Kirish I bob. Ilk tarjima maktablari tarixi



Download 288 Kb.
bet5/13
Sana07.01.2022
Hajmi288 Kb.
#329201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ilk tarjima -ilk tajriba

Ishning predmeti - Sharq va G‘arb tarjima maktablari o‘rtasidagi aloqa, ta’sir va natijalarning tahlili belgilangan.

Ishning ilmiy va amaliy qiymati shundaki, tarjima tarixini o‘rganish borasidagi qiyosiy tahlil hamda chiqarilgan xulosalar tarjima tarixi va nazariyasiga qisman hissa bo‘lib qo‘shiladi, tadqiqot materiallaridan esa tarjimonlik fakultetlarida ma’ruza matnlari tuzishda foydalanish mumkin

Bitiruv – malakaviy ish strukturasi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda chet tillarni o‘rganishga va o‘qitishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.Zeroki bugungi kunda jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqqiyoti uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning ahamiyati behad katta.

Prezidentimiz I.A.Karimov Respublikamiz rivojlanishi uchun ilm fan sohasida ham keng yo‘l ochib berdi. Ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda.Ma’lumki ta’lim to‘g‘risidagi qonunda chet tillarni o‘rgatishning yangi texnilogiyasini ishlab chiqishga , intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga alohida e’tibor berilgan.Chunki yoshlarga chet tillarni o‘rgatmay turib, ularni rivojlangan davlatlarga o‘qishga yuborish va o‘sha davlatlar yutug‘idan bahramand bo‘lish ,jahon andozosiga mos keladigan yetuk mutaxassislar yetkazib chiqazish mumkin emas.

Prezidentimiz Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatining 2010 yil noyabrda bo’lib o’tgan majlisida so’zlangan ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” to’g’risidagi hamda 2010yil respublikani iqtisodiy –ijtimoiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlanganVazirlar Mahkamasining majlisdagi ma’ruzalari O’zbekiston jahon iqsodiy ijtimoiy sistemalarining uzviy bir xalqasi sifatida erkin bozor iqtisodi va demokratiya tamoyillarini rivojlantirish yo‘lida qanday yangilanish va o’zgarishlar ichiga kirib borayotganligining ilmiy asosli,ishonchli hujjatdir. Bu hujjatlarda biz kelajakka qaratilgan iqtisodiy yo‘nalishlar , taraqqiyot g’oyalari va ularnig mazmun- mohiyatini ochadigan tushunchalar, sotsial ,falsafiy , iqtisodiy yangi xalqaro terminlarga duch kelamiz . Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilayotgan bir qator yangi qonunlarning ustunlari hayotimiz uchun yangilik bo‘lgan terminlar asosida qurilganligini ko’ramiz.

Terminlar har qanday ilm, har qanday hodisaning , aloqa kommunikatsiyalarining o’zagidir. Tilshunoslar va tarjimonlar yaxshi biladilarki , har qanday terminlar ortida hayot ba hayot ortida terminlar qad rostlab turadi. Ularning milliy til maydoniga kirib kelishi , ifodalaydigan maydonlar doirasi til ichida qanchalar o’zlashishi tarjimonlar va semiotiklarning diqqat e’tiborida turadi. Bugungi o’zbek tili rang – barang terminlar bilan boyib borayotganligi ushbu hujjatlardan ham ravshan ko’rinadi¹.

Prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar:” Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik til orqali nomoyon bo’ladi.

Ta’lim jarayonida yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni elektron darsliklar,multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash lozim” ²

Jahondagi har bir xalq, har bir millat boshqa xalqlar, millatlar yaratgan ma’naviyatimizni boyitayotgan noyob durdona asarlar kashfiyotlardan bahramand bo‘lish bilan birga, o‘zlari ham umumjahon madaniyati xazinasiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.Shuning uchun ham dunyoda boshqa qardosh tillar, millatlar, mamlakatlar ta’sirisiz o‘z qobig‘ida rivojlanib ketgan tillar, millatlar,mamlakatlar yo‘q.Tarjima tarixi til tarixi,millat tarixi, mamlakat tarixi kabi qadimiydir.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda sanoat, texnika va qishloq xo‘jaligining nechog‘lik rivojlanganligini hamda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari bilan tang iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatganligini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston qancha mahsulot eksport hamda import qilayotganligi, dunyoda nufuzi ortib borayotgan mamlakat ekanligini eslash kifoya.Bugungi kunda O‘zbekistonning jahondagi boshqa xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida qanchalik obro‘-e’tibori va nufuzga ega bo‘layotganligini mamlakatimizga chet el investorlarining kirib kelishi,XIX asr taraqqoyiti ,

_________________

¹O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.2011 yil 18 fevral №8

² Islom Karimov . Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch.Toshkent ”Ma’naviyat” 2008


taraqqiyotning o‘zbek modeli, hamda o‘zbek adabiyoti,san’ati, madaniyatiga qiziqishi, misolida ko‘rish mumkin.O‘zbek xalqi jahon adabiyotining nodir asarlari bilan tanishish barobarida, o‘zi jahon adabiyoti xazinasining boyishiga hissasini qo‘shmoqda.Albatta bu borada tarjima xalqlar, millatlar, mamlakatlar o‘rtasida oltin ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Tarjima inson taraqqiyotida, uning madaniy hayotida juda katta va muhim rol o‘ynaydi.Aynan tarjima bir mamlakat yoki qit’a odamlarini boshqa mamlakat odamlarini hayoti, turmush tarzi madaniyati, urf-odati, tarixi, adabiyoti va ilm-fani bilan tanishtiradi.Tarjima masalalari o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib kelmoqda.Tarjima orqali biz o‘zga madaniyatlarni , o‘zgalar esa buyuk o‘zbek madaniyatini o‘rganib kelishmoqda.Agar biz bir-birimizni milliy, madaniy xususiyatlarimizni tezroq va yaxshiroq tushunishni istasak, o‘zga xalqlar asarlarini tarjima qilishimiz zarur bo‘ladi.

Tarjima so‘zini qamrab olgan ma’no ko‘lami juda kengdir.She’rlar, badiiy asarlar fanning turli jabhalaridagi ilmiy va ilmiy ommabop kitoblar, diplomatik hujjatlar, ish hujjatlari, kishilar suhbati va hakozalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmoqda.Albatta, bularni hammasini bog‘lab turgan omil bu tarjimadir.

Tarjima insoniyatning ma’naviy faoliyati sifatida qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi.U (tarjima) ayrim millatlar madaniyati tarixida , qolaversa, dunyo madaniyati tarixida,g‘oyat muhim o‘rin egallagan va hozirda ham egallab kelmoqda.Tarjima nazariyasi sohasida A.V.Fedorov, T.R.Levitskaya, A.M.Fiterman, Ya.I.Retsker, P.I.Kopanev, G.R.Gachechiladze, A.D.Shveytser, L.S.Barxudarov, G‘ Salomov ko‘p mehnat qilishgan bo‘lsa, tarjima tarixi sohasida A.V.Federov, G.R.Gachechiladze,

G‘ Salomov, J.Sharipov, G‘ Gafurova, N.Komilov va boshqalar juda katta hissa qo‘shganlar.

Tarjima nazariyasida ham, tarjima tarixida ham uning ilmiy muhimligi uning ob’ekti bo‘lmish tarjima katta qiziqish uyg‘otadi.Tarjima til va adabiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatidir va ikki til bir-biri bilan bog‘lanadi, bunda asl matn o‘zga til vositalari orqali namoyon qilinadi.Tillarni taqqoslash va tarjima jarayoni bilan bir qancha savollar tug‘iladi.Bu savollar esa o‘z o‘rnida ularni tahlil qilish, har birini o‘zini xos xususiyatlarini o‘rganishga chorlaydi.

Tarjima tarixini jamiyat tarixi, madaniyat, adabiyot tarixi, bilan chambarchas bog‘lab o‘rganish ham davr taqozosi bo‘lib qolmoqda.Vaholanki, ularni bir-biridan ajratib o‘rganish noto‘g‘ri bo‘lsa kerak.Tarjima tarixi borasida qanchadan qancha olimlar ish olib borishgan.Bunda asosiy maqsad yuqorida qayd etilganidek, o‘tmish tajribalaridan foydalanib, hozirgi va kelgusi hayot tarzimizni aniqroq belgilab olish va shu yo‘lda qilingan xatolarni yana qaytarmaslikdan ham iborat.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarjima- turli xalqlar adabiyoti, san’ati, madaniyati, ilm-fanini yaqinlashtirishga xizmat qiladigan faoliyat turidir.Chet tillarni o‘rganuvchi talaba uchun tarjima nutq faoliyatining barcha turlari – tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalari bilan birdek muhim ahamiyatni kasb etadi.

Tarjima tarixini o‘rganish esa ushbu sohani yanada chuqur egallashga, bugungi kun tarjima, tarjimashunoslik fanini rivojlantirishga yo‘l ochadi, zero tarixni bilmay turib kelajakni yaratib bo‘lmaydi.Prezidentimiz Islom Karimov ”Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarida ”Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik va dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.Ota – bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi”¹

Bunday yozma manbalarning katta qismini esa tarjima asarlari tashkil etadi.Mavzuga oid ilmiy asarlarni o‘rganish natijasida aytish mumkinki, tarjimachilik an’analari, adabiy aloqalar tarixi ham uzoq asrlarga borib taqaladi.

__________________________________________

¹I.A.Karimov,Adolatli jamiyat sari,T.”O‘bekiston”,1998.32-bet


Tarjima tarixini tanqid qilish bilan qator ko‘zga ko‘ringan o‘zbek va Xorij olimlari shug‘ullanganlar. ( G‘ Salomov, J.Sharipov, N.Komilov,G‘.Xo‘jayev,S.Jabborov,Sh.Ruziyev,R.Fayzullayeva,N.Otajonov,

H.Hamidov,G.Boqiyeva,M.Soyipova, A.V.Fedorov, P.I.Kopanev,O.Mo‘minov,O.Sunnatov va boshqalar.)

Xo‘sh tarjima tarixini o‘rganishdan maqsad nima? Tarjima tarixini o‘rganish barobarida , birinchidan o‘zbek adabiyotining, donishmandlarining jahon adabiyoti xazinasiga qo‘shgan hissalarini ko‘rsatish, ikkinchidan o‘zbek adabiyotining jahon adabiyotida tutgan o‘rni ,mavqeini ko‘rsatish, uchinchidan jahon fani va madaniyati taraqqiyotida tarjimaning roli yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ushbu asarlarda tarjima tarixini qadimiy antik davrdan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan turli maktablari, ularning faoliyati, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, tarjima tarixining bugungi kun tarjima yo‘nalishlarining rivojlanishida tutgan o‘rni o‘rganilgan.

”Shunga qaramay tarjima tarixining bir qancha yirik obidalari, mohir tarjimon adiblar faoliyati o‘rganilgan emas ” deb ta’kidlaydi G.Ostonova.

Ko‘p asrlik adabiy an’anaga ega bo‘lgan milliy adabiyotlarning hammasida ham tarjima o‘ziga munosib o‘rinni ishg‘ol qiladi.Binobarin, dadil aytish mumkinki, tarjima tarixini yaratmay, tarjimaning har bir davrda qanday qonuniyatlar asosida rivojlangani, ayni milliy adabiyot taraqqiyotida qanday tarjima maktablari tashkil topganligi va bu tarjimalar jahon madaniyatini rivojlantirishda qanday rol o‘ynaganini aniqlamay turib, o‘sha milliy adabiyot tarixini to‘la, mukammal yoritish mumkin emas.

Chunonchi arab ertaklari ”Ming bir kecha”, hind masallari ”Kalila va Dimna”, Shayx Sa’diy Sheroziyning ”Guliston” va ”Bo‘ston”, Kaykovus bin Vashmgirning ”Qobusnoma”,Abulqosim Firdavsiyning ”Shohnoma”, Mirzo Abdulqodir Bedilning ”Komde va Mudan” asarlari, Umar Hayyom ruboiylari, Hofiz Sheroziy g‘azallari. Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy dostonlari xoh aslida bo‘lsin, xoh turli – tuman tarjimalarda bo‘lsin, yetti iqlimda yashovchi ko‘pchilik Sharq xalqlarining avlod ajdodlarini yuksak insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.Jahon klassik adabiyotining bu ulug‘ namoyondalari yaratgan o‘lmas asarlar turli – tuman tarjimalar va ”qayta ishlov”lar bilan yer kurrasida yashayotgan ko‘pchilik xalqlarga borib etgan.Buyuk daholar: Abu Ali ibn Sino bilan Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘p olimlarimiz Evropa fani tarixida butun bir davrni tashkil etadilar.

Biz ham o‘z bitiruv malakaviy ishimizda tarjima tarixini Sharq va G‘arb tarjima maktablarini o‘zaro bir- biri bilan aloqasi misolida o‘rganib chiqishni maqsad qilib qo‘ydik.




Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish