Kirish: Hozirgi zamon va ekologiya



Download 0,67 Mb.
bet1/11
Sana02.06.2022
Hajmi0,67 Mb.
#629823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarina o\'zbek tilida


Kirish: Hozirgi zamon va ekologiya.
Mana bu yil Vatanimiz mustaqillik odimlarini tashlaganiga 26 yil buldi. Ushbu yilda ham mamlakatimiz har jabhada ma’lum yutuqlarga erishdi. Shu o’rinda mamlakatimiz sanoat korxonalarda va qishloq xo’jaligida, meditsina hamda maorif sohasida bir qancha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuklarni aytib o’tishimiz mumkin. Bunga Respublikamizda “Uz-Daewo”, Uz-Otayol mashinasozlik korxonalari “Uzbek-Qobul tuqimachilik kombinati “Zarafshon-Nyumont” zavodi “Qizilqumsement OAJ ” korxonalarini ishlari yanada rivojlanib, Davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda ahamiyatini o’rnatib borishi Respublikamiz g’allakorlarining g’allachilik soxasidagi erishilayotgan yutuqlari yorkin misoldir. Maorif sohasida esa «Ta’lim tugrisidagi konunda» (1997 y. 29 avgust) 29-sessiyasida belgilangan va «Kadrlar tayorlash milliy dasturida» rejalashtirilgan omillarini og’ishmay, samarali oshirilishi natijasida, Mamlakatimiz yoshlarining tafakkur doiralarining
kengaytirilishiga ilmiy izlanuvchanligini oshirishga, bilim olishga intilishlariga keng imkoniyatlar ochildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining P-bosqichi vazifalari tabiiy fanlarni o’qitishda ta’lim va fan integratsiyasi mavzusida iqtidorli o’quvchilarning Respublika konferensiyasi tashkil kilishi ana shunday imkoniyatlardan biridir. Mustakil vatanimizning rivojlanishining dastlabki odimlari xozirgi rivojlangan davr-texnika asri, elektronika asriga tug’ri keladi. Inson va tabiat munosabatlaridagi keskin o’zgarishlar keyingi ikki asr davomida fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishda, maishiy xayotda tadbiq etilishi, insonning tabiat ustidan xukmronligi jadallashgani bilan bog’lik. Yer yuzida axoli sonining keskin ko’payishi, fan va texnika taraqqiyotining yuqori suratlari, iqtisodiyotning rivojlanishida inson asta-sekin tabiatdan begonalasha bormoqda. Inson (tabiatga) ishlab chiqaruvchi kuch sifatida tabiatni o’zlashtiruvchi va o’zgartiruvchi sub’ekt (inson-texnologiya-tabiat) tizimi hisoblanadi. Bu tizimning kuchli rivojlanishidan insoniyat fan-texnika sohasida buyuk yutuqlarga erishdi. Natijada inson tabiatdan ayovsiz foydalanish imkoniyatiga ega buldi. Buning oqibatida inson g’ayri ekologik xatti-xarakatlari bilan o’zini xalok qiluvchi xavf-xatarni yaratmoqda, ya’ni antropogen omil ta’sirida tabiiy muhitda ro’y berayotgan har qanday o’zgarish nazorat qilib bo’lmaydigan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Demak, odamzodning intelektual salohiyati va texnik-texnologik imkoniyatlari ortib borgani sayin hududiy va global miqyosidagi turli-tuman muammolar ham ko’payib, keskin vaziyatlarni vujud keltirayapti. Davlatimiz birinchi rahbari Islom Abdug’anievich Karimov ta’biri bilan aytganda, «Xozir, XXI asr busagasida fan texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishi o’zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o’zaro ta’sirini uyg’unlashtirishi inson va tabiatning o’zaro munosabatlari muvozanatga erishi muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda. Bu hol o’z navbatida ushbu muammolarining oqilona yechilishini topishi,uning nazariy metodologik asosini, ilmiy nazariy uslublarini vosita mexanizmlarini yaratilishini taqazo etadi. Bu vazifani bajarishi birinchidan moddiy ishlab chiqarishning texnik-texnologik jarayonlarini ekologik talablari asosida tashkil etishi ikkinchidan,axolining ekologik faolligi va ma’suliyatini oshirishining huquqiy asoslarni mustahkamlash,- uchinchidan,ekologik monitoring sohasida davlat va madaniyatining rivojlanish darajalariga bog’lik. Bu yo’nalishlaridan birinchisi tug’risida tanlangan mavzumiz davomida ko’prok to’xtalib o’tamiz. Ishlab chiqarishni ekologik manfaatlari nuqtai nazaridan, texnik texnologik jihatdan takomillashtirishi sivilizatsiyani saqlab qolishning zaruriy shartidir. Zero bugungi dunyoda xar qanday mamlakatnig ijtimoiy, iqdisodiy nufuzi moddiy ishlab chiqarishi va informatsiya sohasida yangi ekologik texnologiyalarni qullash hamda ulardan foydalanish qobiliyati qay darajada ekanligiga qarab belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda ekologik vaziyatning keskinlashib ketishi munosabati bilan, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot darajasi va xususiyatlarini belgilashda avvalo ularning ekologik xavfsizlik talablariga javob bera olishi ustivor ahamiyat kasb etmoqda. XX asr o’rtalaridan boshlab Respublikamizda ekologik muammoning dolzarbligi keskinlashdi. Bunga sabab turli zavod va fabrikalarning qurib ishga tushirilishi, qishlok-xo’jaligida sug’oriladigan yerlar keskin kengaytirilishidir.
Navoiy shahrining ekologik holati ham birmuncha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Shaharda Respublikamiz iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan zavod-fabrikalarning mavjudligi, ularni joylashishi, chiqindilarning zararsizlantirmaganligi, bundan tashqari Navoiy viloyati hududidagi radioaktiv chiqindilar «qabristoni»ning mavjudligi shahar xavosining keskin ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1-asr bo’sag’asida» nomli asarida ta’kidlanganligidek, radioaktiv ifloslanish tirik organizmlarning, ayniqsa insonga katta xavf tug’diradi. Mana shunday xavf Navoiy viloyatidagi radioaktiv qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor. Bu ekologik xavfni oldini olish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Buning uchun esa ishlab chiqarishdagi kam harajat talab qilinadigan, daromadli va qulay texnologik loyixalarni ishlab chiqish lozim. Shu o’rinda biz tanlagan mavzumiz orqali «Qizilqumsement» zavodining Navoiy shahri ekologiyasiga ta’sirini aniqlab, o’rganib chiqib, uning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi o’rnini ko’rsatib beramiz. Shu bilan birgalikda chiqindisiz texnologiyaga o’tishi natijasida ishlab chiqarishni yanada yuksaltirish, atrof- muhitni musaffo saqlash hamda turli ekologik muammolarni oldini olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Biz tanlagan mavzu ekologiyamiz sofligini saqlab qolish uchun ozgina bo’lsada xizmat qiladi degan umiddamiz.
Asosiy qism.
«Qizilqumsement» OAJ ning tarixi va iqtisodiy
faoliyati.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sementning 42% etkazib berayotgan «Qizilqumsement» OAJning qurilish tarixi o’tgan asrning 70- yillariga borib taqaladi. Ish dastlab 1970 yil 4 noyabrda qurilish materiallari vazirining o’rinbosari A. S. Boldarev tomonidan 2 liniyali pechning (diametri 7.0 6.4 m va uzunligi 95 m)li texnologiyasi tasdiqlanishi bilan boshlandi.
Korxonaning qurilish maydoni Navoiy shahrining janubiy g’arbidan 8 km. janubda esa Toshkent-Samarkand-Buxoro magistral yo’lidan 3 km uzoqlikda, Sho’rsoy va Yantoqlisoy jarliklari orasida joylashib, Uzbekistonning markazini tashkil kiluvchi Zarafshon vodiysining janubiy-sharqiy qismini egallaydi. Vodiy Turkiston va Zarafshon tog’ tizmalari orasida joylashib, shimoldan Qizilqum qumlari, janubdan esa Qarshi va Qarnabcho’l dashtlariga to’tashib ketadi.
Korxonadan shimoliy-g’arbda 3 km uzoqlikda «Navoiy elektroximiya zavodi» joylashgan. Sement ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo bazasi oxaktosh va slanets konlari hisoblanadi. Sementni sifatini oshirish uchun zolo, bentoniy ogarki, gematit, gips toshlari kushimcha sifatida ishlatiladi.
Oxaktosh, slanets konlarining uzoqligi 7-10 km janubiy g’arbida joylashgan. Korxona Zarafshon tizmasining shimoliy yonbag’ri tekisliklarida joylashgan x\'d\d uchun keskin-kontenental iqlim sharoiti xos bo’lib, yozi uzoq davom etadi. Qish shimoliy g’arbga nisbatan sovuq emas. Yillik o’rtacha harorat +^4Sni tashkil etadi. Bundan tashqari harorat yozda +47S xishda -27Sgacha boradi. Yillik o’rtacha yog’in 150-300 mm.ni tashkil qiladi.Bu yerda asosan sharqiy shamollar ustun turadi.
Korxonaning asosiy transport yo’liga bir muncha yaqinligi xom ashyo bazasiga yaqinligi uning iqtisodiy geografik o’rnini qulayligidan dalolat beradi.








Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish