Kommunikativ muloqot nimalarni o’z ichiga oladi



Download 21,12 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi21,12 Kb.
#839359
  1   2   3   4
Bog'liq
3-topshiriqped


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


3 – Amaliy topshiriq

Bajardi: 318-18 guruh talabasi


Xusanboyev Dilshod
Tekshirdi: Yusupova Zamira
3-topshiriq savollari

  1. Kommunikativ muloqot nimalarni o’z ichiga oladi?

  2. Tashkilotlardaagi xodimlar motivatsiyasini qanday boshqarish mumkin?

  3. “Psixologik to’siqlar” tushunchasini yoritib bering

  4. “Psixologik axborot xavfsizlik” tushunchasini yoritib bering.

  5. O’smir-o’spirinlik yosh davrlarini tushuntirib bering

Javoblar

  1. Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar, bilimlar, g’oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi vazifalari nazarda tutiladi. Bu jarayonning asosiy vositasi bo’lib til xizmat qiladi. Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutqning asosan 2 turi farqlanadi: yozma nutq hamda og’zaki nutq. Og’zaki nutqning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi.

Dialogik nutqning mazmuni, uning xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi bilan o’quvchining, hissiy rahbarlarning, diplomatlarning, ko’chada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq esa bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan murojaati bo’lib, uning psixologik tuzilishi, fikrlarning mantiqan tugal bo’lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayyorlanayotgan talaba tayyorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo’lgunga qadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutqqa nisbatan bu nutq turi murakkabroq hisoblanadi. Til vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so’zli deyiladi.
Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to’xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig’i, ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo’lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o’rnini bosadi, bunday vositalarni noverbal vositalar deyiladi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’proq hissiyotlarga boy bo’lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fazoviy masofa bo’ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tqazib o’qitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qurib o’qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda o’quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo’lar ekan hamda emosiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog’laridanoq nutq madaniyatiga o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur.



  1. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o’rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o’zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda mag’lubiyatdan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo’lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo’ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar – tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.

G’arbda deyarli barcha odam yoshlikdan shaxsiy yutuq va muvaffaqiyatlarga intilish ruhida tarbiyalanadi. Bu ruh ularda ehtiyoj darajasida bo’ladi. Muvaffaqiyat ularda doimo kelajakka qaratilgan bo’lib, uning mazmunida shinam, go’zal ish idorasidan tortib, xushqomat kotibaning bo’lishi ham kiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu yutuqlarga shaxs o’z mehnati, o’qishi va vaqtida sarmoya ajratishi orqali erishishini yaxshi biladi. Bunda ularning ota-onalari juda katta rol o’ynaydi. Bolasining omadli bo’lishini xohlagan ota-ona yoshlikdan undan mustaqillikni talab qiladi, shu bois bola yoshlikdanoq o’z kuchiga ishonish kerakligini tushunib boradi, erishgan har bir yutug’idan quvonadi va o’ziga ishonchi ortadi. Bizda ayrim paytlarda shunday bo’ladiki, biz bolani boshqalarga qarab o’rnak olishga, onasi ishlab bergan masalasi bilan maktabda yaxshi baho olib, undan o’zi maqtanib yurishining guvohi bo’lamiz. Bunday yondoshuv bolani boshqalar kuchiga ishonadigan, nima ishni bo’lsa ham kattalarning yo’l-yo’rig’i bilan bajarishga o’rganib qoladi. Bundaylar, vaqti soati kelib, oilasi, ishi bo’lganda, doimo ishni boshlamay turib, uning yomon oqibatli bo’lmasmikin, degan o’y bilan xavotirlanadigan bo’lib qoladi.
Demak, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvafiqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, “O’zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da” degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so’ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar.
Bu o’rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffaqiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan qo’ygan talablari darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari, har birimizdagi o’zimizdagi real qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.

  1. To'siq - bu insonning hayotiy faoliyatining namoyon bo'lishini cheklash, uning ehtiyojlarini qondirishning oldini olish uchun ob'ektning xususiyatlarini aks ettiradigan psixologik hodisadir (hislar, tajribalar, obrazlar, tushunchalar va boshqalar shaklida taqdim etiladi).

Psixologik to'siqlarning funktsiyalari: barqarorlashtirish (harakatni to'xtatish, uni statik holatga keltirish); tuzatishlar (to'siqqa duch kelganda, harakat o'z yo'nalishini o'zgartiradi); energiya (harakat energiyasi uni ushlab turuvchi to'siq ta'sirida to'planadi); dozalash (to'siqlar harakatga to'sqinlik qiladi, uning o'lchovini aniqlaydi); safarbarlik (to'siqqa duch kelgan tirik organizmlar o'zlarining energiya va boshqa resurslarini to'siqlarni engishga safarbar etadilar); rivojlanish (organizmlarda takroriy safarbarlik paytida yuz beradigan o'zgarishlar birlashtirilib, bu tirik tizimning funktsional imkoniyatlarini oshiradi, unga yangi sifat beradi); inhibisyon (to'siq harakatni sekinlashtiradi, faollikni inhibe qiladi); bostirish (organizmning hayotiy faoliyatini doimiy ravishda to'sib turishi, uning so'rovlari, to'siq zaiflashadi va uning ishiga putur etkazadi).
Psixologik to'siqlar turlari: shaxsiy kasbiy rivojlanish inqirozlari; shaxsiy psixologik xususiyatlar (qat'iylik, past bag'rikenglik, tajovuzkorlik va boshqalar); kasbiy psixologik sog'lig'ining yomonlashishi; professional yo'q qilish.




  1. Download 21,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish