Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


Tarixiy shaxslar obrazining yoritilishi



Download 314,7 Kb.
bet8/12
Sana24.03.2023
Hajmi314,7 Kb.
#921335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Komilova d

3.2 Tarixiy shaxslar obrazining yoritilishi
Zahiriddin Muhammad Bobur obrazi bilan bog‘liq o‘zbek adabiyotidagi tarixiy shaxslar talqinida hayotiylik, haqqoniylik asosiy mezon hisoblanadi. Shuningdek, ularda tarixiy haqiqat badiiy haqiqatga qay darajada aylanganligi, avvalo, yozuvchilarning mahoratiga, dunyoqarasshi va manbaalarga yondoshish uslubiga bog‘liqdir. Yozuvchi yoki shoir tarixiy shaxslar bilan birga shu shaxslar obrazini yorqin mujassamlashtirish, tasvir etilayotgan davr manzarasini keng va atroflicha yoritish uchungina to‘qima qahramon yoki voqealarni asarga olib kiradi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani ham bu jihatdan e’tiborlidir. Romanda o‘nlab tarixiy shaxslar obrazlarini ko‘rishimiz mumkin. Boburning otasi, davlatimiz tarixidagi ulug‘ podshoh Umarshayx mirzo obrazi asarda quyidagicha talqinini topgan: “Umarshayx mirzo bugungi rejalari va urush tashvishlarini eslab, qobog‘ini soldi-da, indamay o‘rnidan turdi.
U zardo‘zi ko‘rpachalar to‘shalgan tanobiyga to‘rdagi eshikdan kirib keldi. Sallasi va kamariga qadalgan qimmatbaho gavharlar sham yorug‘ida nafis jilolanardi.” “Endi o‘ttiz to‘qqiz yoshga kirgan va qirchillama yigit yoshini yashayotgan Mirzoning o‘z o‘limi haqidagi so‘zlaridan haram ahli og‘ir jimlikka cho‘mdi.” Umarshayx mirzoning tashqi qiyofasi haqida asarda faqatgina yuqoridagi so‘zlar keltiriladi. Muallif balki, bunga keng to’xtalib o’tishni joiz deb bilmagan bo’lishi mumkin. “Boburnoma “ asarida esa batafsil ma’lumotlar uchraydi.
Shakl-shamoyili: past bo‘yli, yumaloq soqolli, sarg‘ish yuzli, norg‘ul kishi edi. To‘nni rosa tor kiyar edi. Shunchalikki, belbog‘ bog‘laganda qornini ichiga tortib bog‘latar, bog‘lagandan so‘ng o‘zini qo‘yib yuborsa ko‘pincha belbog‘ uzilib ketardi. Kiymoq va yemoqda betakalluf edi. Sallani dastorpech o‘rab qo‘yardi.
Fe’l-atvori: hanafiy mazhabida, pokiza e’tiqodli kishi edi. Besh vaqt namozni tark qilmasdi. Umriy namoz qazolarini tamomlagan edi. Aksar tilovat qilar edi.
Asarda Umarshayx mirzo haqida ko‘p o‘rinlar berilmagan bo‘lsada biz uni farzandlariga mehribon ota va odil podshoh ekanini quyidagi jumlalar orqali anglashimiz mumkin: “Agar men bu foniy dunyodan ko‘z yumsam, hammangiz Bobur mirzoning amrini hozirgi mening amrim kabi bajo keltirgaysiz. Jahongir mirzo! Mening bu gaplarimni sen ham esda tutgil. Bobur mirzo sendan faqat ikki yosh katta bo‘lsa ham, agar mening o‘rnimda qolsa, sen unga farzanddek sodiq bo‘lg‘il.” Bu so‘zlar orqali mirzo farzandlar o‘rtasida bo‘ladigan toj-u taxt talashlarni oldini olmoqchi bo‘lib nasihat qiladi. Shu gaplar bilan o‘quvchiga ijobiy obraz qiyofasi chizib beriladi.
“Boburnoma”da juda ko‘p tarixiy shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Muallif ularga baho berar ekan, fazilatlarini ham, nuqsonlarini ham mufassal tasvirlaydi. Ba’zan nihoyatda qisqa - bir yoki ikki jumla bilan bir shaxsning tabiati, fe’l-atvori, iqtidor-u salohiyati haqida tasavvur bera oladi.
Bobur o‘ziga yaqin kishilar - otasi, amakilari, tog‘alari, ukalari, o‘g‘illari haqida ham, temurzodalar, o‘zbekxonlar haqida ham, ijodkor-u san’atkor haqida ham muhim dalillarni keltiradi. Bobur otasi Umarshayx Mirzo haqida faxr bilan yozadi: “Umar'shayx Mirzo baland himmatliq va ulug' doiyaliq podshoh erdi. Hamisha mulkgirlikdag'dag'asibor erdi...”? Uning “pokiza e’tiqodliq kishi” ekanligini ta'kidlaydi. Adabiyot muxlisi sifatida doston va masnaviylar, tarix va «Shohnoma» o‘qishni yoqtirganini aytadi' She’rni yaxshi anglashi va his qilishini e’tirof etadi: “Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni o‘qub edi. Aksar «Shohnoma» o‘qur edi. Tabi nazmi bor edi, vale she’rg‘a parvo qilmas edi”. Bobur qisqa chizgilarda otasining fe’l-atvori haqida ham mukammal tasavvur uyg‘otadi. Bunday tasvirlarni o‘qir ekanmiz, Bobur tabiatidagi ko‘p fazilatlar otameros jihatlar ekanligini ko‘ramiz: “Bisyor saxovati bor edi. Xulqi dag‘i bor erdi, xushxulq va harrof va fasiq va shirinzabon kishi erdi, shujo1 va mardona kishi edi”.
Uning adolati haqida ham havas bilan so‘zlaydi. Bu boradagi ishlaridan ayrirn misollar keltiradi. Jumladan, bir Xitoy karvoni kelayotganda, Andijon yaqinidagi tog‘lardan qor ko‘chadi va karvon qor ko‘chkilari ostida qoladi. Mingdan ortiq kishidan atigi 2 kishi omon qoladi. Umarshayx Mirzo vorislami topib, karvondagi barcha mol-mulklami ularga ziyonsiz topshiradi. Hatto, ayrim merosxo‘rlarni bir necha yillargacha izlatib, ularga ham o‘z ulushlarini salomat yetkazadi.
Bobur va u bilan yondosh tarixiy shaxslar haqida to‘xtalar ekanmiz, ushbu o‘rinda professor S. Mirvaliyevning tarixiy roman va uning belgilari haqidagi fikrlari yodimizga keladi: “Avvalo, tarixiy roman bo‘lishi uchun birinchi galda roman tabiatiga, shakliga ega bo‘lishi lozim. Bu degani voqelikni keng va chuqur epik bayon va epik obrazlarda tasvirlash demakdir. Binobarin, tarixiy roman esa ana shu umumiy belgilardan tashqari yana bir necha xususiy sifatlari bilan ajralib turadi. Bu, avvalo, uning o‘tmish haqidagi asar ekanligidir. Ya’ni unga saylangan mavzu o‘tmishdan olingan , yagona hujjat sifatida qayd etilgan bo‘lishi, eng muhimi, tarixiy rivojlanishning burilish yoki ko‘tarilish nuqtasi asar mazmunini belgilamog‘I lozim…Shuningdek tarixiy romanning yana bir belgisi asar yaratayotgan muallif bilan tasvirlanayotgan tarixiy voqelik orasida ma’lum bir oraliq – masofa – distansiyya bo‘lmog‘I lozim… Ba’zi bir adabiyotshunoslar tarixiy romanda tarixiy shaxsning epic obrazi yaratilishi shart deb hisoblaydilar. Ammo, adabiyot qolaversa tarixiy roman tajribasi bunday xulosani hamisha ham to‘g‘riligiga kafolat beravermaydi… Va nihoyat, tarixiy romandagi yana bir muhim belgi tarixiy foni bilan aloqadorlik masalasidir. Ya’ni bir mavzu, bir davr, bir tarixiy hujjat mohiyatini tarix fani ham o‘rganishi , o‘z xulosasini aytishi mumkin. Ayni chog‘da o‘sha davr o‘sha tarixiy voqea, shaxs,hujjat haqida tarixiy roman janri ham hukmini chiqarishi tabiiy. Farqi: birida tavsiflash, birida tasvirlashdir”.31
“Yulduzli tunlar” romanida Boburning hokimyatdan ayrilib, tog‘asi Toshkent shahri hokimi Sulton Mahmudxon huzuriga borgan paytlari g‘oyat nozik kechinmalar uyg‘unligida tasvirlanadi. “Mahmudxon qo‘ng‘ir ko‘zlarini Boburga sinovchan tikdi.- Siz bilan ittifoq tuzaylikmi, mirzam? – Faqat biz emas ana kichik xon dodam Olachaxon borlarku. – Ha, Olachaxonning qo‘shini bilan mening qo‘shinim o‘ttiz ming bo‘lur. Keyin biz sizning qo’shiningiz bilan birlashurmiz shunda qancha bo‘lur. Boburning ikki yuzi elliktagina odami qolgan edi. Buni yaxshi biladigan Mahmudxon Boburni kulgi qilmoqchi bo’lib shu savolni bermoqda edi. Chindan ham o‘ttiz ming qo‘shini bor xonlar bir dasta askari qolgan, xonumonidan ayrilgan Bobur bilan ittifoq tuzib o‘tirarmidi? Bobur Mahmudxonni o‘ziga yaqin olib shu gapni aytganidan izza bo‘ldi”.32 Mahmudxon Boburning tog‘asi bo‘lishiga qaramasdan, uni juda sovuq qarshi oladi. Bor-budidan ayrilgan Boburni hatto shahar dorug‘asi ham chiqib kutib olmaydi. Mahmudxonning har bir so‘ziga urg‘u bergan yozuvchi bu orqali Mahmudxonning salbiy qiyofasini yaratadi.
Bu o‘rinda Toshkent shahrini yozuvchi tinch-osoyishta shahar deya tariflaydi:” Toshkent… O‘n besh yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar Samarqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig’ining bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg’irida yuvingan. O‘rik, olcha barglari o‘z butoqlari bilan vidolashish oldida shafaqday qizil tus olgan”.33
Lekin keying o‘rinlarda Boburga bu hol boshqacha tuyila boshlaydi: “Ark hovlisidan o‘tib borayotganda Toshkentdagi osudalik hozir unga dovul oldidan bo’ladigan xatarli sukunatdek tuyildi. Yaqinlashib kelayotgan dovuldan onasi va xotinini olib chiqib ketish ni yati bilan arkning to‘ridagi ayollar turadigan ichki hovliga yurdi”.34
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, romandagi tarixiy shaxslar talqinida tarixiy haqiqat badiiy haqiqatga to‘la aylana olganligi yozuvchining mahoratidan darak berib turibdi.
Bobur temurzodalar orasida Husayn Boyqaroga katta ehtirom bilan qaragan. Uning haqiqiy podshohga xos fazilatlar egasi ekanini ta’kidlaydi. Uni “karimut-tarafayn edi”, asl podshoh edi deya alqaydi. Bobur «Bobumoma»da uning shakl-shamoyili, axloq va atvori haqida mufassal ma’lumot beradi: “... Harrof va xushxulq kishi edi. Xulqi bir nima guzaroroq voqe bo‘lib edi, so 'zi ham xulqidek edi. Ba'zi muamalotta shar'ni bisyor rioyat qilur edi”. U adolat va shariatga qattiq amal qilgan. Bir o‘g‘li bir kishini o‘ldirgani uchun uni o‘zi qozixonaga yuborgani haqida so‘zlaydi. Bu dalil uning vatanparvarlik, xalqparvarlik burchini otalik burchidan ko‘ra ustun qo‘ya olganini ko‘rsatadi. Bu fazilat uning asl va adolatli podshohligini tasdiqlaydi Husayn Boyqaro Xurosonda 40yilga yaqin podshohlik qildi. Bobur uning podshoh va jangchi sifatidagi matonati va mardonaligini ko‘rsatuvchi dalillar keltiradi. Temurbek naslidan hech kim qilichbozlikda Husayn Boyqarochalik mahorat qozonmaganini ma’lum qiladi. Uning Husayniy taxallusi bilan she’rlar yozgarii, devon tuzgani haqida so‘zlaydi. She’rlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi. Yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatadi: “Ba'zi baytlari yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur”.35
Bobur Husayn Boyqaroni ta’riflar ekan, unga xolis baho berishga harakat qiladi. Uning davlat boshqaruvidagi, sipohigarchilikdagi mahoratiga tan bergani, havas bilan qaragani holda; umrini farog‘atnishinlikda o‘tkazganini ma’qullamaydi. Temur kabi mamlakatini markazlashtirishga intilmaganlikda, ishratparastlikka berilganlikda ayblaydi. Husayn Mirzoga baho berar ekan, uning fe’l-atvoridagi nuqsonlami ham yashirmay bayon etadi: “... hech kun yo‘q edikim, namozi peshindin so‘ng ichmagay, vale hargiz sabuhiy qilmas edi, o‘g‘lonlari va jami’ sipohig‘a va shahrig‘a bu hol edi. Ifrot bila aysh va fisq qilurlar edi”.36
Bobur temurzodalar tanazzuli sabablarini tahlil qilib boradi. Bu nuqtayi nazari Husayn Boyqaro va uning o‘g‘illari faoliyatiga baho berganda ham ko‘rinadi. Ular inqirozining sababini fisqfujur va noahillikda deb biladi: “Fisq va fujur o'zida, o'gjonlarida va el-ulusida asru shoe edi. Ushbularning shomatidin edikim, mundoq xonavodadin 7-8-yilda bir Muhammad Zamon Mirzodin o‘zga osor va alomat qolmadi”.
Bobuming Husayn Boyqaroga hurmati yuqoriligini “Boburnoma”dagi ko‘p dalillar ko‘rsatib turadi. Ayniqsa, uning zamonasida Hirotning har taraflama taraqqiy etganini faxr bilan e’tirof etadi: “Hiriynikim, rub'i maskunda andoq shahr yo‘qtur va Sulton Husayn Mirzoning zamonida Mirzoning tasarrufidin takallufidin Hiriyning zeb va ziynati birga o'n, balki yigirma taraqqiy qilib edi”. Bobur uning davridagi Xuroson va Hirot madaniy taraqqiyotiga, adabiy muhit qiyofasiga, adabiyot va san’at rivojiga katta e’tibor beradi. Bu jarayonni xolis baholaydi: “Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi”.
Bobur «Boburnoma»da Alisher Navoyini ko‘p marta tilga oladi. Hayotida u bilan uchrashmagan bo‘lsada, asarlaridagi mulohazalaridan seziladiki, Navoyini ijod yo‘lida o‘ziga ustoz deb biladi. 1500-yilda Navoiydan bir bor olgan maktubini “Boburnoma”da faxr bilan yodga oladi. Shu maktubga qaytarilgan javob xatida ustoz nazariga turkiyda yozgan bir she’rini yuboradi: “Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg'onda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham kelib edi. Men ham bir kitobat yuborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yuborib edim”.
Navoyining asarlari Bobur uchun ibrat maktabi bo‘lgan. Ulardagi donolik va hikmat, sohir tuyg‘ular va go‘zal ifoda unga hamisha ilhom bergan. Bobur Navoyining barcha asarlari bilan tanish edi. “Bobumoma”da ulaming deyarli barchasi haqida o‘z mulohazalarini bildiradi. Masnaviy - dostonlariga, 4 devondan iborat “Xazoyin ul-maoniy”siga yuqori baho beradi. “Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”, deya birgina jumlada ularning adabiy qimmatini baholaydi. Hatto, Afg‘onistonda ustozi devonidan ko‘ngil dardlariga monand tuyg‘ular ifodalangan shoh g‘azallar va baytlardan saralab “Saylanma” devon ko‘chirganini ma’lum qiladi: “Alisherbekning to‘rt devonidin buhur, avzon bir bayti bila g ‘azallar va abyotkim, intixob qililadur edi, itmomig‘a etti”. Navoyi ijodiga baho berar ekan, Bobur o‘z bilim qamrovining kengligi va teranligini, badiiy didining yuksakligi va adabiyotshunos olim sifatida tafakkur miqyosining cheksizligini namoyon eta oladi. U Navoyidek daho shoir merosining ham ayrim nomukammal tuyulgan jihatlariga e’tibor qaratadi.
“Mezonul-avzon”da ayrim vaznlar talqinida xatoliklar ko‘radi. “Maktubot”ida Jomiyga taqlid sezilganidan qoniqmaydi. Forsiy she’rlarida turkiyda aytganchalik tarovat va yangilik ko‘rishga ishtiyoq sezadi. “Bobumoma”da Alisher Navoiy tasvirida Hirot adabiy muhitining piri murshidi va homiysi siymosini ko‘ramiz. Uning bu yo‘nalish'dagi faoliyatiga ham Bobur yuqori baho beradi. Ustoz Qulmuhammad, Shayx Noyi, Udiy kabi musiqachilar, Behzod, : Shoh' Muzaffar kabi musavvirlar, shoirlar, xattotlar va hunarmandlarga rahnamoligi ular kamolida muhimligini ko‘fsatadr. “Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘g‘ay”.
Asarda Navoyining siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi o‘mi, mavqei haqida ham mukammal tasawur beriladi. Bobur asarida ba’zi dalillami keltiradiki, ulardan Navoyining xalq orasidagi hurmati, obro‘si haqida xulosa chiqaramiz. Navoyiga zamoriddshlarining hurmati beqiyos edi. Uning har bir so‘zi, har bir qadanii ibraf edi: «Alisherbekki, qalin nimalar ixtiro' qilib edi va yaxshi nimalar ixtiro‘ qilib edi, har kishikim, har ishta bir nima paydo qildi, ul nimaning rivoj va ravnaqi uchun “Alisheriy” der edi”.
Darhaqiqat, “Yulduzli tunlar”da Bobur va shoh Ismoil munosabatlari ham ishonarli tarzda tasvirlanadi. Tarixdan ma’lumki, shoh Ismoil faqat o‘z yerlarini kengaytirish uchungina emas, balki shia mazhabini targ‘ib qilish uchun ham bosqinchilik harakatlarini olib brogan. Bu holatni Shayboniyxon vafoti munosabati bilan amalga oshirilgan razil ishlarida ham ko‘rish mumkin. Shayboniyxon vafotidan keyin Buxoro, Andijon va Samarqanddagi temuriyzodalar tarafdorlari Boburga yashirincha xatlar yubormoqda edilar. Lekin tarix sahnasiga yangi bir kuch, yangi shoh Ismoil kirib kelmoqda edi. Bobur u bilan hisoblashishga majbur edi. Chunki bordi-yu shoh Ismoil bilan sulh tuzib shayboniyzodalarga qarshi kurashmasa, aksincha, shoh Ismoil shayboniyzodalar bilan Boburga qarshi kurashishi mumkin edi. Xuddi shu davrda shia-suniylar kurashi avjiga chiqqan edi.
“Marv xalqini qilichdan o‘tkazib, shoh Ismoil Hirotga qaytdi. Hirot ayonlariga Maliaki masjidida to‘planishni buyuradi. Ular og‘izlari lanat va kufr botqog‘iga to‘lsin! -xutba o‘qib allohning rasuli (Alloh rahmat qilsin) Muhammad payg‘ambarning sahobalarini va sodiq Oishani (Alloh undan rozi bo‘lsin) lanatlashlari lozim edi. Hirot ayonlari yig‘ilgandan so‘ng, ularga o‘sha lanatning behosiyat buyrug‘ini yetkazdilar. Hamma jim qoldi. Nihoyat, xofiz Zayniddinni minbarga chiqarishga majbur qildilar. Xofiz (Xudo rahmat qilsin) minbarga chiqdi. U hammaga rahmat yog‘diruvchi ollohga va koinotimiz xojasiga hamd-u sanolar o‘qidi va sahobalarning muborak nomlariga yetkanda , nomus va iymon girbonidan bo‘g‘ib, jasorati jo‘sh urdi. Xofiz bu dunyodagi foniy hayot uqubatidan u dunyodagi boqiy baxtni Afzal ko‘rdi va dedi: “Men xo‘p yillar sunna va musulmon jamoasiga muvofiq xutba o‘qidim. Bugun hayotim quyoshi qarilik ufqiga cho‘kdi. Agar men gullab-yashnagan yosh yigit bo‘lganimda ham ysh hayotimni bundayin kufr evaziga qutqarmagan bo‘lur erdim. Haliki, qariman v ava umrim shusiz ham nihoyasiga yetdi”. Shunday deb, u sahobalarining nomlarini doimgiday ehtirom bilan o‘qiy boshlaydi. Qizilboshlar o‘rinlaridan turib ketdilar. Xofizni oq soqolidan tortib, pastga tushirdilar va burdalab tashladilar.
Ertasiga shoh Ismoil shayxulislomni chaqirtirdi. U kelgach, shoh unga qarab shunday deydi: “Ey shayx, sen fozil odamsen. Agar xató qilsang afsuslanarli ish bo‘lur. Bor, sahobalarni lanatlab, shia ta’limotini qabul qil”. Shayx dedi: - ey o‘g‘lim, sen din to‘g‘risida nima bilardingki, menga aql o‘rgatyoritsan? Mening huzurimga o‘sha o‘limga loyiq seni badbaxt qilganlarni keltirki asli kofir o‘shalardir. Agar so‘zlari asosli bo‘lsa, mayli o‘z dinimdan kechib, ularnikini qabul qilay. Agar biz ularga o‘z dinimizning ustunligini isbotlay olsak, u holda sen bu kufr yo‘ldan qaytib, bizning chin dinimizga kir”.37
Yozuvchi asarda hayotiy haqiqatlarni talqin etar ekan, shoh Ismoilning qabih ishlarini, uning shia mazhabini ustun qo‘yish uchun olib brogan ishlarini “Yulduzli tunlar” da ham ishonarli tarzda bayon qiladi. Bobur qoshiga elchi bo‘lib kelgan shoh Ismoil kishilariing xatti-harakatarini ularning maqsadini yozuvchi mahorat bilan tasvirlaydi.
Temuriylar o‘rtasidagi toj-u taxt uchun kurashuvlar natijasida yemirilib borayotgan, temuriylar davlati o‘rnida bosh ko‘tarib kelayotgan shayboniylar davlati tarix taqozosi bilan vujudga kelmoqda edi. Bu esa Bobur va uning davlatini qattiq tahlikaga qo‘ydi. Bobur esa shoh Ismoil bilan bitim tuzib, shuning evaziga bobosi obod qilgan mamlakatlarni saqlab qolish uchun harakat qiladi. Lekin mazhablashtirish siyosati tufayli Bobur sunniylar o‘rtasida qattiq hijolatda qoladi. Bu Bobur qismatidgi eng achinarli zarba edi.
Bobur Samarqandga qarab harakat qilar ekan, shoh Ismoil o‘ttiz ing askar beradi va unga juda qattiqqo‘l Najmi Soniy nomli bekni boshliq qilib yuboradi. Shayboniyzodalar yengildi, ular shaharni tashlab, Turkistonga qarab ketdilar. Biron-ketin Qarshi, Marg’ilon, O‘sh va O‘zgan ham Bobur tasrrufiga o‘tadi. Samarqandliklar esa Boburni juda hurmat bilan kutib oladi, uninh Samarqandga kelishini qutlaydigan satrlar xattotlar tomonidan yirik-yirik harflar bilan yozilib, ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi. Bobur shahar aholisining bu darajada kutib olishini tasavvur qilmagan edi.
Ana shunday bir vaziyatda shayboniylar qoldirib ketgan xufiyalat Bobur shia mazhabiga o‘tganmish, shoh Ismoil Movrounnahrga podsoh bo‘larmish degan mish-mishlar tarqatib yurar edilar.
Haqiqatdan ham Bobur jome masjidida o‘n ikki imom nomini xutbaga qo‘shib o‘qigatini, shoh Ismoil nomidan tangalar zarb qildirgani Samarqand ahli orasida kuchli noozilika sabab bo‘ladi. Lekin o‘z davrining yirik vakili Shayboniyxon temuriylar pullaiga nisbatan ikki baravar og‘irroq pullar chiqargan edi. Shuning uchun bozorlarda asosan shu pullarda muomala qilinar edi. Bu haqida romanda shuday hikoya qilinadi: “ beliga qilich va hanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi. – Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar? - Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi. – Nechun olmassan? Nechun? – kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar. – O‘tmaydi. – Nechun o‘tmas. Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi: - Kelgindilarning puli harom!”.38
Ushbu ma’lumotlarni Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asarida shunday deb yozadi: “To‘liq 11 yil davomida Movarounnahr o‘lkasida, chig'atoy, temuriy va o‘zbek sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar qiladilarki, ularning sanog‘ini batafsil bayon qilishga qalam ojiz va nuqsonlidir. Oxirgi hamrohlari va qarindoshlari boiib, jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo‘llarida tayoq bo‘lgani holda beyarog‘, xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Qobulga qarab yo‘l oldilar”. Bobur Mirzo 1508-yilida Afg‘onistonning podshosi deb e’lon qiladi va Qobul davlat poytaxti bo‘ldi. 1510- yilda Muhammad Shayboniyxon o‘limidan so‘ng Bobur Mirzo Eron shohi Shoh Ismoildan yordan olib, Movarounnahr yurush boshladi. 1511 yilda Shoh Ismoil qo‘shinlari yordamida shayboniylar qo‘l ostidagi Hisor, Ko‘lob, Qunduz, Badaxshon va Qarshi erlarini egallab, Samarqandni ham uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Movarounnahrni butunlay qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan Boburga Safaviylarning tajribali sarkardasi Najmiddan Soniy boshchiligidagi 12 ming qo‘shini kelib qo‘shildi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan islomning shiyalik yo‘nalisliiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalisliiga e’tiqod qilganlar. Bu esa shiya va sunniy adovatlari yanda avj olishiga sabab bo‘ldi. Boburning ittifoqchilari, shiya mazhabidagi eroniy qizilboshlilarning talontarojlari (ayniqsa, Samarqand va Qarshi shaharlarida) tufayli mahalliy aholi Boburni qo‘llabquvvatlamadi. Bobur va eroniylarning birlashgan qo‘shinlari bilan Shayboniylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1512 yilning noyabrida G‘ijduvon yaqinida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jangda Shayboniyxonning jiyani, Sulton Mahmudning o‘g‘li Ubaydulla Sulton tomonidan ittifoqchilar qo‘shnini tor-mor etildi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng Bobur Movarounnahrdan butunlay chiqib ketdi va Qobul hamda uning atroflarida o‘z hukmronligini to‘la mustahkamladi [7].
Bobur Samarqandda sakkiz oy hokimiyatini saqlab turdi. Mamlakat ichkarisidagi o‘zaro urushlar va Ubaydulloxon va Temur Sulton kabi Shayboniy tarafdorlari tomonidan yengilgan Bobur mirzo butunlay Movrounnahrni tashlab ketishga majbur bo‘ladi.

Xulosa
Ma’lumki, o‘tmishsiz kelejak yo‘q. O‘tmishini, tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham yo‘q. tariximizga qiziqish, miliy istiqlol davri mafkurasi mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda tarixga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini uyg‘otdi. Natijada “Tarixiy shaxslar qismatini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklaridan ibrat olish juda muhim” (Pirimqul Qodirov) ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa tarix haqiqati, buyuk o‘tmishimizning tiklanishi millionlar qalbiga ezgulik soldi, o‘zligini anglashda asosiy omillardan bo‘ldi.
Xalqimizning tarixi, madaniyati, ma’naviyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan siymolar – Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, jaloliddin Manguberdi va boshqa vatanimiz istiqboli, ozodligi uchun kurashgan, hayotini vatan shuhratini olamga yoyish uchun bag‘ishlagan insonlar moziy sahifalaridan hamyurtlarimiz qalbiga ko‘chib, milliy mafkuramizning shakllanishiga, ma’naviyatimizga xizmat qilish orqali o‘zligimizni anglashga, mafkuramiz qanchalik yuksak va qadimiy ekanligini his qilishga, milliy qadriyatlarimizni tiklashga yordam beryapti.
Adabiy tanqidchilikda asosli ta’kidlanganidek, o‘zbek romanchiligida ayniqsa, tarixiy romanlarda umumxalq psixologiyasidan, jamoa ongidan alohida shaxsning xususiyatlarini bizdan ko‘p asrlar uzoqda yashagan, lekin intilishlari bugungilar bilan mushtarak bo‘lgan qahramonlar taqdirini badiiy anglashning umumiy yo‘nalishlari chuqur taxlil etildi. Buning isboti sifatida Otabek (O‘tkan kunlar), Navoiy (Navoiy), Ulug‘bek (Ulug‘bek xazinasi), Bobur (Yulduzli tunlar) kabi obrazlarni ko‘rsatish mumkin.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani yigirma yillik kuzatishlarning, izlanishlarning natijasida 1978-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Unda, yozuvchining shaxsan guvohlik berishicha, “Bobur taqdiridagi murakkab burilishlar va uning ma’naviy o‘sishidagi so‘qmoqlarni tasvirlash ayniqsa qiyin kechgan”. San’atkor buni anglab yetgan bo‘lsa-da, atay uni olib tashlamasdan, balki aksincha uni yechish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, shubhasiz tarixiy janr sifatida romanning yutug‘I bo‘lishi bilan birga tarixning haqiqiy badiiy talqinini bera olgan Pirimqul Qodirovning san’atkorligiga dalildir.
Adib romanda tarixiy davrning badiiy taliniga jiddiy e’tibor bergan. Chunki Bobur yashagan davr muhitini bilmasdan uning obrazini to‘liq ochib berish mumkin emas edi. Shuing uchun yozuvchi tarixiy asarlar, solnomalar, hujjatlar ayniqsa “Boburnoma” orqali tarixiy muhitni, qahramon hayotiga ta’sir qilgan taqdir deb atalmish sharoitning qaltis o‘yinlarini, temuriy shahzodaning sharoitni o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarini batafsil o‘rgangan. Bu esa asarda tarixiy sharoitning real tasvirlanishiga, tarixiy haiqatning yanada ishonarli bo‘lishidan tashqari roman badiiyatining rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shgan.
Inson o‘zi yashayotgan muhit bilan chambarchas bog‘liq. Sharoit insonning harakteri, shaxs sifatida shakllanishiga asoschi bo‘ladi. Romanda sharoitning Bobur hayotiga bevosita ta’sir qilgan. Bir kunda uni bolalar safidan yulib olib, shoh darajasiga ko‘targan.
Biz “Yulduzli tunlar” va “Boburnoma” asarlarini qiyoslash orqali quyidagicha xulosalarga keldik:

  1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi to‘liq ochib berilgan va uni badiiy talqini o‘ziga xos tarzda haqqoniy aks etgan.

  2. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda “Boburnoma” asari asos qilib olingan va ular qiyofasi mohirlik bilan chiqib berilgan.

  3. Asar yaratishda Pirimqul Qodirov badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalangan. Portret, peyzaj tasvirlari asarda haqqoniylikni kuchaytirgan. Peyzaj tasviri asosida Bobur yashagan davr muhitini berishga erishilgan.

  4. Bobur xarakterini ochib berishda yozuvchi har tomonlama mukammal tasvir yo‘sinini tanlagan. Boburni yozuvchi, shoir, sarkarda, g‘amxo‘r ota, mehribon turmush o‘rtog‘I kabi sifatlari yorqin tarzda ochib berilgan.


Download 314,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish