Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Glikozidlarning molekula tuzilishidagi qand qoldig’ini aniqlashda qo’llaniladigan reaksiyalar



Download 1,15 Mb.
bet7/16
Sana24.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#701405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Steroid qator biri

Glikozidlarning molekula tuzilishidagi qand qoldig’ini aniqlashda qo’llaniladigan reaksiyalar.

Tarkibida 2-dezoksisaxarid saqlagan glikozidlani aniqlashda Keller-Kiliani reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda 1-2 mg miqdordagi preparatni, tarkibida 0,05% temir (III)-xlorid saqlagan konsentrlangan sirka kislatadagi eritmasini sekin-asta konsentrlangan sulfat kislota solingan probirkaga qo’shiladi. Suyuqlikning yuqori qatlamida ko’k yoki ko’k-yashil, ikki qatlam chegarasida esa qizil-binafsha yoki qo’ng’ir rang paydo bo’ladi. Bu reaksiyada temir (III)-xloridning o’rniga temir (III)-sulfat tuzini olish mumkin. Keller-Kiliani reaksiyasi bo’yicha DF selanid va digitoksinning chinliligini aniqlashni tavsiya qiladi.
Glikozidlardagi dezoksisaxaridlar yana Pezetsa ishlab chiqqan ksantgidrol reaksiyasi bo’yicha ham aniqlanadi. Bunda glikozidning konsentrlangan sirka kislotadagi eritmasiga ksantgidrol va bir necha tmchi konsentrlangan sulfat yoki fasfat kislata qo’shib isitilganda,suyuqlik qizil raangga bo’yaladi.
Glikozidlardagi qand qoldig’ini aniqlashda ulardagi al’degid guruhlariga xos kumush ko’zgu reaksiyasi yoki Feling suyuqligidan cho’kma holida mis (I)-oksidni ajrtib chiqarish reksiyalaridan foydalaniladi.
Glikozidlarning chinliligini aniqlash uchun spektrofotometriya va IK-spektroskopiya hamda xromotografiyaning turli usullari keng qo’llaniladi.



    1. Yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullari.

Yurak glikozidlarining beqarorligi, yani tarkibining doimiy bir xil bo’lmasligi hamda tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan preparatlar tarkibida glikozidning juda kam bo’lishi, ularning miqdorini kimyoviy usullar bilan aniqlashda birmuncha noqulaylik yaratadi. Hozirgi yurak glikozidlarining faollik darajasini aniqlashda biologik, fizik-kimyoviy usullar qo’llanadi.


Biologik usul bo’yichayurak glikozidlari ta’sir faolligini baholash (standartizatsiyalash), ularning toksik ta’sir miqdoridagi dozasi yurak faolyatini sistola holatida to’tatish qobilyatini aniqlashga asoslangan. Odatda yurak glikozidlarining faolligini toza glikozidlardan tayyorlangan maxsus standart nusxa bilan solishtirib ko’riladi va ularning faolligini ta’sir etuvchi birlik bilan ifodalanadi. Yurak glikozidlarining biologik faolligi baqalarda (LED-baqa ta’sir birligi) va kaptarlarda (GED-kaptar ta’sir birligi) teshirib ko’riladi. Ko’zda tutilgan 28-33 gr vazndagi erkak baqaning yurak urishini sistola holatida bir soat to’xtatib qo’ya oladigan glikozidning eng kam (kichik) miqdori baqaga ta’sir etuvchi birlik-BTB, deb ataladi. Tajriba uchun baqalarning o’rmon baqasi, ko’l baqasi , xovuz baqasi turlaridan foydalaniladi.
Yurak glikozidlari o`simliklardan olinadigan, kimyoviy tuzilishi bo`yicha murakkab, organik moddalar bo`lib, yurak faoliyatiga tanlab rag`batlantiruvchi ta'sir ko`rsatadi va yurak еtishmovchiligini davolashda ishlatiladi. Kimyoviy tuzilishi bo`yicha yurak glikozidlari azot saqlovchi murakkab birikmalar bo`lib, ikki qism:qandli (glikon) va qandsiz (aglikon) dan iborat. Qandsiz qismi to`yinmagan lakton halqasi bilan bog`liq bo`lgan stеroid tuzilishiga ega. Yurak glikozidlarining biologik ta'siri mana shu qandsiz qismiga bog`liq. Qandli qismi esa yurak glikozidlarining so`rilishini, pardalardan o`tishini, to`qimalarda ushlanishini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda yurak glikozidlarini saqlovchi ko`p o`simliklar aniqlangan va ta’siri o’rganilgan. Bu ishga Rеspublikamiz olimlari, jumladan prof. S. S. Azizova va uning shogirdlari katta hissa qo`shishgan. O`simliklar orasida asosiylari quyidagilar: angishvona gulining bir nеcha turi, marvaridgul, adonis, strofant, sambit gul, chitrang`i, chirmovchi gul, nashasimon kеndir.
Ushbu o`simliklardan olinadigan yurak glikozidlari o`zining kimyoviy tuzilishi bo`yicha bir-biriga o`xshaydi, lеkin glikon va aglikon xaraktеri bo`yicha farqlanadi. Bir o`simlikda bir nеcha glikozid bo`lishi mumkin. Ularning farmakologik ta'sir mеxanizmi umuman olganda dеyarli bir xil, lеkin ular ichak tizimidan so`rilishi, ta'sir kuchi, tanadan chiqib kеtish muddatiga ko`ra farq qiladi.
Yurak glikozidlarining bеbaho xossalaridan biri shuki, ular kasallangan yurakka tanlab ta'sir ko`rsatib, uning susaygan faoliyatini jonlantiradi. Kasallik tufayli (rеvmokardit, yurak porogi) qisqarish qobiliyati zaiflashib, charchagan yurak faoliyatini sеkin-asta tiklaydi. Yurak glikozidlari tarkibida kuchli zaharlita’sirga ega bo`lishiga qaramasdan ular zaharli dozasining 1/3-2/3 qismi davo ko’rsatadi.
Farmakologik ta'siri. Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik xossalaridan biri yurak faoliyatiga kardiotonik ta'sir ko`rsatishidir. Ushbu samara quyidagilar bilan ifodalanadi.
1. Yurak glikozidlarining sistolik ta'siri. Bu ta'sir natijasida charchagan va zaiflashgan miokardning qisqarish kuchi oshadi-sistola kuchliroq sodir bo`ladi. Bundan tashqari, glikozidlar ta'sirida sistolaning davom etish vaqti kamayadi. Shunday qilib, yurak glikozidlari ta'sirida yurakning qisqarishi kuchliroq va tеzroq bajariladi (musbat inotrop ta'sir). Buning natijasida yurakning sistolik hajmi (bir sistolada chap qorinchadan aortaga chiqqan qon miqdori), daqiqalik hajmi (1 daqiqa davomida chap qorinchadan aortaga kеlgan qon miqdori) birmuncha oshadi, aortada qon bosimi ko`tariladi.
2. Diastolik ta'siri (manfiy xronotrop ta'sir). Yurak glikozidlari yurakning dam olish davri-diastola vaqtini uzaytiradi. Bu o`z navbatida yurak mushaklarining to`liqroq bo`shashishini ta'minlaydi, diastola vaqtida chap bo`lmachadan chap qorinchaga qonning ko`proq miqdorda o`tishiga olib kеladi
3. Tonotrop ta'sir. Yurak glikozidlari yurak mushagining tonusini oshiradi. Diastola davrida yurakning umumiy hajmi kichikroq bo`ladi.
4. Yurakning o`tkazuvchi tizimiga ta'siri (manfiy dromotrop ta'sir). Yurak glikozidlari atriovеntrikulyar (bo`lmacha-qorinchaaro) tugunchaga ta'sir etib, undan va Giss bog`lamlaridan qorinchalar mushagiga kеtayotgan impulslarning o`tishini sеkinlashtiradi. Katta zaharli dozalarda esa butunlay to`xtatib, to`sib qo`yadi. Atriovеntrikulyar tugunchadan qorinchalar mushagiga kеtayotgan impuls o`tishining sеkinlashishi natijasida bo`lmachalar bilan qorinchalar sistolasi orasidagi vaqt qisman uzayadi. Bu esa bo`lmachalardan qonning qorinchalarga to`liqroq o`tishiga sabab bo`ladi. Kasallik tufayli chap bo`lmacha va kichik qon aylanish doirasida yig`ilib qolgan qonning chap qorinchaga o`tish miqdori ko`payadi. Natijada kichik qon aylanish doirasidagi yig`ilib qolgan qon xajmi asta-sеkin kamayadi.
5. Yurak avtomatizmiga ta'siri. Sinus tugunchasidan chiqayotgan impulslar glikozidlar ta'sirida qisman kamayadi, katta dozalarda esa tеzlashadi.
6. Miokard qo`zg`alishi oshadi (musbat batmotrop ta'sir). Glikozidlarning bunday ta'siri asosan zaharlanish hollarida sodir bo`ladi va yurak ritmining buzilishiga olib kеladi.
7. Yurakning adashgan nеrviga ta'siri. Glikozidlar yurakning vagus nеrvi tonusini oshiradi. Shu sababli yurak urish-ritmi sеkinlashadi yoki bradikardiya holati kuzatiladi.
Shunday qilib, yurak glikozidlarining ta'siri natijasida kasallik tufayli zaiflashgan yurak faoliyati tiklanadi, yurakning ritmi sеkinlashgani va diastolaning uzoqroq bo`lishi hisobiga yurak ko`proq dam oladi va uning qisqarishi, sistolik kuchi oshadi.
Glikozidlarning ishlatilishi va unga monеlik. Yurak glikozidlari asosan yurak faoliyatining surunkali va o`tkir yеtishmovchiligida, yurak dеkompеnsatsiyasida va aritmiyalarda ishlatiladi.
Bradikardiyada, atriovеntrikulyar blokada, stеnokardiya xurujida, o`tkir infarktning boshlanishida, o`tkir miokardit, endokardit, kardiosklеrozda tavsiya etilmaydi.
Angishvonagul o’simligi yoki undan olingan glikozidlarni aniqlashda standart sifatida toza selanid, marvaridgul glikozidlari uchun simarin, strofantinga esa strofantin glikozidi va boshqalar olinadi.
Angishvonagulning hamma turlari bargida kalsiy oksalat kristallari bo’lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va uzun, oddiy, so’galli tuklar bo’lishi bilan harakterlidir. Qizil angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12 tagacha hujayrali bo’lib, ular barg bandida va asos qismida o’rnashgan.
Angishvonagulning boshqa turlarini barg epidermis hujayrali ustki tomondan aniq ko’rinadigan darajada qalinlashgan bo’ladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish