Kompozitsiya tushunchasi haqida


-MA`RUZA RANGSHUNOSLIK ASOSLARI



Download 143,76 Kb.
bet14/109
Sana04.08.2021
Hajmi143,76 Kb.
#137968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

6-MA`RUZA

RANGSHUNOSLIK ASOSLARI
  • Rang tabiati haqida


  • Asosiy tarkibiy va to`ldiruvchi ranglar


  • Ranglarning asosiy xarakteristikasi


  • Lokal ranglar


  • Rang kontrastlari


  • Ranglarni aralashtirish


  • Kolorit

  • Ranglar garmoniyasi tiplari




Adabiyotlar:
  1. X. Egamov «Bo`yoqlar bilan ishlash» T-1987 y.


  2. M. Nabiyev "Rangshunoslik va rangtasvir texnologiyasi " T-1995y.


  3. Энциклопедия художника. Издательство «Внешсигма» 2000 г.


  4. П. Кощель. Энциклопедический словарь школьника. Искусство. М – 2000 г.


  5. Н. М. Сокольникова «Изобразительное искусство и методика его преподавания в начальной школе». М. «АСАDЕМIА» - 1999 г.


  6. С.Д.Левин "Беседы с юным художником" М-1988.


  7. Н.П.Бестчастнов и др. "Живопись" М-"Владос"-2001.


Ranglar haqidagi fan musavvirga ranglarni xususiyatlarni yaxshi tushunishga, rang tasvirda faydalanishga va amaliy bezak san'atida qo`llashga yo rdam beradi. Koloristika-bu ranglar haqidagi fan bo`lib, u rang madaniyati va tili, rang garmoniyasini, koloriti, ranglarni aralashtirishni, rang kontrasti, ranglarni asosiy xarakteristikasi, asosiy tarkibiy va qo`shimcha ranglar, ranglarni tabiati haqidagi bilimlarni o`z ichiga oladi ranglarni fizikaviy asoslari uni qabul qilishning psixofiziologik poydevoriga tayanadi va bir vaqtning o`zida jamiyatning rang madaniyati haqidagi tasavvuriga ham asoslanadi.

Boshqacha mazmunda olib qaralsa koloristika xuddi rang muhiti, yoki uni ob'ektlarini shakllantiruvchi polixromiya sifatida karaladi. Bu esa insoni estetik jihatdan qoniqtiradi. Bu tushuncha esa shahar , bino, interer, san'at asari koloristikasi va rassom yoki dizaynerning professional yondashuvchi mevasi haqida gapirishga yordam beradi.

Ranglar haqidagi fan juda qadimdan paydo bo`lgan. Inson rang sirlarini qadam-baqadam ochishga harakat qilgan.

Qadimdan sharq mamlakatlarida rang simvolikasi paydo bo`lgan va bularning barchasi Yevropa va Osiyoning rang madaniyatiga katta ta'sir qilgan. Ranglardan juda keng miqyosda foydalana boshladilar. Antik davirda rang estetika kategoriyasi sifatida qabul qilina boshladi.

Eramizgacha bo`lgan IV asirlardayek qadimgi grek faylasufi Aristotep rang va rang hodisalarni aniqlashga harakat qilgan. O`rta asrlarda esa rangni o`rganish diniy nuqtai-nazardan qarab o`rganila boshladi.

Evropa Uyg`onishi o`rta asrlardan diniy qobiqqa o`ranib qolgan rang muammosini ochib tashlaydi. Alberti va Leonardo da Vinchi dunyoga olim eksperimentator ko`zi bilan qarab, rang va yorug`likning o`zaro aloqasi qonuniyatlarini, qabul qilish, rang induktsiyasii va rang estetikasi qonuniyatlarini ochadi. Leonardo da Vinchi o`zining «Rang tasvir haqidagi traktatlar» nomli kitobida hozirgi davir rassomlari uchun ham zarur bo`lgan, katta amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ma'lumotlarni keltiradi.

U olti hil ranglardan iborat bo`lgan rang qatorlarini yaratib, ularni tabiat hodisalariga bog`lab ko`rsatadi: oq-yorug`lik, sariq- yer, yashil- suv, ko`k -havo, qizil-olov, qora-qorongilik va hokazo. Har bir bo`lak ranglar uchun garmonik ranglar topilgan va turg`un rang akkordlari o`ylab topilgan masalan, yashil bilan qizil, yorqin qizil va so`lg`in siyohrang uyg`unlashadi.

Leonardo da Vinchi garmonik qarama–qarshi ranglarni aniqlaydi: bular oq- qora, ko`k-sariq, qizil- yashil. Shunday qilib ranglar haqidagi fan paydo bo`ldi.

Olti hil rangli rang qatorlari haqidagi fikrni F. Runge, A.Shopengauyer, U.Adame, E.Delakrua, Van Gog, V.Kandinski va boshqalar rivojlantirdilar.

Isaak N'yuton rangshunoslikni fizika nuqtai-nazaridan o`rganib chiqdi.

U oq –yorug`likni ko`p rangli ekanligini isbotladi.

Prizma orqali yorug`lik o`tkazib spektr ranglar hosil qilgan. Keyinchalik frantsuz olimi Roje de Pil rang rangtasvirda rasm emas, balki rang katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi .

M.V.Lomonosov rangli ko`rish komponentliligi gipotezasini ilgari suradi. Bu gipoteza hozirgi davrda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U inson ko`zida rangni his qiluvchi uchta priyomnik borligi va ular birgalikda faoliyat ko`rsatishiga e'tiborni qaratadi. Ikkita qo`shimcha ranglarni aloqasi uyg`un hissiyot hosil qiladi, chunki ulardan biri ikkita asosiy rang uchun muhim hisoblanadi. Shunday qilib har bir o`zaro qo`shiluvchi ranglar juftligida uchta rang bor bo`ladi.

Gyote rang garmoniyasi va ranglarning insonga ruhiy ta'siri haqidagi ta'limotini ishlab chiqdi. Runge uch o`lchamli rang sirti asosidagi printsipini ilgari surdi.

XX asrga kelib rangshunoslikda yirik kashfiyotlar kilindi. Uning asosida lazer, golografiya, kompyuter grafikasi yaratildi. Bu ilmiy izlanishlar rangshunoslik, rangtasvirda maqsadli qo`llanilyapti va turli yo`nalishda ijod qiluvchi rassomlarning ijodiga o`z ta'sirini o`tkazyapti.





Download 143,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish