Kimyoviy kinetika. Reaksiya tezligi



Download 438,53 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2022
Hajmi438,53 Kb.
#540432
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-dars


Kimyoviy kinetika. Reaksiya tezligi.

Kimyoviy reaksiya tezligi haqida tushuncha


Reaksiya tezligining modda tabiatiga, konsentratsiyasiga, temperaturaga, katalizatorga va boshqa omillarga bogʻliqligini hamda turli bosqichlarda hosil boʻladigan oraliq moddalar tabiatini oʻrganadigan boʻlim kimyoviy kinetika deyiladi.
Kimyoviy reaksiyalar tezligi vaqt birligida reaksiyaga kirishayotgan modda (yoki reaksiya mahsuloti) konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan ifodalanadi.
Vaqt oʻtishi bilan boshlangʻich moddalar konsentratsiyalari kamayadi, reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalari esa ortadi:

Shuning uchun quyidagi tenglamada kasr oldiga ishorasi qoʻyiladi:

C1- moddaning boshlangʻich konsentratsiyasi,
C2- moddaning oxirgi (ma’lum vaqtdan keyingi) konsentratsiyasi,
∆C- moddaning reaksiyaga kirishgan miqdori, mol/l,
∆n – moddaning reaksiyaga kirishgan miqdori, mol,
reaksiyaning davom etgan vaqti,
reaksiya borayotgan idishning hajmi, litr.


5.2. Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi bir necha omillarga bogʻliq. Ulardan eng muhimlari: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiati, ularning konsentratsiyasi, temperatura va katalizatorning ishtiroki va boshqalar.
Gazlar ishtirok etgan reaksiyaning tezligi bosimga ham bogʻliq, gazning bosimi qancha oshsa uning konsentratsiyasi shuncha ortadi. Hajm qancha kamaysa bosim (konsentratsiya) shuncha ortadi va reaksiya tezligi ham shuncha oshadi.
Geterogen reaksiyalar uchun reaksiya tezligi zarrachaning sirt yuzasiga ham bogʻliqdir. Sirt yuza qancha katta boʻlsa reaksiya shuncha tez boradi.
a) Reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatining ta’siri.
NO va CO larning havo kislorodi bilan birikish reaksiyasi misolida qarab chiqamiz. Odatdagi sharoitda NO qaytaruvchilik xossasini namoyon qilib havo kislorodi bilan yuqori tezlikda reaksiyaga kirishib, qoʻngʻir rangli NO2 gazini hosil qiladi:
2NO + O2 = 2NO2 .
Aksincha, CO esa past temperaturada havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishmaydi. CO molekulasi ikki atomli molekulalar orasida bogʻ energiyasi eng yuqori molekula boʻlib hisoblanadi.
NO va CO molekulalari turli xil tuzilishga ega va shundan kelib chiqqan holda turli xil reaksion xususiyatga ega.
b) Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri.
1867 yilda norvegiyalik olimlar K.Guldberg(1836-1902) va P.Vaage (1833-1900) lar massalar ta’siri qonunini kashf etishdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: doimiy temperaturada kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari koʻpaytmasiga toʻgʻri proporsional:

ushbu reaksiya uchun reaksiya tezligining matematik ifodasi quyidagicha yoziladi:

- tezlik konstantasi, u doimiy kattalik boʻlib reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi birga teng boʻlgandagi reaksiya tezligidir. Ya’ni [A]=1mol/l; [B]=1mol/l boʻlganda boʻladi.
-reaksiyaga kirishayotgan modda tabiatiga, temperaturaga bogʻliq boʻlib, moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq emas.
Kimyoviy kinetikaning asosiy qonunidan kelib chiqadigan reaksiya tezligining konsentratsiyaga bogʻliqligi haqidagi ifodalar gazlar aralashmasi va eritmada sodir boʻladigan reaksiyalar uchungina qoʻllaniladi.Masalan:


Geterogen reaksiyada qattiq fazadagi modda konsentratsiyasi reaksiya davomida oʻzgarmaydi. Shuning uchun ularning konsentratsiyalari massalar ta’siri qonuni tenglamasiga kiritilmaydi.
Agar reaksiyada gazlar va eritilgan moddalar bilan bir qatorda, qattiq moddalar ham ishtirok etsa, reaksiya tezligi (qattiq moddaning maydalanish darajasi oʻzgartirilmaganda) faqat gazsimon va erigan moddalarning konsentratsiyalariga bogʻliq holdagina oʻzgaradi.Masalan, koʻmirning yonish reaksiyasida, reaksiya tezligi faqat kislorodning konsentratsiyasigagina proporsional boʻladi.Uning kinetik tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:


Kinetik tenglamalar yordamida reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyalari oʻzgarishi bilan reaksiya tezligi qay darajada oʻzgarishini hisoblab topish mumkin.

Download 438,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish