Kirish. Asosiy qism. Pedagogika ijtimoiy pedagogika mezonlari



Download 287 Kb.
bet1/13
Sana23.04.2022
Hajmi287 Kb.
#576811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ijtimoiylashuv ijtimoiy pedagogik jarayon


Ijtimoiylashuv ijtimoiy pedagogik jarayon
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Pedagogika ijtimoiy pedagogika mezonlari.

  2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat.

  3. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya.

  4. Ijtimoiy pedagogika prinsiplari

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.



KIRISH
Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O’z kаsbining хususiyatlаrini o’rgаnib chiqqаn ijtimоiy pеdаgоg оldidа bu bilimlаrni bоlаlаr ijtimоiylаshuvidа, ulаrni dеviаnt хulq-аtvоrini оldini оlishdа ulаrgа yordаm bеrish jаrаyonidа аmаliy tаdbiq etish muаmmоsi ko’rilаdi. Bu muаmmоni hаl qilish uchun ijtimоiy pеdаgоgik fаоliyat mеtоdlаri vа tехnоlоgiyalаrini bilish zаrur. Аvvаlаmbоr bu tushunchаlаrning tа’rifini аniqlаb оlish lоzim. Оlimlаrning fikrichа, ijtimоiy pеdаgоgik аmаliyotidаgi mеtоdlаr-bоlа ijtimоiylаshuvi yoki rеаbilitаtsiyasigа yordаm bеruvchi ijоbiy ijtimоiy tаjribа to’plаnishini tа’minlоvchi ijtimоiy pеdаgоgik vа bоlаning o’zаrо bоg’liq fаоliyati bo’lgаnligi uchun ijtimоiy pеdаgоgikа mеtоdlаri hааqidа gаpirish hаli ertа. Ulаr hоzir shаkllаnish bоsqichidаlаr. Shuning uchun ijtimоiy pеdаgоg o’z аmаliy fаоliyatidа pеdаgоgikа, psiхоlоgiya vа ijtimоiy ishdа qo’llаnаyotgаn mеtоdlаrdаn fоydаlаnаdi.
Mеtоddаn tаshqаri ijtimоiy pеdаgоgikаdа “usul” vа “vоsitаlаr” tushunchаlаri qo’llаnilаdi. Usul mеtоdning ifоdаsi sifаtidа tushunilib, mеtоdgа nisbаtаn хususiy, boysunuvchаn хаrаktеrgа egа. Аslidа hаr bir mеtоd аmаliyot tоmоnidаn to’plаngаn, nаzаriya tоmоnidаn umumlаshtirilgаn usullаr mаjmuаsi оrqаli аmаlgа оshirilаdi.
Ijtimоiy pеdаgоgning u yoki bu usulni qo’llаshi аniq ijtimоiy pеdаgоgik vаziyatgа, bоlа хulq – аtvоrigа, zаhirаdаgi usullаrgа bоg’liq vоsitа usul vа mеtоddаn ko’rа kеngrоq tushunchа hisоblаnаdi. Chunki usul vа mеtоd fаqаtginа muаyyan hоlаtlаrdа vоsitа vаzifаsini bаjаrishlаri mumkin. Vоsitаlаr – ijtimоiy pеdаgоg tоmоnidаn оldigа qoyilgаn mаqsаdgа erishishi uchun qo’llаnаdigаn mоddiy, emоtsiоnаl, аqliy vа bоshqа shаrtlаr mаjmuаsidir. Vоsitаlаr o’z mоhiyatigа ko’rа fаоliyat usullаri hisоblаnishmаydi, fаqаtginа birоr-bir pеdаgоgik mаqsаd (mаsаlаn, oyin, suhbаt, disput, kоnfеrеntsiya, trеning vа bоshqаlаr)gа еtishishi uchun qo’llаnilgаnidа fаоliyat usuligа аylаnishаdi.
Har qanday jamiyatning ravnaqi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligini uning fuqarolarining ijodiy-aqliy salohiyatining yuksak darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Zero jamiyatning ma’naviy yangilanishida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan, demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ham. Xalqning boy ijodiy merosi va umuminsoniy qadriyatlari asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o‘tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tuzilishini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi.
“Ayni vaqtda malakatimiz bosib o`tgan taraqqiyot yo`lining chuqur tahlili, kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o`zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ruyobga chiqarishni taqozo etmoqda”1.
Bu maqsadlarga erishishimizda avvalo, har jihatdan barkamol, yuksak ma’suliyatli va burch hissiga ega, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga mustaqil va ijodiy munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsning manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan shaxs, fuqarolarni voyaga yetkazish uchun qo‘shimcha chora tadbirlar majmuasini yuzaga keltirish va hayotga joriy etish hozirgi muhim vazifalardir. Bu vazifani amalga oshirish, davlatimiz o`z oldiga qo`ygan - jamiyatni erkinlashtirish maqsadi bilan chambarchas bog`liqdir. Jamiyatni erkinlashtirish jarayoni barcha jabhalarda o`z afzalikklariga ega bo`lishi bilan bir qatorda shaxsning ijodkorligi va tafakkur faoliyatini har jihatdan namoyon etish uchun imkoniyat va shart sharoitlar yaratib, insondagi ruhiy, ma’naviy, ijodiy salohiyatini to‘la namoyon bo‘lishini ta`minlovchi muhitdir.2
Butun dunyodagi globallashuv jarayonidan ma`lumki, hozirgi vaqtda biror bir inson, jamiyat, davlatning istiqboli uning atrofida bo`layotgan jarayon, hodisa va amaliy ishlarga yangicha nazar, ijodiy tafakkur va qobiliyatini safarbar etgan holdagina qarashiga hamda harakatiga bog`liq. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, qaysi bir davlatda shunday muhit hukm sursagina pog`onama-pog`ona yuksaklikka ko`tarila boradi.
Bu muhitni yaratish esa, albatta ta`lim sohasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani hal etish ta`limning dastlabki bosqichidan amalga oshirishni taqozo etadi. “Ta`lim to`g`risidagi” qonunda belgilab qo`yilgandek, uzluksiz ta`limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta`lim tizimidir. “Qaysi sohani olmaylik- deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, - biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondni tayyorlash, avvalo, maktabgacha talim tizimidan boshlanadi”3.
O`sib kelayotgan yosh avlodni yangicha dunyoqarash, keng tafakkur, mustahkam pozitsiya, ijodiy salohiyatli qilib tarbiyalash, avvalo, maktabgacha ta`lim tizimidan boshlanishini anglagan holda Respublikamizda keyingi yillarda aynan shu sohaga e`tibor tubdan takomillashtirildi. Xususan, 2017-yil 30-sentabrda alohida vazirlik sifatida “Maktabgacha ta`lim vazirligi”ni tashkil etilishi bu ta`lim tizimining shaxs hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Shu bilan birgalikda maktabgacha ta`lim tashkilotini rivojlantirish uchun ko`plab qaror, farmon va farmoyishlar, chora-tadbirlarning joriy etilishi hamda ilk bor 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida” Qonunining qabul qilinishi bu tizimning jamiyat va inson hayot faoliyatida qanchalik o`rni beqiyos ekanligini bildiradi.4

Maktabgacha ta`lim bolaning shakllanishida asosiy poydevor vazifasini o`tab, yangi hayotga qadam qo`yishda ilk tamal toshlarini qo`yadi. Pedagog va psixologlar tadqiqotlaridan ma`lumki, bola hayotdan oladigan ma`lumot va axborotning 70 % ini 5 yoshgacha bo`lgan davrda oladi hamda shaxs bo`lib shakllanishi, ruhiy, ma`naviy faoliyatining tarkib topishi aynan shu yoshda berilgan ta`lim-tarbiyaga bog`liq. Shu sababli ham bolaning aynan bog`cha yoshidanoq layoqat va qobiliyatlarini, ayniqsa ijodiy tafakkurini anglab yetish, shakllanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolaning o`zligini anglab yetishga hamda bu orqali jamiyat va millatning sog`lom genofondini tarbiyalashga dasturulamal vazifasini o`taydi.


Bolalarning mustaqil va ijodiy fikrlashini har jihatdan namoyon etish, milliy va umuminsoniy idealar va qadriyatlarning ustivorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va atrof muhitning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlikka erishuv bola va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatni yuqori darajaga olib chiqishga sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda shaxslar o‘rtasidgia ijodiy jihatdan mavjud farqlar bilan bir qatorda ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatidagi shaxsning umumiy tafakkurlaridagi farqlarga katta e’tibor qaratish lozim. Bu ta’lim sohasidagi ko‘pgina masalalarini hal etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Bunday masalalar jumlasiga: bolalarni fikrlashi va o‘qishi, ularning ta’limni keyinchalik esa, kasbiy va ijtimoiy sohasida rivojlanishini, o‘z imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi, imkoniyatlarini diagnostikasi, korreksiyasini kiritish mumkin.
“Maktabgacha tarbiya ta`lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi... Maktabgacha talim muassasalarida bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, fiziopsixologik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish bo‘yicha ta`lim dasturlari joriy etilmagan”.5
Inson shaxsi va uning xarakteri, shu bilan birga tafakkur faoliayati va ijodiy imkoniyatlari bolalikning ilk yillaridanoq shakllanib boradi. Yosh avlodning kelajagidan umidvor bo`lgan jamiyat bu jarayonga faol aralashib, inson shaxsini kamolga yetkazish borasidagi vazifalarga befarq qaramaydi. Ayniqsa, maktabgacha ta`lim tashkiloti guruhidagi bolalarning aqliy (jismoniy) imkoniyatlari ularning ta’lim-tarbiyasiga, intellektual salohiyat darajasiga hamda shaxslararo munosabatlariga, bola xarakterining shakllanishiga, guruhdagi ruhiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bilish jarayoni rivojlanishi ulardagi ijodiy ko‘nikmalar, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga zamin yaratadi. Bundan kelib chiqadiki, bola shaxsini rivojlanishida aqliy imkoniyatlarini erta aniqlash, mavjud imkoniyatlarni yuqori darjada rivojlantirish, ijodiy tafakkur va ko`nikmlarini muntazam ravishda o`stirib borish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Prezidentimizning yuqoridagi tanqidiy fikridan hamda bugungi kun zamon talabidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishni asosiy maqsad qilib oldik.

Download 287 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish