Kimyoviy reaktorlarni



Download 0,71 Mb.
bet19/20
Sana12.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#659287
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kurs ishi 12

15-rasm. Dizel yoqilg’isini gidrotozalash reaktori:
1-korpus; 2- futerovka; 3-katalizator; 4- tayanch halqa; 5-termopara o’rnatiladigan shtuser; 6-gaz xom-ashyo aralashmasining chiqishi; 7-qopqoq; 8-
pastki shtuser; 9-manometr uchun mufta; 10-sovitivchi gazning chiqishi; 11-tayanch; 12-himoya klapani shtuseri; 13-havo chiqargich; 14-lyuk; 15-gaz xom-ashyo aralashmasini berish shtuseri; 16-ajraladigan boshoqli panjara; 17-tayanch list.
Xom-ashyo tarkibida oltingugurt, sirkullyasiya gaz tarkibida esa vodorod sul’fid miqdori qanchalik yuqori bo’lsa, apparat shunchalik ko’p korroziyaga uchraydi.
Sulfat kislotasi bilan alkillashga mo‘ljallangan gorizontal reaktor (yoki kontaktor) 16-rasmda ko‘rsatilgan. Dastlabki xomashyo va kislota uskunaning jadallashgan holatda aralashtirish zonasiga beriladi, chunki bu yerda propellerli aralashtirgich (5) o‘rnatilgan. So‘ngra xomashyo va kislota aralashmasi qobiq (1) va sirkulatsion quvur (2) oralig‘idagi halqasimon bo‘shliqqa kiradi va quvurlar
o‘ramidagi berk kontur bo‘yicha sirkulatsiya qiladi.



16-rasm. Alkillash uchun turboaralashtirgichli gorizontal reaktor: 1–qobiq; 2–sirkulatsiya uchun quvur; 3–qaytaruvchi to‘siqlar; 4–quvurlar o‘rami; 5–propellerli aralashtirgich; 6–uzatma. Oqimlar: I–sovituvchi agent; II–reaksiya mahsulotlari; III–kislota; IV–xomashyo.

Ekzotermik reaksiya paytida ajralib chiqayotgan issiqlikni yo‘qotish uchun sirkulatsion quvur ichiga U-simon issiqlik almashinish quvurlari (4) joylashtirilgan. Sovituvchi agent sifatida kislotadan ozod bo‘lgan reaksiyaning bug‘lanayotgan mahsulotlaridan foydalaniladi.



  1. REAKTORLARNI HISOBLASH TARTIBI

Reaktorlarni hisoblash uchun eng avvalo berilgan uskunada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan neftkimyoviy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, reaktordagi ish ko‘rsatgichlari, fazalarning harakat tezliklari, issiqlikni uskunaga olib kirish va uni uzatish usullari, materiallarni tanlash, uskunaning konstruktiv tuzilishidagi alohida tomonlari va boshqa ko‘rsatgichlar aniqlanadi. Biroq har qanday sharoitda ham reaktorni hisoblash qo‘yidagi asosiy bosqichlardan iborat bo‘ladi:

    1. Termodinamik hisoblash natijasida jarayonni amalga oshirish uchun eng maqbul shart-sharoitlar (bosim, harorat va boshqalar) va xomashyoni o‘zgartish darajasi aniqlanadi.

    2. Kinetik hisoblash uskunaning reaksion hajmini aniqlash uchun amalga oshiriladi.

    3. Moddiy hisoblashdan asosiy maqsad uskunaga kirayotgan yoki undan chiqayotgan oqimlarning miqdorini aniqlashdan iborat.

    4. Issiqlik hisobi orqali issiqlikni uzatish yoki uni kiritish miqdori, issiqlik tashuvchining sarfi, issiqlik almashgichning yuzasi topiladi.

    5. Uskunani gidravlik hisoblash orqali oqimlarni uzatish uchun sarflanadigan energiya miqdori va ayrim uzellarining o‘lchamlari topiladi.

    6. Uskuna va uzellarni mexanik hisoblash natijasida uning konstruktiv tuzilishi aniqlanadi.

Reaksiya jarayonini va uskunaning rusumlariga ko‘ra, hisoblash va uni detallashtirish hajmi har bir aniq neftkimyoviy jarayon uchun turlicha bo‘ladi. Tanlab olingan jarayon uchun tajriba yo‘li orqali olingan ma’lumotlarning to‘la borligi reaktorni hisoblashda katta ahamiyatga molikdir. Reaktorlarni to‘la hisoblash uslublari maxsus adabiyotlarda batafsil keltirilgan. Hisoblash paytida kerak bo‘ladigan ba’zi tenglamalarni keltiramiz. Masalan, agar berilgan kimyoviy jarayonni oldindan ma’lum bo‘lgan o‘zgartirish darajasi bilan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan reaksiya davomiyligi τ ma’lum bo‘lsa, reaksion hajm quyidagi nisbat orqali topiladi:

V Vτ
P ε

, ( 4)


bu yerda, V – berilgan harorat va bosimda reaksiya paytida o‘zaro ta’sir qilgan moddalarning hajmi, m3/s; τ – reaksiyaning davomiyligi, s; ε – reak-sion hajmdagi erkin bo‘shliq ulushi (nokatalitik jarayonlar uchun ε = 1).


( 4) tenglamadan amaliyotda foydalanish bir qator qiyinchilik tug‘diradi, chunki ko‘pchilik neftkimyoviy jarayonlar uchun τ va V ni aniqlash qiyin masala hisoblanadi. Shu sababdan reaksion hajmni topishda quyidagi tenglamalardan foydalaniladi:


P
V VX
nV
VXτ



ρ
M ; ( 5)

V GX
GXτ M




n

ρ
P
g K K
, ( 6)

bu yerda, VX – dastlabki xomashyo hajmi, m3/soat; GX – dastlabki xomashyo

massasi, kg/soat; ρ K
– reaktordagi katalizator (issiqlik tashuvchi) qatlamining

zichligi, kg/m3; nV – hajmiy tezlik, m3/(m3·soat); ng – massaviy tezlik, kg/(kg·soat);
τM =1/nV yoki τM =1/ng – reaksiyaning mavhum vaqti.
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti Gess qonuniga asosan elementlardan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlari hosil bo‘lish issiqliklari yig‘indilarining ayirmasi sifatida aniqlaniladi:
Q = ΔN = Σ (ΔNhb)rm – Σ(ΔNhb)dm ( 7)
yoki dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlarining yonish issiqliklari yig‘indilarining ayirmasi sifatida topiladi:
Q = ΔN = Σ (ΔNyoi)dm Σ(ΔNyoi)rm , ( 8)
bu yerda, Q – reaksiyaning issiqlik effekti; (ΔNhb)rm – reaksiya mahsulotining hosil bo‘lish issiqligi; (ΔNhb)dm – dastlabki moddaning hosil bo‘lish issiqligi; (ΔNyoi)dm – dastlabki moddaning yonish issiqligi; (ΔNyoi)rm – reaksiya mahsulotining yonish issiqligi.
( 4) va ( 5) tenglamalar bo‘yicha hisoblash ishlari bajarilganda moddalarning hosil bo‘lish yoki yonish issiqliklarining qiymatlari maxsus adabiyotlardan olinadi.
Kimyoviy jarayonning moddiy balansini tuzishda dastlabki xomashyoni o‘zgartirish darajasi muhim ahamiyatga ega. O‘zgartirish darajasini boshqarish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 1) kimyoviy reaksiyaning doimiy soniga ta’sir qiluvchi harorat va bosimni o‘zgartirish; 2) reaksiya davomiyligini o‘zgartirish; 3) kerakli katalizatorni tanlash; 4) jarayonni resirkulatsiya orqali olib borish; 5) dastlabki xomashyo tarkibidagi u yoki bu komponentning konnsentratsiyasini o‘zgartirish. Reaktorning moddiy balansini tuzish uchun kimyoviy reaksiyalarining tenglamalari ma’lum bo‘lishi kerak hamda reaksiyaga qatnashayotgan komponentlarning keragidan ortiqcha olish koeffitsiyentlarining qiymatlari asoslangan bo‘lishi lozim. Har bir aniq neftkimyoviy jarayon uchun moddiy balans alohida ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Issiqlik balansi tuzishni katalitik kreking qurilmasining reaktor bloki

misolida ko‘rib chiqamiz. Reaktor bloki mayda donali katalizator bilan ishlaydi va mavhum qaynash qatlamli ikkita uskunadan tashkil topgan.
Reaktor blokining issiqlik balansini tuzish uchun quyidagi tushunchalarni qabul qilamiz:
GX – reaktorning dastlabki xomashyo bo‘yicha ish unumdorligi, kg/soat;
GK – kreking paytida katalizatorning yuzasiga cho‘kib qolgan koksning miqdori, kg/soat;
Gkat – sirkulatsiya qilayotgan katalizatorning miqdori, kg/soat;
t1 va t2 – reaktor va regeneratordagi haroratlar, K;
S0 – koksning regeneratsiya qilingan katalizatordagi qoldiq miqdori, kg/kg;
Gqk – katalizatordagi qoldiq koksning miqdori, kg/soat;
L – kreking paytida hosil bo‘lgan koksning yonishi uchun zarur bo‘lgan havoning midori, kg/soat;
Ssb – suv bug‘ining issiqlik sig‘imi; J/kg·K
Z1 va Z2 – reaktor va regeneratordan chiqib ketayotgan suv bug‘ining miqdorlari, kg/soat;
Qyoi – koksning yonish issiqligi, kJ/kg. Reaktor blokining issiqlik balansini tuzamiz:


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish