Kirish. Jismoniy tarbiya metodi


Jismoniy tarbiya metodlari



Download 280,88 Kb.
bet2/12
Sana30.06.2021
Hajmi280,88 Kb.
#105569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
JT.TO`LIQ. TOLIPOVA SH

Jismoniy tarbiya metodlari.
Jismoniy tarbiya jarayonida turlicha metodlar qo’llaniladi. Ular bilvosita yoki bevosita, hissiy qabul etish so’z orqali yoki ko’rgazmaliliq yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangandir. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta’lim tarbiyani so’z va ko’rgazmalilik metodlarga asoslanmasdan turib olib borib bo’lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi. Jismoniy tarbiya metodlarining muhim asoslaridan birini jismoniy yuqlanishni boshqarish va uni dam olish bilan almashtirish tarkibi tashkil etadi. Jismoniy yuklanish - deb jismoniy mashqlarni organizmga ta’sir etuvchi hamda sodir bo’ladigan ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklamaorganizmning ish potentsiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog’liq bo’lib charchash jismoniy yuklanishi bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro’y beradigan dam olish bilan bog’liqdir. Shunday qilib, jismoniy yuklamacharchash orqali ish qobiliyatini tiklash va oshirishga olib keladi. Jismoniy yuklanishning samaradorligi uning hajmiga va shiddatiga ko’p proportsional. Jismoniy yuklanishning hajmi deb ayrim mashqlarning ko’p vaqtli ta’sirchanligi shuningdek ma’lum bir vaqtda bajarilgan jismoniy ishlarning miqdoriy yig’indisiga aytiladi (ayrim mashg’ulot yoki uning bir qismi davomida, bir hafta va h.k.). Jismoniy yuklanishning shiddati uning har bir momentdagi ta’sir kuchi, funktsiya kuchlanganligi, ta’sirning bir vaqtdagi qiymati bilan xarakterlanadi. SHiddat ko’rsatkichlari: harakatni tezligi, ishlarning quvvati, qarshiliklar og’irligi, shuningdek mashqlar bajarilishini tezligi va h.k. Jismoniy yuklanishning hajmi va shiddati ko’rsatkichlari orasida teskari proportsional munosabat mavjud. Bundan shu narsa kelib chiqadiki ba’zi mashqlarni shidati qancha yuqori bo’lsa shunchalik hajm imkoniyati kam bo’ladi, va aksincha. Jismoniy yuklama jismoniy tarbiyaning turli metodlarida standart, takrorlash mashљ metodi har bir vaqtida o’zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil va o’zgaruvchan bo’ladi. Ikkala tipdagi jismoniy yuklanishlardan foyda charchash hosil qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o’tish bo’lishi mumkin. Jismoniy yuklama qismlari oralig’ining uzoqligi tiklanish jarayonlarining sodir bo’lishi qonuniyatlari va yo’naltirish ta’sirlari asosida o’rnatiladi.

Intervalni 3 tipi mavjud:

1. To’liq interval.

2. Qattiq yoki subintervalli.

3. Ekstrimalli yoki subintervalli.

1. To’liq yoki ordinar interval bu keyingi jismoniy yuklamaqismigacha amaliy to’liq ish qobiliyati tiklanishi. Bunda ishni qo’shimcha funktsiya kuchlanishsiz amalga oshirish imkoniyatini beradi.

2. Qattiq intervalda keyingi jismoniy yuklamaqismi yetarlicha tiklanmagan vaqtga to’g’ri keladi - ma’lum vaqtgacha ishni davom ettirish mumkin, lekin tashqi son ko’rsatishida o’zgarishsiz bo’lishi va fiziologik hamda psixologik ko’rsatkichlari ortib boradi.

3. Ekstrimal yoki subintervalli interval - bunda keyingi jismoniy yuklamaqismi yuqori ishchanlik qobiliyati fazasiga to’g’ri keladi. Tiklanish jarayonining qonuniyatlari natijasida paydo bo’ladi. Shunday qilib jismoniy tarbiya metodlari asoslarida jismoniy yuklamava dam olishda to’g’ri foydalanish zarur. Harakat faoliyatlarini tartiblashtirilgan usullari va o’zlashtirish yo’llari. Jismoniy tarbiya metodlarida jismoniy yuklama va dam olishni yuqori ko’rsatilgan usullari bilan bir qatorda harakat faoliyatlarini o’zlashtirishning turlicha usullari va umumiy boshqarishni (tashkil etish) ma’lum shakllari mavjud.

Harakat faoliyatlarini o’zlashtirishda 2 ta qarama-qarshi shakllar mavjud:

1. Tarkibiy elementlarga dastlabki bo’linish (qismlab qo’llanish);

2. Bo’laklarga ajratmasdan (butunlay qo’llanish). Bu ikkala yondashish ham o’rganilayotgan harakat xususiyatiga ularni murakkabligi yoki oddiyligi shug’ullanuvchilarning dastlabki tayyorgarlik saviyasiga va boshqa shartlarga bog’liq holda qo’llaniladi. Hozirgi davrda jismoniy tarbiyaning ixtiyoriy biror bir tizimi turlicha metodlarni o’z ichiga oladi. Lekin har bir metod o’z holicha yetuk bo’lmasdan, har bir muvoffaqiyat ilmiy ravishda asoslangan va amaliyotda tasdiqlangan metodlar majmuasini qo’llash natijasida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya metodlari quyidagicha bo’lib o’rganiladi: So’z metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchining asosiy faoliyati so’z bilan amalga oshiriladi: so’z yordamida bilimlar beriladi, tushunishni faollashtiradi va chuqurlashtiriladi, vazifalar beriladi, ularning bajarilishi boshqariladi, natijalar taxlil qilinadi va baholanadi, bolalarni intizomi boshqariladi. So’z shug’ullanuvchilar faoliyatini tushunishda, baholashda va o’zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. SHu bilan bir qatorda so’z o’zining qo’llanilishiga ko’ra u yoki bu dediktiv hikoya, suhbat, muhokama va va hokozolardan iborat.

So’z metodiga:

1) instruktsiya berish;

2) qo’shimcha tushuntirish;

3) ko’rsatma va buyruqlar;

4) og’zaki baholash;

5) o’z-o’ziga gaprish va o’z-o’ziga buyruq berish;

6) rag’batlantirish,

7) so’z orqali jabrlash;

8) umumiy buyruq;

9) tahlil qilish;

10) so’z orqali o’zaro munosabat va h.k.

Instruktsiya berish - texnikani o’rganish faoliyatini vazifalarni yoki mashqlarni bajarish qoidalarini so’z orqali konkret va aniq tushunarli shug’ullanuvchilarga yetkazish. Qo`qshimcha tushuntirish - ayrim harakatlar, yoki bajarish usulini sifatini yaxshilash maqsadida chuqurroq bilim berish maqsadida turli ko’rgazmalar orqali izohlash, tushuntirish. Ko’rsatma va buyruqlar - bu maxsus so’z shaklida o’quvchilar faoliyatini boshqarish. Ko’rsatma va buyruq orqali dastlabki ko’rsatish vazifalarni aniqlash maqsadida qo’llaniladi hamda samarador usullardan biridir.

Og’zaki baholash - bu so’z orqali o’quvchilar faolitini maqullash yoki aksincha (yaxshi, yomon va h.k.). O’z-o’ziga gapirish va buyruq berish - o’z-o’ziga gapirib mashqni bajarish usullari, o’z faoliyatini bayon etadi. Masalan: o’yin taktikasini, yo’nalishini, uni bajarish usullarini fikran rejalashtiradi. Bu usulning asosi - bu so’zning harakat bilan bog’likligidir va shu kabilir. Ko’rgazmalilik metodi. Jismoniy tarbiyada ko’rgazmalilik metodi keng qo’llaniladi, ya’ni hamma sezgi organlariga ta’sir etib bor narsalar bilan aloqa o’rnatiladi. Bunda ko’rish, harakat, va boshqa sezgilardan foydalaniladi. Keng ma’nodagi ko’rgazmalikni amalga oshirishda mashqlarning xarakteristikasi, bajarish sharoitlariga asoslangan metodlar majmuasidan foydalanib bu metodlar quyidagi guruhchalarga bo’linadi. Ular bavosita namoyish qilishni o’qituvchi tomonidan yoki bir o’quvchi yordamida metodik ko’rsatishidan iborat. Mashqlarni bajarilishini harakat ta’sirining, qoidalari haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish uchun namoyishning yordamchi vositalaridan ya’ni bevosita ko’rgazmali metodidan keng foydalaniladi. Bunday bevosita namoyish metodlari quyidagilarga bo’linadi:

 Rasm, sxema, fotosur’at va shu kabi ko’rgazma qurollarini namoyish etish;

 Buyum modellar va maketlarni namoyish etish;

 Kino va videomagnitafonli namoyish;

 Tanlab olingan - apparatlar yordamida masalan: mikrofon, radioapparatura, yorug’lik elektrosignallari;

 Yo’naltirilgan sezish harakat metodlari ;

 Mo’ljal olish (orientirovka) metodlari (osilgan to’plar, bayroqchalar, zal va maydonchalardagi belgilar va h.k).

 Lider va kundalik sensor rejalashtirilgan metodlar;

 Tez informatsiya metodi (videomagnitafon).

O’yin metodi. O’yin azaldan pedogogik vazifani ado etib kelgan hamda tarbiyaning asosiy vositasi va metodlaridan biri bo’lib kelmoqda.

Tarbiya sohasida o’yin metodi degan tushuncha o’yinning metodik xususiyatlarini, ya’ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Jismoniy tarbiyaning o’yin metodi uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:

1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o’yin maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko’proq darajada behosdan o’zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.

2. Maqsadga erishish xilma-xilligi va faoliyatning majmua harakterdagi bo’lishi (masalan, yugurish, sakrash, irg’itish).

3. Sнug’ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularni tashabbus va chaqqonlik ko’rsatishlariga, topqir bo’lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo’yish.

4. Sнug’ullanuvchilar harakatining bir-biriga bog’liqligi, yorqin emotsionalligi.

5.Jismoniy yuklamaning me’yori (dozirovkasi) cheklangan imkoniyati. Musobaqa metodi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqa metodi mashg’ulot o’tkazish davomida (mazkur mashg’ulotga kiritilgan alohida mashq bilan birgalikda) mustaqil o’yin shaklida (mo’ljal, nazorat va sport musobaqalari) qo’llaniladi. Musobaqa metodi birmuncha ravshan xarakterlovchi xususiy birinchilik yoki yuqori natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Musobaqa jarayonida, shuningdeq ularni tashkil qilish va o’tkazish sharoitlarida (g’oliblarni aniqlash, yutuqlarga erishganlarni rag’batlantirish va h.k.) rahbarlik qilish omili muhim fiziologik va emotsional kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan sport musobaqalarida raqiblarning o’zaro to’qnashuvlari o’yindagiga qaraganda ancha ko’proq namoyon bo’ladi. Tashabbuskorliq qa’tiyliq sabotliliq dadilliq jasurliq oliy janobliq o’rtoqlik kabi irodaviy hamda ahloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati g’oyat kattadir. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatlarning (hudbinliq o’ziga o’ta bino qo’yish, dag’allik va h.k.) tarkib topishiga ham imkon berishi mumkin. Shu sababli musobaqa metodiga mohirona pedogogik rahbarlik qilingan taqdirdagina u ma’naviy tarbiya sohasidagi o’z rolini oqlay oladi.


Download 280,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish