Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbliligi



Download 370 Kb.
bet2/19
Sana13.06.2022
Hajmi370 Kb.
#665569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Рахимова С.МД (2)

Tadqiqot ob’yekti: Yosh voleybolchilarning mashg’ulotlar jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Yosh voleybolchilarda morfologik tekshiruvlar va uslublari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Yosh voleybolchilarda morfologik tekshiruvlar olib boorish orqali jismoniy tayorgarlik darajasini oshirish.

  • Sohaga oid olib borilgan ilmiy ishlarni tahlil qilish.

  • Sportchilar ish qobilyatini tiklashda tibbiy biologik vositalarni o’rni va ahamiyatini tahlil etish.

  • Yosh voleybolchilarni ish qobilyatini tiklash va biologik vositalardan foydalanishda ularga tavsiyalar ishlab chiqish.

  • Olib borilgan nazariy va amaliy kuzatishlar asosida sportchilar ish qobilyatlarini yaxshilashga oid ko’rsatmalar berish.


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Jismoniy tarbiya va sportga oid ilmiy uslubiy tavsiyalar, voleybol sport trenirovkasi, yosh voleybolchilarni morfofunksional ko`rsatkichlari yuzasidan adabiyotlarni o‘rganilsa;
Yosh voleybolchilarni jismoniy rivojlantirish jarayonida morfofunksional ko`rsatkichlaridan foydalanilsa;
Voleybol trenirovkasi jarayonida morfofunksional, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini qo‘llanilsa;
Yosh voleybolchilarni antropometrik ko`rsatkichlarini yangi usullar orqali aniqlansa;
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. O‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bir necha olimlar o‘zlarini ilmiy maqolalari va adabiyotlarda o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. Jumladan, V.P.Filin2, L.P.Matveev3, J.K.Xolodov, V.S.Kuznetsov4, V.N.Platonov5, M.A.Godik6, Yu.D.Jeleznyak, V.A.Kunyanskiy, A.V.Chachin7, K.A.Shvets, N.V.Dolinskayalar, M.A.Qurbonova8, M.U.Qosimova, A.A.Pulatov9 va boshqa bir necha olimlar ushbu mavzu yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Soha olimlarning fikriga ko‘ra (Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; V.N.Platonov, 1997; F.A.Kerimov, 2001; Yu.D.Jeleznyak, Yu.P.Portkov, 2002) tezkorlik sifatini erta bolalikdan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Lekin ushbu sifatni yoshlikdan rivojlantirish maqsadga ayrim amaliyotchi-trenerlar standart va stereotip mashqlardan foydalanadilar. Tezkorlikni rivojlantirish masalasiga bunday tarzda yondoshish yetakchi tadqiqotchilar ma'lumotlariga binoan bolalarda nafaqat qiziqishni so‘ndirar ekan, balki ular organizmida, jumladan mushaklarda, zo‘riqish alomatlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi kuzatilgan. Bunday mashqlar shug‘ullanuvchilarni tez charchashiga sabab bo‘lishi aniqlangan (I.S.Bril, 1980; I.M.Korotkov, 1988; T.S.Usmanxo‘jaev, X.A.Meliev, 2000). Mazkur holatni e'tiborga olib, aynan shu olimlar bolalarda tezkorlik sifatini maqsadga muvofiq rivojlantirish uchun turli mazmunli harakatli o‘yinlardan foydalanish lozimligiga urg‘u berishadi.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish jismoniy tarbiya darslarida, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, maktabdan tashqari muassasalarda bolalar va o’smirlar sport maktablarida olib borilayotgan trenirovka mashg’ulotlari asosiy o’rinni egallaydi. Trenirovka mashg’lulotlar sport turlariga mos xolda olib borilib, pedagogik jarayon sifatida yuqori natijalarga erishish qаratilgan.
Yosh voleybolchilar bilan trenirovka mashg’ulotlarini tаshkil etishda umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini qo’llashda ilmiy, uslubiy manbalardan foydalanish va izchil vositalarni tanlash muxim muommolardan biri bo’lib kelmoqda.
Ma'lumki, mamlakatimizda voleybol eng ommaviy sport turlari qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda ja'miyki barcha sport maktablarida hanuzgacha xalqaro miqyosga mos, raqobatbardosh voleybolchilarni taiyorlash masalasi muammo bo’lib qolmokda.
M. Bril erkаklаr vа аyollаr uchun tеrmа jаmоаgа nоmzоdlаr – yuksаk mаlаkаli vоlеybоlchilаrning quyidаgi mоdеli ko’rsаtkichlаrini kеltirаdi.
Tаktik hаrаkаtlаrgа qоbiliyatni shаkllаntiruvchi psiхоfiziоlоgik ko’rsаtkichlаri spоrt o’yinlаri uchun аlоhidа аhаmiyatgа egа bo’lаdi. SHuning uchun sеnоmаtоr rеаksiyalаri, оpеrаtiv fikrlаsh diqqаti хususiyatlаri mоdеlli ko’rsаtkichlаri spоrtning o’yin turlаri uchun birinchi dаrаjаli аhаmiyatgа egа.
Spоrt mаktаblаrining аmаldаgi dаsturlаrini tаhlil qilish, o’quvchilаrni bоshlаng’ich tаyyorgаrlik guruhlаrigа tаnlаsh; ko’p yillik tаyyorgаrlik jаrаyonidа yosh vоlеybоlchilаrni bitiruv vа jоriy sinоvlаrigа аsоsаn jismоniy rivоjlаngаnligi, jismоniy vа tехnik tаyyorgаrligi bеlgilаrini hisоbgа оlish аsоsidа o’tkаzilishini ko’rsаtаdi.
Bugungi kunda sport zahiralarini tayyorlash ilmiy-uslubiy asoslarga tayangan holda olib borilmoqda. Bu borada Respublikamiz olimlari T.S Usmonxo’jayev, R.S Solomov, A.A Po`latovlar katta hissa qo’shishyapti. Tadqiqot natijalarida Respublikamiz sportining tashkiliy uslubiy asoslarini tashkillashtirishda katta ijobiy xissa qo’shadilar.
Trenirovka mashg’ulotlarini izchilligini yanada oshirish sportchini har tomonlama tayyorgarligini taminlashda umumiy tayyorgarlikni va maxsus jismoniy tayyorgarlik oqilona rivojlantirish va uni vositalarini izlash yuqori samara beradi.
Yosh volleybolchilar b-n trenirovka mashg’ulotlarini tashkil etishda umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini qo’llashda ilmiy uslubiy manbalardan foydalanish va izchil vositalarni tanlash muhim muammolardan biri bo’lib kelmoqda.

Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish