Kompleks birikmalar kimyosi fani


Koordinatsion birikmalar sinflari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana13.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#662401
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
kompleks birikmalar kimyosi

Koordinatsion birikmalar sinflari. 


Xozirda koordinatsion birikmalar tо‘rt sinfga bо‘linadi. 
A.
Molekulyar monodentat ligandli koordinatsion birikmalar.
Bular jumlasiga ammiakatlar, gidratlar 
hamda metall karbonillar kiradi. Masalan, [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
, [Al (H
2
O)
6
] Cl
3
, [Ni (CO)
4
], [Co
2
(CO)
8
]. 
B. 
Ion ligandli koordinatsion birikmalar.
Bularga ligandlari kislota qoldig‘idan iborat 
atsidokomplekslar kiradi. Masalan : Na
3
[AlF 
6
], Na
2
[HgI
4
], Na
2
[PdBr
4
], K
4
[Fe (CN) 
6
], K
2
[BeF
4
]
va hokazolar. Okso – va gidroksokoordinatsion birikmalar ham shu sinfga kiradi. 
S. 
Siklik koordinatsion birikmalar 
tarkibida bidentat va polidentat ligandlar bо‘lishi mumkin. 
Masalan : [Co[NH
2
(CH
2
)
2
NH
2
]
3
] Cl
3
, [Co (asas)
3
] va hokazo. Agar [Co (NH
3
)
6
] Cl
3
tarkibidagi 6 
ta NH
3
ni uchta etilendiamin molekulasiga aralashtirilsa [CoEn
3
] Cl
3
hosil bо‘ladi. Bunda har 
qaysi etilendiamin molekulasi metall bilan ikkita σ – bog‘ orqali birikadi. Natijada uchta besh a’zoli 
halqaga ega bо‘lgan kompleks hosil bо‘ladi. (asas – atsetilatseton – O = C (CH
3
) – CH = C (CH
3
) – 
O – anioni ham 5 a’zoli halqa hosil qiladi, unda fragmentidan
uchtasi markaziy atom atrofida 
koordinatsiya holatida 
bо‘ladi. Bunday birikmalar x ye l a t k o o r d i n a s i o n b i r i k m a l a r deb ataladi. 
Ikkinchi misol tariqasida ichki koordinatsion birikmalarni kо‘rsatish mumkin. Agar 
polidentat ligandning bir atomi markaziy atom bilan kovalent (ba’zan ionli) tarzda birikib, ligandning 
ikkinchi atomi donor – akseptor mexanizm bо‘yicha markaziy atom bilan birikkan bо‘lsa, hosil
bо‘lgan holatni ― i ch k i k o o r d i n a s i o n b i r i k m a deb ataladi. Masalan, glitsin nomli 
aminokislota mis sulfat bilan reaksiyaga kirishganida misning ichki kompleks birikmasi hosil bо‘ladi 

2NH
2
CH
2
COOH + CuSO
4
→ H
2
SO
4
+ [Cu (NH
2
CH
2
COO)
2
]
bis (glitsinato) mis (II) 
Kompleksonlar, sendvich va π – komplekslar ham shu sinfga kiradi. 
Etilendiamintetraatsetat kislotaning ioni polidentat ligandlar jumlasiga kiradi. 
Bu kislota qisqacha EDTA yoki EDTUK bilan ishoralanadi. Uning ikki natriyli gidrotuzi 
trilon – B nomi bilan analitik kimyoda metall ionlari miqdorini aniqlashda ishlatiladi. EDTA ning 
ioni olti dentatli ligand hisoblanadi. Agar metallning koordinatsion soni 6 dan ortiq bо‘lssa, ortiqcha 
о‘rinlarni erituvchi molekulalari band qiladi. 
Gemoglobin va xlorofill ham ichki komplekslar jumlasiga kiradi. Bu ikki moddaning 
yadrosi bir xil tuzilishga ega. Gemoglobinda markaziy ion vazifasini Fe (II), xlorofillda esa Mg 
bajaradi. 
D. 
Sendvich birikmalar.
1951 yilda ferrotsen [Fe (C
5
H
5
)
2
] sintez qilindi. Keyinchalik 
uning sendvich (buterbrod) tuzilishga ega ekanligi isbotlandi. Uning tarkibida temir ioni ikkita 
siklopentadiyenil ioni C
5
H
5
bilan birikkan. Uning tuzini aniqlagan E. Fisher va J. Uilkonson nobel 
mukofotini olishga sazovor bо‘ldilar. Ferrotsenning tuzilishi quyidagicha. Unda temirning 
koordinatsion soni 6 ga teng. 


Ferrotsendagi temir о‘rnini boshqa metall, masalan, nikel egallashi mumkin, u holda nikelotsen [Ni 
(C
5
H
5
)
2
] hosil bо‘ladi. Bundan tashqari ferrotsenning siklopentadiyenil halqalari ham almashinish 
reaksiyalariga kirishadi. Bu sinfga yana dibenzolxrom [Cr (C
6
H
6
)
2
] ni ham kiritish mumkin. 
Oraliq d – metallar bilan hosil qilingan karbotsiklik birikmalar qatorida dibenzolxrom muhim о‘rin 
tutadi. U 1919 yilda sintez qilingan bо‘lsa – da, uning tuzilishi faqat 1954 yilda aniqlandi. Xayn xrom 
(III) xlorid bilan C
6
H
5
Mg Br orasidagi reaksiyani amalga oshirib, xromning bir qancha birikmalarini 
olishga muvaffaq bо‘ldi. Bu birikmalar tarkibida xrom bilan sendvich tarzida birikkan benzol C
6
H
6
yoki denifil C
6
H
5
― C
6
H
5
molekuklalari borligi aniqlandi. Keyinchalik dibenzolxrom metall 
galogenidiga aromatik uglevodorodlarni Al kukuni va AlCl

ishtirokida bevosita ta’sir ettirish orqali 
hosil qilinadigan bо‘ldi. 
Dibenzolxrom 284
0
S da suyuqlanadigan, suvda juda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydigan 
jigarrang tusli qattiq jism, diamagnit. Dibenzolxromdagi kimyoviy bog‘lanishdan ikkita benzol 
molekulasining 12 ta π – elektroni va xrom atomining 6 ta bо‘sh orbitallari (donor – akseptor 
mexanizm bо‘yicha) ishtirok etadi ; ikkinchi tomondan, xromdagi uchta elektron juft benzol 
molekulalaridagi bо‘sh π – orbitallar bilan (dativ mexanizm bо‘yicha) bog‘lanadi. 
Fe, Co, Ni, Mn, Cr, V, Ti, Ru, Th va Os kabi metallarning siklopentadiyen C
5
H
6
bilan birikmalari 
olingan. Bu koordinatsion birikmalarni hosil qilish uchun shu metallarga yoki ularning karbonillariga 
siklopentadiyen ta’sir ettiriladi. Natijada Fe (C
5
H
5
)
2
ferrotsen ; Ni (C
5
H
5
)
2
nikelotsen hosil bо‘ladi. 
Metallarning siklopentadiyen bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari ( shuningdek
dibenzolxrom Cr (C
6
H
6
)
2
kabi moddalar) «sendvich - strukturali» moddalar nomini olgan, chunki 
bunday koordinatsion birikmalar rentgen nurlari yordamida tekshirilganida, ular ― xuddi «ikki burda 
non orasidagi pishloq» kabi tuzilganligi, ya’ni о‘rtada metall atomi, uning ustida va tagida C
5
H
5
radikali joylashganligi ma’lum bо‘ldi. Ferrotsen Fe (C
5
H
5
)
2
molekulasining tashqi qavatida 18 ta 
elektron bо‘ladi. Ularning 8 tasi temirniki va 10 tasi ikkita C
5
H

radikalnikidir. Ikkita C
5
H

radikali о‘zining 10 ta p – elektroni hisobiga koordinatsion bog‘ hosil qiladi. Shuning uchun oraliq 
metallarning sendvich strukturali birikmalari π – koordinatsion birikmalar jumlasiga kiradi. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish