Kirish. Jismoniy tarbiya metodi


Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi



Download 280,88 Kb.
bet3/12
Sana30.06.2021
Hajmi280,88 Kb.
#105569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
JT.TO`LIQ. TOLIPOVA SH

Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi.
Bu metodda shug’ullanuvchilar faoliyati qat’iy tartiblashtirilgan holda tashkil etilib quyidagilardan iborat bo’ladi:

- Qat’iy belgilangan harakat rejasi (harakat tarkibi ularning o’zgarishi, takrorlanish va bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi).

- Jismoniy yuklanishni qat’iy normallashtirish, mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarish, shuningdek dam olish intervalini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklamabilan almashtirish Harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo’lib ular quyidagilardan iboratdir: bo’lingan

- konstruktiv mashq metodi (mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish); butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini chiqarib tashlash).

Bo’lingan konstruktiv mashq metodiga masalan: suvda suzishni o’rgatishni, akrobatik mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi. Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o’rgatish lozim bo’lgan mashqlar butunligicha o’rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi. Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat: bo’lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o’rgatilishi lozim bo’lgan mashqlar oz vaqt ichida shug’ullanuvchilarga o’rgatish mumkin. Salbiy xususiyatlari - qismlab o’rgatilgan mashqlarni butunligicha bajarishga erishish uchun qo’shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo’lmasa ayrim akrobatik mashqlarni butunlay bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo’lishi mumkin. Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati o’rgatishi lozim bo’lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko’p vaqt talab qilinadi. Qismlarga bo’lingan mashq metodidan harakat (yoki harakatlar yig’indisi) uncha buzilmay nisbatan mustaqil elementlarga bo’linishi mumkin bo’lgandagina foydalaniladi. Masalan: erkin usulida suzish texnikasini o’rganishda bo’lib-bo’lib tashlash va keyin elementlarni yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo’lishi mumkin:

1. Suv ustida sirpanish

2. Basseyn qirg’og’ida oyoq harakatlarini o’rganish;

3. Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo’shib bajarish;

4. Sayoz joyda tik turib qo’l harakatlarini o’rganish;

5. SHuning o’zini nafas olish bilan qo’shib bajarish;

Barcha elementlarni birgalikda bajarish. Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarini chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o’rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish fondi takomillashadi.

Masalan: yugurib kelib qaychi usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o’rgatiladi:

1) qisqa joydan qadamlab sakrash

2) shuning o’zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon qilib, harakat qildirib sakrash;

3) sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanish. Ko’tarilish fazasida diqqatni qo’l va oyoqlarning birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash;

4) o’rtacha tezlikda yugurib kelib to’la koordinatsiya bilan sakrash;

5) yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash (oyoqni oshirib tashlash, qo’llarni orqaga qilish va h.k.);

6) tez yugurib kelib sakrash.



Harakatga o’rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullar (orientirlar, tashqi sharoitni yengillashtiruvchi usullar va h.k.)dan foydalaniladi. Qoida bo’yicha agar murakkab harakat butunligicha o’rgatilayotgan bo’lsa yaqinlashtirish deb atalgan mashqlar keng qo’llanilib ular asosiy harakatni o’zlashtirishga ularni butunlay imitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda o’rgatish yo’lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini mukammallashtirish bosqichlarida ularning sifatlarini o’ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlar harakat tarkibini o’zgartirmasdan bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta.
XULOSA
Jismoniy mashqlarni bajarish harakat tizimini boshqaradigan mexanizmning takomillashishiga yordam beradi. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir xildagi impulьslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi. Uzoq muddatli mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanish natijasida mushaklarda yuzaga keladigan o’zgarishlar morfologik va biokimyoviy hususiyatlar bilan belgilanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini standart o’zgaruvchan, kombinatsiyalashgan, aylanma mashg’ulot, musobaqa va o’yin metodlari yordamida tashkil etiladi. Bu jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga erishiladi. SHuningdek, sport turlari talabi va tavsifiga binoan hatti-harakatlar bosqichma-bosqich, oddiydan-murakkabga, onsondan-qiyinga, o’rganilgandan-o’rganilmaganiga tomon bajarib boriladi. O’zbekiston Respublika rxqbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amxo’rliklar va talablar axolining, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashlarini yangilashga qaratilmokda. Bu vazifalarni bajarishda barcha o’quv muassasalari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismonan baquvvat, chakqon, irodali qilib vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekistan Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi konuni "Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi" hamda "O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qonunlariga suyangan xolda yangi uslublar, usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab jismonan salomatlik poydevorini "qurish"ni boshlash kerak . Syu narsa ma’lum bo’ldiki, bolalik davrida o’sib kelayotgan organizm uchun juda ko’p harakat zarurdir. Harakatsizlik esa bolalarni tez charchatadi, o’sishini sekinlashtiradi, akliy rivojlanishni susaytiradi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatini kamaytiradi. Ko’p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuvga tabiiy intilish vujudga keladi. Salomatlikni muqofaza qilish tadbirlariga eng avvalo, jismoniy mashqlap bilan muntazam shug’ullanish, ular bilan do’stlashish kiradi. Buni bajarish nafaqat maktab, balki ko’proq, oila, ota-onalar zimmasiga tushadi. Ota-onalar farzandlari maktabga chiqishidan qat’i nazar, ertalabki badantarbiya, mexnatga oid mashqlar, turli o’yinlar va sayoxatlarni muntazam ravishda o’tkazishlari lozim.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari (maxsuli) faoliyatida musobaqalar o’quvchidan katta jismoniy kuch va harakatlar hamda psixik keskinlikni talab qilishi sababli kichik maktab yosh ko’rsatkichidagi bolalar bilan ishlashda o’yin va musobaqalar elementlarini qo’llash mumkin bo’ladi.

Mustaqil O’zbekistonimizning ma’naviy sog’lom-yosh avlodlarini, bo’lajak vatanparvarlarini tarbiyalash vazifasi pirovard natijada o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ular nafaqat bilimdon bolalarni, balki eng avvalo ana shu bilimni egallashni o’zining burchi deb biluvchi milliy kadrlar shaxsini shakllantirishga mas’uldir.

2-topshiriq. Fanga oid berilgan testlarga javob tayyorlash.





Download 280,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish