Kirish Asosiy qism: N. Chemberlen uning ichki va tashki siyosati


Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Buyuk Britaniya



Download 30,81 Kb.
bet4/4
Sana28.05.2022
Hajmi30,81 Kb.
#614156
1   2   3   4
Bog'liq
Buyuk Britaniya

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Buyuk Britaniya
Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish hajmi 10% ga kamayib ketdi. Urush vaqtida ingliz korxonalaridagi asbob-uskunalar batamom eskirdi, texnik taraqqiyot sekinlashdi. Xomashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning an'anaviy sohalarida ishlab chiqarishning o'ta pasayishi kuzatildi.
Umuman, Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya o'z milliy boyligining 25% ini yo'qotdi. Hali jahon urushi tugamasdan, hukumatning Parlament saylovlarini o'tkazishga urinishining bir qancha sabablari bor edi. Hukumat hali ham 1935 yildayoq saylangan Parlament qo'lida edi. Urush sharoiti hisobga olinib, uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo YEvropada urush tugagandan keyin, saylovlarni kechiktirishga hojat yo'q edi. Hukumatning o'zi favqulodda xarakterga ega edi. Uning rahbari U. Cherchill o'zining shaxsiy shon-shuhrati va urush yillarida nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega bo'lishiga qaramay, o'zini millatning to'la huquqli vakili deb hisoblay olmas edi.
Klement Ettli (1945—1951) uchinchi bor hokimiyat tepasiga kelgan va ilk bor Parlamentda ko'pchilikni tashkil etgan leyboristik hukumatni boshqardi. U “o'nglar” va “so'llar” o'rtasidagi eng maqbul munosabatni o'rnatib, partiyaning eng obro'li kishilarini o'z atrofida to'plashga muvaffaq bo'ldi. Hukumat tarkibiga juda tajribali va mahoratli siyosatchilar jalb qilindi.
Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash va qayta qurish rejalarini amalga oshira turib, Ettli hukumati bir qancha eng murakkab muammolarga duch keldi. Xomashyoning doimiy tanqisligi ishlab chiqarish turg'unligining bir joyda depsinib turishiga olib keldi. Oziq-ovqat zaxiralari tugash arafasida edi: 1954 yilgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, benzin va eng zarur mollar aholiga kartochkalar yoki me'yor asosida tarqatildi.
Leyboristlar hukumatining faoliyati 1948 yildayoq urushdan oldingi iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mamlakatdagi ijtimoiy holatni ancha barqarorlashtirishga erishishga imkon berdi. Sanoat mahsulotining yillik o'sishi 6% ni tashkil etdi. 50- yillarning boshiga kelib ishlab chiqarish ko'rsatkichlari 1937 yilga nisbatan 1/3 barobar o'sdi. Lekin keng davlat boshqaruviga keskin o'tilishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini qiyinlashtirdi va bu sohaga kiritilayotgan sarmoyalarning qisqarishiga olib keldi. Hukumatning o'zi o'z dasturlarini mablag' bilan ta'minlash borasida qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Passiv savdo balansi, importga bog'liqlikning oshishi, harbiy qarzlarning to'lanishi valyuta zaxirasining keskin kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga, iste'mol mollari taklifining chegaralanishi o'sayotgan pul massasi bilan birgalikda, kuchli inflyatsiyaga moyillikni keltirib chiqardi. O'z navbatida, inflyatsiya investitsiya bozoriga qaqshatqich zarba berdi va sanoat ishlab chiqarishi yo'lidagi yengib bo'lmas to'qmoqqa aylanib qoldi.
Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste’fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil boshqardilar. U. Cherchilldan so‘ng A. Iden (1955—1957) va G. Makmillan(1957—1963)lar hukumatni boshqardilar. 1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda jahon bozorida mamlakat mavqeyi pasaydi. GFR uni 3-o‘ringa surib qo‘ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni o‘nglashga harakat qildi.
Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Milliy daromadda davlatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko‘tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961—1965-yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi. Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘linmadi. Ijtimoiy sohani mablag‘ bilan ta’minlash og‘irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi.
Ayni paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951—1964-yillar oralig‘idagi yillarni «bekor o‘tgan 13 yil» deb atadi. Saylovda g‘alaba qilsa, iqtisodiyotning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo‘li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va’da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirishga kata umid bog‘ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi.
Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979—1990-yillar oralig‘idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro‘ qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi:
a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo‘lishi kerak;
b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo‘lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo‘g‘masligi kerak;
d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini o‘zi ta’minlasin. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko‘rsatadi;
e) kamomadsiz budjet bo‘lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi;
f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor.
Tashqi siyosatda Buyuk Britaniya 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni qurollantirish va uni NATOga tortish to‘g‘risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. 1957-yilda o‘z hududiga AQSHning o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo‘ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo‘llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Xulosa
Tarixan o’ziga xos tarzda shakllanib kelayotgan Buyuk Britaniya davlat boshqaruvida partiyalar tuzadigan hukumatlar asosiy rol o’ynaydi. XX asrning o’rtalarida ham bu holat saqlanib qoldi va butun mamlakat hayotini boshqarib turdi. Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya — Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o‘rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd etilgan omillar ta’siri ostida tobora o‘z mavqeyini yo‘qotib bordi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari o‘zlarining –«bo‘lib tashla, hukmronlik qil», degan an’anaviy shiorlariga bu safar ham sodiq qoldilar. Irlandiya milliy-ozodlik harakatida bo‘linish yuz berdi. Uning o‘ng qanoti Buyuk Britaniya bilan muzokaralarga kirishdi. 1921-yilda Buyuk Britaniya — Irlandiya shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Irlandiya ikkiga bo‘lindi. Poytaxti Dublin shahri bo‘lgan Janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Irlandiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat rasman «Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi» deb ataladigan bo‘ldi.
Tashqi siyosatda Buyuk Britaniya AQSHga tayandi, o‘zining NATOdagi ishtirokini faollashtirdi, AQSHning Hindixitoydagi tajovuzkor siyosatini, Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini qo‘llab-quvvatladi. 1969-yili Shimoliy Irl andiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi. Brita niya imperiyasining qoldiq larini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda “imperiyachilik tafakkur”ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‘alaba qozondi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. E.Nuriddinov, H.Kichkilov, M.Lafasov. Eng yangi tarix (1918-1945) “Nasaf” 2010.

  2. Sh. Ergashev. Jahon tarixi (eng yangi davr 1918-1945) T- 2018.

  3. M.Abdurazzoqova. XX asrning ikkinchi yarmi Jahon tarixi. T – 2000.

  4. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. O’quv qo’llanma. T- 2018.

  5. www.Wikipedia.org

Download 30,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish