Mavzu: Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari. Reja: kirish



Download 62,21 Kb.
bet1/4
Sana05.12.2022
Hajmi62,21 Kb.
#879138
  1   2   3   4
Bog'liq
Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari


Mavzu:Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari.
Reja:
KIRISH

  1. Davlat budjetining daromadlar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi.

  2. Budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirish.

  3. Byudjetining aholini ijtimoiy himoyalashga xarajatlari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Davlat budjetining daromadlar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi.
Davlat byudjeti - davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallan-gan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisobla-nadi.Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksining IV bo‘limi “Budjet tizimi budjetlarining daromadlari” deb nomlanadi. Ushbu bo‘limning 9-bobida dav-lat budjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi “Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish” deb nomla-nadi va unda davlat budjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‘rsatil-gan.
Davlat budjeti daromadlari tarkibi.


Jahon mamlakatlarida siklik ravishda sodir bolib turadigan iqtiso-diy va moliyaviy inqirozlar har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtiso-diy barqarorlik va izchil o’sish sur‘atlarini ta‘minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo’yadi. Bu vazifalarni bajarishda sa-marali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo'naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o’rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta‘minlashga yo'naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog’liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrument-lariga bog'liq bo’lmoqda. Buni o'z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko'rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarf-lanayotgani bilan izohlash mumkin.Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqli tushumlar alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti daromadlari ijrosi-ning so'nggi 3 yillik ma‘lumotlarining tarkibiy tahlilidan ko’rinadiki, bilvosita soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi salmog’i 55,0-53,7 foizni tashkil etmoqda, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini shakllanti-rishda bilvosita soliqlarning fiskal ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Byudjet daromadlarining qariyb beshdan bir qismi esa to’g'ri soliqlar evaziga shakllanadi. 2016-2018-yillarda ular bo’yicha tushumlar jami byudjet daromadlarining 23,1-20,6 foizini tashkil qilgan.
Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlashgan pul fondi bo‘lgan davlat budjetini va davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalarini majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliq tizimi deb ataladi.
Barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga va budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhla-nadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar;

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar;

  3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

  4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqa-ruvchilarining yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy
shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvosta soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar-ning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy jihatdan to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lov-chisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to‘lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stav-kalari ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga usta-ma ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozor-larda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshi-rib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, budjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.



Download 62,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish