Kirish Adabiyotlar sharhi


Bakteriyalardan olinadigan ozuqa oqsil konsentrantlari



Download 1,14 Mb.
bet8/9
Sana19.02.2022
Hajmi1,14 Mb.
#458589
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mohira

4.3 Bakteriyalardan olinadigan ozuqa oqsil konsentrantlari
Achitqilar qatori, hayvonlar ozuqasiga qo‘shib ishlatish uchun bakteriyalardan olinadigan oqsil konsentratlari ham katta ahamiyatga molik. Eng avvalo ularning tarkibidagi oqsil miqdori 60-80% ni tashkil etishini ta’kidlab o‘tmoq kerak. To‘laqonli ozuqa oqsili olish uchun manba bo‘lib xizmat qila oladigan 30 dan ortiq bakteriyalar ma’lum. Bakteriyalar achitqilarga nisbatan bir necha barobar tezroq va ko‘proq biomassa hosil qilish imkoniyatiga egalar va ularning oqsillarida oltingugurt tutgan aminokislotalarning miqdori ham anchagina, shu sababli ham bakteriyalar oqsillari achitqi zamburug‘lari oqsillariga nisbatan ko‘proq biologic bahoga egalar. Bakteriyalar o‘sishi uchun uglerod manbai bo‘lib har xil gazsimon moddalar (tabiiy gaz, gaz konsentrati va h.k), tuban spirtlar (metanol, etalon) va vodorod xizmat qilishlari mumkin. Substrat sifatida gazsimon mahsulotlardan foydalanilganda, asosiy komponent bo‘lib metan xizmat qiladi, shuning uchun ham ozuqa aralashmalari bosim ostida purkagich tipida yasalgan maxsus fermentѐrlarga yuboriladi (6.2-rasm).
Substratni yaxshiroq utilizatsiya qilish uchun bunday fermentѐrlarga gaz
aralashmalarini qayta aylantiradigan ustqurilma (rasmda 11 joy) mo‘ljallangan. Bakteriyalarga yetarlicha kislorod yetkazib berish maqsadida maxsus teshikchalar (rasmda 6-joy) qilingan.
Gazli ozuqa muhitida ko‘proq Methylococcus avlodiga mansub bakteriyalar o‘stiriladi. Bu bakteriyalar mo‘’tadil sharoitda fermentѐrga yuborilgan 85-90 % metanni hazm qilish imkoniyatiga egalar. Gazli ozuqa muhitida bakteriyalar o‘stirishga mo‘ljallangan ustqurilmalar muhit tarkibini aniq nazorat qilish va mustahkam berkitilgan, portlashlarga xavfsiz qilib yasalgan bo‘lishi shart. Fermentatsiya tugagandan keyin bakteriya hujayralari cho‘ktiriladi va separatorlar ѐrdamida suyuqlikdan ajratib olinadi. Olingan bakterial massaga mexanik ѐki ultra- tovush ѐrdamida ishlov beriladi. Shu yo‘l bilan qobiqlari ѐrilgan massa quritilib, ozuqa oqsil konsentratlari tayѐrlash uchun ishlatiladi. Metan va havodan iborat bo‘lgan gaz muhiti ѐng‘inga o‘ta xavfli bo‘lganligi, hamda bakteriyalar tomonidan metanni to‘lig‘icha parchalash uchun jaraѐnni bir necha bor qaytarish zarurligi sababli gazsimon moddalardan oziq-ovqat oqsili tayѐrlash o‘ta murakkab va qimmatbaho texnologiya hisoblanadi. Metandan oqsidlash orqali olish mumkin bo‘lgan methanol asosida oqsil tayѐrlash texnologiyasi ko‘proq ishlatiladi. Metanol saqlovchi ozuqa muhitida o‘stirish uchun Methylomonas, Pseudomonas, Methylohillus avlodlariga kiruvchi bakteriyalar ishlatiladi. Bu bakteriyalar suyuq ozuqa muhitida, oddiy fermentѐrlarda o‘stiriladi. Metanol asosida ozuqa oqsili tayѐrlashning keng miqѐsidagi texnologiyasi dastlab Angliyada ishlatilgan. «Ay-Si-Ay» konserni tomonidan «Prutin» nomi bilan ozuqa oqsili preparati ishlab chiqariladi. Rossiyada esa methanol asosida «Meprin» nomli bakterial oqsil massasi ishlab chiqariladi. Bu preparat tarkibida 70-74 % oqsil, 5 % gacha ѐg‘simon moddalar, 10 % atrofida mineral moddalar, 10-13 % nuklein kislotalar bor. Rossiyada shuningdek, Acinebacter avlodiga mansub bakteriyalarni etanolli ozuqa muhitida o‘stirirish orqali «Eprin» nomi bilan yangi preparat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Kelajakda bu preparatni oziq-ovqat tarkibida ham ishlatish mo‘ljallanmoqda.
Oqsil moddalarni sintez qilish samaradorligi bo‘yicha vodorod oksidlaydigan bakteriyalarga yetadigani yo‘q. Bu bakteriyalarning hujayralarida 80% gacha oqsil moddalar saqlanadi (quruq modda hisobidan). Bu bakteriyalar karbonat angidridni, ba’zi shtammlari esa hattoki havodagi azotni utilizatsiya qilish uchun vodorodning oksidlanish energiyasidan foydalanadilar. Vodorod oksidlaydigan bakteriyalarni o‘stirish uchun gazsimon ozuqa odatda 70-80% vodorod, 20-30% kislorod va 3-5% karbonat angidrid saqlaydi. Bunday tarkibdagi ozuqa muhitida o‘stirilganda, Pseudomonas, Alcaligenes, Achromobacter, Corenebacterium va boshqa avlodga mansub bakteriyalar yuqori samaradorlikka ega bo‘ladilar.
Oqsil massasi ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan vodorod odatda suvdan, uni elektroliz ѐki fotokimѐviy parchalash orqali olinadi.
Karbonat angidrid qandaydir sanoat ishlab chiqarishini gazsimon chiqindilaridan ѐki ѐqilg‘i gazlardan olinishi mumkin, bunday hollarda
bir yo‘la gazli muhitni tozalash muammosi ham yechiladi. Vodorod oksidlovchi bakteriyalar asosida oqsil tayѐrlash texnologiyasi qo‘shimcha mahsulot sifatida vodorod hosil qiluvchi kimѐ sanoati korxonalarigayaqin joyda tashkil etilishi ham mumkin.
Odatda ozuqa oqsili hayvon ozuqasiga 2,5-7,5%, cho‘chqalarga ba’zan 15% gacha qo‘shib ishlatiladi. Ulardan ko‘proq miqdorda foydalanishga to‘sqinlik qilib kelaѐtgan muammo bu oqsil preparatlari tarkibidagi nuklein kislotasi miqdorining o‘ta balandligidir (10-25% gacha). Bundan tashqari bakterial massada ko‘plab foydali moddalar qatori qiyin so‘riladigan ѐg‘simon moddalar (lipidlar) ham sintez bo‘lishidir.
Bakterial oqsil preparatlarini ajratish metodlarining qiyinligi vaularning baholari balandligi ham bu preparatlardan kengroq foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Xulosa
Men shu kurs ishimni yozishda mavzuyim yuzasinda<< Ozuqa oqsillari ishlab chiqarish texnologiyasi>>bo’yicha bilimlarga ega boldim. Sifatli ozuqa va oziq-ovqat oqsilining manbaini topish maqsadida olimlar azal-azallardan faqatgina tabiiy o‘simliklardan ovqatlanib kelaѐtgan ѐvvoyi hayvonlarning haѐtini, ularning ovqatlanishi va rivojlanishini sinchiklab o‘rganib kelganlar. Eng qizig‘i shundaki, ular (ѐvvoyi hayvonlar) o‘z xaѐtlari uchun yagona, har yili qaytadan o‘sib chiqadigan o‘tlardan foydalanadilar-u ammo hech qanday almashinmaydigan aminokislotalar, ѐg‘ kislotalari ѐki vitaminlarga muhtojlik sezmaydilar.
Bularning barchasi mana shu giѐhlarda-yu, ѐvvoyi hayvonlar iste’mol qilaѐtgan o‘simliklarda, tirik organizmning yaxshi rivojlanishi uchun kerak moddalarning barchasi muhayѐ (ohularning tez harakatchanligi, maymunlarning daraxtlardan- daraxtlarga sakrashi, qolaversa cho‘lda yaltirab rivojlanib yurgan qo‘y to‘dalarni ko‘z oldingizga keltiring) ekanligidan darak beradi Mikrobiologik sintez orqali maxsus tayѐrlangan (seleksiya qilingan) mikroorganizmlar ѐrdamida 1 l kultural suyuqlikda (ozuqa moddasida) 150 grammgacha L – aminokislota olish mumkin. Bu usulda ko‘proq seleksiya ѐki gen muhandisligi usullari orqali tayѐrlangan auksotrof
mikroorganizmlardan foydalaniladi. Bunday auksotrof shtammlarda mutagen faktorlar ѐrdamida muayyan aminokislotaning sintezini tashkil qiluvchi ferment tizimini boshqarib turadigan bir moddaning hosil bo‘lishi butunlay to‘xtatib qo‘yilgan ѐki bostirib (ingibirlangan) qo‘yilgan mutant hosil qilinadi.Bunday mutantlarda kerakli aminokislotalar miqdorini beixtiѐr ko‘paytirishdan boshqa iloji bo‘lmaydi. Mikroorganizmlarni o‘stirish orqali toza holda aminokislotalar preparatlarini sanoat asosida olib borish bir ѐki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish