Kirish Adabiyotlar sharhi


MIKROSKOPIK ZAMBURUG‘LAR OQSILLARI



Download 1,14 Mb.
bet7/9
Sana19.02.2022
Hajmi1,14 Mb.
#458589
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mohira

4.2MIKROSKOPIK ZAMBURUG‘LAR OQSILLARI
Mikroskopik zamburug‘larni mitseliylari oqsil va almashinmaydigan aminokislotalarga boy manba hisoblanadilar. O‘zlarining ozuqaviy xususiyatlari bo‘yicha mitselial zamburug‘lardan olinadigan oqsil moddalari, soya va go‘sht oqsiliga yaqin turadi, shuning uchun ham nafaqat chorvachilikda, balki inson taomlariga qo‘shimcha moddalar sifatida xizmat qila oladilar. Mitselial zamburug‘larni sanoat sharoitida o‘stirish uchun ozuqa manbai sifatida odatda lignin, gemisellyuloza, kletchatka saqlovchi o‘simliklar chiqindilari ishlatiladi.
Bunda bir yo‘la oqsil massasini tayѐrlash hamda atrof-muhitni ifloslashtirish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan o‘simlikshunoslik hamda ѐg‘ochga ishlov berish va sellyuloza - qog‘oz sanoati chiqindilarini utilizatsiya qilishdek ikki yirik muammo o‘z yechimini topadi.
Ayniqsa, mikroflora ta’siriga chidamli bo‘lgan lignin molekulasini utilizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan faol shtammlar yaratish kata ahamiyatga egadir. Tabiatda lignin faqatgina qo‘ng‘ir va oq rangli chirishni amalga oshiruvchi Stropharia, Pleurotus, Abortiporus, Coriolus, Sterium va boshqa avlodlarga mansub bo‘lgan zamburug‘lar ishtirokida parchalanadi xolos. Hozirgi vaqtda chuqur izlanishlar oqibatida toksin saqlamaydigan, zaharsiz, tez o‘suvchi mezo- termofil zamburug‘larni shtammlari yaratilgan va ishlab chiqarishga tadbiq etilgan. Bunday shtammlar Penicillium, Aspergillus, Fusarium, Trichoderma avlodlariga mansub shtammlardir. Bu zamburug‘larning hujayra qobiqlari yupqa bo‘lib, hayvonlarning oshqozon-ichak yo‘lida oson va tez parchalanadi. Ularning tarkibida o‘ziga hos hid va maza beradigan aromatik moddalar, vitaminlar va ѐg‘lar bor.
Achitqi zamburug‘lariga qaraganda mitselial zamburug‘lar oqsillari oltingugurt tutgan aminokislotalarga boy, va yaxshi hazm bo‘ladi. Ularning tarkibidagi nuklein kislotalar miqdori (1-4%) o‘simliklarnikiga yaqin.
Shuning bilan birga mitselial zamburug‘lar hujayralarida oqsil kamroq sintez bo‘ladi (20-60% quruq massadan), ular achitqi zamburug‘lariga nisbatan sekin rivojlanadilar va biomassa hosil qiladilar (biomassaning ikki marotaba ko‘payish davri 4-16 soat, achitqi zamburug‘larida esa 2-3 soat).Sellyuloza va lignosellyuloza saqlovchi chiqindilarda o‘stirilgan tuban mitselial zamburug‘larning gidrolitik fermentlar sintez qilish xususiyati tufayli lignin va sellyulozani oddiy moddalargacha parchalab tashlaydilar va ulardan aminokislotalar hamda oqsil moddalari hosil bo‘ladi. Mitselial zamburug‘larning o‘sishini tezlashtirish uchun o‘simlik
chiqindilariga dastlabki ishlov berish (yuvish, isitish, maydalash va h.k)
foydalidir. Ko‘proq ishqoriy, kislotali ishlov berish, yuqori bosimda par
bilan ishlov berish, ammiak ѐki kaustik soda bilan ishlov berish
usullaridan foydalaniladi.
Mana shunday ishlov berishlar oqibatida lignin va boshqa qiyin
gidrolizlanuvchi polisaxaridlar qisman parchalanadilar, bu esa zamburug‘
massasining tezroq o‘sib rivojlanishini (7-8 kun) ta’minlaydi. O‘simlik
mahsulotlarining tayѐrlanganligiga qarab, mikroskopik zamburug‘larni
o‘stirishning tegishli usullari tanlanadi. Zamburug‘larni qattiq ozuqa muhitida o‘stirish uchun qattiq fazada fermentatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan. Bu usul o‘simlik mahsulotlarini maydalash, ularga issiq par ѐki ammiak suvi bilan ishlov berish, ularni mineral moddalar bilan to‘yintirish, zamburug‘larni ekish va ularni oldindan aeratsiya rejimida va mo‘’tadil haroratda o‘stirish jaraѐnlarini o‘z ichiga oladi. Ammo zamburug‘larni bunday texnologiya asosida o‘stirishda, o‘simlik mahsulotlarini ishlatish koeffitsiyenti juda past bo‘lganligi sababli hosil bo‘ladigan oqsil miqdori ham unchalik yuqori bo‘lmasligini oldindan bilsa bo‘ladi. Bu texnologiya asosida yetishtirilgan zamburug‘ massasida oqsil 20-30% ni tashkil etadi xolos. Masalan, tuban mitselial zamburug‘larning to‘g‘ridan–to‘g‘ri somonda ѐki boshqa o‘simlik
chiqindilarida o‘stirilishi shu manbalardagi uglerodning 17-25% izamburug‘ mitseliysining organik moddalariga o‘tishini ta’minlaydi xolos.
O‘simlik mahsulotining ishlatilish koeffitsiyenti odatda zamburug‘larni har xil gidrolizatlarda o‘stirilganda oshadi. Ma’lumki, buning uchun zamburug‘lar suyuq muhitda maxsus fermentѐrlarda o‘stiriladi.
Bunday sharoitda o‘stirilgan zamburug‘ mitseliysida oqsil miqdori 50-60% gacha yetadi. Ozuqa muhitini ko‘proq ishlatish maqsadida zamburug‘lar bilan bakteriyalarni qo‘shib o‘stirish mumkin.
O‘simlik chiqindilaridan tashqari, torf, go‘ng va boshqa hayvon chiqindilarini oqsilga aylantirish usullari ham yaratilgan.
Zamburug‘lardan olinadigan oqsil moddalarining hayvon organizmida yengil so‘rilishi, hamda ularning tarkibida nuklein kislotalarini nisbatan kamligi, bulardan achitqi oqsilariga nisbatan ko‘proq miqdorda ishlatish imkonini yaratadi. Odatda hayvon bolalarini oziqlantirishda ozuqa ratsioniga 15-20% zamburug‘ oqsili qo‘shish tavsiya etilgan. Yoshi kata hayvonlar ratsioniga esa 50% gacha zamburug‘ oqsili qo‘shish mumkin.


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish