Kirish i-bob informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish. 1 Kasbiy sohalar va ularning jamiyatdagi o‘rni



Download 30,17 Kb.
bet1/5
Sana23.05.2022
Hajmi30,17 Kb.
#608170
  1   2   3   4   5
Bog'liq
i.o\'t

Mavzu: Informatkani kasibga yo’naltirib o’qitishni loyihalashtirish


Kirish

I-BOB Informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish.

1.1 Kasbiy sohalar va ularning jamiyatdagi o‘rni

1.2 Informatika fanlarini kasbga yo‘naltirish .

II-BOB Loyhaviy o’qitish texnologiyalari

2.1 Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish

2.2 Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhadi

Kasbni to`g`ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko`p jihatdan kasbning qanchalik to`g`ri tanlanishiga bog`liq. Kasbni to`g`ri tanlash har bir maktab o`quvchisining qiziqishlariga, mayliga, qobilyatiga va imkoniyatlariga mos bo`lishi uchun uning sog`ligini, o`zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko`ra ko`proq namoyon bo`ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo`lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo`r qiziqish bilan qarasa, o`z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobilyatlari mehnatda takomillashib borsa, o`shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi. Maktab o`quvchilarining kasb-hunar kollejlarida kasb tanlashi ongli zaruriyat bo`lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo`lib tushishi, yigit va qizning kamolot yo`lidagi shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo`lishi zarur, hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari obyektiv zaminga ega bo`lib, voqelikda har kuni amalga oshirilmoqda. Kasbga yo`naltirish o`quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari bilan, kasb tanlash va muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir. Yosh avlodda mehnatga ijodiy munosabatda bo`lishni tarbiyalash muhimdir. Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir. Qobiliyat inson faoliyatida rivoj topadi. Jamiyatda inson kamolotini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo`ladi, chunki bolalar yoshligidanoq mehnatga qiziqib qoladilar: ular o`z o`yinlarida ota-onalariga, tevarak-atrofdagi kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun, ularni mehnat faoliyatiga umumiy psixologik tayyorlash uchun qulay omil bo`lib xizmat qiladi. Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga yetkazish, bolalarni o`rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo`llar faqat mehnatdagina «mohir qo`llar»ga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o`rganib bo`lmaydi, degan fikrni singdirish zarur. Umumiy ta`lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o`quv yurtlarida kasbga yo`naltirish ishlarini o`tkazish zaruriyatini turmushning o`zi taqozo etmoqda. Birgina O`zbekistonning o`zida yaqin kelajakda bir nechta yangi sanoat va qishloq xo`jalik obyektlari paydo bo`ladi va mavjudlari kengaytiriladi, bularda mehnat faoliyatining yangi turlari vujudga keltiradi. Yangi kasblar va mutaxassisliklar - metrosozlar, keng profildagi kasblar - paxtakor mexanizator, chorvador-operator, yengil va og`ir sanoat eng yangi zamonaviy korxonalari kasblari va bir qancha yangi obyektlardagi kasblar ommalashib qolgan bo`lib, ular O`zbekistonda xalq xo`jaligi tarmoqlarini belgilab bermoqda. Yangi kasblar va mutaxassisliklar soni yil sayin ko`payib bormoqda. Bu aytganlarimizdan shunday xulosa kelib chiqadi: o`quvchi tanlagan kasb og`zaki tushunchagina bo`lib qolmasligi, o`quvchi o`z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko`rishi, ushbu kasb to`g`risidagi tushunchasi qanchalik to`g`ri ekanini xolisona tekshirib ko`rishi lozim. O`z-o`zidan ma`lumki, bunga o`qitishning to`g`ri yo`lga qo`yilishi, bilimlarni, ilm-fan asoslarini, ayniqsa, ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas bog`langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina erishish mumkin. Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega bo`lishidir. Shu boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf - odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat jo`shqinligiga ko`chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo`lgan yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e`tiboran bolalarni bo`lg`usi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o`rganish zarur. Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi kerak. Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani va shu bilan birga politexnik ma`lumotni ola turib, shu asosda o`zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin. “Kim bo`lsam ekan?” muammosi “Qanday odam bo`lish kerak?” muammosi bilan birgalikda hal qilinishi lozim. Maktab o`quvchilarni kasbga yo`naltirishga oid ishlarni ta`lim yo`llari orqali muttasil va izchillik bilan olib borish kerak. Keyingi yillarda mamlakatimizning umumta`lim maktablarida kasbga yo`naltirish ishini amalga oshirish sohasida va kasb –hunar kollejlarida yoshlarni kasblarga yo`naltirish yuzasidan maktab, oila va korxonalarning birgalikda ish olib borishi jabhasida katta ijobiy tajriba to`plandi va bu tajriba umumlashtirildi. Kuzatishlar suni ko`rsatadiki, hozirda maktab o`quvchilarini kasbga yo`naltirish muammosiga oid mavjud manbalarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish asosida o`quvchilarning e`tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasbga yo`naltirishga doir yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga alohida e`tibor qaratish lozim. Bular: a) yuqori sinflarning o`quvchilarini kasblarga yo`naltirish masalasini hal qilish; b) mintaqa sharoitlarini, milliy an`analarni hisobga olib, umumta`lim maktablari uchun kasbga yo`naltirish tadbirlarini ishlab chiqish; v) kasbga yo`naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan V-VII; VIII-X sinflar o`quvchilarining umumiy mehnat, politexnik yo`nalishi va kasbiy tayyorgarligi o`rtasida uzviy aloqaning yetarli emasligi; O`rta Osiyo davlatlari uchun yetarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilmagan ana shu muammolarni o`rganish kerak bo`ladi. Bu masalalarda mamlakatimiz mintaqa xususiyatlarini, milliy an`analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo`ladi. Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talablar asosida maktab yoshlariga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasblarni egallashga yo`naltirish shakl va metodlarini takomillashtirishning yangi yo`llarini qidirishga to`g`ri keladi. Kasbga yo`naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o`rin tutadi. Bular orasida xalq xo`jaligini rivojlantirish va kadr muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni kasbga yo`naltirish jihatlari bilan o`zaro bog`liq tarzda o`quvchilarning mustaqil mashg`ulotlarida ko`rib chiqish tavsiya etiladi. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash – g`oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarning kasb tanlash muammosi o`rta umumiy ta`lim maktabi ishida katta o`rin tutadi. Jamiyat hamma zamonlarda yosh avlodga ijtimoiy va kasbiy tajribani berish to`g`risida g`amxo`rlik qilib keladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan odamga nisbatan qo`yilgan talablar ham oshdi, bu esa turli kasblarda ishlash uchun xodimlarni tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etdi. Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o`quvchilarini kasbga yo`naltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan - ishlab chiqarishni murakkablashtirayotgan xilma-xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan - bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi kasblarni, o`quv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish o`rinlariga joylashtirishda va qayta joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qat`iy talab qiladi. Iqtisodiy islohotlar insonni faol ravishda birinchi o`ringa chiqarib qo`ymoqda. Ijtimoiy adolat odam o`z shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishiga ko`proq e`tibor berilishini taqozo qilmoqda. Bu vazifani hal qilishda shaxsiy manfaatlar va jamiyatning kadrlarga bo`lgan talabehtiyojlari birligida yoshlarni erkin va ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashning ilmiy asoslangan sistemasi bo`lmish kasb tanlashga yo`naltirishga muhim o`rin ajratilmoqda. Yosh avlodni ongli kasb tanlashga tayyorlash masalasiga yoshlarni har tomonlama va uygun rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu ish shaxsni g`oyaviy-siyosiy, ahloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya`ni butun ta`lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshiriladi. Ta`lim sohasida bir qator qarorlarda ta`kidlab o`tilgandek, vujudga keltirayotgan kasbga yo`naltirishning davlat tizimida ta`lim muassasasiga, o`qituvchiga yetakchi o`rin ajratilmoqda. Ayni o`qituvchi mehnat ahliga bo`lgan zamonaviy talablarni hisobga olib, umummehnat va kasbiy mahorat hamda malakalarni egallashdagina emas, balki kasbni to`g`ri tanlashda ham o`smirlarga yo`rdam berishi lozim. Kasbni to`g`ri tanlaganda ular o`z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro`yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko`proq naf keltirishlari mumkin. Kasbga yo`naltirish ishi zarur natijalarni berishi uchun u uzluksiz jarayon bo`lishi va o`zaro bog`langan bir qancha bosqichlardan iborat bo`lishi lozim. Ilk kasbga yo`naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o`z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga esa bolalarni qo`ldan keladigan ijtimoiy foydali mehnatga o`quv va o`yin faoliyatining har xil turlariga jalb etish yo`li bilan erishish mumkin. O`rta bo`g`inda (V-VII sinflar) maktab o`quvchilari ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga kirishadilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining aniq sohasiga bo`lgan qiziqish shakllanadi. Navbatdagi bosqichda (VIII-X sinflar) o`quvchilarda sistemalashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo`ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga bo`lgan qiziqish shakllanishi lozim.Yuqori sinf o`quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy-kasbiy jihatdan bir maqsadni ko`zda tutganligiga qaratilishi kerak. O`rta maxsus ta`lim bosqichda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida talabalar ma`lum bir yo`nalishni tanlagan holda, shu kasbning barcha sir-asrorlarini o`rganib keyingi faoliyati uchun zamin hozirlaydi. O`qituvchi o`quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba`zi bir xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etgandan keyin bular keyinchalik kasbni belgilashda asosiy omil bo`lishi mumkin. Bolaning kasbiy muhim hislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o`z xususiyatlariga qarab kasbni to`g`ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda o`zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin. Ko`pgina olimlar o`tkazgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, maktab o`quvchilarini taxminan 30 foizida tanlagan kasbiga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlangich sinflardayoq shakllanar ekan. O`qituvchining vazifasi - o`quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarni rivojlantinrishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg`un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Kasbga yo`naltirish ishiga kompleks yondashish o`quvchilarni har tomonlama o`rganishni ham ko`zda tutadi. Bu tadbir o`quvchilar shaxsining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, ular bilan bundan buyon ishlashning to`g`ri shakllari va metodlarini qidirib topishga yordam beradi. O`rganishni turli metodlar bilan o`tkazish, eng muhimi - bu ishni muntazam ravishda va sobit qadamlik bilan amalga oshirish kerak. Kuzatish - o`quvchilarni o`rganishning keng ommalashgan - metodidir. Bu metod muayan maqsadni ko`zlaydi, - ish reja asosida olib boriladi, ko`zatishning yakunlovchi natijalari qayd qilinadi. Diagnostik suhbatlar o`tkazish ham qo`llaniladi. Bunday suhbatlar yakka tartibda yoki jamoa tarzida o`tkazilishi mumkin. O`quvchilarning shaxsini o`rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog`liqdir. O`qituvchi o`quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste`dod nishonalarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy jihatlarni bartaraf etishi mumkin va hokazo. Yuqorida ta`kidlab o`tilgandek, kasbga yo`naltirish ishi - o`quv jarayonining uzviy qismidir. Quyi sinflarda boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik - shaxs yetukligining eng muhim ko`rsatkichlaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ish o`quvchilarni kasbkorni ongli ravishda tanlashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko`p jihatdan yordam beradi. Sinfdan tashqari mashgulotlarda olib borilayotgan kasbga yo`naltirish ishida o`quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko`rsatib o`tish mumkin. Birinchi bosqich (I-IV sinflarning o`quvchilari bilan ishlash) - moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga bo`lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o`quvchilarda mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishni, eng muhimi - jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo`lishni, qo`lidan keladigan o`z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag`ishlashga va bundan ma`naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi. Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to`g`risida qishloq maktablari uchun jamoa xo`jaligida, shahar maktablarining o`quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar tashkil qilish ko`zda tutiladi. Ana shu yosh guruhidagi o`quvchilar uchun maktab oshxonasiga, o`quv ustaxonalariga, mehnat kabinetiga, kutubxonaga, maktablararo o`quv-ishlab chiqarish kombinatiga, korxonalarga, aloqa bo`limiga, ta`mirlash ustaxonasiga va shu kabi joylarga ekskursiya tashkil qilish mumkin. Bu ekskursiyalar chog`ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga yordam berayotgan mehnat qurollariga asosiy e`tibor beriladi, jamiyat va turmushda mehnatning roli uqtirib o`tiladi. Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o`quvchilari bilan ishlash)- biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarda bilishga bo`lgan qiziqish, odatda kasbga bo`lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu boisdan ushbu bosqichda kasbga yo`naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o`quvchilarda ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat obyektlari va shu kabilar bilan ishlash)ni bilishga bo`lgan qiziqishni uyg`otish muhimdir. Kasbga yo`naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnik ijodkorligi va qishloq xo`jalik tajribachiligiga oid sinfdan tashqari mashg`ulotlar, viktorinalar, o`yinlar katta rol o`ynashi lozim. Bu bosqichda o`quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo`naltirish ham boshlanadi. Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX sinflarning o`quvchilarini qamrab oladi) - bu bosqich o`quvchilar o`z kuchlarini mehnatda tekshirib ko`radilar, o`quvchilarning kasbga bo`lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. O`quvchilar bu bosqichda o`z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy kasblar bo`yicha amaliy ko`nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich aniq kasbni tanlash, uni o`zlashtirish yo`llarini belgilash bilan tugaydi. O`quvchilarning turli qiziqishlar bo`yicha to`garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovordir.
2-bob


Download 30,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish