Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Nazorat savollari: 
1
.
 
Tuproqshunoslikda GAT dasturlari bilan ishlashning yakuniy mahsuloti 
nima? 


 
88 
2.  Tuproq  ma’lumotlarini  raqamli  xaritalarda  qanday  o'zgartirish 
mumkin? 
3. Axborot texnologiyalarining imkoniyatlari qanday? 
 
5.2. Axborotlarning fotogrammetrik usulda qayta ishlanishi 
 
Axborotlarni fotogrammetrik usulda qayta ishlash, aniqroq aytganda 
tahliliy  texnologiyalar  bo‘yicha  tasvirga  olish  materiallarining  qayta 
ishlanishi  stereo  tavsifda  qayta  ishlash  qurilmalari,  hisoblash  texnikalari 
va  dasturiy  ta’minot  yordamida  tahliy  ishlarni  amalga  oshirishga 
asoslanadi.  
Hozirgi  vaqtda  bu  texnologiyalar  quyidagi  takibiy  qismlardan 
tashkil topgan: 

 
Ishonchli,  yuqori  darajada  aniq  tahliliy  funksiyalarni  bajarish 
imkonini beruvchi stereo-qurilmalar va tizimlar

 
Katta  hajmdagi  xotiraga  ega  bo‘lgan,  tezkor  funksiya  bajaruvchi 
hisoblash mashinalari; 

 
Kuchli dasturiy ta’minot. 
Stereo-qayta ishlash tahlil qilish qurilmalari jamlamasi o‘z tarkibiga 
- tasvirlarni olish uchun mo‘ljallangan karetkaga ega optik-mexanik tizim, 
binokulyar  shaklda  ishlangan  kuzatish  tizimi,  boshqarish  paneli,  qo‘lda 
boshqariluvchi  shturvallar,  qurilmani  ishlashga  tushirish  va  o‘chirish 
maqsadlarida  foydalaniluvchi,  oyoq  yordamida  harakatlantiriluvchi  disk 
va pedallar yig‘indisidan tashkil topgan.  
Bu  qurilmaga  nazorat  qiluvchi  qurilma  (kontrolyor)  va  to‘plovchi 
qurilma, videoterminal va nashr qilish qurilmasi (printer) bilan birgalikda 
IBM PC ulanadi.  
Nazorat  qiluvchi  qurilma  (kontrolyor)  karetaning  harakatlanishini, 
sezgir moslamalarning (datchiklar) koordinata o‘qlari bo‘yicha ishlashini  
boshqaradi, 
shuningdek 
karetalarning 
siljishini 
qayd 
qiladi, 
ma’lumotlarning elektron usulda qayta o‘zgartirilishi va ma’lumotlarning 
IBM PC tizimida interfeys orqali kiritilishi-chiqarilishini amalga oshiradi.  
Axborotlarni  kiritish  va  aks  ettirish  qurilmalari  jumlasiga  video-
monitor,  avtomatik  tarzda  funksiya  bajaruvchi  koordinatograf,  displey 
bilan  jihozlangan  grafik  terminal  ham  kiritilishi  mumkin.  Bu  qurilma 
yordamida ish bajarishning yakuniy maxsuloti - grafik xarita yoki raqamli 
shakldagi  xarita  bo‘lishi  mumkin.  Iste’molchi  tasvirlarning  masshtabini 
tanlab  olishi  mumkin,  shuningdek  axborotlarning taqdim  etilishi uslubini 
tanlashi,  ob’ektlarning  toifalarini  va  hakozo  ko‘rsatkichlar  qiymatlarini 
o‘z  hoxishiga  ko‘ra  tanlashni  amalga  oshirishi  mumkin.  Tahliliy  stereo-


 
89 
qurilmalarning  matematik  ta’minoti  100  dan  ortiq  sondagi  amaliy 
dasturlardan  jamlamasidan  tashkil  topgan.  Bu  dasturlarga  quyidagi 
fuknsiyalarni bajaruvchi dasturlar turlari kiritiladi: 

 
Stero-modellarni tuzib chiqish va baholash jarayonining aniqligi; 

 
Relefni chizish; 

 
Aerofototriangulyasiyalarni rivojlantirish va tenglashtirish; 

 
Joyning raqamli modelini (JRM) tuzib chiqish

 
Erda 
turib 
tushirilgan 
tasvirlarni 
va 
qisqa 
bazisga 
ega 
fotogrammetriya materiallarini qayta ishlash
Aeroftotriangulyasiya  uchun  mo‘ljallangan  dasturlar  to‘plami  tarkibiga 
quyidagilar kiritiladi: 

 
Mustaqil tavsiga ega modellarni marshrut asosida tenglashtirish

 
Mustaqil tavsifga ega modellarni bloklar bo‘yicha tenglashtirish; 

 
Avtomatik tarzda tanib olish asosida blok tavsifidagi tenglashtirish va 
qo‘pol tarzdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish; 

 
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holatda va tizimli tavsifga 
ega  bo‘lgan  xatolarni  tuzatish  asosida  bog‘lanishlarni  blok  tavsifida 
tenglashtirishni amalga oshirish.  
Shuningdek,  kodlangan  ma’lumotlarni  raqamli  shaklda  yig‘ish, 
saqlash,  yangilash  va  grafik  axborotlarni  tahrirlash  va  navbatdagi 
bosqichda analog shaklga qayta o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan maxsus 
dasturlar  paketi  ishlab  chiqilgan.  Ayrim  turdagi  tahliliy  stereo-qayta 
ishlash 
qurilmalarida 
xizmat 
ko‘rsatish 
qurilmalari, 
periferik 
qurilmalardan  tashkil  topgan  keng  ko‘lamdagi  operatsion  tizimdan 
foydalaniladi.  Bu  tizimlar  parallel  holatda  bir nechta  masalani  bir  vaqtda 
hal  qilishga  mo‘ljallangan,  universal  tavsifda  ishlashni  ta’minlovchi 
avtomatlashtirilgan  tipda  funksiya  bajaruvchi,  integratsion  tizim  sifatida 
birlashtiriladi.  
Jumladan,  Rossiyada  ishlab  chiqiriluvchi  «Stereoanagraf» 
rusumidagi tahliliy qurilmalar seriyasi bir nechta modifikatsiyalar asosida 
ishlab  chiqarilishi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Ushbu  qurilmaning  dastlabki 
modifikatsiyasining  tarkibi  -  stereokomparator,  koordinatograf  va  IBM 
PC jamlamasidan tashkil topgan. Bu qurilmalar jamlamasi butun masshtab 
qatorlari bo‘yicha, aero - va kosmik tavsirlar asosida xarita va planlarning 
ishlab  chiqilishi  va  yangilanishini  amalga  oshirish  uchun  mo‘ljallangan. 
Bu  qurilmalar  tasvirlarni  yuqori  darajada  aniqlikda  qayta  ishlash, 
jarayonlarni  amalga  oshirish  yo‘nalishlarini  mo‘ljal  olishda  avtomatik 
tarzda  ishlash,  qurilmaning  va  tasvirlarning  tizimli  tavsifga  ega  bo‘lgan 
xatoliklarini  hisobga  olish  kabi  imkoniyatlarga  ega  hisoblanadi. 
Qurilmaning  ishlash  tamoyili  -  chiziqli  tavsifdagi  siljishlarning  siljish 


 
90 
qiymatiga  proporsional  bo‘lgan  qiymatdagi  elektron  impulslarga  qayda 
o‘zgartirilishi  asosida, 
x
  va 
u
  o‘qlar  bo‘yicha  o‘lchov  markalarining 
chiziqli  tavsifda  siljishi  natijalari  fotoelektron  qayta  o‘zgartirish 
moslamalari  yordamida  qayd  qilinishiga  asoslanadi.  Navbatdagi 
bosqichda  ushbu  xosil  qilingan  signallar  raqamli  shakldagi  axborotlar 
shaklida qayta o‘zgartiriladi va IBM PC yordamida qayta ishlanadi, qayd 
qilish  qurilmasiga  (registrator)  o‘lchashlar  natijalari  qiymatlari  shaklida 
uzatiladi.  
 
 
5.2.1.-rasm. «Stereoanagraf» tahliliy qurilmasning umumiy tashqi 
ko‘rinishi 
 
Foydalaniluvchi  IBM  PC  shaxsiy  kompterlar  uchun  mo‘ljallangan 
standart  konfiguratsiyaga  ega  hisoblanadi.  Ekranga  turli  xildagi  matn  va 
grafik shaklidagi axborotlarning chiqarilishi monitor yordamida bajariladi
matn  va  grafik  shakldagi  axborotlarning  nashr  qilinishi  esa  -  printer 
yordamida amalga oshiriladi.  
«Stereoanagraf-6»  rusumdagi  qurilma  ushbu  qurilmalar  seriyasida 
ishlab  chiqilgan  nisbatan  yangi  ishlanmalardan  biri  hisoblanadi.  Bu 
qurilma  raqamli  xaritalar  va  planlarni  tuzib  chiqish,  uchastkalarning 
maydoni  va  perimetr  qiymatlarini  hisoblash,  shahar  va  er  kadastri 
sohasida  turli  xil  maqsadlarda,  Shuningdek  loyihalashtirish  va 
qurilishlarni  amalga  oshirish  va  ko‘pgina  boshqa  shu  kabi  masalalar 
echimida 
samarali 
qo‘llanilishi 
mumkin. 
Bunda 
qurilmaning 
koordinatalarni  aniqlashda  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  o‘rtacha 
kvadrat xatoligi qiymati 3 mkm dan katta emas.  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish