Ko`chki. Dovul, tufon va quyun/ uning paydo bo`lishi sabablari



Download 61 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi61 Kb.
#698910
  1   2
Bog'liq
KO`CHKI. DOVUL TUFON VA QUYUN UNING PAYDO BO`LISHI SABABLARI


KO`CHKI. DOVUL, TUFON VA QUYUN/ UNING PAYDO BO`LISHI SABABLARI
Dovul, tufon, quyunlar - birgina shamolning turlicha nomlanishi bo`lib, ularning bir-biridan farqi tezligidadir.
Dovul (tayfun) - qattiq bo`ron bo`lib, uning chekkalarida shamol tezligi 30 m/soniyani tashkil qiladi, shamolning shidda tezlik bilan «yashaydi», sayyoramiz bo`ylab 9-12 sutka davomida harakatda bo`ladi. Sinoptiklar dovullar bilan ishlash oson bo`lishi uchun unga nom berishadi.

Dovul o`zining vayron qiluvchi kuchi bilan zilzilaga teng keluvchi sayyoraning atmosfera dahshatlaridan biri. U binolarni vayronaga aylantiradi, ekinzorlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug`urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib yuboradi, ko`prik va yo`llarni shikastlaydi. U odamni bemalol havoga ko`tarishi yoki uning ustiga shifer, oyna, gisht, turli buyumlar bo`laklarini olib kelib tashlashi mumkin.
Dovullar sodir bo`lishini oldindan aytib berish mumkin. Shu sababli dovul boshlanishidan avval aholini ogohlantirish uchun «DIQQAT, BARCHAGA!» signali beriladi. Signal ovozini eshitgach, televizor va radiopriyemniklardan beriladigan axborotni tinglash kerak. Berilgan axborot mazmuniga qarab, muhofaza tadbirlarini ko`rish lozim, ya’ni binoning shamol uradigan tomonidagi deraza, eshiklarni yopish, deraza oynalariga qogoz yopishtirish, iloji bo`lsa tusqichlar bilan to`sish, ichki bosimni muvozanatlash uchun shamol tegmaydigan tomondagi eshik va derazalarni ochib, shu holatida qotirib quyish, suv va oziq-ovqat, dori-darmonlar, fonar, kerosin lampa, sham, poxod plitasi, batareyka bi­lan ishlaydigan radiopriyemniklarni shay qilib qo`yish kerak. Hujjatlar va pullar yoningizda bo`lsin. Hovli, tom, ayvon, deraza tokchalaridagi buyumlarni shamol uchirib ketmaydigan joyga qo`yish yodingizdan ko`tarilmasin. Uylar pechkalar bilan isitiladigan bo`lsa, olovni o`chiring va elektr ta’minoti uzilib qolishi mumkinligiga tayyor turing.
Radiopriyemnik va televizor doimo ishlab turishi kerak, chunki yangi muhim axborot berib qolinishi mumkin.
Bolalar bog`chalari va makеablardagi o`quvchilar uylariga tarqatilish, mashg`ulotlar bekor qilinishi lozim. Agar ogohlantirish signali kechroq berilgan bo`lib, bolalarni tarqatishga ulgurilmasa, ularni binoning yerto`lasiga yoki markaziy qismiga joylashtirish lozim. Yaxshisi dovul paytida avvaldan tayyorlab qo`yilgan panajoylarda yoki hech bo`lmaganda yerto`lada panoh topgan ma’qul. Agar buning iloji bo`lmasayu, siz tabiiy ofat vaqtida binoda bo`lishingizga to`g`ri kelsa, u holda eng xavfsiz joyni tanlash zarur. Uyning o`rta qismi, yo`laklar, binoning birinchi qavati shunday xavfsiz joy hisoblanadi. Deraza oynalari parchalari sizni yarador qilishi mumkin, shuning uchun ham devorga yopishib turish, devorga qurilgan shkaf ichiga kirib olish yoki ustingizni ko`rpalar yordamida muhofaza qilishingiz zarur.
Agar dovul kuchi avvaldan ma’lum bo`lsa, uning qanchalik xavfli ekanligini oldindan taxminan bilish mumkin.
Dovul yoki tufon vaqtida siz ko`chada bo`lsangiz, iloji boricha binodan uzoqroqda bo`lish va ariq ichiga, yerga yopishib yotib olish zarur. Bu sizni xavf manbalaridan muhofaza qiladi. Agar yaqin orada panajoy yoki bino yertulasi mavjud bo`lsa, iloji boricha tezroq u yerga kirib olishga harakat qiling.
Ko`prik, gaz magistrallari kabi yirik inshootlarni har qanday holda ham chetlab o`tish kerak. Shuni yodda tutish lozimki, bunday kuchli tabiiy ofatlarning natijasi odatda yong`in va boshqa texnogen avariyalardir. Shu sababli kimyoviy korxonalar va neftni haydovchi zavodlar, turli xavfli ob’ektlar va elektr tarmoqlaridan uzoqroqda bo`lgan ma’qulroq. Aytgandek, tufon bilan birga ko`p hollarda momaqaldiroq birga kelgani uchun undan shikastlanish ehtimoli ham yo`q emas.
Shamol to`xtashi bilanoq darhol ko`chaga chiqish mumkin emas: bir necha daqiqadan so`ng shamol yana qaytarilishi mumkin. Dovul to`xtaganiga ishonch hosil qilinganidan so`nggina osilib turgan narsalar, bino qismlari, uzilgan simlar yo`qligini tekshirib ko`rish, shundan keyin uydan chiqish mumkin. Gaz hidi kelmayot ganini ham tekshiring. Avval bunga ishonch hosil qilib, so`ng olov yoqing. Liftdan foydalanmang.
Tabiiy ofatning yana bir turi - qor bo`roni. U bir necha sutka davom etishi mumkin. Biroq, oz fursat - bir necha soat davom etgan shamol ham shahar hayotini jiddiy izdan chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda juda zarur bo`lgandagina uydan chiqing.
Avtomobilda bo`lsangiz, faqat katta yo`ldan harakat qilish mumkin. Agar mo`ljalni yo`qotib qo`ysangiz va qayoqqa yurish kerak ekanligini mashinadan tashqariga chiqib qurmoqchi bo`lsangiz, u holda mashinadan juda ham uzoqlab ketmang. Umuman, eng yaxshisi yaqin o`rtadagi biror aholi yashash joyida qor bo`roni o`tib ketishini kutgan ma’qulroq.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish