Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


III.BOB. 3.1 Badiiy xususiyatlari g‘oyaviy asos va badiiy mahorat



Download 314,7 Kb.
bet7/12
Sana24.03.2023
Hajmi314,7 Kb.
#921335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Komilova d

III.BOB.
3.1 Badiiy xususiyatlari g‘oyaviy asos va badiiy mahorat
Ijodkorlarning tarixiy faktlarga munosabati, ulardan o‘rinli va samarali foydalana bilish mahorati turlichadir. Bu, avvalo, yozuvchining dunyoqarashiga, tanlangan mavzu bo‘yicha bilim darajasiga, qolaversa, asardan ko‘zlagan maqsadiga muvofiq bo‘ladi. Voqeani jonli, hayotiy talqin eta bilgan ijodkorgina asarda badiiy haqiqat yarata oladi.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida portret, peyzaj tasvirlari, turli tasviriy vositalardan foydalanib asardagi haqqoniylikni, harakterlarning individual xususiyatlarini yoritib beradi.
Romanda peyzaj tasviri yetakchi o‘rinda turadi. Qahramonlarning turli vaziyatlardagi holatlariga qo‘shimcha bo‘yoq berib, tuyg‘u kechinmalarning qabartma tasviriga xizmat qiladi. Adabiyotshunos SH. Karimva ta’kidlaganidek: “Inson hayotini tabiatsiz, ona zaminsiz, o‘simlik va hayvonot olami, dala va bog‘larsiz, daryo va tog‘larsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson tabiat quchog’ida dunyoga keladi, jamiyatda kamol topadi”25 . Shunday ekan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida tabiat tasvirlari davr manzarasi, qahramonlar ruhiyatidagi u yoki bu o’zgarishlarni muayyan darajada ifodalash uchun xizmat qiladi. Ma’lumki “Badiiy asarlarda peyzajning qo’llanish yo’llari xilma xil bo’lib, ular yozuvchi uslubi va asar janri bilan belgilanadi. Tabiat manzarasi tasvirlaridan turli xildaagi maqsad kuzatiladi. U goh voqeaa sodir bolgan vaqtni bildiradi, goh qahramonlar kayfiyatini ochishga yordam beradi, goh asar voqealarini bir-biri bilan bog’lash vazifasini o’taydi”26.
Asar peyzaj tasviri bilan boshlanadi: “Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni boyi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan otib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qoshib oqizilgandek qip-qizil bolib ketdi”27. Ushbu tabiat tasvirida asarning kelgusi voqealariga ham ishora beriladi. Aynan saraton issig’I chog’ida birdan havo dim bolib, jala quyishi boshlanayotgan urushning darakchisi boladi. ”Quvasoy daryosi qon oqizilgandek qip-qizil” o‘xshatishi orqali kelgusida daryodan oqadigan qonlar ya’ni ko‘prik buzilib odamlar yiqilishiga ishoradir.
Asarda tush tasviri ham muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Robiyaning korgan tushi shunday ifodalanadi: — Men bir vahimali tush koʻrdim, Tohir ogʻa! Ilohi tushim oʻng kelmasin!.. Endi Tohir ham xavotirlanib, qizni quchogʻidan boʻshatdi-da, uning katta -katta boʻlib ketgan koʻzlariga qaradi:— Yomon tushmi?— Aytishga ham tilim bormaydir.— Tushga nelar kirmas!.. Ayt!.. Mayli...— Sizni bir qora hoʻkiz xanjarday shoxlari bilan suzib... Yoʻq! Yoʻq! Eslasam,etimjunjikibketadir!Tohir yomon bir falokatni oldindan sezganday yuragi uvushdi:— Shoshilmay gapir! Suzgan boʻlsa, qon oqdimi?— Qon? Ha, ha.. Qon tirqirab ketdi.— Unday boʻlsa qoʻrqma. Tushdagi qon — yorugʻlik. Otam doim shunday deydi.— Tangrim shu ta’birni rost keltirsin! Tohir ogʻa, men... Agar Andijonga siz bormasangiz... men ham ketmasmen. Neki boʻlsak, shu yerda... birga... Majnuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomgʻir tomchilari qizning payvasta qoshlariga, tigʻiz kipriklariga tekkan. Tohirning nazarida, Robiya yomon bir baxtsizlik boʻlishini hozirdan sezib, koʻziga yosh olayotgandek koʻrinardi.28
Shu tushdan keyin, urush bolmasada robiya dushman qoliga asir tushadi. Aynan shu voqea sababli Tohir Bobur bilan yaqinlashadi. Bir ma’noda Robiya korgan tush keying voqealarga ramziy ma’noda qollanadi.
Asardagi qahramonlar va personajlar nutqida xalq maqollaridan, oddiy folklorizmdan orinli foydalanilgan. Masalan, “Ozing uchun ol yetim”, “Tort muchang sog‘ bolsin”, “ Besh qol barobar emas”, “Kosa tagida nimkosa”, “Og‘zi qulog‘iga yetguday”, “Tog‘ning boshi qorsiz bolmas, yigitning boshi-xatarsiz” kabi maqol va iboralar asardagi shaxslarning muayyan kayfiyatini ifodalashga xizmat qilgan.
Romanda portret tasviri orqali qahramonlar qiyofasi jonli, haqqoniy aksini topadi. Zuhrabegimning shayboniyxon oldiga kelish holati shunday yortilgan: “ Uning boshida kelinchaklarni eslatuvchi oq harir ro’mol. Peshonasiga esa tilaqosh taqilgan. Egnida xipcha belli gulgun kabo. Uning tagidan kiyilgan oq atlas ko‘ylagi shunchalik uzunki, ikki kaniz ko’tarib kelmoqda.”
Adib romanda turli tasviriy vositalar orqali qahramon va personajlar qiyofasi, harakteri, oniy holatlari mahurat bilan aks ettirilgan. Muallif bu beradi turli badiiy detallardan, o’xshatishlardan foydalanadi. Qahramonlar nutqida aks ettirilayotgan davrning leksikasidan unumli va o’rinli foydalanib, kishilar qiyofasidagi jonlilikni ta’minlaydi. Natijada, kitobxon tarixiy muhitga kirib boradi. Masalan, Hozirgina gulday nafis tuygʻular ichida yurgan Boburga oʻlim xabari shu gul orasidan chiqqan ilon boʻlib tuyuldi. U Qosimbekdan seskanganday rangi oʻchib, birdan orqaga tisarildi. 29
Kechasi Boburning rejalarini o’zgartirmoqchi bo’lgan sehrli tuyg‘ular ertalab oftobdan qochgan yulduzday qayoqqadir yashirindi.30
Yozuvchi asarda o‘sha davrga xos tarxiy birlikardan o’rinli va mahorat bilan foydalana oladi. Tarixiy asarni to‘liq shakllantirish , albatta, tarixiy so‘zlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Masalan: dorug‘a, savdar, kadxudo, bakovul, rikobdor, bekatka, sahhof, g’unchachi kabi o‘sha davrdagi saroy amaldorlari, xonlik xizmatchilarining nomlari aks ettirilgan.
Asarda peyzaj tasviri orqali shaharlar manzarasi ochib beriladi.”Janubda mangu qorga burkangan ulug‘vor Piryax cho‘qqisi yaltirab turibdi. Ammo u cho‘qqi bilan osmon Yaylov tog‘ning orasida behad chuqur jilg‘alar, katta-katta balandliklar bor.”


Download 314,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish