Kitobni sev unga do`st tutin



Download 39 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi39 Kb.
#725879
Bog'liq
Kitobni sev Bog`ot 17-son maktab


Kitobni sev unga do`st tutin.

Salohiddin yenglarini shimirgan holatda,sharillab suv oqayotgan ariqdan baliq tutishga urinardi.


Ariqda baliqlar bor edi,lekin Salohiddin qo`lini uzatgan zahoti baliqlar qochib ketadi.Ugoh so`kinar,goh maroq bilan yana baliq tutishga kirishar edi. Ariqdan qandaydir bir qog`ozlar oqib kela boshladi. Salohiddinning esa battar ensasi qotardi, qog`ozlarni ariq chetiga otib yuborar qog`ozlar esa ko`payib ketardi.
Salohiddin bundan hayratlanib ariqning boshiga turub,tiklanib qaradi.Uzoqdan qog`ozlar oqib kelar ohiri uvadasi chiqqan yarib betlari yo`q kitob keldi. Salohiddin uni ham olib chetga irg`itib
yubordi. Salohiddin baliq tuta olmagach uyiga ketdi.Saida opa o`sha payt do`kondan kartoshka va piyoz harid qilib kelgandi. Uyiga kirib oshxonada tura-tura gap boshladi.
-- Narigi ko`chadagi Gulsanam opaning qizi Mahfuza ko`cha boshida yig`lab o`tirar ekan.
-- Nega yig`layapsan Mahfuza desam.
-- Otam sovg`a qilgan kitobimni yo`qatib qo`ydim deb yig`lardi.
-- Mayli qizim hafa bo`lma biron yerda qo`ygandirsanda eslab ko`rgin.
-- Yo`q hamma yo`qlarni qaradim hech qayerda yo`q.
Mahfuza ho`rsinib – ho`rsinib yig`lardi.
-- Qizalog`im mayli yig`lama dadangga aytsang yena oberadi. –deya .Saida do`konga kirib ketdi.
Salohiddin o`yga toldi va onasining oldiga borib ariqda bitta kitob yirtilib oqib kelayotganligini aytdi. Onasi esa balkim shu kitobdir qo`ya qoldi.Salohiddin uyidan otilib chiqib ariq bo`yiga bordi. Borib qarasa kitob betlari quyosh nurida deyarli qurib bo`layotgan ekan. Barchasini yig`ib uyiga olib kelib,birma bir kitob varaqlarini yopishtira ketdi.
Yopishtirib bo`lingan kitob eskirgan o`xshab qoldi. Salohiddin uni qo`liga qisib narigi ko`cha tomon shoshdi. Mahfuzalar uyiga yaqinlashganda Mahfuzaning yig`lab o`tirganini ko`rdi.
U yugirib borib Mahfuzaning uyiga kirdi.Mahfuzaning 3 yosh ukasi Mahfuzaga
-- Appi shani titobingni yiytib-yiytib suva toshodim-deb turganini eshitdi. Mahfuza esa ukasini urmoqchi edi. Onasi kelib – Mahfuza deb qichqirdi. Salohiddin darxol yugurib borib kitobni Mahfuzaga berdi. Mahfuza kitobni ko`rib ham yig`lar,ham quvonardi.
-- U sen uchun juda azizmi ? ahir oddiy kitobku dedi Salohiddin.
-- Unaqamas bu kitob men uchun juda qadrli dadam tug`ilgan kunimga sovg`a qilganlar deb ho`rsinib ho`rsinib gapirdi. Mahfuza -- kitob ham sovg`a bo`ladimi dedi Salohiddin.
-- Sen bilmaysan bu kitob shunchaki kitob emas.u judayam ajoyib chunki kitobni o`qisang o`qiging kelaveradi.
-- Unda menga ham berib tur men ham bir o`qib beray.
Mahfuza kitobni betlarini bir bir ochib ko`rdi. Salohiddinga qarab – men bu kitobni 4 marotaba o`qiganman deyarli yodlaganman shunday bo`lsada yana o`qigim kelaveradi. – Mayli senga ham berib turaman o`qib bo`lganingdan keyin qaytarib berasan.
-- Xo`p deb Salohiddin uyiga keldi.
Salohiddin u kitobni o`qishni boshladi.
Mahfuza 8-sinfda o`qirdi, Salohiddin esa 5-sinfda o`qiydi. U kitobni ochib o`qib boshida biroz zerikdi 10 bet o`qigach yopib qo`yib, do`stlari bilan ko`chada o`ynadi. Kech tushgach uyiga kirib qo`llarini yuvib ovqatlandi va onasiga – men charchadim endi uhlayman deb uyiga kirib karovatiga uzala tushub yotdi. Uyquga endi ketgan edi tush ko`rdi tushida Mahfuza – meni kitobimni ber , meni kitobimni ber deb baqirdi. Salohiddin uyg`onib ketdi va o`rnidan turib tokchadagi kitobni qaradi, kitob turibdi. Uni ochib o`qiy boshladi, alla mahalgacha kitob o`qidi. Kitobni o`qish jarayonida Salohiddin miriqib yig`lar, gohida esa kular shu zayilda kitobni o`qib uhlab qoldi. Ertasi kuni Salohiddin maktabga bordi,shu kuni qiziq voqea sodir bo`ldi.Adabiyot fanidan Salohiddin o`qib o`tirgan asarga kelgan edilar. Ustozi ularga yozuvchi haqida ma`lumotlar berdi asaridan parchalar aytdi.Salohiddin birdan shoshilib o`rnidan turdi – ustoz –ustoz men o`qiyotgan huddi shu “ Dunyoning ishlari” asari edi juda qiziqarli ekan, kecha men rosa o`qidim keyin esa uhlab qolibman.—Ustozi unga qani bo`lmasa,Salohiddin o`qigan yerlaridan aytib beradi dedi. Salohiddin darsda qatnashmas edi. Ustozi esa u birdan gapirganiga hayratlanib juda quvondi va Salohiddinni o`rtaga chiqarib so`zlatdi. Salohiddin esa o`qigan joylarini sodda qilib gapirib berardi.Ustozi esa juda quvondi.Salohiddin aytib bo`lganidan keyin ustozi uni rosa maqtadi, ota-onasiga raxmatlar aytdi va kundalik daftariga “5” baho qo`yib berdi.
O`sha kuni Salohiddain o`zida yo`q hursand quvonch bilan uyiga keldi va onasiga kundaligini ko`rsatdi – onasi qara bolam o`qisang sira kam bo`lmaysan bola,
Axir aytishadiku :
Kitob –bilim bulog`i
O`quvchining o`rtog`i
hali maqolchi maqolchi : Kitob – aql qayrog`i deb bejizga aytishmagan ko`p kitob o`qisang bilimli bo`lasan,bilimlaring oshib ziyoli bo`lasan – bolam .
Salohiddin qornini to`yg`izib yana kitob o`qidi. Kitobni uch kunda o`qib bo`ldi. Ustoziga har bir hikoyasini so`zlab berdi.
Ustozi esa Salohiddinni o`rtaga chiqarib rosa maqtadi va Salohiddinga qarab – “Bilimdan ortiq boylik yo`q” bolam dedi: O`shandan boshlab Salohiddin o`zgardi kitobga bo`lgan mehri oshdi. Shu kunlar orasida Salohiddinning tug`ilgan kuni ham yaqinlashib qoldi.Dadasi Salohiddinni chaqirib bolam senga tug`ilgan kuningga bir ajoyib veloseped oberaymi? – dedi. Salohiddin biroz sukut saqlab – “Yo`q menga veloseped kerakmaydi, o`zimda borku eski bo`lsa ham yuradi, menga kitob sovg`a qiling “- dedi. Dadasi biroz esangirab qoldi va rosa quvondi, hatto “ Mening aqilli o`g`lim”- deb ham qo`ydi Dadasi Salohiddinga tug`ilgan kuniga ajoyib kitoblar sovg`a qildi. Salohiddin rosa quvondi va kitoblaridan birini olib Mahfuzalarnikiga ketdi. Mahfuzaning o`zi kitobi bilan unga yana dadasi olib bergan kitoblardan birini sovg`a ham qildi va Mahfuzaga raxmatlar aytib unga minnatdorchilik bildirdi.
Xorazm viloyati Bog`ot tumanidagi 17-son umumta`lim maktabi 5-sinf o`quvchisi
Yusupova Osiyo Maxmud qizi.


O`qituvchi: Bobojonova Nurxon.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish