Kirish I bob. Kapital xarakatini erkinlashtirish makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sirini baholash


O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish



Download 40,41 Kb.
bet8/8
Sana14.07.2022
Hajmi40,41 Kb.
#797556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

2.3.O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
yondashuvlaridan foydalanish
Global tovar bozorlaridagi noaniqlik va beqaror vaziyatni, ko‘plab yirik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygani hamda boshqa jiddiy tahdidlarni e’tiborga olib, Davlat o‘z iqtisodiy siyosatini qanday murakkab sharoitlarda amalga oshirishi kerakligini yaxshi anglaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zini oqlagan chora-tadbirlar va mexanizmlardan foydalanish masalalari ustuvor vazifa sifatida saqlanib qoladi. Umuman olganda, mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, 14 xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifalarini amalga oshirish yo‘lida 2017- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator choratadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. 2017 – 2021- yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zining milliy ramzlari va iqtisodiy atributlariga ega bo‘ldi. Natijada, biz o‘z milliy valyutamiz, byudjetimiz va to‘lov balansimiz orqali makroiqtisodiy barqarorlik sari yo‘naltirilgan siyosatimizni olib borish imkoniyati yaratildi.
O‘tgan 1991-2014 yillar mobaynida olib borilgan izchil makroiqtisodiy siyosat natijasida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2014 yilda 1991 yil darajasidan sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya darajasi 2003 yildan e'tiboran bir xonali raqam darajasigacha pasaytirilib, 2014 yilda 6,1%gacha qisqardi, ikki darajali mustahkam bank tizimi yaratildi, xorijiy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutamizni erkin almashtirilish ta'minlandi, tashqi qarz hajmi YAIMga nisbatan 14,2%gacha tushirildi.
Har qanday mamlakatda, shu jumladan rivojlangan mamlakatlarda ham, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni yanada mukammallashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi, shuning uchun siyosiy qarorlarni qabul qiluvchi mansabdor shaxslar vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan bu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishni talab qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda iqtisodchilar ushbu vazifani yechish borasida makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini uyg‘unlashtiradigan moliyaviy dasturlash uslubidan unumli foydalanib kelmoqdalar. Afsuski, respublikamizda shu yo‘nalishda o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan bo‘lsada, u iqtisod sohasidagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilmagan (magistraturaning statistika ixtisosligidan tashqari).
O‘zbekiston Respublikasida ham xorijiy mamlakatlarda o‘z malakasini oshirib qaytgan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari tomonidan amaliyotda ushbu ishlar olib borilmoqda. Ular tomonidan amaliy ish jarayonida to‘plangan tajribalarga asoslanib, ikki marta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (dastlab Bank-moliya akademiyasida, so‘ngra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida).
Moliyaviy dasturlash kursi barcha rivojlangan mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot, statistika, bank, moliya va soliq yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlariga kiritilganligini inobatga olib, respublikamizda ham ushbu kursning o‘qitilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Moliyaviy dasturlash kursini o‘rganishdan maqsad magistrantlarni xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan makroiqtisodiy barqarorlashtirish uslubiyati, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini o‘zaro uyg‘unligini ta'minlash yo‘llari bilan tanishtirish va natijada iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydigan va o‘zaro uzviy bog‘langan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘llarini tanlashga o‘rgatishdir.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni qisqa muddatga prognoz qilishda (odatda bir yilga), dastavval makroiqtisodiy agregatlarga (yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi, inflyatsiya darajasi, yig‘ma byudjet va to‘lov balansi kamomadi hamda pul-kredit statistikasining ko‘rsatkichlari) ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi parametrlari belgilab olinadi.
Ba'zi hollarda maqsad qilib olingan bir ko‘rsatkich darajasi belgilangan ikkinchi ko‘rsatkich darajasiga mos kelmasligi mumkin. Masalan, davlatning kapital qo‘yilmalari asosida iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadi inflyatsiya va davlat byudjeti kamomadini past darajada saqlash maqsadiga zid bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oqilona prognoz ishlarini tashkil qilishda iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlari orasidagi (korxona, bank, hukumat va tashqi dunyo sektorlari) uyg‘unlikni ta'minlash eng asosiy shart va maqsad hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda bunday uyg‘unlik umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro bog‘langan holda belgilangan maqsadlarga erishish masalalari moliyaviy dasturlash usuli asosida amalga oshiriladi.
Barcha mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qisqa muddatli prognozlarini tuzishda turli manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borib, moliyaviy dasturlash uslubiyatlaridan har tomonlama foydalanadilar.
Asosiy maqsad - pul-kredit statistikasi (PKS), milliy hisoblar tizimi (MHT), to‘lov balansi (TB) va davlat moliyasi statistikasi (DMS) ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning naqadar uyg‘unlashganligini ko‘rib chiqishdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlar matritsasi tuzilishi lozim. Uning asosida milliy va halqaro miqyosda taqqoslamalikni ta'minlaydigan axborotlar olinadi; makrodarajada iqtisodiy axborotlar tahlil qilinib, zarur iqtisodiy siyosat olib borilishi uchun chora-tadbirlar belgilanadi.
Moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlar moliyaviy va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uni nazorat qilish, hamda makroiqtisodiy tahlil va izlanishlar uchun zarurdir, chunki iqtisodiy siyosatning belgilangan maqsadlariga erishish uchun u yoki bu iqtisodiy choralarni qo‘llashda ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklar hisobga olinishi lozim.
O‘zaro bog‘liqliklar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Biroq ular qanday bo‘lmasin moliya tizimiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy aktivlariga, ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarining hajmiga ta'sir o‘tkazishi mumkin.
O‘zaro ta'sir moliyaviy ko‘rsatkichlarga iqtisodiy choralarning bevosita ta'siri yoki nomoliyaviy xarakterdagi, masalan, normativ-xujjatlar yoki soliq-byudjet siyosatidagi choralar orqali bilvosita sodir bo‘lishi mumkin.
O‘zaro aloqalar vaqt o‘tishi bilan boshqa omillar hisobiga ham o‘zgarishi mumkin, xususan normativ hujjatlar va olib borilayotgan iqtisodiy yo‘nalishlar, texnologik rivojlanish, amaldagi valyuta kursi rejimi, bozor tuzilmasi va ichki moliyaviy bozorlar orasidagi raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar; axborot va operatsion harajatlar, qimmatbaho qog‘ozlar portfelini boshqarish nuqtai nazaridan moliyaviy aktivlarga talabning o‘zgarishi; moliviy vositalar va moliyaviy muassasalardagi yangiliklar.
Moliyaviy barqarorlik davrlarida o‘zaro aloqalar nisbatan barqaror xarakterga ega bo‘ladi. Shuning uchun ekonometrik usullar yordamida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.
Biroq, moliyaviy holat tez va keskin o‘zgarib turadigan holatlarda, masalan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yoki tezkorlik bilan moliyaviy yangiliklarning joriy qilinishi davrlarida o‘zaro aloqalarni normativ, hisob va texnik holatlar hamda valyuta tizimini hisobga oluvchi sifat usubiyatlari yordamida baholash mumkin.
Uslubiyot operatsiyalarni tasniflash va iqtisodiyotni sektorlarga ajratishdagi bog‘liqliklar, tushunchalar va tamoyillarni qamrab oladi. Bu esa, o‘z navbatida, moliyaviy hisob va hisobotlarni zarur ketma-ketlikda tashkil qilishga imkon beradi. Metodik qarashlar iqtisodiy siyosatning pirovard maqsadlari bilan davlat boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘lgan xalqaro statistika andozalariga mos keluvchi vositalar orasidagi bog‘liqliklarni ifodalashi zarur.
Moliyaviy siyosatning samaradorligi uning ma'lum iqtisodiy siyosatni olib borilishi natijasida pirovard belgilangan natijalarga erishishdagi ta'siri bilan baholanadi. Ushbu siyosatning pirovard belgilangan natijalari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin: inflyatsiya; iqtisodiy o‘sish va aholining ish bilan bandligi; to‘lov balansi; sektorlarning iqtisodiy xulqi (masalan, davlat qarzi, xususiy sektorga kreditlar); makroiqtisodiy me'yorlarning bajarilishi va tizimning barqarorligi.
Moliya to‘g‘risidagi statistik axborot iqtisodiy rivojlanishga ta'sir o‘tkazadigan quyidagi moliyaviy vositalarni qamrab oladi: pul-kredit siyosatining vositalari (masalan, majburiy zahiralar, aktivlarning likvidlik koeffitsiyentlari, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va h.k.); hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy chora-tadbirlar; normativ qoidalar; valyuta kursi; foiz stavkalari.
Amaldagi moliya tizimining samaradorligi umuman iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, iqtisodiy o‘sish uchun zarur sharoitlarni yaratishi yoki iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi va ortiqcha harajatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Iqtisodiyot nomoliyaviy sektorlar faoliyatining samaradorligi ularga moliya tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning miqdori va sifatiga uzviy bog‘liqdir. Bunday xizmatlar sirasiga: savdoni rivojlantirish uchun hisob-kitob operatsiyalarini bajarish; saldolash (netting) va o‘zaro hisobga olishlar (kliring); depozitlarni qabul qilish va boshqa majburiyatlarni olish; kreditlar bilan ta'minlash; likvidlikni ta'minlash; nomoliyaviy sektorga ularning o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun kafolatlar berish.
Iqtisodiyotning har bir sektorida mablag‘lar jamg‘arilishi mumkin. Jamg‘arish hamda kapital scheti bo‘yicha operatsiyalar sof kreditlash hajmini hosil qiladi. Bunda ba'zi iqtisodiyot sektorlari yoki sektorchalari netto-kreditor bo‘lsalar, boshqalari netto-qarz oluvchilar bo‘ladilar. Moliyaviy operatsiyalarning olib borilishi natijasida u yoki bu sektorda ortiqcha moliyaviy resurslar shakllanganda, resurs egalari moliviy resurslarni boshqa sektorlar ixtiyoriga berishlari mumkin.
MHTdagi moliyaviy schet netto-qarz oluvchi sektorlarning o‘zlariga kerak bo‘lgan moliyaviy resurslarni moliyaviy majburiyatlar qabul qilish yoki o‘z moliyaviy resurslarini qisqartirish hisobiga shakllantirishlarini ifodalasa, netto-kreditor sektorlarning ortiqcha resurslarini moliyaviy aktivlarni sotib olish yoki majburiyatlarini qisqartirish hisobiga joylashtirishini ifodalaydi.
MHTdagi moliyaviy schetga qo‘shimcha tarzda tuziladigan moliyaviy oqimlar matritsasida moliyaviy vositalar turlari bo‘yicha qarzdor va kreditor sektorlarning moliyaviy munosabatlari ifodalanadi.
Moliyaviy operatsiyalar har qanday institutsional birlik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblansada, har qanday mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy faoliyatning asosiy salmog‘i moliyaviy vositachilar, xususan depozit banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Demak, banklarning moliyaviy operatsiyalari va balanslari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘rganish natijasida moliyaviy tizimning rivojlanishiga baho berish mumkin bo‘ladi. Banklar axborotining yana bir boshqa ustunlik tomoni shundan iboratki, banklardagi axborotlarni o‘z vaqtida yetarli hajmda olish imkoni bo‘ladi va ko‘pgina hollarda boshqa sektorlardagi ma'lumotlarga nisbatan ishonchlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Bank sharxi “moliya tashkilotlari” sektorining bank sektorchasiga taalluqli hisobotlari shakllari asosida tuzilib, MHTning talablaridan kelib chiqqanligi uchun pul-kredit tizimini tahlil qilishda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Bank sharhida bank ko‘rsatkichlaridan tashqari markaziy hukumat faoliyatiga tegishli bo‘lgan pul emissiyasi, xalqaro zahiralarni boshqarish va XVJ bilan olib boriladigan operatsiyalar ham qamrab olinadi.
Har qanday moliyaviy agregat (ko‘rsatkich) bir vaqtning o‘zida bir institutsional birliklar guruhining moliyaviy aktivlari va boshqalarining esa moliyaviy majburiyatlarini ifodalaydi.
Umuman olganda “pul” ko‘rsatkichiga ma'lum institutsional birliklar guruhlarining moliyaviy aktivlari to‘plami sifatida qaralib, ular muomala yoki jamg‘arish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday institutsional birliklar guruhiga pullarga egalik qiluvchi ”egalik sektori” deb qaraladi. Nomoliyaviy xususiy sektorning pul aktivlari bilan nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) va inflyatsiya darajasi orasida ma'lum bog‘liqlik mavjud. Demak, pulga egalik qiluvchi sektor sifatida nomoliyaviy xususiy sektor qaralishi mumkin. Uning aktivlariga boshqa sektorlarning majburiyatlari yoki tashqi dunyo mamlakatlarining majburiyatlari kirishi mumkin.

XULOSA


“Makroiqtisodiyot” fani umumiy iqtisodiy nazariyaning ikki muhim bo‘limidan biri bo‘lib, iqtisodiyotni bir butun holda o‘rganadi va ishsizlik, inflatsiya, iqtisodiy o‘sish, to‘lov balansi barqarorligi, davlat budjeti, davlat qarzi kabi hozirgi zamon iqtisodining barcha muhim muammolarini tadqiq qiladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan makroiqtisodiy tahlil elementlari XVIII asrdanoq qo‘llanila boshlagan bo‘lsa-da makroiqtisodiyot fani XX asrning o‘rtalariga kelib mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘ldi va uning asoschisi deb J.M. Keyns tan olinadi. Makroiqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyati unda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlarini tashkil etadi.
Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishidagi makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning uchun ham makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan ko‘pgina modellardan foydalaniladi. Davlatning iqtisodiy tizimning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi hatti-harakatlari iqtisodiy siyosat deb ataladi. “Resurslar-tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar-xarajatlar”ning doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model bo‘lib makroiqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarini va makroiqtisodiy jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


Asosiy adabiyotlar
1. Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma.- T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2018. - 300 bet.
2. Romer D., Advanced Macroeconomics. 5th ed. — McGraw-Hill, 2018. - 800 p. 3. Romer D., Advanced Macroeconomics. 4th ed. — McGrow Hill Book Company: London, 2012.
4. Дэвид Ромер. Высшая макроэкономика: учебник /пер. с англ. под науч. ред. В. М. Полтеровича. - 2-е изд. - Москва : Издательский дом Высш. шк. экономики, 2015. – 854 с
5. Бродский Б.Е. Лекции по макроэкономике. Продвинутый уровень. М.: Магистр, НИЦ ИНФРА-М, 2016. - 336 с
6. Макроэкономика-2. Шагас Н.Л, Туманова Е.А. М.: изд-во МГУ, 2006. — 427 с. Qo‘shimcha adabiyotlar
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2018.– 76 b.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‘zi gazetasi, 2019 yil 21 iyun.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi gazetasi, 2018 yil 29 dekabr.
10. Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: O‘zbekiston, 2016. -56 b.
11. Sh.M. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -104 b.
12. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -48 b.
13. Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -488 b.
14. N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 9 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2016
15. Abel A.B., Bernanke B.S., Croushore D. Macroeconomics. 8 th edition. USA: Amazon, 2013.
Download 40,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish