Bilishi kerak:
o'quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlanish me’yorlarini;
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash qoidalarini;
kasb-hunar maktabi va o’qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlash va ulami hal qilishning samarali yo‘llarini topishni;
metodik tavsiyalar, o‘quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari va suhbatlar o‘tkazishni;
kasb-hunar maktabi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishni, o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalami qo'llashni.
Malaka talablari:
umumkasbiy va maxsus fanlardan biri bo'yicha oliy ma’lumot, ta’lim tizimidagi yoki kasb-hunar soha yo’nalishiga mos ishlab chiqarishdagi 3 yildan kam bo’lmagan amaliy ish staji;
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lgan shaxslarga ish staji talab etilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |