Kompyuter arxitekturasi fanidan tayyorlagan



Download 348,98 Kb.
bet1/6
Sana22.01.2023
Hajmi348,98 Kb.
#901064
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-MI Kompyuter Arxitekurasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

TT va KT ” FAKULTETI


3 – BOSQICH TT-11-20-GURUH TALABASINING
KOMPYUTER ARXITEKTURASI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: CHoriyeva Z
Qabul qildi: Abduvaliyev A.

QARSHI-2022

Reja:




  1. Kirish.

  2. Asosiy qism

  1. O’rnatilgan tizimlarda qo’llaniladigan zamonaviy protsessorlar.

  2. Paralell hisoblash uchun mo’ljallangan masalalar.

  3. Super kompyuterlarning xususiyatlari.

  1. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


















Kirish

Kompyuterlar inson faoliyatining barcha sohalariga kirib, boshlang'ich ta'limdan boshlab eng yangi texnologiyalarni o'rganish, insoniyatga ma'lum bo'lmagan yangi turdagi moddalarni o'rganish bilan yakunlandi. Kompyuter texnologiyasidan foydalanish o'rta va oliy o'quv yurtlarida o'quvchilar, talabalar va ishchi xodimlarning o'zlari uchun ta'lim jarayonini osonlashtiradi.


Bugungi kunda dasturiy ta'minot va apparatning xilma-xilligi bilan kompyuter texnologiyalarining barcha salohiyatidan foydalanish mumkin. Bu sizga katta miqdordagi ma'lumotni saqlash imkonini beradi, eng kam joyni egallaydi. Bundan tashqari, kompyuter texnologiyalari ushbu ma'lumotni tezda qayta ishlashga va uni xavfsiz saqlashga imkon beradi.
Kompyuterlarning keng tarqalishi mehnat bozorini rivojlantirishda katta rol o'ynadi. Axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish bir necha soniya ichida haftalar oldin yo'qolgan ishni bajarishga imkon beradi, biznes va ish joylarining holati haqida rahbarlarni xabardor qilish darhol amalga oshiriladi. Sug'urta va moliyaviy xizmatlar sohasidagi iqtisodiy salohiyat oshgani sayin ortib bormoqda. Yangi ish shakllarini joriy etish va mehnatni tashkil etish uchun kompyuter texnologiyalarini joriy etish lozim.
Yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun juda kam vaqt talab etiladi, chunki hisoblash jarayonlariga ko'p vaqt sarflamaysiz va jarayonga to'liq vaqt ajratishingiz mumkin. Kompyuter texnologiyalari tibbiyotda katta rol o'ynaydi, kasalliklarni rivojlantirishning turli virtual modellari yaratiladi, davolash uchun yangi preparatlar ixtiro qilingan katta ma'lumotlar bazalari yaratiladi.

O’rnatilgan tizimlarda qo’llaniladigan zamonaviy protsessorlar


O’rnatilgan tizim-bu amaliy kompyuter tizimi bo’lib, u boshqa turdagi kompyuter tizimlaridan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar (PC) yoki superkompyuterlardan farq qiladi. Biroq, siz “o’rnatilgan tizim” tushunchasini tushunishda ba’zi qiyinchiliklarga uchrashingiz mumkin, chunki u texnologiyadagi o’zgarishlar va turli xildagi kompyuter qurilmalari va dasturiy qismlari narxlari sezilarli tushish natijasida doimiy ravishda mukammallashib boradi. Yaqin yillarda o’rnatilgan tizimning an’anaviy turlari doirasi ancha kengaydi. O’quvchi yaqin kelajakda bu tizimga duch kelishi mumkinligi sababli, tizim haqida mulohaza qilishni va bugungi kunda ular qanchalik to’g’ri ishlashi yoki kamchiliklarini tushunishi juda muhim hamda ular xususida onliravishda muhokama yurita olishi kerak. Quyida o’rnatilgan tizimning bir necha umumiy xususiyatlri haqida fikr yuritiladi:

O’rnatilgan tizimlar qurilmalar va dasturiy ta’minotining keng qo’llanishi jihatdan shaxsiy kompyuterlarga (PC) qaraganda ancha chegaralangan. Bu hol o’rnatilgan tizimlarining muhim yo’nalishlari uchun to’g’riligini saqlamoqda. Qurilmalar cheklanganligi to’rt jihatdan kamchiliklarga ega, ular ish sifatini yaxshilash, is’temol kuchi, xotira va qurilma keng tarqalishidagi kamchiliklardir. Dasturiy ta’minotdagi kamchiliklar jihatdan o’rnatilgan tizimlar shaxsiy kompyuterlarga ancha yaqin, ya’ni tatbiqlar kam, ko’lami past tatbiqlar, operatsion tizim yo’qligi yoki cheklangan tizimlar. Biroq bu ta’riflar boshqaruv kengashi nazarida qisman to’g’ri va shaxsiy kompyuterlardagi dasturiy ta’minotning avvalgi va bugungi avlodi ancha mukammal o’rnayilgan tizim loyihalariga qayta joylanmoqda.

O’rnatilgan tizimlar faqat maxsus vazifalarni bajarish uchun loyihalashtirilgan. Ko’plab o’rnatilgan qurilmalar asosan bir xususiy vazifa uchun ishlab chiqilgan. Biroq, biz bugun ko’rishimiz mumkinki ayrim qurilmalar, masalan shaxsiy ma’lumotlar bazasi yordamchisi (PDA) gibrid telefon kameralari bir necha turdagi funksiyalarni bajarish uchun islab chiqarilgan.shuningdek, so’ngi raqamli TV lar ikkitomonlama amallarni bajarishga moslashgan, ya’ni ko’plab turdagi “TV”larga bog’liq bo’lmagan umumiy, lekin muhim bo’lgan amallarni bajaradi, xususan e-mail, internetdan foydalanish va ko’plab o’yinlar.

O’rnatilgan tizim shunday kompyuter tizimidirki, unda boshqa kompyuter tizimlaridan ko’ra yuqori sifatli va ishonchli qurilmalar talab etiladi. O’rnatilgan qurilmalarning ba’zi qurilmalarida juda yuqori sifatli va ishonchli uskunalar bilan jihozlangan. Misol uchun, avtomobil motori kontrolerlarining harakat vaqtida tutashib ketishi yoki nozik tibbiyot asboblariningn jarrohlik vaqtidagi nuqsonlari juda jiddiy oqibatlrga olib keladi. Biroq, bu yerda ham shunday o’rnatilgan qurilmalar bo’lib, masalan TV, o’yinlar, kamera telefonlar kabi, ularda noqulayliklar mavjud bo’lib, lekin ular hayotga xavf soladigan holatlarni vujudga keltimaydi.

Ba’zi o’rnatilgan tizimlar deb nom olgan qurilmalar, misol uchun PDA yoki web bloknotlar, aslida o’rnatilgan qurilma emas. Kompyuter tizimlari sohada ba’zi bahsli holatlar uchraydi va an’anviy tizimlarning hammasi ham aslidao’rnatilgan tizim emas. Biroz tushunildiki, ancha mukammalroq loyihalarning o’rnatilgan tizim sifatida shakllanishi, masalan PDAning, nanotexnologik bozor va sotuv jarayoniga ko’proq bog’liq ekan muhandislarga qaraganda. Haqiqatda soha muhandislari o’rnatilgan tizim jarayonidagi faoliyatiga qarab o’zaro bo’lingan, hatto bu loyihachilar joriy tizimlar borasida birgalikda muhokamalashishsada, an’anaviy o’rnatilgan tizim rivojlanishda davom etadimi yo’qmi yoki sanoat jarayonida yakunda boshqalar tomonidan boshqariladimi. Hozirda sanoatni ta’minlaydigan kompyuter tizimlari ko’lami mavjud emasligi sababli an’anaviy o’rnatilgan tizimlar va umumiy maqsadli shaxsiy kompyuterlar orasidagi raqobat sustlashdi. Bu kitob o’rnatilgan tizim evolyutsion ko’rinishini asoslab ko’rsatib beradi,qaysiki bu turdagi kompyuter tizim loyihalarini o’z ichiga olgan.


Intel va AMD protsessorlari
1968 yilning iyunida Intel o‘zining ya’ngi 8086 protsessorini taqdim etib, inqilob sodir etdi.Bu bozordagi ilk 16-razryadli mikroprotsessorlar edi; u vaqtda barcha boshqa protsessorlar 8-razryadli edi. 8086 protsessori 16-razryadli ichki registrlarga ega bo‘lib va 16- razryadli yangi toifadagi dasturiy ta’minotni bajara olar edi.
U, shuningdek,16-razryadli tashqi shinaga ega bo‘lib, bir vaqtda 16 bit ma’lumotni xotiraga uzata olar edi.Manzil shinasining razryadi 20 bitni tashkil qilar edi va 8086 protsessori 1 Мbayt (20-darajadagi 2) sig‘imli xotirani manzillay olar edi. O‘sha vaqtda bu mo‘jiza tuyular edi, boshqa ko‘pchilik mikrosxemalar 8-razryadli ichki registrlariga, 8-razryadli malumotlarning tashqi shinasiga va 16-razryadli manzil shinasiga ega bo‘lib, 64 Kbayt dan ko‘p bo‘lmagan operativ xotiranigina manzillay olar edi (16 –darajadagi 2).
8086 protsessorining narxi ancha yuqori edi- uning uchun arzonroq 8-razryadli emas,16-razryadli ma’lumotlar shinasi talab qilinar edi. O‘sha vaqtda 8-razryadli tizimlarning narxi arzonroq bo‘lganligi uchun, 8086 protsessorlari kam sotilar edi. Inteldagilar foydalanuvchilarning 16 qoshimcha unumdorlikka ortiqcha harajat qilishni istashmayotganini tushunib etdi va biroz vaqtdan so‘ng 8088 deb atalgan 8806 protsessorning “kesik ” talqinini taqdim etdi.Unda, malumotlar shinasidagi 16 razryaddan 8 tasi olib tashlangan va 8086 protsessori ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga nisbatan 8-razryadli mikrosxema sifatida qaraladi.Biroq,unda 16-razryadli ichki registrlar va 20-razryadli manzil shinasi to‘la saqlanib qolganligi uchun 8086 protsessori 16-razryadli dasturiy ta’minotni bajarar edi va 1 Мbayt sig‘imli operativ xotirani manzillay oladi.

IBM PC ning ilk kompyuterlarida 4,77 MGts takt chastotali 8088 protsessorlardan foydalanilar edi, ya’ni bir sekundda 4 770 000ta takt bajarilar edi. 8088 va 8086 protsessorlarning buyruqlari uchun o‘rtacha 12 takt zarur bo‘lar edi. Ba’zida, 8088 protsessor 1Mbayt sig‘imdagi asosiy xotirani manzillay olsa ham, nima uchun kompyutyerdagi asosiy xotiraning sig‘imi 640 Kbayt bilan chegaralanadi degan savol tug‘iladi.
Buning sababi, IBM boshidanoq manzil fazosining yo‘qori qismida 384 Kbaytni adapter platalari va tizimli BIOS uchun rezervlab qoyadi. Qolgan 640 Kbayt DOS va dastur –ilovalar uchun foydalaniladi.
80286 (yoki,oddiygina 286) protsessorida 80186 va 80188 protsessorlari uchun xarakterli bo‘lgan, moslashuvchanlik muammosi tug‘ilmaydi. U 1981 yili paydo bo‘ldi,va uning asosida IBM AT kompyuteri yaratildi. Shundan so‘ng, 50 va 60 rusumdagi ilk PS/2 yaratildi (PS/2 keyingi rusumlari 386 va 486 protsessorlari asosida uaratildi). Bir nechta firmalar, AT sinfiga tegishli kompyuterlarning analoglarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirib oladi.
AT kompyuteri uchun, asos sifatida 286 protsessorining tanlanishi uning 8088 protsessori bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan bog‘liqdir, ya’ni IBM PC va XTlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar AT uchun ham to‘g‘ri kelar edi. 286 protsessorlari o‘zidan oldingilariga qaraganda yo‘qori tezlikka ega bo‘lib, shu sababli, bu kompyuterlar keng qo‘llanila boshladi. 6 MGts takt chastotali AT birinchi kompyuterining unumdorligi IBM PC (4,77 MGts) unumdorligidan besh baravar ortadi. Buyruqlarning o‘rtacha 4,5 taktda bajarilishi, 286 protsessorli kompyuterlarining unumdorligi yo‘qori bo‘lishining bosh sababidir. Undan tashqari, 16-razryadli tashqi shina tufayli ma’lumotlar almashish tezligi ikki marotaba oshdi.
AT kompyuterlarining yana bir sababi protsessorning takt chastotasining ortishidadir. Quyidagi 6, 8, 10, 12, 16 va 20 MGts takt chastotali protsessorlar mavjud.
Oldingi protsessorlarda bu ko‘rsatgich 8 MGts dan oshmas edi. Takt chastotalari bir hil bo‘lganda ham oxirgisining unumdorligi taxminan 3 marta ko‘proqdir.
286 protsessori real va himoyalangan deb ataluvchi ikkita bir-biridan farq qiluvchi rejimda ishlaydi. Real rejimda 8086 protsessoriga ekvivalent va obekt kodi bo‘yicha 8086 va 8088 protsessorlari bilan moslashuvchan. Bu, ular uchun mo‘ljallangan dasturlarni va buyruqlarni modifikatsiyasiz bajara olishini bildiradi . 286 protsessori himoyalangan rejimda butunlay boshqa rusumga aylanadi. Agar bajaralayotgan dastur, uning yangi imkoniyatlarini e’tiborga olib yozilgan bo‘lsa, protsessor 16 Мbayt Real xotiradan manzillay olishi mumkin bo‘lsa ham, u 1 Gbayt virtual xotiraga ega bo‘lishi mumkin. 286 ko‘zga ko‘rinarli kamchiligi oldindan apparatli sbros (tushirish ) ya’ni, kompyuterni issiq qayta yuklanishini amalga oshirmasdan himoyalangan rejimdan real rejimga o‘ta olmaydi. Real rejimdan himoyalangan rejimga sbrossiz o‘ta oladi. Shuning uchun, 386 protsessorining asosiy ustunligi uning real rejimdan himoyalangan rejimga va aksincha, dasturiy ulanmasdan o‘ta olishidadir.

Download 348,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish