 2- ; C va D larning konsentratsiyalari esa mol dan boʻladi.
tenglamani yechsak =1,2 kelib chiqadi.
[A]= 3- = 3-1,2=1,8 mol/l A modda ortib qolgan.
3 mol/l------ 100%
1,2 mol------ = 40% A reaksiyaga kirishgan.
13. N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiya yopiq idishda olib boriladi. Azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari 2 va 6 mol/l ga teng. Agar azotning 10 % i reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topgan boʻlsa, sitemaning bosimi qanday oʻzgarishini hisoblang.
Yechish: Masala sharti boʻyicha 10% yani 0,2 mol azot reaksiyaga kirishgan, reaksiya tenglamasi boʻyicha 0,6 mol (0,2 ∙ 3 = 0,6) vodorod reaksiyaga kirishgan va
0,4 mol (0,2 ∙ 2 ═ 0,4) NH3 hosil boʻlgan. Demak muvozanat vaqtida
[N2] = 2-0,2 =1,8 mol/l; [H2]=6-0,6=5,4 mol/l [NH3] ═ 0,4 mol/l boʻlgan.
dan l n1=(2mol /l N2+6 mol /l H2) = 8 mol
p p2 ; ; ∆p=p1-p2=0,4RT
8RT -------100%
0,4 --------- =5%
20. reaksiyada [A] ═ 8mol/l; [B] ═ 3mol/l; [C] ═ 2 mol/l;
[D] ═ 12mol/l boʻlganda kimyoviy muvozanat qaror topgan. Muvozanatda turgan sistemadan 2 mol/l C modda chiqarib olingandan soʻng oʻrnatiladigan muvozanat holatidagi moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini toping.
Yechish: Birinchi navbatda KM ni hisoblaymiz: ; bundan
Moddalar yangi muvozanat konsentratsiyalari:
14. reaksiyada mol/l ; mol/l va mol/l boʻlganda kimyoviy muvozanat qaror topadi . Reaksiyaning muvozanat konstantasini, azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalarini toping.
Yechish. Yuqoridagi reaksiya uchun 1,125
Azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalarini reaksiya tenglamalari asosida topamiz . Reaksiya tenglamasi boʻyicha 2 mol NH3 hosil boʻlishi uchun 1 mol N2 va 3 mol vodorod sarflanadi, 6 mol NH3 hosil boʻlishi uchun 3 mol N2 va 9 mol vodorod sarflangan. Demak, azotning dastlabki konsentratsiyasi (4 + 3) 7 mol/l, vodorodniki esa 2 + 9 =11 mol/l boʻlgan.
15. Reaksiya A + B→ 2C tenglama boʻyicha boradi. A va B moddalarning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 4 va 6 mol /l. Muvozanat konstantasi boʻlsa, A va B larning muvozanat konsentratsiyalarini toping.
Yechish: Reaksiya davomida boshlangʻich moddalar konsentratsiyalari kamayadi, reaksiya mahsulotilariniki esa ortadi. Reaksiya tenglamasi boʻyicha 1 mol A va 1 mol B reaksiyaga kirishganda 2 mol C hosil boʻladi.
Moddalarning muvozat konsentratsiyalari: ; [B] = 6- va ga teng boʻladi dan ni yechib =1,6 ga tengligini topamiz. Demak ning muvozanat konsentratsiyasi: mol/l; B niki esa mol/l ga teng boʻladi.
16. Reaksiya 2NO2 ↔ 2NO + O2 tenglama boʻyicha boradi. Kislorodning muvozanat konsentratsiyasi 0,2 mol/l va Km=12,8 ga teng boʻlsa, NO2 ning boshlangʻich konsentratsiyasini aniqlang. J: 0,45 mol/l.
17. FeOq-q+ COg ↔ Feq-q + CO2 gaz reaksiyaning muvozanat konstantasi K=0,6 va CO ning boshlangʻich konsentratsiyasi 0,16 mol/l ga teng boʻlsa, gaz moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini aniqlang.
J: va mol/l.
18. Hajmi 5 l boʻlgan idishda quyidagi reaksiya boradi:
PCl5 gaz ↔ PCl3 gaz + Cl2.
Agar K = 0,04 va PCl5 ning boshlangʻich konsentratsiyasi 6 mol boʻlsa, dastlabki va oxirgi moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini toping.
J: =0,2mol/l.
19. CH4 + H2O ↔ CO + H2 reaksiyada muvozanat qaror topganda (Km = 1) vodorodning konsentratsiyasi 3 mol/l ni tashkil qildi. Suvning dastlabki konsentratsiyasi 5 mol/l boʻlsa, metanning dastlabki konsentratsiyasini toping.
Yechish: CH4 + H2O ↔ CO + 3H2 reaksiya tenglamasidan koʻrinib turibdiki,
1 mol CH4 va 1 mol H2O reaksiyaga kirishganda 1 mol CO va 3 mol H2 hosil boʻladi. Muvozanat vaqtida CH4 ning konsentratsiyasi qancha boʻlganligini topamiz. ; 4 = 27; = 6,75 mol/l CH4 ; demak, muvozanat vaqtida 6,75 mol/l CH4 boʻlgan, muvozanat oʻrnatilishi uchun 1 mol metan sarflangan. Metanning dastlabki konsentratsiyasi 6,75 + 1 = 7,75 mol/l boʻlgan.
20. Hajmi 11,42 litr boʻlgan reaktorda 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 reaksiya borishi uchun 2,43 mol SO2 va 2,17 mol O2 reaktorga kiritildi. Muvozanat vaqtida SO2 ning konsentratsiyasi 1,85 mol ga kamaygan boʻlsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang. J: 93,3.
21. Hajmi 2,35 l boʻlgan reaktorda N2 + 3H2 ↔ 2NH3 reaksiya boradi. Agar azotning boshlangʻich miqdori 4,06 mol, vodorodniki 12,28 mol boʻlsa, reaksiyaning muvozanat konstantasini toping. Azotning 10% miqdori reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topadi. J: 7,36∙10-4.
22. A + B ↔ C + D reaksiya hajmi 10 litr boʻlgan idishda olib borildi. Reaksiya uchun A va B dan mos ravishda 8 va 12 moldan olingan boʻlsa, ularning muvozanat holatdagi konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang. KM = 1.
Yechish: Masala shartidan ma’lumki, A moddaning dastlabki konsentratsiyasi 0,8 mol / l; B moddaniki esa 1,2 mol boʻlgan. Reaksiya tenglamasini yozib muvozanat oʻrnatilganda moddalarning konsentratsiyalari quyidagicha yozilishini topamiz:
A + B ↔ C + D
0,8- 1,2-
dan ni yechib 0,48 ga tengligini topamiz. Demak, A moddaning muvozanat holatidagi konsentratsiyasi (0,8- ) 0,32 mol/l va B moddaniki (1,2- ) 0,72 mol ekanligi kelib chiqadi.
23. CO + H2O ↔ CO2 + H2 reaksiyaning muvozanat konstantasi 8500C da 1 ga teng. CO va H2O ning boshlangʻich konsentratsiyalari 2 va 3 mol / l boʻlsa, ularning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini aniqlang. J: 0,8; 1,8.
24. SO2 + O2 ↔ SO3 reaksiya hajmi 0,006 m3 boʻlgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda SO3 ning konsentratsiyasi 0,8 mol / l ga teng boʻladi. Boshlangʻich moddalarning miqdori [SO2] = 9 mol va [O2] = 6 mol boʻlsa, ularning muvozanat konsentratsiyasini (mol/l larda) toping. J: 0,7; 0,6.
25. NO + Cl2 = NOCl reaksiya hajmi 0,005 m3 boʻlgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda (KM =1) NOCl ning konsentratsiyasi 0,1mol/l ni tashkil qildi. NO ning boshlangʻich miqdori 1,5 mol boʻlsa, xlorning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. J: 0,25.
26. A + B↔AB reaksiyada A ning boshlangʻich konsentratsiyasi 0,4 mol/l boʻlib, AB dan 0,15 mol/l hosil boʻlgan muvozanat qaror topdi (KM=1). Barcha moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) yigʻindisini hisoblang.
J: 1.
27. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki konsentratsiyasi mos ravishda 6 va 7 mol / l boʻlsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. KM = 1. J: 2,77.
28. NO + O2 = NO2 reaksiya hajmi 0,01 m3 boʻlgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda (KM = 1) 3 mol NO2 hosil boʻldi. NO ning boshlangʻich konsentratsiyasi 0,6 mol/l boʻlsa, muvozanat qaror topishi uchun kislorod miqdorining necha foizi sarflanadi? J: 13,04.
Yechish: Reaksiya 0,01 m3 = 10 l hajmli idishda olib borilgan. NO2 ning muvozanat konsentratsiyasi 0,3 mol/l. Reaksiya tenglamasini yozib, reaksiya tenglamasi boʻyicha kislorodning muvozanat holatidagi konsentratsiyasini topamiz:
2NO + O2 = 2NO2
0,3 0,3 1.
Muvozanat oʻrnatilish uchun reaksiya tenglamasi boʻyicha 0,15 mol O2 sarflangan. Kislorodning dastlabki konsentratsiyasi (1 + 0,15) 1,15 mol boʻlgan.
Demak, muvozanat oʻrnatilishi uchun 13,04% kislorod reaksiyaga kirishgan.
29. N2 + H2 ↔ NH3 reaksiya hajmi 0,008 m3 boʻlgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [N2] = 0,7;
[H2] = 0,8; [NH3] = 0,4 mol / l boʻlsa, boshlangʻich moddalarning miqdorini hisoblang. J: 7,2 ; 11,2.
Yechish: Reaksiya tenglamasini yozamiz:
N2 + 3H2 ↔ 2NH3 muvozanat qaror topishi uchun reaksiya tenglamasi va masala sharti boʻyicha 0,2 mol/l N2 va 0,6 mol/l vodorod sarflangan. Demak, azotning boshlangʻich konsentratsiyasi 0,9 mol/l, vodorodniki esa 1,4 mol/l boʻlgan. Demak, azotning boshlangʻich miqdori 0,9 ∙ 8= 7,2 mol; vodorodniki esa (n = C ∙ V) 11,2 mol boʻlgan.
30. NH3 + Cl2 ↔ N2 + HCl reaksiya hajmi 0,009 m3 boʻlgan idishda olib borildi.Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [NH3]= 0,4; [Cl2] = 0,2; [HCl] = 0,6 mol/l boʻlsa, boshlangʻich moddalarning miqdorini toping.
J: 5,4; 4,5.
31. 0,2 g H2 va 50,8 g I2 dan iborat aralashma yopiq idishda 4480C gacha qizdirilganda tarkibida 27,18 g I2 boʻlgan muvozanatdagi aralashma hosil boʻlgan.
H2 + I2 ↔ 2HI muvozanat konstantasini hisoblang. Hosil boʻlgan vodorod yodidning massasini aniqlang. J: K = 46,19; mHI = 23,81 g.
32. 28 g CO va 90 g suvdan iborat aralashma 4500C da qizdirildi. Hosil boʻlgan muvozanatdagi aralashma tarkibida 72,9 g suv boʻlgan. CO + H2O ↔ CO2 + H2 muvozanat konstantasini hisoblang. Hosil boʻlgan karbonat angidridning massasini toping. J: K = 4,46; = 41,8g.
33. A + B ↔ C + D reaksiya uchun B moddadan 1,2 mol olindi va muvozanat qaror topganda (KM = 1) D moddadan 0,8 mol hosil boʻldi. Reaktorning hajmi 0,004 m3 boʻlsa, A ning boshlangʻich konsentratsiyasini toping. J: 0,6.
34. H2 + Br2 ↔ 2HBr reaksiyaning muvozanat konstantasi 1 ga teng. Agar boshlangʻich aralashmaning tarkibida 2 mol Br2 va 3 mol H2 boʻlgan boʻlsa, muvozanatdagi reaksion aralashmaning hajmiy tarkibini aniqlang.
J: 43,8 % H2; 23,8% Br2 va 32,4% HBr.
35. HClgaz + O2gaz = Cl2gaz + H2Ogaz reaksiyada kislorodning 40 % i sarflanganda kimyoviy muvozanat qaror topdi. HCl va O2 larning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 0,6 ; 0,2 mol/l boʻlsa, Cl2 va H2O lar muvozanat konsentratsiyalarining yigʻindisini toping. J: 0,32.
36. A + B ↔ C + D sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari tenglamaga mos ravishda 7; 4; 2; 14 ga teng. Muvozanat holatdagi sistemadan 2 mol C modda chiqarib yuborildi. B va D moddalarning yangi muvozanat konsentratsiyalarini hisoblang. (Reaksiya hajmi 1 l boʻlgan idishda olib borildi). J: 2,88; 15,12.
37. HBr + O2 ↔ H2Ogaz + Br2gaz + Q reaksiyani oʻng tomonga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin.
J: HBr va O2 konsentratsiyalarini oshirish; H2O va Br2 ning konsentratsiyalarini kamaytirish; sistemening bosimini oshirish; temperaturani kamaytirish.
38. Quyidagi muvozanatni oʻngga siljitish uchun qanday parametrlarni oʻzgartirish kerak? N2 + H2 ↔ NH3 +Q.
J: Azot va vodorodning konsentratsiyalarini oshirish; sistemaninshg bosimini oshirish; reaksiya mahsulotining konsentratsiyasini va temperaturani kamaytirish.
39. Quyidagi muvozanatda turgan sistemaning muvozanatini oʻngga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish mumkin: N2 + O2 ↔ 2NO – Q.
J: Boshlangʻich moddalarning konsentratsiyalarini va temperaturani oshirish; reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalarini kamaytirish.
40. Quyidagi muvozanatni qaysi omillar oʻngga siljitadi?
2SO2 + O2 ↔ 2SO3 + Q

J: SO2 va O2 larning konsentratsiyalarini, sistemaning bosimini oshirish; SO3 ning konsentratsiyasini va temperaturani kamaytirish.


41. a) Bosimning ortishi; b) temperaturaning koʻtarilishi; d) CO konsentratsiyasining ortishi; e) kislorodning havoga almashtirilishi
2CO + O2 ↔ 2CO2 + Q muvozanatdagi sistemaga qanday ta’sir koʻrsatadi?
J: a) oʻngga; b) chapga; d) oʻngga; e) chapga siljitadi.
42. 2H2 + O2 ↔ 2H2Ogaz +Q muvozanatda turgan sistemaga a) bosimning ortishi; b) temperaturaning koʻtarilishi; d) boshlangʻich moddalar konsentratsiyalarining ortishi; e) vodorodning qoʻshilishi; f) suv bugʻlarining qoʻshilishi; g) katalizator qoʻshilishi; h) quritgichlar (gigroskopik modda) qoʻshilishi qanday ta’sir koʻrsatadi ?
J: a) oʻngga; b) chapga; d) oʻngga; e) oʻngga; f) chapga; g) katalizator kimyoviy muvozatanga ta’sir etmaydi; h) oʻngga siljitadi
Download 438,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish