Kitob mutolaasi Fikrni badiiy uslubda ifodalash. Badiiy tasvir vositalari



Download 0,61 Mb.
bet4/8
Sana04.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#481792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kitob mutolaasi1AMII

BADIIY USLUB   Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishda, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Badiiy uslubning o‘ziga xos sintaktik belgilari umumxalq tilining boy imkoniyatlaridan qanchalik o‘rinli foydalanilganligini aniqlash orqali ochiladi. Umumxalq tili yozuvchi ixtiyoriga gap qurilishining tayyor va qat’iylashtirilgan usullaridan tanlab foydalanish imkoniyatlarini ham beradi. Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo‘llanishi, so‘z tarkibida teskari, subyektiv tartibga keng yo‘l qo‘yilishi, ritorik so‘roq va undov gaplar, sintaktik shakllarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlidir. Badiiy tasvir vositalari. Uslubiyatga oid adabiyotlarda badiiy tasvir vositalari turli usullari kiritiladi. Bular dastlab paeziya doirasida qarala boshlanadi. Keyingi yillarda nashr qilingan adabiyotlarda esa sintaktik shakllar boshqa uslublar doirasida ham o‘rganilayapti.

1.Anafora. Takrorlanuvchi birliklar so‘z, so‘z birikmasi, gap shaklida bo‘lishi mumkin. Bu ko‘proq badiiy va publitsistik uslubga xos. Quyidagilar anafora bo‘lib keladi: Gap bo‘lagi. Bu so‘z birikmasi, gap va qo‘shma gap qismlari boshida keladi. 1.So‘z birikmasi boshida: Inson tafakkuriga, Bugun yana tahzim-la: Inson jasoratiga Tashakkur!- deydi olam. (Z. D.) Har bir so‘z, har bir dalil, har bir taklifni qayta-qayta tekshirib ko‘rish lozim. (SH. Rashidov.) Yoshlar, avlodlar mehnati, matonatini ko‘rib, quvonchim qalbimga sig‘may Toshadi! Ammo shu muhit, Shu qaynoq hayotda, Shu go‘zal insonlar orasida, afsuski, Karimlar ham bor!.. (H. G‘.) 2.Gap boshida: Nega buncha go‘zal ko‘rinar olam, Nega buncha qarab to‘ymas ko‘zlarim?! 3.Qo‘shma gap qisimlari boshida: Mehnat insonni yaratadi, mehnat insonni bezaydi, mehnat odamni odam qiladi. 2.Epifora. Bu – anaforaning teskarisi. Bu usul bilan takrorlangan gapning ma’nosini kuchaytiriladi. Anafora og‘zaki va yozma nutqlarda ham qo‘llansa, epifora asosan yozma nutq uchun xarakterlidir. Quyidagilar epifora bo‘lib keladi: 1.Murakkab kesimlarning yordamchi elementi: Kesim: Yigirma bahorni ko‘rgan yoshim bor, O‘n beshta diyorimda qadrdonim bor, Yo‘lbarslar o‘z izidan qaytmaganday, Bu yo‘ldan qaytmaydigan bardoshim bor! (M.) Juvonning butun bergan dashnomi ham bir bopldi-yu hozir bodiring uzatgani ham bir bopldi. (A.Q.) Qalb iztirob chekib yig‘lamasdi, ko‘ngil dard bilan yig‘lamasdi, yurak o‘rtanib yig‘lamasdi, balki butun vujud quvonib, baxtiyorlik daryosiga sho‘ng‘ib-sho‘ng‘ib yig‘lardi. (J. Abd.) 2.Ega. Bu ega inversiyaga uchraganda yuz beradi: Do‘stlik so‘zi juda ajoyib, ohangdor va ohangrabodir! Qanchalik ulug‘vor va ma’nodor So‘z-bu! Qanchalik tengi yo‘q, bebaho So‘z- bu!(V.Z.)


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish