Kirish. Asosiy qism i-bob. Hozirgi zamonda inson huquqlari to’g’risidagi asosiy xalqaro


Ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishini irqiy kamsitishni tugatish Qo’mitasi kuzatadi



Download 45,51 Kb.
bet9/11
Sana31.03.2022
Hajmi45,51 Kb.
#521965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mohmudov Bunyod

Ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishini irqiy kamsitishni tugatish Qo’mitasi kuzatadi.
Yuqorida sanab o'tilgan konvensiyalar bir tomondan, inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishning asosiy xalqaro mexanizmi bo'lsa, ikkinchi tomondan, inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish mexanizmlarini taklif qiladi.
Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hujjatlar

  1. yilda Inson huquq va majburiyatlari Amerika deklaratsiyasi qabul qilingan.

1950 yilda Yevropa Kengashi Inson huquq va asosiy erkinliklarining himoyasi to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini. 1960 yilda Yevropa ijtimoiy xartiyasini qabul qildi.

  1. yilda Amerika qit'asi davlatlari Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasini tasdiqladilar;

Afrika davlatlari — Afrika birligi tashkiloti a'zolari 1981 yilda Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasini qabul qildilar.
Va nihoyat, 1994 yilda Arab davlatlari Ligasi doirasida Inson huquqlari Arab xartiyasi qabul qilindi.
Har bir mintaqaviy manba xalqaro yoki boshqa mintaqaviy manba bilan taqqoslaganda o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi Konvensiyaning davlat- qatnashchilari tomonidan inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan xalqaro nazoratni amalga oshiruvchi samarali tizim yaratishni ko'zda tutadi. Inson va xalqlar huquqlari to'g'risidagi Afrika xartiyasi kollektiv deb nomlanuvchi huquqlar kiritilgan. Amerikalararo nazorat tizimi nafaqat Konvensiya ishtirokchilariga, balki muayyan shartlarda Konvensiyaga qo'shilmagan Amerika davlatlari tashkiloti a'zolariga ham tatbiq qilinadi.
Yevropa Kengashi doirasida umume'tirof etilgan inson huquqlari yevropa tizimining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

  1. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa konvensiyasi (1950 y.);

  2. Qiynoqlar va insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvsi muomala yoki jazoning oldini olish bo'yicha Yevropa konvensiyasi (1987 y.);

  3. Yevropa ijtimoiy xartiyasi (1961 y.);

  4. Milliy ozchiliklarni himoya qilish bo'yicha doiraviy konvensiya (1995 y.);

Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida Yevropa
konvensiyasini 41 ta davlat-a'zo ratifikasiya qilgan. 5 Ushbu mamlakatlarning har biri inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudining yurisdiksiyasi, shuningdek individual shikoyatlar berish huquqini ixtiyoriy ravishda tan oladi. Konvensiya o'zida xalqaro shartnomani mujassamlashtirib, unga ko'ra Yevropa Kengashining barcha a'zo- davlatlari o'z yurisdiksiyalarida bo'lgan shaxslarga eng asosiy ba'zi huquqlarni kafolatlash majburiyatini olganlar. Davlat-ishtirokchilarning milliy qonunchiligi Konvensiya prinsiplariga muvofiq bo'lishi lozim. 6.
Aytish mumkinki, Yevropa sudi fuqarolar erkinliklari bo'yicha G'arbiy Yevropa konstitusiyaviy sudiga aylandi. U tomonidan ko'rib chiqilgan ishlar nuqtai nazaridan Sud tomonidan yaratilgan presedent huquqi nisbatan keng va uning ahamiyati doimiy oshib bormoqda.
Umume'tirof etilgan inson huquqlari amerika tizimi manbaalari tizimiga ikkita huquqiy hujjat — Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi va inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasi kiradi.
Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi — inson huquq va majburiyatlari Amerika deklaratsiyasi (1948 yil). Amerika davlatlari tashkilotining Ustavi 1951 yilda kuchga kirgan bo'lib, inson huquqlariga bag'ishlangan faqatgina bir nechta qoidalardan iborat. Ularda biri 5j-moddasi (muqaddam 3j-modda) bo'lib, unga ko'ra Ustavni imzolagan davlatlar individning asosiy huquqlarini irqi, millati, dini yoki jinsiga ko'ra hyech qanday ajratishlarsiz rioya qilish majburiyatini oladilar. Inson huquqlariga havola qilish 16-modda (muqaddam 13-modda) da mavjud.
Amerika davlatlari tashkilotining Nizomi tasdiqlangan Konferensiyada shuningdek, inson huquq va majburiyatlari Amerika deklaratsiyasi ham qabul qilingan bo'lib, unda 27 ta inson huquqlari va 10 ta majburiyati e'lon qilingan.
Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil) 12 xil umumiy kategoriyadagi fuqarolik va siyosiy huquqlarni, masalan huquq subyektliligini tan olish huquqi, yashash huquqi, insoniy muomalaga, adolatli sudlovga, mulkka, birlashish erkinligiga bo'lgan huquqlarni kafolatlaydi.
Konvensiyaga qo'shimcha protokol iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga oid bo'lib, San-Salvador protokoli sifatida nom qozongan va 1988 yilda qabul qilingan.
Inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo komissiya. Bu Komissiyaning funksiyalari inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konvensiyasining 41-moddasida mustahkamlangan. Bu modda Komissiyaning funksiyalarini Amerika davlatlari tashkilotining organi sifatida belgilab beradi va uni Konvensiyaning 44-51-moddalarida mustahkamlangan “petisiyalar va boshqa murojaatlar bo'yicha o'zining boshqaruvi doirasiga muvofiq choralar ko'rish”ga vakolat beradi.
Konvensiyaga muvofiq Komissiya petisiya va davlatlarning boshqa murojaatlarini ko'rishga vakolatli. Petisiyaning o'rinliligi to'g'risidagi qaror bir qator shartlarga bog'liq, qisman xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga muvofiq barcha ichki huquqiy himoya vositalaridan o'tilganligiga bog'liq. Bundan tashqari, Komissiyaga petisiya taxminiy mavjud bo'lgan huquqbuzilishining jabrlanuvchisi muayyan ish bo'yicha milliy sudning ohirgi qarori qabul qilinganligi haqida xabardor qilingandan so'ng faqatgina olti oylik muddat ichida berilishi mumkin. Shikoyat o'rinli deb topilgan taqdirda Komissiya taqdim qilingan ma'lumotlarni ko'rib chiqadi, huqumatdan kerakli ma'lumotlarni so'raydi va faktlarni o'rganadi. Bu jarayon doirasida Komissiya shikoyat bergan shaxs va hukumat vakili ishtirokida majlis o'tqazadi.
Inson huquqlari bo'yicha amerika davlatlariaro sud taraflar o'rtasida nizolarni ko'rish yurisdiksiyasiga ega, xususan, davlat-ishtirokchilardan biri Inson huquqlari bo'yicha Amerika konvensiyasiga rioya qilmaslikda ayblangan ishlarni hal qilish yurisdiksiyasiga ega. Shuningdek, u Konvensiya va inson huquqlari bo'yicha muayyan shartnomalar bo'yicha tavsiyaviy xulosalar chiqarishi mumkin. Ish o'z ish yurituviga berilgan taqdirda Sud inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo Komissiya tomonidan ko'rib chiqilgan faktlar va huquq masalalarni ham ko'rib chiqishga vakolatli. Sud yetkazilgan zararni pul ko'rinishida qoplash to'g'risida qaror chiqarishga va belgilangan da'vo bo'yicha nafaqat huquq buzilishini, balki davlatlar ushbu huquqbuzilishi bilan bog'liq ravishda qo'llashi lozim bo'lgan choralarni ham belgilab qaror chiqarishga vakolatli.
Afrika qit'asi 1981 yildagi inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasining tarkibi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida qit'a davlatlarining hamkorligiga ta'sir ko'rsatgan o'zining maxsus jihatlariga ega. Afrika davlatlari inson va xalqlar huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorligining asosida keng ma'noda rivojlanish (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanish) nazariyasi yotadi. Inson huquqlarini zamonaviy sharhlash nuqtai nazaridan yevropa va afrika modellarini uyg'unlashtirish bu sohada taraqqiyotga erishishning eng maqbul yo'lidir.
Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasining qabul qilinishi inson va xalqlar huquqlarini ta'minlash borasidagi mintaqaviy tizimlar shakllanishining mantiqiy davomi bo'ldi. Afrika xartiyasi, bir tarafdan, afrika sivilizasiyasining qadriyatlari va odatlariga tayansa, ikkinchi tarafdan, BMT Ustavi, inson huquqlari bo'yicha Xalqaro paktlar, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining qator rezolyusiya va deklaratsiyalarida mujassamlashgan inson va xalqlar huquqlarini himoya qilishning universal tizimiga asoslanadi.
Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi muqadimmasi va 68 moddadan iborat 3 qismdan tashkil topgan. I qism huquq va majburiyatlarga bag'ishlangan bo'lib, inson va xalqlar huquqlari (1-26-moddalar) va majburiyatlar (27-29-moddalar) bayon qilingan ikki bobga ajratilgan. II qism kafolatlarga bag'ishlangan bo'lib, inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika Komissiyaini tashkil qilish (30-44-moddalar), Komissiyaning vakolatlari, uning o'z funksiyalarini amalga oshirish jarayoni va prinsiplariga oid (45-63-moddalar) uch bobga ajratilgan.
Mazmunan Afrika xartiyasini ikkita asosiy qism: xalqar huquqlari va shaxsning individual huquqlariga ajratish mumkin.
Afrika xartiyasi deklaratsiyalar, konvensiyalar shuningdek BMTning va uning maxsus muassasalarining boshqa hujjatlarida, shuningdek, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, inson huquqlari to'g'risidagi Xalqaro paktlar, boshqa mintaqaviy tashkilotlar hujjatlaridagi qoidalarga tayanadi. Ko'pgina inson huquqlari bo'yicha eng muhim qoidalar aniqlashtirilib, o'zlarining keyingi takomillashuvlarini Afrika qit'asining xususiyatlarini inobatga olgan holda Xartiyada aks ettirildi.
Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasida va boshqa amalda bo'lgan xalqaro hujjatlarda mavjud bo'lgan inson va xalqlar huquqlari o'rtasida chegara belgilash lozim bo'lib, bunda nima Xartiyaga qadar o'rnatilgan va nima birinchi marta Xartiyada o'rnatilganligiga alohida e'tibor qaratish joiz.
Inson va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasida va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan xalqlar huquqlarini tahlil qilib, ularning barchasi afrika mamlakatlari oldida turgan nisbatan muhim vazifalarni hal qilishga: siyosiy va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash, jamiyot hayotining barcha sohalarini dekolonizasiya qilish, birdamlik va o'zaro manfaatdorlikka asoslangan afrika davlatlari hamkorlikni rivojlantirish, qit'adagi mojaroli vaziyatlarni tartibga solish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishga qaratilganligini farqlash qiyinchilik tug'dirmaydi.
Bundan kelib chiqib ta'kidlash mumkinki, Afrika xartiyasi ba'zi xalqlar huquqlari tarkibiga qator yangi elementlarni olib keldi. Masalan, o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, ya'ni bir xalqning boshqa xalq ustidan hukmronligi “siyosiy, iqtisodiy hukmronlik yoki madaniyat sohasidagi hukmronlik” kabi keng ma'noda talqin qilinishi mustahkamlandi. Xartiyada o'zining ozodligi uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan har qanday vositalar bilan, hattoki qurolli kurashga qadar kurashishning huquqiyligi ko'rsatildi.
E'tirof etish mumkinki, Afrika xartiyasi o'zida bir qator siyosiy va fuqarolik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy kabi individual inson huquqlari bo'yicha xalqaro universal va mintaqaviy hujjatlarda tartibga solingan inson huquqlarini ham mujassamlashtirgan. Xartiyada bu huquqlarni mustahkamlovchi ushbu qoida afrika taraqqiyotining o'ziga xosliklarini inobatga olgan holda Afrika xartiyasida aks ettirilganligi sababli boshqa xalqaro hujjatlardagi qoidalar bilan aynamasligini ta'kidlash lozim.
Shaxs individual huquqlarini mintaqa davlatlarida amalga oshirilishining o'ziga xosligi shuningdek, individning oila, jamiyat, davlat va boshqa qonun bilan tan olingan tashkilotlar va umuman xalqaro hamjamiyat oldidagi muayyan majburiyatlarini belgilashda ham inobatga olingan.
Inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika komissiyasining asosiy funksiyalari inson va xalqlar huquqlarini rag'batlantirish va tegishli normalarni ishlab chiqishdan iborat va shuningdek, davlatlardan axborot va “boshqa axborotlar” olishi va ko'rib chiqishi mumkin. Bunda “boshqa axborotlar” deganda alohida shaxslar, shaxslar guruhi, shuningdek, inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi tashkilot yoki muassasalarning axborotlari kiradi.
Arab ligasini tashkil qiluvchi Pakt 1952 yilda kuchga kirgan va BMT Nizomi VIII bobining mazmunini (BMT Nizomi prinsiplariga muvofiq mintaqa davlatlari hamkorligining maqsadi mitaqada tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlash) mintaqaviy kelishuv shaklida rasman mustahkamlagan.

Download 45,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish