Kirish. Asosiy qism: bob oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi



Download 109,73 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi109,73 Kb.
#518323
  1   2   3
Bog'liq
Oybek-romannavis


REJA:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

  1. BOB Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi.

  1. Adib romanlari badiiyatiga bir nazar.

  2. Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari.

  3. «Qutlug‘ qon» asari va istiqlol adabiyotshunosligi.

  1. BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili.

  1. Asar mazmuni va obrazlar tizimi.

  2. Asarda xotin-qizlar ruhiyati talqini.

  1. BOB «Qutlug‘ qon» asarida xarakterlar ruhiyati tasviri.

  1. Asar qahramonlari ruhiyatidagi o‘ zgarishlar tasviri.

  2. Roman strukturasi va badiiy xarakterlar ruhiyati

  1. Asarda epizodik obrazlari ruhiy dunyosi tasviri va asar badiiy qimmati.

  2. Xulosa.

  3. Adabiyotlar ro‘yxati.



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa ma’naviyat sohasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Uzoq tarix va boy ana’nalarga ega bo‘lgan ma’daniy merosimiz o‘z tabiiy sarchashmalari asosida o‘rganilishga barcha imkoniyatlar yaratildi. Xalq og‘zaki ijodi, uzoq asrlik mumtoz adabiyotimiz va jahon adabiyoti durdonalari bilan erkin tanishish natijasida adabiy jarayonda katta yuksalishlar yuzaga keldi. Tarixiy tajribalardan foydalanish, jahon erishgan adabiy-estetik tuyg‘ularni o‘zlashtirish, yangi davr, xususan, mustaqillik davri adabiy jarayonining asosiy fonemenini belgilab berishga xizmat etdi. Ijod olamidagi an’analar, tajribalar va yutuqlar keyingi davrlar o‘zbek adabiyotining erkin taraqqiy etishiga poydevor bo‘lib xizmat etdi.
Ma’lumki, ma’naviyat, axloq, estetik tuyg‘uni shakllantirishda adabiyotchalik xizmat etadigan vositaning o‘zi yo‘q desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shu bois qadimdan, adabiyotga, badiiy so‘z san’atiga e’tibor nihoyatda katta bo‘lib kelgan. Birgina badiiy so‘zning qimmati haqidagi sharq va g‘arb allomalarining, arbob-u siyosatdonlarning, faylasufi ijodkorlarning aytgan fikrlarini jamlasak, badiiy adabiyotning nufuzi nihoyatda ardoqli ekanligini anglashimiz tabiiy. Asrimiz boshlaridayoq ma’rifatparvar shoir Cho‘lpon «Adabiyot yashasa - millat yashar» degan shiori bilan adabiyotning millat va xalq taqdiridagi o‘rnini belgilab berganligini ko‘ramiz. Bunday qarashlarni barcha ma’naviyat fidoiylari ta’kidlab o‘tganlar. Ayniqsa yangi asr bo‘sag‘asida Prezidentimiz Islom Karimovning «Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga e’tibor» degan purma’no, hikmatli so‘zlari badiiy adabiyotning millat, xalq va insoniyat taqdiridagi asosiy xizmatini ko‘rsatib berdi. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Prezidentimiz istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ma’naviyatga e’tibor qaratganligi, yangi davr insonlarini ma’naviyati yuksak, axloqan pok, ruhan baquvvat etib tarbiyalash masalasini ilgari surdiki, bu esa o‘z navbatida jahon xaritasida paydo bo‘lgan yangi bir davlatning qiyofasini belgilab berishga xizmat etdi. Shu ma’noda badiiy adabiyotning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’naviy poydevori ekanligini har birimiz anglab olishimiz mumkin bo‘ladi. Prezidentimiz I. A. Karimovning haqli ta’kidlaganidek, mustabid tuzum davrida «Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi. Navruz, Ramazon, Qurbon hayiti kabi ko‘plab muqaddas, milliy bayramlar ta’qib etilgandi. Amir Temur, Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud Az-Zamaxshariy, Xo‘ja Axrori Valiy, Abduholiq G‘ijdivoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilinardi».1 Bunday qabih harakatlar istiqlol davrigacha davom etganligi ma’lum. O‘zbek adabiyoti va keng ma’noda ma’naviyat fidoyilari bu davrning og‘ir oqibatlarini boshidan kechirgan. Shunday bo‘lsa-da, millat va vatan manfa’atlari yo‘lida sobitqadamlik bilan kurash olib borganlar. Shunday ardoqli adiblardan biri Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir. Oybek asrimiz boshlarida dunyoga kelib asrimizning uchinchi choraklari o‘tayotgan bir vaqtda olamdan o‘tgan. Ijodkorning butun hayoti o‘zbek ma’naviyati ravnaqi bilan bog‘liq deya olamiz. U shoir, yozuvchi, publisist, adabiyotshunos, faylasuf, tarjimon va boshqa sohalarning ulkan namoyondasi edi. Oybekning o‘zbek she’riyatiga, prozasiga, adabiyotshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi umumjihatdan olib qaralsa, butun bir jarayonni, davrni tashkil etadi. Gap shundaki, Oybek ijodi bir butun, yaxlit jarayonni qamrab olsa-da, uning asarlari sobiq sovet mafkurasi davrida ayro xolda tahlil etilganligini ko‘ramiz.

  1. BOB Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi.

  1. Adib romanlari badiiyatiga bir nazar

Oybek o‘z ijodini shoir sifatida boshlab bu sohada ajoyib samaralarga erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo‘lsa-da, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o‘tadi. Avvalo, «Gulnor opa», «Fonarchi ota», «Geografiya muallimi», «Tilla topar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari hikoya va ocherklar yozib nasrda ma’lum bir tajriba va malaka hosil qiladi. So‘ngra «Qutlug‘ qon» romanini yozishga kirishadi. Oybek romanning yaratilish tarixi haqida: «1973 - yilda «Qutlug‘ qon» romanini yoza boshladim. Bu romanni yozish uchun material yig‘ib o‘tirmadim. Bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaverdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim», - degan edi.
1940-yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani badiiy jihatdan yetuk asar unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917-yil to‘ntarilishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan.
Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga uning shaxsiy hayoti va insoniy xislatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonligi va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasi va singlisi Unsunga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Yo‘lchi sodda, halol, pok qalbli mard yigit sifatida romanda katta mahorat bilan tasvirlangan. Yo‘lchi milliy xarakter darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo‘lchining har bir harakatini psixologik jihatdan asoslab bergan.
Yo‘lchi dastlab: «Ajab dunyo ekan! Har yerda dehqonning ishi chatoq! Eri bo‘lsa ulovi yo‘q, ulovi bo‘lsa eri yo‘q. Ko‘pida ikkisi ham yo‘q. Mana men hozir qayoqqa qarasang menga o‘xshaganlar...» - deb o‘sha hayotga til tekkizadi. Yo‘lchidagi bu norozilik kayfiyati roman voqealari davomida o‘sib, alangalana boradi. Mirzakarimboy o‘z qaramog‘idagi batraklarga o‘tkazgan zulmi, Yo‘lchining sevgilisi Gulnorga uylanishi, Gulnorning boyvachchalar tomonidan o‘g‘irlanishi va oxir oqibatda zaharlanib o‘lishi, mayshatparast Tantiboyvachchaning qilmishlari, uning o‘z xizmatkori Qambarga bo‘lgan munosabati, Mardikorlikga olishi kabi nohaqliklar, qisqasi hayotdagi ijtimoiy adolatsizlik Yo‘lchining ong tushunchasida jiddiy o‘zgarish keltiradi. Yo‘lchining kurash girdobida toblana borib, 1916-yilgi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi va yo‘lboshchisi darajasiga ko‘tarilishini ustalik bilan ko‘rsatgan.
Asar xotimasida Yo‘lchi mehnatkashlarni ozodlikka chiqarish yo‘lidagi isyonda qahramonlarcha halok bo‘ladi. Romanda Yo‘lchining zulm va adolatsizlikka qarshi kurashi va bu kurashda mardona halok bo‘lishi g‘oyatda jonli, ta’sirli aks ettirilgan. Kambag‘al kosib Shokir otaning Unsinga aytgan so‘zlarida katta ma’no bor. «Yo‘lchining o‘limi uncha-muncha o‘lim emas. Bu juda katta o‘lim. Akang, Yo‘lchi o‘g‘lim nima uchun, kim uchun qon to‘kdi? O‘zi uchun emas, xalq uchun, jamiyki alamzadalar uchun qon to‘kdi. Yo‘lchining qoni sira behuda ketmaydi, sira behuda ketmaydi. Bu hikmatli qon Qutlug‘ qon».
«Qutlug‘ qon» romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Ular orasida ayniqsa, Gulnor timsoli o‘qituvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiyali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor - sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham axloq-odobi ham yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soddalik yo‘q. Ammo, Gulnor - huquqsiz. Shu sababli Yo‘lchini jonidan ortiq sevgani hamda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘lar edi.
Gulnorning onasi Gulsunbibi - o‘zi bir olam u mushfiq mehribon ona Gulsunbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo‘yadi. Qizini tushunadi va ayaydi, shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimboy xotinlikka olmoqchi ekanligini eshitgach, u ruhan qiynalib ich-ichidan eziladi. Gulsunbibi obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham zahmatkashlik va mehribonlik ham yorqin aks etgan.
«Qutlug‘ qon» romanida Shoqosim, Qoratoy, O‘roz, Shokir ota, Qambar, Yormat, Unsun kabi obrazlar ham jonli to‘laqonli bo‘lib chiqqan. Bu obrazlar, romanda o‘z mavqeiga ega, ular bosh qahramon xarakteridagi yetakchi xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladilar. Professor Q.Yo‘ldoshev shunday degan edi: “Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar adabiy hodisalarni qayta idrok etish va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq adabiyotshunoslik ilmining talablari asosida baholash zaruratini taqozo etadi.”2
Romanda ayniqsa, Mirzakarimboy obrazi puxtalik bilan ishlangan. Mirzakarimboy aqlli tadbirkor shaxs, uning qilmishlari jirkanchli, buzuq. Mahalla baqqolining o‘g‘li bo‘lgan Mirzakarimboy halollik bilan emas, balki qorovul va xizmatkorlarni shavqatsiz ishlatish, ularning ish haqidan urib qolishi orqali mashhur millioner boy darajasiga ko‘tarilgan.
Mirzakarimboyning ma’naviy dunyosi ham past, u qarindoshlik tuyg‘usidan mahrum. U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Qumribibi haqida yomon so‘zlar aytadi. Yo‘lchiga “odam bo‘lmoqchi ersang onang zoriga quloq solma” deb nasihat qiladi. Mirzakarimboy o‘z jiyani Yo‘lchiga zulm adolatsizlik va insonfsizlik qiladi. Bu qari chol hatto jiyanining sevgilisi, nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan ham tortinmaydi. Mirzakarimboy Yo‘lchiga nasihat qilgan bo‘lib, o‘zining hayot va odamlar haqidagi falsafasini bayon etadi. Mirzakarimboyning falsafasiga ko‘ra pul hamma narsaning otasi, pul - belga quvvat, boshga toj, puldor odam qanotli odam. Bu qanot bilan mag‘ribdan mashoyiqgacha uchasan, har yerda oshno- og‘ayni, do‘st-yor topasan. Mirzakarimboy men do‘stlarga sira ishonmayman. Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, rayiga qarab ish qilgan erkak odam emas deydi. Yuqorida keltirilgan misollarda Mirzakarimboyning yirtqich qiyofasi uning odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi.
«Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatdan ham g‘oyatda diqqatga sazovor. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterining personaj tilini tabiiy va jonli qilib tasvirlangan. Shunga ko‘ra romandagi har bir obrazni o‘z ichki,
tashqi dunyosi bor, o‘z xarakteri va individual tili bor. Masalan, Abdushukur tilidan ishlatilgan «G‘oliba maqsad», «Komunikantning g‘oyaviy hayoti», «E voh, zolim Turkiston», «Milliy sarmoya», «O‘z boylarimiz - musulmon boylarimiz» singari so‘z va iboralar bu obraz tiliga individual tus bergan.
Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq boyliklari: xalq maqollari hikmatli so‘zlar va obrazli iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari yozuvchi maqol va hikmatli so‘zlar darajasida tuzuvchi «Yer sotgan - er bo‘lmaydi, er yer sotmaydi, jabrning to‘qmig‘iga toqat yo‘q», «Xalq o‘z ishini bilib qiladi», «O‘tinsiz qozon qaynamaydi» singari sermazmun chiroyli jumlalar va iboralar yaratgan. «Qutlug‘ qon» romani syujeti kompozitsiyasi nihoyatda tahsinga loyiqdir. Unga asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan tasvirlar ochiqcha epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga syujetni xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi. Kezi kelganda shuni ham qayd etish kerakki, roman ayrim qusurlardan xoli ham emas. Asarda o‘sha davr taqozosiga ko‘ra sosialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan. Uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib, o‘quvchida yoqimsiz taassurot qoldirishga urinilgan.
Romanda asosiy obrazlar har birini o‘ziga xos hayot yo‘li va fel-atvori tasvirlangan. Bu jihatdan xususan Yormat obrazi xarakterli. Yormat - kambag‘al xizmatkor, lekin u ko‘p yillardan beri o‘zini kimligini bilmay yuradi. O‘zini boshqa qarollardan yuqori qo‘yadi. Ularga bo‘lar-bo‘lmasga ish buyurib kattalik qiladi. Yormat Mirzakarimboy mulkini o‘z mulki deb hisoblaydi. Chunki u Mirzakarimboy bilan o‘zi orasida tengsizlik borligini sezmaydi. Ammo Yormat keyinchalik o‘zining aldanib yurganligini anglab yetadi. Natijada, zolim, nopok boylardan qasos olishga ahd qiladi. Yormat qizi Gulnor qabri ustida ont ichib, shunday deydi: «Hammasini qiraman, dadang endi qo‘rqmaydi. Ular endi xo‘jayin emas qizim. Yelkamga xo‘p minishdi. Endi bas! Ko‘zim ochildi, Gulnor. Lekin bu ko‘z qurg‘ur juda kech ochildi. Yuragimga zaxar yugurganda ochildi. Yuragim sen eding, Gulnor... E voh essiz umr, essiz qizim».
Oybek romanida mehnatkash xalq vakillari hayotini, orzu istaklarini, kurash yo‘llarini tasvirlash jarayonida o‘sha davr ijtimoiy hayotining keng va yorqin manzarasini chizgan. Hayotdagi ijtimoiy tengsizli va adolatsizlikni fosh etgan. Romanda Mirzakarimboy, Hakimboyvachcha, Tantiboyvachcha,
Salimboyvachcha, Fazliddin, Nuri singari salbiy obrazlar yaratilgan. Bu obrazlarning o‘ziga xos fe’l atvori, xatti-harakati takrorlanmas darajada original va jonli qilib chizib berilgan.
1916-yil qo‘zg‘oloni arafasidagi hayot ana shunday fojiyali manzaralardan iborat bo‘lgan va ular Oybek romanida haqqoniy tasvir etilgan.

    1. Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari

Yozuvchining “Qutlug‘ qon” asari haqida adabiyotshunos S.Mirzaev shunday degan edi: “1940 - yilda chop etilgan “Qutlug‘ qon” romani - badiiy jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan... Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda - tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan”.3
Yo‘lchi obrazi ruhiyati: Asar Yo‘lchining Mirzakarimboy xonadoniga kirib kelishi bilan boshlanadi va uning yorug‘ dunyoni tark etishi bilan tugaydi. Agar asar boshlanishida u yigirma uch yoshli yigit bo‘lgan bo‘lsa, Toshkentda, boy tog‘asining uyida uch yil yashab, yigirma olti yoshda, chor mirshabining o‘qidan halok bo‘ladi.
Oybek o‘z asariga ana shu yigirma olti yoshlik umrning uch yilini tanlab olgan. Uning Xo‘jakentda beva onasi dag‘rida, qashshoqlik muhitida kechggan hayoti bizga faqat ma’lumot uchun kerak. U ana shu muhitdan najot izlab, boy tog‘asining mehriga bo‘lmasa-da insofiga umid bog‘lab keladi. Lekin voqealar rivoji bilan uning Mirzakarimboy uyida qilgan mehnati evaziga onasiga pul-mul yuborib turish haqidagi rejasi barbod bo‘ladi. U tushgan muhit uni girdob sari yutib yuboradi.
Yo‘lchi - halol mard, oliyjanob yigit. U boshqalarni ham o‘zi singari toza, pokiza kishilar deb o‘ylaydi. Lekin Mirzakarimboyning xonadonida yashayotgan va xizmat qilayotgan kishilar, beshqo‘ldek baravar emas edilar. Agar xizmatkorlarning aksariyat to‘pori, mehnatkash, halol va qashshoq bo‘lsa, boy xonadonining boshqa a’zolari esa, kibr havoli odamni cho‘ntagiga qarab muomala qiluvchi kishilardir.
Yo‘lchining uyg‘onishi avvalo, Mirzakarimboy obrazi bilan bog‘liq. Mirzakarimboy bilan har bir uchrashuv tog‘a va jiyan o‘rtasidagi masofani uzoqlashtiradi. Tog‘a jiyanini shaldek ishlatsa-yu, mehnat haqqini to‘lamasa, hatto Yo‘lchi g‘arib onasini yo‘qlab turmasa. Mirzakarimboy obrazining ana shu qirrasida uning xudbinligi oddiy insoniy hislardan mahrumligiga mujassamlashgan. Lekin Yo‘lchining ko‘zini bu ziqna oila boshlig‘i emas, balki boshqalar ham navbatma-navbat ochib boradilar. Nuri o‘zining buzuq niyat bilan, Tanti boyvachcha bir bechora bolani mastlik orqasida otmoqchi bo‘lgani, hatto boyning xotini kambag‘al Yo‘lchidan bir qarindoshidan jirkanishi bilan uning ongidagi budroq qarashlarni uyg‘otib yuboradilar.
Oybek asarda tasvirlangan voqealarni asosan Yo‘lchining yuzi bilan ko‘rish va tasvirlashga uringan. Uning badiiy poetikasiga ko‘ra asarda tasvirlangan voqealar bamisoli tez oqar daryo bo‘lsa, Yo‘lchi shu daryoning o‘rtasiga tushib qolgan g‘arib kishilardan biridir. Uning bu daryodan omon chiqishi mumkin emas. Bu daryo o‘zining vaxshiy oqimida faqat uni emas, balki hatto Salimboyvachchani ham, Gulnorni ham yutib yuboradi. Yormatni holi boshqa g‘arib-u g‘uborlarni ham shu daryo o‘z girdobiga tortay deb turibgan shunday bir vaziyatda Yo‘lchiga biror bir g‘oyaviy rahbarni keragi yo‘q. Shuning uchun Oybek hatto jadid Abdushukur obrazini faollashtirishni lozim deb topmagan. Yo‘lchi va uning do‘stlari ko‘zini ochgan ularni ikkiyoqlama zulmga qarshi yo‘naltirgan birdan-bir kuch hayotning o‘zi edi.
Yo‘lchi ikkiyoqlama zulm ovi avj olgan bir davrda yashagan. Bu davrda na mahalliy boy na chor ma’muriyatlari orasida oddiy xalq taqdiri haqida qayg‘uruvchi kishilar deyarli yo‘q edi. Shu yillarda endigina shakllanib kelayotgan jadidchilik harakati ma’rifat nurlaridan bo‘lak bir narsani berishga qodir emas edi. Xalqqa esa kitob-daftar zarur bo‘lsa-da, birinchi galda non-ovqat kerak edi. Shuning uchun ham Oybek Abdushukur obrazini sust harakat qilishi sifatida tasvirlagan. U Yo‘lchiga ommaga yordam bera olmaganidek, Yo‘lchi ham uning maqsadiga tushunmaydi, shu tufayli uning maslahatiga muxtoj emas. Yozuvchi shu o‘rinda jadidchilik harakatining zaif nuqtalarini ham ro‘y-rost ochib tashlashga intilgan.
Shunday qilib, Yo‘lchi faqat o‘zining taqdirida do‘stlari bilan yolg‘izlanib qoladi. Ularning barchasi sodda, oqko‘ngil, mehnatsevar kishilar bo‘lsalar-da, na o‘z mehnatlari bilan baxtsiz taqdirlarini o‘zgartira oladi na birlashib zulm saltanatini ag‘dara oladilar. Ular tarixning boshi berk ko‘chasiga kirib qolgan bechoralardir.
Yo‘lchining halok bo‘lishi qonuniydir. Shafqatsiz hayot Yo‘lchidek or nomusli ammo yod oqimga Mirzakarimboy va Tanti boyvachchalarga qo‘shila olmagan g‘arib kishilarni majaqlab tashlaydi. Oybek hayotning ana shu qonunini bilgani holda Yo‘lchining o‘z haqiqati uchun adolat uchun, kambag‘allar manfaati uchun, Gulnor uchun, o‘zi aziz bilgan qadriyatlar uchun kurashishni xoxlaydi va ana shu kurashda uning insoniy mohiyatini ochgan deb bilamiz.
Iste’dodli yozuvchi Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, insonparvarligi, sevgiga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan. Yo‘lchi halol ishlab, yashashni xoxlaydi. Mehnatsiz kun ko‘rishni, tekinxo‘rlik qilishni aslo yoqtirmaydi. Shunga ko‘ra u Tantiboyvachcha bergan harom pullarni olishdan hazar qiladi. Yo‘lchi Tantiboyvachchaning «pulning qadrini bil», «lo‘lining eshagini sug‘or, pulini ol», «puldorlarga egil» degan nasihatlariga javoban: «Yigitning yuragi nomusi, odamgarchiligi puldan aziz, puldan yuqori emasmi? Puldorlarga egilish pastkashlik emasmi? Egiluvchan bilan tilamchi orasida nima farq bor? Oz bo‘lsa ham peshona terim bilan topaman, suqatoylik, mo‘ltonilikka sira yurmayman», - deydi.
Shunisi ham ma’lumki, Yo‘lchi o‘z puliga, moddiy yordamga muhtoj bo‘lsa- da, Shoqosim, Shokir ota singari qashshoqlardan hech narsani ayamaydi. Yo‘lchi har doim qashshoqlarning mushkulini oson qilishga intiladi. Zarur bo‘lib qolganda ularga o‘zining oxirgi so‘mini ham berib turadi.

Download 109,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish