Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi


Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi



Download 137,04 Kb.
bet2/6
Sana07.04.2021
Hajmi137,04 Kb.
#62835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IPI I bob Rakhmatova

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va firmalar kabi murakkab iqtisodiy tizimlarining modellashtirish asoslarini o`rgatishdan, aniq iqtisodiy ob'ektlar misolida modellashning qo'yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalami kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni tahlil qilishdan iboratdir. Bunga qo`shimcha ravishda, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlaming modellashtirish asoslarini, aniq iqtisodiy ob'ektlar misolida modellashning qo'yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalami kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalami iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o'rganish maqsad qilib olingan.

Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullami inkor etmasdan, balki ulami yanada rivojlantirishga va ob'ektiv o'zgaruvchan natija ko’rsatkichlarini boshqa ko'rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi.



Ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. Ekonometrikada qoʻllaniladigan modellar yordami bilan statistika, prognoz va reja maʼlumotlar asosida miqdoriy natijalar olinadi. Ekonometrikaning paydo boʻlishi iqtisodiy tahlillar va taxminlash uchun iqtisodiy statistik usullar va yoʻl-yoʻriqlarning zarurati bilan bogʻliq.

Iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo'llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko'rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini aks ettirish mohiyatiga ko'ra, statik va dinamik modellar mavjud. Statik modellar o'zida vaqtning ayrim, qayd qilingan oralig'ini qamrab oladi. Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi holatini aks ettiradi. O'zgaruvchan xarakterga ko'ra, boshlang'ich iqtisodiy ishlab chiqarish omillari yoki aralash omillami o'z ichiga olgan modellami ko'rsatish mumkin. Sirg'anuvchi o'rtacha usul o'rtacha qiymatni aniqlash vaqtida tasodifiy chetlanishlaming o'sish holatiga asoslanadi.

O'rtacha haqiqiy qiymatlar qatorlari dinamikasi tekislanayotgan vaqtda sirg'anishning o'rtacha nuqta davrini ko'rsatadigan o'rtacha qiymatlar bilan almashinadi. Odatda o'rtacha sirg'anuvchi usulning ikki modifikasiyasidan, ya’ni oddiy tekislash va vaznli tekislashdan foydalaniladi.

Dissertatsiya mavzusini yoritish jarayonida quyidagi vazifalar qo`yilgan:

– iqtisodiy tizimlar va jarayonlarning murakkabligi;

– ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy ko’rsatkichlari;

– korrelyatsiya, regressiya, dispersion usullari, indekslar nazariyasi usullari;

– ishlab chiqarish funktsiyalari, talab va taklifning ekonometrik modellari;

–ekonometrik modellashtirish tamoyillari;

–iqtisodiy ko’rsatkichlarini kompyuter texnologiyalari asosida ekonometrik modellashtirish va prognozlash haqida tasavvurga ega bo’lishi;

–murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni ekonometrik modellashtirish tamoyillarini;

–mikro va makro jarayonlar tahlilida qo’llaniladigan ekonometrik usullar va modellarni;

–ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahlilida ekonometrik modellaridan foydalanishni;

–milliy iqtisodiyot ko’rsatkichlarini kompyuter texnologiyalari asosida ekonometrik modellashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

–murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni modellashtirish;

–ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlashda ekonometrik usullardan foydalanish;

–mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilida ekonometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish;

–“eng kichik kvadratlar” usullari va trend modellaridan foydalanish;

–ishlab chiqarish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish;

–noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida optimal qaror qabul qilish;

–iqtisodiy o’sish modellarini tuzish;

–maxsus amaliy dasturlar paketlari va kompyuter texnologiyalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish ko’nikmalarga ega bo’lishi;

–yangi axborot texnologiyalari sharoitida mikro va makro jarayonlar tahlilida qo’llaniladigan ekonometrik usullar va modellar to’g’risida, iqtisodiy o’sish modellarini tuzish to’g’risida, ishlab chiqarish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish to’g’risida, “eng kichik kvadratlar” usullari va trend modellaridan foydalanish to’g’risida aniq malakalarga ega bo’lishi kerak.

Tarmoqni joriy rejalashtirishni iqtisodiy-matematika masalasini umumiy ko'rinishi mavjud resurslar doirasida olinadigan natijani maksimallashtirishga qaratilgan bo'lib yuqorida keltirilgan ma’Ium bir model yordamida yechiladi va tahlil qilinadi. Tarmoq kelajakka-perspektiv rejalashtirishda esa aksincha, awaldan kuzlangan natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan harajatlami minimallashtirish ko'zda tutiladi. Bunda asosan kelgusidagi bozor talabini bashorat qilish kata ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib tarmoqning perspektiv rejalashtirish masalasida uning korxonalarini joylashtirish, ixtisoslashtirish va kengaytirish muammolari hal qilinadi. Bunday masalani yechilishi natijasida tarmoq korxonalarini joylashtirish punktlari, ulaming quwatlari, ishlab chiqarish korxonalarini iste’molchilar bilan biriktirish muammolarini hal qiladi.

Masalani qo'yilishi va yechilishi jarayonida quyidagilarga e ’tibor berish kerak bo`ladi: har bir punkt va rayonga talluqqli xom ashyo bazalari, xom ashyoning sifati va ko'rinishiga; transport tarmog‘i iste’molchilarga yaqinligi va mahsulotga bo‘lgan bozor talabi: yangi korxonalami qurish va eskilarini kengaytirish va qayta jixozlash uchun zarur bo'lgan maydonlami va kapital qo‘yilmalami mavjudligi va x.k.

Ekonometrik usullar oddiy an'anaviy usullami inkor etmaydi, balki ulami yanada rivojlantirishga va ob'ekliv o'zgaruvchan natija ko'rsatkichlarini boshqa ko'rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullaming va elektron hisoblash mashinalarining milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob'ektga omillaming ta'sirini, natijaviy ko'rsatkichga resurslaming o'zaro munosabatlarini ko'rsatish mumkin. Bu esa o'nlab tarmoqiar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini ilmiy asosda bashorat etishgaprognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.

Ekonometrik modellarning tahlili orqali quyidagilarni ko'rish mumkin:

1. Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlami rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi.

2. Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.

3. Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan bashoratlami umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlami kiritish mumkin bo'ladi.

4. Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ulaming yangi o'rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.

5. Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish, aqliy mehnatni yengillashtirish, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqaruv qarorlarini sifatliroq tayyorlash imkonini beradi.




Download 137,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish