Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati



Download 0,6 Mb.
bet11/20
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#821936
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word

- birinchidan, fan dasturining kirish qismida o`qitiladigan fanning dolzarbligi va ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, uning kelajakda nima kerakligini ochib berishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Buni fanga tegishli hayotiy misollar, fan va texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu albatta ta’lim oluvchilarda fanga bo‘lgan boshlang‘ich motivatsiyani uyg‘otishga, kelajakka bo‘lgan ishonch kurtaklarining yuzaga kelishiga yordam beradi;
- ikkinchidan, o‘quv dasturida fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn, konseptual jadval kabi interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogik texnologiyalar emas-ku, ular pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol usullardir. Axborot texnologiyalari bo`yicha esa biron bir texnologiya nomi yozilmagan. Demak, bu noto`g'ri yondashuv va talqin. Shuning uchun bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- ta’lim oluvchining ijtimoiy va bilish faolligini ta’minlashga yo`naltirilgan - shaxsiy-insonparvarlik;
- mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, hamkorlik, ijodkorlik kompetentligini shakllantirishga yo`naltirilgan - muammoli o`qitish;
- ta’lim oluvchida ijodkorlik, yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan - evristik o`qitishni e’tiborga olish.
- uchunchidan, loyihalashni o`quv dasturlariga kiritish. Bu juda muhim. Ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalardan biri bu, faoliyatni, jarayonni loyihalash hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fan dasturida o`z aksini topishi kerak. Jarayonni loyihalashda:
- mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish hamda o`quv maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) ni aniqlashtirishni;
- o`qitishning texnologik usullari variantlarini tuzishni;
- tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati tizimlarini ishlab chiqishni;
- to`rtinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo`lishi kerak deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo`nalishida mantiqqa to`g‘ri kelmaydi. Chunki, bugungi kunda ajdodlarimiz, avlodlarimiz, bobolarimiz tuzuklaridan foydalanmaslikning iloji yo`q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxatiga yillar bo`yicha chegara qo‘ymaslik kerak.
Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to`g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot sifati o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo`lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga erishgan bo‘ladi. Buning uchun zamonaviy o`qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur.
Bugungi kunda o`quv mashg‘ulotlari sifatini oshirish masalasiga yangicha yondashish, bajarilgan ishlar bilan cheklanmasdan, uni muntazam ravishda takomillashtirish, yangi uslub va shakllarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish muhim hisoblanadi. Har bir ta’lim yo`nalishi bo`yicha:
- o‘quv mashg‘ulotining mantiqiy-tuzilish shaklini (o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ketma-ketlik) aniqlash, ularni bevosita hayot talablariga moslashtirish;
- muammoli topshiriqlarni tuzish, ular asosida uslubiy tavsiyalar va ko`rsatmalarni tayyorlash;
- pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turlarini qo`llash, tajribadan o‘tkazish, natijalariga qarab, o‘quv jarayoniga joriy etish;
- shu tariqa ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga erishish;
- pedagoglar faoliyatini rag‘batlantirishda barchaga bir xil yondashish tamoyillaridan voz kechish, uning o`rniga faolligiga hamda mashg‘ulotlar sifatini oshirishga taalluqli bo‘lgan muayyan ishining sifati, hajmiga qarab rag‘batlantirish lozim.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsad va vazifalarini amlga oshirishda - asosiy e’tiborni maqsad va vazifalarni aniqlashga qaratish, pedagog va ta’lim oluvchilarning samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or pedagogik texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanish, natijalarini baholash tizimini takomillashtirish, uning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini zamon talablari darajasida shakllantirish, o`quv mashg‘ulotini noan’anaviy o`qish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzluksiz aloqasini yaratish, kasbiy, iqtisodiy qiziqishlarni uyg‘otish, mustaqil tarzda kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, yechimlarini topish, olingan bilim, malaka va ko`nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi vazifalarni hal etishda qo`llashga tizimli va ijodiy yondashishga qaratish lozim.
Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko`proq e’tiborni qaratish lozim:
- o`quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog hamda mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo‘lsa ularning variativ variantlarini ishlab chiqish;
- ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish;
- nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo`naltirilgan ilg‘or tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish;
- o`quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish;
- ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz kechib “yaxshi o`zlashtirgan, o`rtacha o`zlashtirgan, past o`zlashtirgan” tizimni kiritish (Izoh: a’lo bu ideal tushuncha. O`zlashtirmadi deb hisoblash noto`g‘ri, chunki biz maktabgacha ta’limda, umumiy o‘rta ta’limda,bolani shuncha yillar nimaga o‘qitdik);

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish