Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Download 1,15 Mb.
bet5/16
Sana24.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#701405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Steroid qator biri

II bob. KARDENOLIDLAR
2.1. YURAKKA TA’SIR KO’RSATUVCHI GLIKOZIDLAR
Yurak mushaklariga tanlab ta’sir ko’rsatuvchi dori moddalari o’rtasida o’simliklardan olinadigan yurak glikozidlari muhim o’rinlardan birini egallaydi. Xozirgi vaqtda kardiotonik, ya’ni yurakka ta’sir ko’rsatuvchi xossaga ega glikozidlar gulli o’simliklarning 13 oilasida borligi aniqlangan bo’lib, ulardan sigirquyruqdoshlar oilasiga kiradigan turli angishvonagul o’simligi glikozidlari ayniqsa tibbiyotda keng qo’llaniladi. Bu o’simliklardan olinadigan glikozidlarni ayrim bir guruhga ajratib, uni digitalis yoki birinchi guruh glikozidlari deb han yuritiladi. Boshqa oilalarga kiradigan o’simliklardan olinadigan barcha yurak glikozidlari esa ikkinchi guruhni tashkil qilib, ular digitaloidlar deyiladi. O’zida digitaloidlar saqlagan o’simliklar 1-jadvalda keltirilgan.

O’simlik oilasi

O’simlik nomi

Glikozid olinadigan maxsulot

Ranunculaceae (ayiqtovondoshlar)

  1. Adonis vernalis (bahorgi Adonis)

  2. helleborus purpupas (qizaruvchan xellaborusi)

  3. hellabarus caucasium (kavkaz xellaborusi)

Yer ustki qismi, ildiz va ildiz poyasi

Liliaceae (piyozguldoshlar)

  1. Convallarica majalis (may marvaridguli)

  2. Convallaria majalis var transcaucasica

(transkavkaz marvaridguli)

  1. Convallaria majalis var manchurika

(manjuriya marvaridgili)

Yer ustki qismi

Anocynaceae (kendrdoshlar)

  1. Strophantus gratus

  2. Strophantus kambe

  3. Arocymum cannabinum (nashasimon kendr)

Urug’i

Ildizi


Cruciferae (butguldoshlar)

  1. Erysimum diffusum (sershox erizimum)

  2. Erysimum cheiranthoides

(levkali erizimum)

Yer ustki qismi, urug’i



Yurak glikozidlari kimyoviy tuzilishi jihatidan murkkab organik birikma bo’lib, ular gidrolizlanganda ikki asosiy qismga, ya’ni aglikon yoki genin va unga oddiy efirsimon birikkan qand (glikon) komponentlariga parchalanadi. Uning genin qismi o’z navbatida bitsiklik sistema steroid (kondensirlangan ABCD halqalaridan iborat siklopentanapergidrofenantren) halqasi va undagi C17 holatga birikkan to’yinmagan besh va ba’zilari esa ikki juft to’yinmagan olti a’zoli lakton halqalardan tashkil topgan.


Barcha yurak glikozidlarning geninlari kimyoviy tuzilishi jihatdan bir-biridan katta farq qilmaydi. Ulardagi C3 va C14 holatdagi gidroksil guruhlari hamda C17 kofiguratsiyalari barcha yurak glikozidlarida doimiy o’zgarmas bo’ladi. Geninlar asosan, halqasidagi C12 va C16 holatiga guruhlarining joylashish taqtibi hamda C10 ga birikkan funksional guruhning xususyati bilan farqlanadi.




Geninlar

R

X1

X2

X3

Digitoksigenin

-CH3

H

H

H

Gitoksigenin

-CH3

H

H

OH

Digoksigenin

-CH3

H

OH

H

Periplogenin

-CH3

OH

H

H

Oleandrigenin

-CH3

H

H



Strofantidin



OH

H

H




Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, strofant glikozid geninlarining steroid halqasidagi C10 holatida metil radikali o’rniga aldegid C5 holatida esa qo’shimcha gidroksil guruhlarini saqlagani bilan angishvonagul va ba’zi boshqa glikozidlardan farqlanadi.

O’z tarkibida besh a’zoli to’yinmagan lakton halqasini saqlagan yurak glikozidlari odatda kordenolidlar deb ataladi. Olti a’zoli to’yinmagan lakton halqa saqlagan yurak glikozidlari esa bufadienolidlar guruhini tashkil qiladi va ularga dengiz piyozi va moroznik o’simliklarida uchraydigan glikozidlar misol bo’la oladi.

Bufadienolid glikozidlari tibbiyotda deyarli ishlatilmaydi. Xozirgacha ma’lum bo’lgan yurak glikozidlarining tarkibida 30 xildan ortiq monosaxaridlar borligi aniqlangan. Ulardan D-glukoza, D-ksiloza, l-ramnozalarga o’xshash uglevodlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, D-digitoksoza, D-simaroza, digitalaza, oleanrozalar kabi uglevodlar esa faqat ma’lum glikozidlar tarkibidagina uchraydi.
Glikozidlar tarkibiga bitta (konvalyatoksin), ikkita (strofantin, olitorizid), uchta (digitoksin, digoksin va boshqa) yoki to’rtta (digilanid ABC) qand qoldig’I birikkan bo’lishi mumkin.
Yurak glikozidlarining tarkibida ko’p uchraydigan uglevodorodga quyidagilar kiradi:

Saharidlar glikozidda steroid halqasining C3 holatdagi gidroksil bilan efirsimon birikkan bo’ladi.
Kimyoviy tuzilishining C2 holatda gidrolsil guruh saqlamagan digitaksoza, tsimoroza va oleandrozaga o’xshash uglevodlar 2-dezaksisaharidlar guruhiga kiradi. Yurak glikozidlari enzim, ishqor va kislotalar ta’sirida gidrolizlanadi. Masalan, ular kislota ta’sirida genin va qand qismlariga parchalanadi. Ularning sof genin qismining bilogik tasiri o’simlikdan ajratib olinadigan birlamchi, yani hali gidrolizlanmagan glikozidlardan deyarli farq qilmaydi.
Yurak glikozidlari fermentlar tasirida gidrolizlanishi natijasida, ayniqsa o’simlik mahsulatini tayyorlash, uritish va salash jarayonida ular o’z tarkibidagi ferment ta’sirida bir va undan ham ko’p qand komponentini ajratib, ikkilamchi va uchlamchi glikozidlarga o’tadi.

O’simlik va undan olinadigan birlamchi glikozidning nomi

Birlamchi glikozidlarning kimyoviy tarkibi

Ikkilamchi glikoczidning nomi

Uchlamchi glikozidning nomi

Genin qismi

Qand qismi

Qizil angishvonagul
Purpureaglikozid A

Purpureaglikozid B


Sertuk angishvonagul


Digilanid (lantozid) A

Digilanid (lantozid) B



Digitoksigenin
Gitoksigenin

Digitoksigenin


gitoksigenin



Dz+Dz+Dz+D=glyukoza
Dz+Dz+Dz+D=glyukoza

Dz+Dz+Dz+Ats+D=glyukoza


Dz+Dz+Dz+Ats+D=glyukoza



Digitoksin

gitoksin
Atsetildigitoksin


Atsetilgitoksin

Digitoksin


Gitoksin




Dz-digitoksoza; Ats-atsetat kislota qoldig’i.


Yurak glikozidlarining yurakka o’ziga xos ta’siri asosan ularning genin qismiga bog’liq. Ulardagi qand qismi esa, glikozidlarning eruvchanligi hujayra membranalari orqali so’rilishi, shuningdek qonda oqsillar va to’qimalar bilan birikishiga ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, glikozidlar tarkibining qand qismi yurakka nisbatan inaktiv bo’lsa-da, ammo u glikozidlarning eruvchanligini oshiradi, shu bilan ularning fiziologik ta’sirini tezlatadi. Glikozidlarning alikon qismiga birikkan qand qismining sonini va ketma-ket o’zaro birikish tartibi ham, ularning tasiriga aloqadordir. Bundan tashqari, gilkozidlar tarkibida qand qoldig’ining bo’lishi, ularning taksin ta’sirini birmuncha pasaytiradi.
Glikozidlarning steroid halqasida al’degid va turli holatlarda faol gidroksid guruhlarining bo’lishi ham ma’lum darajada ularning o’ziga xos tasir ko’rsatishida muhim o’rin tutadi. Ulardagi lakton halqasining kuchli ishqoriy muhitda o’zgarishi glikozidlarning biologik faolligi mutlaqo yo’qolishi yoki ancha pasayib ketishiga olib keladi. Bunda ishqoriy ta`sirda lakton halqasining α-β holatdagi uglerod orasidagi qo`shbog` ketishi natijasida, u halqa steroid halqasining C14 holatdagi gidroksil guruh kislorodi orqali birikib, biologik nofaol epioksi hosilasiga o’tadi.
Yurak glikozidlari o’simliklardan turli organik erituvchilar yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Bunda o’smlarning maydalangan xomashyosi avval etil efiri yoki petrolin efiri yordamida mahsulot tarkibida uchraydigan turli moylardan tozalanadi. So’ngra undagi glikozidlarning metonol yoki 70% li etonol bilan ekstraksiya qilib olinadi. Ajratib lingan ekstraktsya vakuum sharoitida qiyomsimon holatga kelguncha qadar bug’lantiriladi. Keyin uni suv bilan ishlanadi va aralashmadagi smolasimon moddalarni efir yordamida ekstraktsiya qilib ajratib olinadi. Eritmadan qo’rg’oshin atsetat ta’sirida undagi shilliq moddalar cho’ktirib tashlanadi. Glikozidlarni ajratib olish jarayonining navbatdagi bosqichida eritmani ammoniy sul’fat bilan ishlab, bir-birlariga yaqin bo’lgan glikozidlarni ularning turli organik erituvchilarda eruvchanligi asoslanib, har qaysisini ayrim holda ajratib olinadi.
Hozirgi vatda glikozidlarni ajratib olishda adsorbtsiyalanish xromatografiya usulidan keng foydalaniladi.
Yurak glikozidlari saqlagan o’simliklarni har tamonlama chuqur o’rganish ulardan glikozidlarni ajratib olish va fizikaviy, kimyoviy xossalarini o’rganish hamda standartlash kabi masalalarni hal qilishda olimlardan D.G. Kolesnikov, V.T. Chernobay, N.Q. Abubakirov va boshqalar katta xissa qo’shdilar.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish