Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana20.02.2023
Hajmi0,98 Mb.
#913052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Снимок экрана 2023—01—31 в 8.38.17 PM

5-chizmada
 
qo‘shma ishlab chiqarish jarayoni natijasida to‘rtta qo‘shma mahsulot va
ikkita ikkilamchi mahsulot to‘rtta jarayon markazlarida olinishi diagramma oqimida
ko‘rsatilgan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, barcha mahsulotlar ikkita ishlab chiqarish
jarayonidan, aralashtirish va pishirish jarayonidan o‘tayapdi. Ushbu ikkita jarayonda to‘plangan
barcha xarajatlar esa oltita mahsulotga ham oid bo‘ladi. Bu ikki jarayonning oxirigacha, ya’ni
mahsulotlar ajralgunga qadar amalga oshirilgan xarajatlar 
qo‘shma tannarx
(joint cost) deb
ataladi. Jarayon tugashi bilan mahsulotlar ajralib alohida indentifikatsiyalanadigan, ya’ni
texnologik ishlov berish jarayonida mahsulot biri ikkinchisidan jismoniy ajralib kelgusida
ularning mahsulot tannarxini alohida hisoblash mumkin bo‘lgan nuqtasiga 
ajralish nuqtasi
(split-off point)
deb ataladi. Ajralish nuqtasidan keyin ayrim mahsulotlar boshqa qayta ishlash
zaruriyati bo‘lmasdan sotish uchun tayyor holatga kelishi mumkin. Bunga chizmada A
mahsulotni misol qilib olish mumkin, qaysiki u pishirish jarayonidan keyin sotishga tayyor
holatga keltirilgan. Boshqa mahsulotlarda esa ajralish nuqtasidan keyin ularni sotish uchun
tayyor holatga keltirish uchun yana qo‘shimcha ishlov berishga zaruriyati bo‘ladi va bunday
hollarda ishlab chiqarish yana boshqa jarayonlarda davom etadi. Chizmada mahsulot dasttaval
qorishtirish jarayonini
o‘tab so‘ngra 
pishirish jarayoniga
o‘tkazilgan. Undan ajralish nuqtasida
V, S va D mahsulotlar alohida ajralib ularga ishlov berish uchun boshqa-boshqa jarayonlarga
o‘tkazilgan. Ajralish nuqtasidan keyin alohida olingan mahsulotlarga qayta ishlash uchun
amalga oshirilgan xarajatlar 
bo‘lingan xarajatlar
deb ataladi.
Chizmadagi 
Yopish jarayoniga
o‘tkazilgan mahsulot qayta ishlanadi, ya’ni yana material,
mehnat va ustama xarajatlar amalga oshiriladi (bu bo‘lingan xarajatlarni tashkil etadi) va bu
jarayon yakunlangandan so‘ng mahsulot upakovka jarayoniga o‘tkazilgan va unda ishlovlar
amalga oshirilib
V mahsulot
olingan, qaysiki u sotish uchun tayyor holatga keltirilgan.
Ajralish nuqtasidan keyin mahsulotning bir qismi boshqa 
qorishtirish jarayoniga
o‘tkazilgan (oldingi qorishtirish jarayonidan farq qiladi). Mahsulot ushbu jarayonda ishlov
olgandan so‘ng 
muvofiqlashtirish jarayoniga
o‘tkazilgan. Undan 
C tayyor mahsulot
hamda 
Z
ikkilamchi mahsulot 
olingan.
Mahsulotning yana bir qismi ajralish nuqtasidan keyin 
to‘yintirish jarayoniga
o‘tkazilgan.
Bu jarayondan D tayyor mahsulot va unga nisbatan kichik qiymatga ega bo‘lgan Y ikkilamchi
mahsulot olingan.
Ishlab chiqaradigan qo‘shma mahsulot korxonaning tijorat faoliyatida asosiy rolni


o‘ynaydi. Ikkilamchi mahsulot esa asosiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi.
Ikkilamchi mahsulotni aniqlash bo‘yicha asosiy mezon bo‘lib uning narxini asosiy mahsulot
narxiga taqqoslash asosida aniqlangan natijalar hisoblanadi.
Qo‘shma va ikkilamchi mahsulotning odatdagi ishlab chiqarishdan farqli tarafi shundan
iboratki, birinchisini ikkinchisidan ishlab chiqarishning ma’lum bir nuqtasiga kelgunga qadar
identifikatsiya qilish mumkin emas. Shu bois, ushbu ajralish nuqtasiga yetgunga qadar
xarajatlarni alohida mahsulot turlariga olib borish imkoni bo‘lmaydi. Ajralish nuqtasiga
yetgundan keyin alohida mahsulotlar realizatsiya qilinishi yoki kelgusi qayta ishlashga
jo‘natilishi mumkin.
Ikkilamchi mahsulotlarni chiqindi materiallardan farq qilish kerak bo‘ladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish