Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati


Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash



Download 0,6 Mb.
bet8/20
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#821936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash:


  1. DTSlarini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talablari asosida takomillashtirish;

  2. o‘quv jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish;

  1. o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda ta’lim jarayonini tashkil etish;

  2. o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim parametrlari asosida tashkil etish;

  3. o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga ularda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish;

  4. o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish.

Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash ta’lim sifatini ta’minlaydi.
Ta’lim sifatini quyidagicha izohlaymiz. O‘zbek tilining izohli lug‘atida sifatga shunday ta’rif beriladi:
“Mahsulot yoki ishning yaroqlilik darajasi, qo‘yilgan talablarga qanchalik javob bera olishini belgilovchi xususiyat”.
Demak, ta’lim sifati – DTSlarini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talablari asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga ularda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun o‘qituvchining o‘quv jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda tashkil etishi, o‘quv ja- rayonini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim parametrlari asosida olib borishi, o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga ularda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishi va o‘zining kasbiy kompetensiyalarni doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib bori- shi zarur.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida ta’lim sifatini ta’minlovchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib o‘qituvchilar diqqat e’tiborlarini o‘quvchilarning bilish faolliklarini ta’minlashning innovatsion usullariga qaratishi dolrzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limning an’anaviy modelidan shaxsga yo‘naltirilgan yangi ta’lim modeliga o‘tish va bunda o‘qituvchi-o‘quvchi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari faoliyati aloqadorligini ta’minlash va ta’limning zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash talabi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,alohida didaktik xususiyatga ega.
Dasturlashtirilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning aqliy faolliklarini ta’minlab, bi- lish faoliyatlarini jadallashtirish imkonini beradi. O‘quv jarayonini avtomatlashtirishda o‘qituvchi faoliyati an’anaviy o‘quv-biluv faoliyati tarkibini takrorlashi lozim. Chunki hech qanday mashina o‘qituvchining jonli faoliyati o‘rnini bosa olmaydi. O‘qituvchi o‘z faoliyatining muayyan qisminigina texnik vositalar xizmatidan foydalanish bi- lan almashtirish mumkin. Uning axborot manbai sifatidagi mavqeining o‘zgarishi va zamonaviy axborot texnologiyasi bilan almashishi subyekt-subyekt doirasini kengayti- radi. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini boshqaruvchi, muvofiqlashtiruvchi va ularga maslahat beruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchilarga aqliy faoliyat usullarini o‘quvchilar to- monidan to‘g‘ri o‘zlashtirilishini ta’minlash imkonini beradi. Bunda o‘qituvchi nafaqat o‘quv jarayoni natijalarini nazorat qilish, balki tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Demak, ta’limning sifatli amalga oshirilishi o‘qituvchi va ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasiga bog‘liq ekanligini inobatga olgan holda ta’lim samadorligiga to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbek tilining izohli lug‘atida samaradorlikka shunday ta’rif berilgan. “Foyda keltiradigan, sermahsul, yaxshi natija beradigan ma’nosini bildiradi”.
Demak, ta’lim samaradorligi ta’lim sifati bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, ta’lim natijasi bilan xarakterlanadi. Ta’lim samaradorligi har doim ta’lim natijasi bilan o‘lchanadi.
Shunday ekan, qachonki ta’lim sifatli amalga oshirilsa, ta’limning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Ta’lim samaradorligi ta’lim natijasiga bog‘liq ekan, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash orqali amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalarini baholash individual xarakterga ega ekanligini inobatga olsak, ta’limning samaradorligi ham individual ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sifatli amalga oshirilganda ham uning samaradorligi individualligicha qolaveradi. Natijada ta’limning samaradorligini oshirish dolzarb muammoga aylanadi.
Ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun o‘qituvchi quyidagi bir qator didaktik chora-tadbirlarni ta’lim jarayonida amalda qo‘llash lozim:

  • uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida har bir o‘quv predmetini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion usullar va texnologiyalarning samaradorlik darajasini tahlil qilishi va ularning o‘quvchilarni intellektual-ma’naviy darajasining o‘sishiga xizmat qilishini ta’minlash;

  • ta’lim jarayoni subyektlari bu jarayonda ta’lim samaradorligiga erishishdan manfaatdor bo‘lishlari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikda ijodiy faoliyat ko‘rsatishga erishishlari uchun mazkur jarayonga modulli o‘qitish texnologiyalarini joriy etish;

  • shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini tatbiq etish va o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini ushbu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan holda rivojlantirish;

  • o‘quvchi shaxsining intellektual-ma’naviy rivojlanish darajasining munosib baholanilishiga erishish;

  • o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan birga hayotiy kompetensiyalarning shakllanganligini va intellektual-ma’naviy rivojlanish darajalarini baholashda ilg‘or metod va yondashuvlarning qo‘llanilishi;

  • o‘qituvchilarning o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda intellektual-ma’naviy rivojlanish darajalarini haqqoniy, demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida nazorat qilishlari va baholashlariga erishish.

Xulosa qilib aytganda, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda o‘qituvchi o‘quvchilarga materiallarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu esa, o‘quvchilarni mehnat bozori va taraqqiyot talablariga tayyor holda barkamol shaxs sifatida shakllantiradi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish