Kirish I bob prognozlashtirish jarayoning nazariy asoslari



Download 372,99 Kb.
bet4/8
Sana15.07.2022
Hajmi372,99 Kb.
#802635
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2.1-rasm

Regressiyalarni tenglashtirish korrelyatsion modellarning tarkibiy qismi bo'lib, uni to'g'ri tanlay bilish, modellashtirishning eng masъuliyatli bosqichi hisoblanadi.

II BOB Prognozlashtirish jarayonidagi muammolarning taxlili va ularni bartaraf etish chora tadbirlari
2.1 Prognozlashtirish obъektining tizimli tahlili
Prognozlashtirish jarayonida, prognoz uchun kerakli bo'lgan topshiriqlarni ishlab chiqish, har tomonlama prognozlashtirish obъekti tahlilini amalga oshirish shart. Ushbu analiz obъektning aniqlanishi va tadqiqot predmetini, uning prognozlashtirish maqsadi va vazifasini, tashqi manbalarga bog'liqligini, tuzilishini, ishlash mexanizmi hamda ular ustidan boshqaruv kabilarni o'zida mujassam etadi. Rasmiy nuqtaъi nazardan qaraganda, obъektni izchil tadqiq qilish – optimal alternativ tanlovni amalga oshirishga hamda obъektni boshqaruvchi alternativ taъsirlarning namoyon bo'lishiga, shuningdek, uning kelgusi korrektirovkalangan modellarining tuzilishiga olib keladi.
Biz ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ko'rib chiqamiz, ularning tahlili esa prognozlashtirish obъekti sifatida qaralganda ancha murakkab, chunki ular murakkab tizimlar toifasiga kiradi.

Tizim bir-biriga o'zaro taъsir etuvchi elementlari, ularning xossalari va aloqalari mavjud bo'lgan butun bir kompleks sifatida qaralishi mumkin. Umuman olganda tizim – bu moddiy dunyoda elementlari mavjud bo'lgan, butun bir kompleksning obъektiv mavjudligiga asoslangan ilmiy abstraktsiya. Tizimning murakkabligiga oid faraz faqatgina uning elemenlariga emas, balki ular o'rtasidagi ko'p tarmoqli hamda ko'p qirrali aloqalarga, tizimning butunligiga doir maxsus xususiyatlarning namoyon bo'lishiga va uning kutilayogan holatiga bog'liq. Bu orqali murakkab tizimni ham elementlarning katta miqdori, ham ularning xilma-xil aloqalari aniqlaydi. Murakkab tizimning xususiyatlarini taъriflashda, avvalo, uning yaxlitlik xususiyatidan boshlaymiz. Murakkab tizim tarkibidagi biror bir element (qism)larda mavjud bo'lmagan xususiyatlarni namoyon qiladi. Demak, murakkab tizim uning tarkibini tashkil etuvchi qismlar va ularning xususiyatlari miqdoriga qaraganda ko'proq jihatlarni namoyon etadi. Murakkablik va yaxlitlikning o'zi tizimning yangicha xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Regression tahlil.
Iqtisodiy hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarning murakkabligi ko'pincha mavjud hodisalar butun kompleksini tahlili bilan qamrab olish mumkin bo'lmagan holatni keltirib chiqaradi. Regressiyalarni konkret tenglashtirish har doim maъlum darajada abstraktlash asosida quriladi. Regressiya tenglamalarini qurish hodisalar o'rtasidagi bog'lanish konkret shaklini aniqlashda gipotetik eksperiment hisoblanadi.
Regressiya tenglamasi shaklini tanlashda quyidagilarga rioya qilish lozim:
1. Bog'lanishning umumiy shakli, bog'lanishning tabiati va harakteriga nisbatan professional tushuncha mos kelishi kerak.
2 . Imkoni boricha interpretatsiya va amaliy qo'llashda oson bo'lgan tenglamalarning eng sodda shakllaridan foydalanish lozim. Boshlang'ich maъlumotlarning grafik tasviri - tarqoq diagramma va regressiyalarning empirik chiziqlari regressiyalarni tenglama shakllarini tanlashda yordam ko'rsatadi.
Odatda to'plamli korrelyatsiya bevosita to'plamli regression tahlil bilan bevosita aloqada tahlil qilinadi. To'plamli regressiya tenglamasi oddiy masshtab, yaъni regressiya tenglamalariga kiruvchi o'zgaruvchi bir maromdagi normal va normallashgan masshtabda yoki qiyoslash birligida ifodalangan o'zgaruvchilar shaklida tuzilishi mumkin.
Regressiya tenglamasi sifatida ko'pincha chiziqli:

va darajali funktsiyalardan foydalaniladi:

Ushbu tenglama parametrlari odatda eng kichik kvadratlar usuli bilan aniqlanadi. Umumiy holda normal tenglamalar tizimi quyidagicha ifodalanadi:

Model darajalari parametrlarini aniqlash uchun oldingi modelni logarifmik-chiziqli ko'rinishga qayta o'zgartirish lozim:

Shundan so'ng normal tenglamalar tizimini tuzishda logarifmlardan foydalanamiz.


Bog'lanishning zichligi korrelyatsiyalar indeksiga o'xshash bo'lib, to'plamli korrelyatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi:



bu erda, - regressiya tenglamasi yordamida aniqlangan natijaviy ko'rsatkichning nazariy qiymati;
- natijaviy ko'rsatkichning o'rtacha arifmetik qiymati.
To'plamli regressiyalar chizig'idan natijaviy ko'rsatkich qiymati qanchalik kam darajada chetlansa, maъlum intervalda absolyut qiymat bo'yicha ahamiyatga ega bo'lgan korrelyatsiya koeffitsienti katta qiymatga ega bo'lishiga bog'liq bo'ladi. To'plamli korrelyatsiya koeffitsienti quyidagi oraliqda o'zgaradi:

Iqtisodiy tadqiqotlarda qo'llanilayotgan korrelyatsion formulalar turli shaklga ega. Iqtisodiy qatorlar dinamikasi o'rtasidagi bog'lanishlar chizig'i shaklini aniqlayotganda, ko'pchilik hollarda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Chiziqli -
Ikkinchi darajali parabola -
Uchinchi darajali parabola -
n - darajali parabola -
Ikkinchi darajali giperbola -
b - Ikkinchi darajali giperbola -
Logarifmik -
Yarim logarifmik -
Ko'rsatkichli funktsiya -
Darajali funktsiya -
Logistik funktsiya -


Download 372,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish