…SAVOL K.Linney va Lamark ishlarini ajrating .
JAVOB
Karl Linney
(1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm).
U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi.
Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni
turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar
botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari,
sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali
va umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik
guruhlari bilan tanishgansiz.
K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p
sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney o‘simlik va hayvonlarning ayrim
belgi larigagina asoslangan holda sun’iy
sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari
soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga,
hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi,
qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha,
kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi.
K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. Uning
tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik
organik olamni atrofl icha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng
botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.
Organik olam evolutsiyasi haqidagi naza riyani
birinchi marta fransuz tabiatshunosi
Jan Batist Lamark
(1744–1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqa sizlar» va
«biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi.
Lamarkning evolutsiyaga doir fi krlari «Zoologiyaga
kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli
asarlarida bayon etilgan.
Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy
ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib
qilgan. Lamark fi kricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar
sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan.
Lamark hayvonot olamining tabiiy sistematikasini yaratishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga
asoslangan klassifi katsiyani ilgari surgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga
ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir.
Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab
6 bosqichga ajratdi.
Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko‘tarilar ekan, qayd
Do'stlaringiz bilan baham: |