Kompyuter tarmoqlari fanidan



Download 150,18 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi150,18 Kb.
#926357
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari fanidan


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


SAMARQAND FILIALI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI




Kompyuter tarmoqlari fanidan


Bajardi: Oltiboyev J
Tekshirdi:Sattarov M

Samarqand -2022

KEYINGI AVLOD KONVERGENT


Ushbu fan dasturi, «Keyingi avlod konvergent tarmoqlari» faniga tegishli bo’lgan barcha mavzular bo’yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo’lgan minimum bilimlar va ko’nikmalarni to’la qamrab olgan. Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Shuning uchun mavjud bo’lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmani yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Shularni nazarda tutgan holda mazkur namunaviy o’quv dasturida mavjud bo’lgan tarmoqlarning kamchiliklari, kommutatsiyalash usullari, keyingi avlod tarmoqlariga o’tish sabablari, tarmoqning konvergentsiya holati, keyingi avlod konvergent tarmoqlarining tuzilish tamoyillari, NGN tarmoqlarining arxitekturasi, NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan transport tarmog’i va abonent kirish tarmoqlari texnologiyalari, konvergent tarmoq xizmatlariga bo’lgan talablar, xizmatlarning turlari, NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan protokollarning turlari, chaqiriqlarni boshqaruv tizimi, keyingi avlodning mahalliy, shahar va shaharlararo multiservisli tarmoqlarining tuzilish printsiplari va rivojlanish istiqbollari yoritilgan. Shuningdek o’quv dasturida rejalashtirilgan mavzular, mavjud bo’lgan va kelgusidagi tarmoqlarni, unda qo’llaniladigan turli texnologiyalarni, xizmatlarni amalda taxlil qilish uchun talabalarni bilimini mustaxkamlash, shakllantirish, axborotni uzatishga asoslangan xollatlarini va printsiplarini, fundamental tushunchalarini nazariy mustaxkamlashdan iborat. O’quv dasturi 5350101 – Telekommunikatsiya mutaxasisliklari bo’yicha ta’lim oluvchi talabalar tomonidan “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” va vositalariga oid bilimlar, ko’nikmalar va malakalar shakllantirilishiga qaratilgan. Fanning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xajmining oshib borishi va turli xizmatlarning yuzaga kelishi, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan turli signallarning sifat ko’rsatgichlarini yuqori bo’lishini, talab bo’yicha xizmatlarni o’z vaqtida taqdim etilishini taqazo etadi va bunday multiservisli tarmoqlarda ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadi. Bu «Keyingi avlod konvergent tarmoqlari» fanining xozirgi davrda dolzarbligidan va ahamiyati yuqori ekanligini dalolat beradi. Fanni o’qitishdan maqsad – keyingi avlod konvergent tarmoqlariga o’tish sabablari, tarmoqning tuzilish tamoyillari, qo’llaniladigan xizmatlarning turlariga bog’liq holda turli satxlarda qo’llaniladigan texnologiyalarni tanlay bilish, ularni texnikasidan samarali foydalanish, axborot xavfsizligi ta’minlash, shuningdek ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko’nikmalar va tajriba darajasini ta’minlashdan iborat. 4 Fanning vazifasi - talabalarga yangi avlod konvergent tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan xizmatlarning turlari va ularning asosiy vazifalari, yangi avlod konvergent tarmoqlari bo’yicha axborotni uzatuvchi, mavjud bo’lgan va kelgusidagi texnologiyalarni amalda taxlil qilish uchun bilimini mustaxkamlash, shakllantirish, axborotni uzatishga asoslangan xolatlarini va printsiplarini, fundamental tushunchalarini nazariy mustaxkamlashdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilish printsiplarini, ularning qurilmalarini, konfiguratsiyasini, sozlashni, multiservisli tarmoqlarning tuzilish printsiplarini va rivojlanish istiqbollarini, bazaviy va amaliy dasturiy ta’minotni, ularni texnikasidan foydalanishni bilishi kerak. - keyingi avlod konvergent tarmoqlarida qo’llaniladigan turli qurilmalar, texnologiyalarning ishini taxlil qila bilish, ularning holatlari, kanal va traktlarning me’yorlari, buzilishlarni o’lchash va sozlash, signallarni qayta tiklash usullari shuningdek to’laligicha asosiy nazariy savollarni taxlil qilish, multiservisli tarmoqlarning imkoniyatlarini aniqlash ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. - turli ko’rinishdagi ma’lumotlarni uzatishga mo’ljallangan zamonaviy konvergent tarmoqlar xaqida to’liq shakllangan tassavurga ega bo’lish uchun, tarmoq qurilmalari va texnologiyalari, kanal va traktlarning asosiy xarakteristikalari, o’lchov asboblari haqidagi nazariy ma’lumotlarni amalda qo’llagan holda taxlil qila bilishi, amaliyot o’tadigan joyda real tizimlar va aloqa kanallari bilan ishlaganda, turli sharoitlarda har xil ma’lumotlarni uzatishga asoslangan bilim va malakalarga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi «Keyingi avlod konvergent tarmoqlari» asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, 8 semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy (oliy matematika, fizika) umumkasbiy (elektr zanjirlari nazariyasi, elektr aloqa nazariyasi, elektronika va sxemotexnika, raqamli qurilmalar va mikroprotsessorlar, aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti, optik aloqa tizimlari) ixtisoslik (telekommunikatsiya tarmoqlari) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishini talab etadi. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Keyingi avlod konvergent tarmoqlari, har xil protokollardan foydalangan holda foydalanuvchilar talablariga binoan multiservisli xizmatlarni amalga oshirish, ularni sifatini va axborot xavfsizligini kafolatlash, zamonaviy multiservisli texnologiyalarni va qurilmalarni tarmoqqa tatbiq qilish, tarmoq 5 infrastrukturasini optimallashtirish, imkonini beradi. Shaharlararo, shahar va qishloq konvergent tarmoqlarini qurishda keng qo’llaniladi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarga “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Talabalarni “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedogogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari va ularning elektron shakllari, ma’lumotlar elektron bazasidan, maketlardan, o’quv jarayoniga mo’ljallangan texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedogogik texnologiyalardan foydalaniladi. ASOSIY QISM Kirish Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi. Kanallarni kommutatsiyalash (KK)ga ega bo’lgan tarmoqlar Kanallarni kommutatsiyalash (KK)ga ega bo’lgan tarmoqlar, afzalliklari va kamchiliklari, KKning ishlash tamoyili. Raqamli kommutatsiya tizimlari. Raqamli kommutatsiya tamoyillari, signalizatsiya,sinxronizatsiya va signallarni boshqarish usullari. Paketlarni kommutatsiyalash (PK)ga ega bo’lgan tarmoqlar Paketlarni kommutatsiyalash (PK)ga ega bo’lgan tarmoqlar, afzalliklari va kamchiliklari, PKning ishlash tamoyili, paketlarni uzatish mexanizmlari (datagramm uzatish va virtual kanallar). Konvergent tarmoqlar Konvergent tarmoqlar. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining asosiy ta’rif va tushunchalari. Konvergentsiya holatiga o’tish sabablari. NGN konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining qurilish tamoyillari. NGN tarmoqlarini joriy qilish istiqboli. 6 NGNning transport tarmoqlari NGNning transport tarmoqlari. Transport tarmoqlarini va kirish tarmoqlarini NGN tarmoqlariga o’tishda takomillashtirish zarurati. NGN tarmoqlarida transport satxini qo’llash variantlari NGN tarmoqlarida transport satxini qo’llash variantlari, MPLS NGSDH, Ethernet transport tarmoqlari, NGN transport tarmoqlarida CWDM texnologiyasini qo’llash. Kirish tarmog’i evolyutsiyasi Kirish tarmog’i evolyutsiyasi. NGN kirish tarmoqlari, kirish tarmoqlarining zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari. Kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi va asosiy tavsiflari Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari, qo’llaniladigan muhit bo’yicha kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi, yangi kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi. NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqarish tizimlari Mavjud va istiqbolli chaqiriqlarni boshqaruv tizimlarini qurish xususiyatlari, NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqarish tizimlari. Mediashlyuzlar Mediashlyuz turlari, vazifalari va xarakteristikalari. Dasturiy kommutator SoftSwitch Dasturiy kommutator SoftSwitch bazasi asosidagi keyingi avlodning NGN tarmoqlari. NGNda IMSning imkoniyatlari IMS arxitekturasi va uning imkoniyatlari. IMS va SoftSwitch tizimlarini qiyoslash IMS va SoftSwitch tizimlarini qiyoslash. NGN tarmoqlarini boshqaruv protokollari NGN tarmoqlarini boshqaruv protokollari, NGNda protokollarning o’rni va ahamiyati, NGN tarmoqlarida chaqiriqlarni boshqaruv protokollarining funktsional vazifalari. SIP va SIP-T, N.323 protokollari. Megaco/H.248 protokollari Megaco/H.248 protokollari. 7 BICC. SIGTRAN protokollari BICC. SIGTRAN protokollari. Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergentsiyasi va keyingi avlod xizmatlari. Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergentsiyasi va keyingi avlod xizmatlari. NGN tarmoqlarida xizmatlar konvergentsiyasining asosiy yo’nalishlari, konvergent xizmatlarga sharoit yaratish, aloqa xizmatlarining klassifikatsiyasi, yangi xizmatlarni yaratish zarurati, turli texnologiyalar bazasi asosida keyingi avlod xizmatlarini taqdim etish. Konvergent tarmoq xizmatlari Konvergent tarmoq xizmatlari. Bazaviy va qo’shimcha xizmat turlari. Turli satxlarda NGN tarmoqlarini qo’llash NGN tarmoqlarini qurish yo’llari, muammolari, arxitekturasi, NGN tarmoqlariga o’tish stsenariysini qo’llash, keyingi avlodning shaxarlararo aloqa tarmog’i, shaharlararo tarmoq arxitekturasi, NGN ga o’tishda mahalliy va uzoqdagi stantsiyalarni birlashtirish. Keyingi avlodning shahar va qishloq aloqa tarmoqlari Mavjud ShTS lar, ularning kamchiliklari, shahar telefon aloqa tarmoqlarini takomillashtirish zarurati, paketli tarmoqlarni joriy qilishning asosiy yo’nalishlari, mahalliy satxda Triple Play xizmatlarini taqdim etuvchi mavjud sxema. NGN tarmoqlariga o’tishda stsenariylarni ishlab chiqish NGNga o’tishda ShTSlarning muammolari, NGN tarmoqlariga o’tishda stsenariylarni ishlab chiqish bosqichlari. TfUF va NGN abonentlarining o’zaro bog’lanishi TfUF va NGN abonentlarining o’zaro bog’lanishi. NGN tarmoqlarida axborot xavfsizligi NGN tarmoqlarida axborot xavfsizligi. NGN tarmoqlarida axborot xavfsizligi arxitekturasi. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlarda talabalar, keyingi avlod konvergent tarmoqlarining tuzilish tamoyillarini, ular orqali signallarning shakllanishini, signallarning turli parametrlarini xisoblash va o’lchash usullarini o’rganadilar. Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: x Vaqtli va fazoviy kommutatsiyalash bloklarining tuzilish printsipini o’rganish; 8 x Paketli kommutatsiyalash blokini tuzilish printsipini o’rganish; x Chaqiriqqa xizmat ko’rsatish jarayonini o’rganish; x AMG, TMG, DSLAM mediashlyuzlarini o’rganish; x Huawei firmasining SoftX (SoftSwitch) ni o’rganish; x MSANning tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish; x IADning tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish; x Tarmoqqa xDSLni ulanish texnologiyasi va integrallashgan IAD ulanish texnologiyalarini, xDSL va IAD qurilmalarini tarmoqqa ulanish texnologiyalarini o’rganish; x SIP protokoli bazasi asosida IP-telefoniya tarmog’ini qurishni o’rganish; x SIP xabarlari. SIP signalizatsiyasini o’rganish; x NGN tarmoqlari uchun xizmatlar klassifikatsiyasi. Abonent ulanishlarining ISDN, V 5.1, V 5.2 turlarini o’rganish; x MGCP va H.248/MEGACO protokollari bo’yicha ulanishni o’rnatish; x Multiservisli tarmoq uskunalarini qurish va hisoblash.VPNni qurish. x Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning qurilmalari bilan tanishish; x Softswitch ZXSS10SS1b dasturiy kommutatorning funktsional sxemasi va imkoniyatlarini o’rganish; x ZXJ10 raqamli kommutatorning funktsional sxemasi va imkoniyatlarini o’rganish; x SoftSwitch qurilmasining platalarini o’rganish; x ZXMSG 9000 mediashlyuz qurilmasini NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida o’rganish; x Mini MSAN ZXDSL 9806H qurilmasini NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida o’rganish; x ADSL profilini Telnet va NetNumen yordamida yaratish; x NGN tarmog’i hamda TATU filiali IP tarmog’i o’rtasida o’zaro aloqani tashkil qilish; x H.248 foydalanuvchisini ZXSS10-SS1b qurilmasiga NetNumen U31 dasturiy ta’minoti yordamida qo’shish; x SIP terminallarini ro’yxatdan o’tkazish jarayoni; x SGM (Koinot) misolida abonent kontsentratorining funktsiyasi, tuzilishi, qurilma majmuasi, stativlarning vazifasini o’rganish. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra pofessoro’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. 9 Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fani bo’yicha laboratoriya ishlari nazarda tutilmagan. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Ushbu o’quv fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi, ma’ruzalar matni, tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va Internet materiallari bilan ishlashni, laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rishni, referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondashib, standart talablariga mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil bajarishni o’z ichiga oladi. Talabalarga mustaqil ishni tayyorlash jarayonida keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda uning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi: - darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanning tegishli bob va mavzularini o’rganish; - tarqatma materiallar ma’lumotlarini o’zlashtirish; - avtomatlashtirilgan o’rganuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - davriy ilmiy va ilmiy texnik jurnallarda e’lon qilingan ushbu fanga tegishli maqolalar, internet ma’lumotlari bilan tanishish; - fanning dolzarb mavzulari bo’yicha referatlar yozish, ularning taqdimotini o’tkazish, ilmiy va uslubiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish. Talabalarga mustaqil ishlarni quyidagi mavzularda bajarish tavsiya etiladi: x Kanallarni va paketlarni kommutatsiyalashga ega bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash printsipi, afzalliklari va kamchiliklari x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarini qurilish tamoyillari; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida IPTV; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida “So’rov bo’yicha video” uzatish asoslari; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli ma’lumotlarni uzatish asoslari; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida marshrutlash tamoyillari; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida kommutatsiyalash tamoyillari. x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida R2R (har bittasi har bittasi bilan) xizmati; x Konvergent tarmoqlarda boshqaruv tizimlarining konvergent usullari; x Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida turli texnologiyalarning ishlatilishi; x IMS arxitekturasi, tugunlari va ularning funktsiyalari; x Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari; x Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularni ishlash printsipi, afzalliklari va kamchiliklari 10 x Mediashlyuzlar, ularning turlari, vazifalari, xarakteristikalari; x NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan protokol-larning turlari, vazifalari va ahamiyati; x Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergentsiyasi, xizmatlar-ning turlari, ularning ahamiyati; x NGNga o’tishda ShTSlarning muammolari va ularni barataraf qilish choralari; x NGN tarmoqlarining boshqaruv tizimlarida yuzaga keluvchi muammolar va ularni bartaraf etish; x Keyingi avlodning shahar va qishloq tarmoqlarining tuzilishi; x NGN tarmoqlariga o’tishda yuzaga keluvchi muammolar va ularni bartaraf etish choralari; x Keyingi avlodning shahar va qishloq aloqa tarmoqlarida qo’llaniladigan texnologiyalarning turlari; x Internet va NGN; x Keyingi avlod konvergent tarmoqlarida o’zaro bog’lash; x Konvergent tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi. Mustaqil ish xajmi va rasmiylashtirish 1. Mustaqil ish kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tarkib topgan bo’lishi kerak. 2. Mustaqil ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi ta’riflanishi, uning asosiy qismida mavzuga oid asosiy ma’lumotlar bayon etilishi kerak. 3. Mustaqil ishni Times New Roman 14 shriftda, 10 bet hajmda kompyuterda yoki 20 – 25 bet xajmda qo’lyozma ko’rinishida bajarish mumkin. 4. Mazmun bo’yicha yirik mavzularni 2 – 3 talaba bajarishlari mumkin. Bunda har bir talabaning ishni bajarishga qo’shgan hissasi qayd etilishi kerak. 5. Mustaqil ish xulosa bilan tugallanishi va unda foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak. Axborot-uslubiy ta’minot Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy o’qitish usullari, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan. Amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalarini, kichik guruhda ishlashni, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini, prezentatsion texnologiyalarini ishlarini qo’llash nazarda tutiladiReja: 1. MPLS texnologiyasi. 2. MPLS tarmog i va uni bog lovchi elementlar 3. NGSDH texnologiyasi.
3 1. MPLS texnologiyasi Telekommunikastiya bozorida zamonaviy texnologiyalarning xilma xilligi, operator tarmoqlarini tuzish va rivojlantirish uchun mos keladigan yondashishni tanlash imkonini beradi. Lekin buni tanlash oson emas. Yangi standartlarning, ayrim ishlab chiqaruvchilarning xususiy protokollarini paydo bo lishi, shuningdek uzluksiz ravishda magistral tarmoqlarida va imkoniyatli abonent uchastkalarida qo llaniladigan texnologiyalarni kuch nisbatini o zgartiradi. Birinchi navbatda operatorlar o zining tarmoq bazasida qaysi xizmat turlarini tanlash lozimligi, har xil trafik turlarini nisbatini baholashi va yaqin kelajakdagi holatini aytib bera olishi lozim. Hozirgi kunda operatorlar uchun quyidagilar odatdagi xizmat turlariga kiradi: telefonlashtirishda odatdagi trafiklarni uzatish; internet trafiklarini uzatish (xususiy va kompaniyalar uchun); korporativ tarmoqlarning ma lumotlar trafigini uzatish; IP telefoniya trafiklarini uzatish; uncha yuqori bo lmagan video trafiklarni uzatish, video konferenstiyalarni tashkilashtirish va serverlar bilan videotranslyastiyalarni tashkilashtirish; studiyadan video trafiklarni uzatish. Bunday xizmatlar, bugungi kunda mavjud bo lgan, yuqorida aytib o tilgan, bir paketga birlashtiriluvchi ko pgina xizmatlar tendenstiyasi servis provayder orasida konkurent kurash bilan bog liq. Masalan video tarmoqning operatorlari va odatdagi telefon operatorlari o zining abonentlariga internetga ulanishni taklif qilishmoqda, yirik Internet provayderlar esa IP telefoniyaning alternativ tarmoqlarini tashkil qiladi. Xizmat turlarini aniqlagandan keyin operator o zining uchastkasi yoki tarmog i uchun magistral texnologiyalarini tanlashi lozim. Magistralni yaratish uchun tanlangan texnologiyalarni va,,oxirgi mil muommolarini hal qilishda operator quyidagi iqtisodiy omillarni nazarda tutishi lozim: tarmoq iqtisodiy jihatdan samarali va rentabilli bo lishi;
4 operator o zining xizmatlarini faol shakllantira bilishi lozim, chunki uni bozorga bog lovchi, shakllantiruvchi va tekshirishlar o tkazish uchun marketing texnologiyasini qo llash lozim; tarmoq xizmati, uchta tashkil topuvchisi bo yicha imkoniyatga ega bo lishi lozim, operastion, kamfort va haq to lash. Birinchi tashkil topuvchi yaqin kelajakdagi rivojlanishni hisobga olgan holdagi va hozirgi paytdagi talablarni qondiruvchi abonent qurilmalarini joylashtirish deb faraz qilinadi. Komfort esa qurilmalarning soddaligi va ularni qo llashning qulayligi bilan bog liq. haq to lash, xizmat haqini to lashning sodda va qulayligi (masalan plastik kartalar yordamida)dir. Yuqorida sanab o tilgan xizmatlar va ularga bo lgan talablarga asoslangan holda, hozirgi paytda raqamli kanallar bo yicha ma lumotlarni uzatishda IP protokollari (Internet protokollar) keng qo llanilmoqda. Bu asosan ajratilgan kanallarning oshishi va o zaro bog langan tarmoqning oxirgi istemolchilarining ulanuvchi nuqtalarini uzoqda joylashgani narxga bog liq emaslik xususiyati bilan bog liq. Natijada aloqaning narxi zudlik bilan kamayadi. IP telefoniyaning eng asosiy afzalligi internet telefoniyada aloqa sifatining yuqoriligi va real vaqtda fakslarni uzatish imkoniyatidir. Bundan tashqari IP telefoniya telekommunikastiya sohasida yangi yondashishni yuzaga keltiradi: audio va videokonferensiya, abonentlarni zudlik bilan topish va boshqalar. IP telefoniyada kanalning aloqa sifati, ikkita asosiy xarakteristika bilan baholanadi: birinchisi signalni uzatganda vaqt bo yicha paketlarning kechikishi; bu muammo nafaqat Internet uchun balkim IP telefoniya uchun ham xarakterlidir; ikkinchi asosiy xarakteristikasi juda ko p faktlarga bog liq, masalan mikrofon va abonent kalonkalarining sifati, IP paketlarining yo qolishi (kanal orqali uzatilganda). Bundan tashqari IP telefoniyada bir punktdan ikkinchi punktga paketlarni uzatganda, paketlar 4 qismga bo linadi, uzatiladi, bunda 1,2,3,4 kanallarning tezligi har xil bo lishi mumkin, natijada video va ovozli ma lumotlarni uzatish qoniqarli darajada bo lmaydi. IP telefoniyaning yana bir yetishmovchiligi, IP tarmoqlarida ortiqcha yuk yuzaga kelganda marshrutizatorlar judayam kechikishi yoki paketlarni tashlab
5 yuborishi (tushirib qoldirishi) mumkin. Natijada regenerastiyalanadigan ovozli signalda muammolar yuzaga keladi, ya ni bu abonentlarga,,chiqillash shaklida eshitiladi. Bunday noqulay hollarni yo qotish uchun xatoliklarni niqoblash prosedurasi qo llaniladi. Yuqorida bayon etilgan kechikishlar umuman olganda kanallarni uzatishda trafiklarni doimiy ravishda kechikishi, marshrutizator va kommutatorlarni kirish/chiqish navbatini qayta ishlashdagi o zgaruvchan kechikishlar tufayli yig iladi. Agar tarmoqda turli xil servislar soni ko p bo lsa, masalan: web navigatsiya, fayllarni jo natish, elektron pochta, IP telefoniya va hakozolar, albatta har xil o lchovdagi juda ko plab paketlar uzatiladi. Paketlar ketma-ketliklarini aniqlash imkonining yo qligi va navbatga tushayotgan paketlarning kechikishi, turli oqimlarning juda katta darajada kechikishiga olib keladi. Shuning uchun ham haqiqiy vaqtda trafiklarni IP tarmog i bo ylab uzatishda asosiy muammolar yuzaga keladi va bunday trafiklarni maxsus qayta ishlash zarur. Korporativ tarmoq minglab turli komponentlarni o ziga birlashtirgan murakkab tizim hisoblanadi. Bunga oddiy kompyutyerdan murakkab kompyutergacha tizimli dasturli ta minotlar, tarmoq abonentlari, konsentratorlari, kommutatorlari, marshrutizatorlari, kabel turlari kiradi. Tizimli integrator va ma muriyatning asosiy vazifasi korxona xizmatchilari orasida katta konkurent kurashda korxonani ta minlash uchun lozim bo lgan ratsional muammolarni o z vaqtida yechish va hal qilish imkonini beruvchi axborot oqimlarining aylanishini ta minlashdan iborat. Korporativ axborotlarni avtomatik qayta ishlash texnologiyalarining zudlik bilan o zgarishi Internet va Internet texnologiyalarini yanada rivojlanishi bilan chambarchas bog liqdir. Bu asosan korporativ tarmoqlarni tuzishda barcha korxonalar uchun undan foydalanishni arzonga tushishi va ishonchlilik masalalarini hal qilishda yaqindan yordam beradi. Bunday tarmoqlarni hosil qilish, millionlab aholining umumiy imkoniyatiga ega bo lgan tarmoqlarda korporativ ma lumotlarni uzatish, himoyalash muammolarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun bunday muammolarni hal qilishda IP (Internet protokollari) ni qo llash maqsadga muvofiq deb topildi.
6 Korporativ tarmoqlarda Internetni qo llash nafaqat texnik va texnologik ta sirga ega, balki Internet umumjahon tarmoqlarida insonlarni o zaro bir biri bilan bog lanishi ham intaraktiv amalga oshirmoqda. Undan nafaqat axborotlarni uzatishda foydalaniladi, balki e lonlarni, shu yuzasidan amalga oshiriladigan operastiyalarni, tovarlarni sotib olish va sotish, bank xizmatlari, elektron pochta va shunga o xshagan bir qancha xizmatlarni amalga oshirish mumkin, shuningdek bunga korxonalar orasida axborot almashish va biznes portlari bilan amalga oshiriladigan ishlar ham kiradi. Yuqorida qayd qilib o tganimizdek korporativ tarmoqlarda ham internet protokollari, ya ni IP qo llaniladi. Agar yuqorida aytilgan kamchiliklarni nazarda tutadigan bo lsak, unda zamonaviy talablarga javob beruvchi texnologiyalarni qo llashga to g ri keladi. Tarmoqda bunday kamchiliklarga ega bo lgan texnologiyalar o rniga yangisini qo llash qimmatga tushadi. Shuning uchun IP protokollari va marshrutizatorlari bilan birgalikda ishlashga mo ljallangan MPLS (Multi Protocol Laber Switching) texnologiyasini qo llash maqsadga muvofiq keladi. Shu tufayli belgilarni multiprotokol kommutatsiyalash texnologiyasi (Multi Protocol Label Switching MPLS) juda qisqa vaqt ichida IP-trafiklarini uzatish uchun faol qo llanila boshlandi. MPLSning muvoffaqiyatlari kommutatsiyalashning boshqacha turini yaratish kerak degan g oyani ilgari surdi. Bu g oya, MPLS prinspidan foydalangan holda ma lumotlarni uzatuvchi turli texnologiyalarni boshqarish funksiyasini takomillashtirish yotadi. Bu g oyaning asosiy mazmuni, marshrutlashtirishni optimallashtirishdan iborat edi yillardan boshlab paketlarni qayta ishlash vaqti muhim bo lgan, tarmoqning magistral uchastkalarida MPLS texnologiyasi qo llanila boshladi. MPLS marshrutizatorlari yoki LSR (Label Switched Router), domen deb ataladigan sohani hosil qildi. Bunda belgilar asosida paketlar marshruti amalga oshadi. G oyaning maqsadi shundan iborat ediki, paketlarni jo natishda keyingi qadamni tez tanlash uchun kanal va tarmoq satxlari orasida, IP-sarlavhalarini tahlil qilmasdan marshrutni tanlash uchun paketlarga allaqanday identifikatorni joylashtirishdan iborat edi.
7 MPLS-ikkinchi sath kommutatsiyasiga boqliq bo lmagan texnologiya bo lib, uchinchi sathda qo llaniladi, lekin ikkinchi sathda qanday xizmatlar amalga oshsa uchinchi satxda ham xuddi shu xizmatlarni amalga oshiradi va uning ishi belgilarni almashlashga asoslangan. U ikkinchi sathga bog liq emas, kadrlarni uzatishga ega bo lgan tarmoqlardagi kabi, yacheykalarni uzatishga ega bo lgan tarmoqlarda ha qo llaniladi. MPLS belgilarni translyatsiyalash jadvalini tuzish uchun IP marshrutizatorlari kabi uchinchi satx funksiyalaridan foydalanadi. U, ikkinchi sathga mos keluvchi xizmatlarni amalga oshiradi, bunda belgilarni kommutatsiyalash yo li sifatida virtual aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Yo l belgilangan manzilga asoslangan holda yoki xizmat sinfiga va boshqa talablarga asosan tanlanadi. Bu texnologiya bir necha standart va boshqaruv protokollaridan tashkil topgan bo lib, ularning har biri ma lum bir muammolarni hal etadi. MPLSning ma lumotlar oqimi kanallarni kommutatsiyalashni eslatadi. Xuddi shu ma noda ATMni eslatadi, lekin u yacheykalarni emas kadrlarni kommutastiyalashni amalga oshiradi. MPLS quyidagicha afzalliklarga ega: MPLS texnologiyasi tarmoqda mavjud bo lgan eski xizmatlardan foydalangan holda trafiklarni optimallashtiradi (Masalan, IP tarmoqlarini olsak, tarmoqda uning xizmatlari qoladi, faqatgina har bir kommutatsiyalash manzili yangilanadi); MPLS texnologiyasi xuddi oldingi mavjud bo lgan xizmat-larni IP infrastrukturasiga samarali o tish yo lini yaratgan holda paketlarni uzatadi; MPLS mavjud bo lgan (DS3, SONET) eski va yaratilgan yangi infrostruktura (10/100/1000/10 G Ethernet)ni va tarmoq (IP, ATM, kadrlarni retransiyastiyalash, Ethernet va TDM) ni funkstionallashtiradi; MPLS trafiklarni shakillantirish imkoniyatiga ega. Aniq belgilangan marshrutlashtirish va trafikni shakllantirish funkstiyasi, o tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo lgan chegarada juda katta ma lumotlar hajmini zichlashtirishga yordam beradi;
8 MPLS xizmat sifatini kafolatlangan holda etkazib berish imkoniyatiga ega. Provayderlarga, video va ovozli signallarni judayam kichkina kechikish bilan etkazishi mumkin; MPLS, marshrutizatorlarga qo yilgan qayta ishlash talabi- ni soddalashtiradi. Umuman marshrutizatorlar belgilangan metka (belgi)larga asoslangan holda paketlarni uzatadi; MPLS, IP tarmoqlarini himoyalash uchun, mos keluvchi satx- ni xavfsizligini taminlaydi. Bir vaqtni o zida IP tarmo- g idagi umumiy foydalanuvchilarni shifrlash talabini kamaytiradi; MPLS bazasi asosidagi xususiy virtual (VPN) tarmoqlar foydalanuvchi bazasidagi VPNga nisbatan yaxshi sozlanadi. Chunki u lozim bo lgan konfigurastiyani va talabgarlar tarmog ini boshqarishni kamaytirgan holda provoyderlar tarmog idan foydalanadi. MPLS texnologiyasi, har qanday umumiy foydalanish tarmog i orqali territorial tarqalgan korxona bo limlarini yoki istemolchilarni, markazlashgan korporativ tarmoqqa eng qulay va samarali ulab berish usulini amalga oshiradi. Bunday texnologiyalarda virtual shaxsiy tarmoq (VPN)ni qo llash, axborot almashishning xavfsizligini ta minlaydi, shuningdek aloqaning shaxsiy ajratilgan kanallariga ketadigan xarajatni qisqartiradi. Istemolchilar orasida uzatiladigan barcha ma lumotlar, axborot xavfsizligining zamonaviy standartlari asosidagi himoyalash rejimida beriladi. Shaxsiy yoki ijaraga olingan kanallardan qurilgan, umumiy foydalanuvchilar tarmog i bazasi asosida yaratiladigan bunday tarmoq, shartnoma asosida ajratilgan korporativ tarmoqning eng yaxshi alternativasi hisoblanadi va ular quyidagicha afzalliklarga ega: arendaga olingan virtual kanallarning narxini pastligi; tarmoq topologiyasining rivojlanganligi (juda katta geografik kenglikga ega); ishonchlilikning yuqoriligi; lokal hisoblash tarmoqlarining topologiyalariga bog liq bo lmagan holda, konfiguratsiya o zgarishining yengilligi; iste molchilarning hodisa va ta sirlarini nazorat qilish imkoni.
9 MPLS texnologiyasi asosida yaratiladigan bunday korporativ tarmoqlar, umumiy tarmoq resurslariga ega bo lgan yagona axborotli muhitda region bo limlarini markaziy apparat ofisi bilan birlashtirish imkonini beradi va ma lumotlarni uzatish, ovoz, videokonferensiya va shunga o xshagan telekommunikatsiya servislarining to liq majmuasi bilan ta minlaydi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraganda MPLSning asosiy afzalligi xizmat sifati (QoS) hisoblanadi, undan keyingi eng asosiysi esa himoyaning soddaligi va VPNga imkoniyat prosedurasidir. Bu afzallik MPLS texnologiyasining modelini ta minlaydi. Shuning uchun ham MPLS texnologiyani tarmoq bo ylab trafiklarni uzatishda ularni optimallashtirish uchun qo llaniladi. MPLS texnologiyasining ishlash prinspi. Zamonaviy tarmoqlar va aloqa xizmati, IP markaziy texnologiya sifatida qo llashga ega bo lgan konvergensiya prinspiga o tmoqda. MPLS (Multi Protocol Laber Switching) metkalarni qo llashga ega bo lgan protokolli kommutatsiya (metka-bu belgi bo lib, marshrutizatorlar uchun lokal qiymatga ega. Uning funksiyasi vertual yo llar identifikatori (Virtual Path Identifier VPI)ga yoki vertual ulanishlar identifikatori Virtual Cireuit Identifier,VCI))ga o xshash, texnologiyani ochuvchi kalit kabi qo llaniladi. MPLS texnologiyasi bir qancha yangi xizmatlarni amalga oshiruvchi eski tarmoqlardan yangisiga o tishni ta minlovchi vosita sifatida baholanadi. MPLS texnologiyasi belgi bo yicha kommutatsiyalash konsepsiyasiga asoslangan. Bunda har bir paketga, tarmoq bo yicha paketlarni kommutatsiyalash va marshrutlashtirish uchun boqliq bo lmagan qo shimcha belgi qo shiladi. Tarmoq bo ylab paketlar aralashtirilganda, uning sarlavhasini taxlil qilish amalga oshmaydi. Bu yyerda keyingi qadamni indekslash va yangi belgi uchun kirishdagi belgilangan belgi qo llaniladi. Eski metka(belgi) yangisi bilan aralashtiriladi va keyingi tugun uchun manzil belgilanadi. Metka (belgi) juda sodda tuzilishga ega bo lib, paket sarlavhasining qisqartirilgan axborot versiyasidir. Shuning uchun ham qurilma metka(belgi)ni va uzatiladigan trafiklarni qayta ishlash uchun optimallashtirilgan bo lishi mumkin.
10 Kommutastiyalash bunday texnologiyalarda ham zamonaviy tar- moqlarning protokollariga asoslangan, IPning manzil va marshrutizatorlarini sxemasini qo llaydi. Lekin ularning marshrutlashtirishi orasida farq mavjud. Odatdagi IP paketlarini uzatishda paket sarlovhasida belgilangan punktning IP manzili qo llaniladi. Bunda har bir marshrutizatorga bog liq bo lmagan holda uzatish haqidagi echim hal qilinadi. Bunday echimlar ketma-ketligi tarmoq satxidagi marshrutlashtirish pratokollarida yig iladi. Bunday protokollarga qisqa marshrutlashni aniqlash (OPSF) yoki chegara marshrutlarining (BGP) protokollari kiradi. Bunday marshrut protokollari, tarmoq orqali qisqa yo lni aniqlash uchun mo ljallangan va vaqt bo yicha kechikish, trafiklarning ortiqcha yukligi kabi omillarni qarab chiqmaydi. MPLS marshrutlashtirilgan IP tarmog i uchun, ulashga mo ljallanmagan, odatdagisiga ustma-ust tushuvchi ulanishni aniqlashga ega bo lgan modelni yaratadi. Bunday ulashlarni aniqlashga mo ljallangan arxitektura, IP tarmoqlarining trafiklarini boshqaruvchi yangi imkoniyatlarni ochadi. MPLS texnologiyasi, yuqori kommutastiyalash jarayonini amalga oshiruvchi zamonaviy Internet va IP tarmoqlarining ishi uchun poydevor hisoblanadi. Chunki u IP texnologiya bilan birgalikda marshrutlashtirish jarayonlarini birlashtiradi. Bundan tashqari IP tarmoqlarida MPLS texnologiyalarni qo llash bilan birga bunday texnologiya optik tarmoqlarda va kanallari vaqt bo yicha ajratilgan (TDM) tarmoqlarda juda keng tarqaladi. Yuqorida aytib o tganimizdek MPLS texnologiyasi tarmoq bo ylab trafiklarni uzatishni optimallashtirish uchun qo llaniladi. Umuman olganda MPLS turli muhitdagi tarmoqlarda qo llanilsa ham, biz bu yerda IP tarmoqlaridagi paketlarni uzatishga nisbatan MPLS ning afzalliklarini qarab chiqamiz. MPLS texnologiyasiga mos holda paketlarni tarmoq bo ylab uzatish uchun metka(belgi) bilan belgilanadi. Metka(belgi)lar ma lumotlar paketiga joylashgan MPLS sarlovhasiga birlashtiriladi (1.2 rasm).
11 1.2 rasm. MPLS paketidagi MPLS sarlovhasining formati Bu yerda: Exr eksperimental (QoSni joylashtirish uchun qo llaniladi, QoS xizmat sinfi); S yozib olinadigan joyga kirg iziladigan bit; TTL (Time Tolive) paketni yashash vaqti. Belgilangan uzunlikdagi bu qisqa metka(belgi)lar har bir kommutastiyalanuvchi tugun (marshrutizator)ga manbadan talabgor- gacha paketlar qanday uzatilishini, qanday qayta ishlanishini ko rsatuvchi axborotlarni tashiydi. Ular faqatgina ikkita tugun orasidagi lokal ulanuvchi uchastkalar uchun mo ljallangan. Lekin har bir tugunda axborotli paketlar berilganligi uchun, keyingi tugun uchun axborotli paketlar marshrutini ta minlash maqsadida, oldingi metka(belgi)ni, mos keluvchi metka(belgi) bilan almashtiradi. Bu mexanizm, MPLS tarmog i bazasi bo yicha yuqori tezlikda paketlarni kommutastiyalash imkonini beradi. MPLS o ziga 3 satxdagi IP marshrutizastiyasidan va 2 satxdagi kommutastiyadan barcha yaxshi narsalarni birlashtirib oladi. haqiqatan ham ayrim hollarda MPLS,,2 satx protokoli deb ham ataladi. Xuddi shu vaqtda, trafikni qayerga uzatishni aniqlash uchun marshrutizatorlar kabi tarmoq satxining intelekti talab qilinadi, kommutatorlar esa faqatgina keyingi tranzit uchastka uchun berilgan ma lumotlarni uzatadi, bu albatta soddagina turda, tez va arzon amalga oshadi. MPLSda tarmoq topologiyasini belgilash va joylashtirish uchun odatdagi IP protokollarining marshrutizatorlari lozim. Undan keyin esa MPLS ish topologiyaga yuqoridan ketma ket joylashtiriladi. MPLS tarmoq bo ylab ma lumotlarning tarqalish
12 yo lini topadi va metka(belgi)lar ko rinishida ularni kodlaydi (tarmoq marshrutizatorlari tushinadigan ko rinishda). Bunday ulanishlarni amalga oshirish oldindan hal qilinadi. MPLS ya ni belgilangan ma lumotlar, tarmoqdagi provayderlar xizmatini yaxshilash uchun marshrutizatorlardan hisoblash imkoniyatlari bo lishini ham talab qiladi. 2. MPLS tarmog i va uni bog lovchi elementlar 1.3. rasmda MPLS tarmog i va uni bog lovchi elementlar ko rsatilgan. 1.3-rasm. MPLS tarmog ining tuzilishi. Bu rasmda markazdagi tarmoq MPLSga tegishli hisoblanadi. Markaz chegarasidagi barcha axborotli trafiklar belgilangan MPLSga tegishli foydalanuvchi tarmog i va ular orasidagi trafiklar esa, belgilangan MPLSga tegishli emas, (masalan: tarmoqning chekkasidagi SE (SE tarmoq chekkasini bildiradi) foydalanuvchining shaxsiy marshrutizatorlari, tarmoqning chekasidagi provayderlar (RE) (RE-chekkadagi tarmoq provayderi) ning marshrutizatorlari bilan o zaro bog lanishi mumkin MPLS taromg ining kirish nuqtasida RE (chekkadagi tarmoq provayderi) marshrutizatorlari paketlarga metka(belgi)larni qo shadi. MPLS tarmog ining chiqishi (chiqish nuqtasi)da RE marshrutizatorlari metka(belgi)larni tashlaydi. MPLS tarmog i chegarasida esa R (provayder) marshrutizatorlari (shuningdek metka(belgi)larni kommutastiyalovchi marshrutizatorlar deb ham ataladi) esa, MPLS
13 metka(belgi)lariga asoslangan holda ketma ket holda trafiklarni kommutastiyalashni amalga oshiradi. Endi MPLS tarmog ida ma lumotlar oqimining o tishini qarab chiqamiz: 1. MPLS tarmog ida trafiklarni jo natishdan oldin, avvalo RE marshrutizatorlari, chekkadagi RE gacha MPLS tarmog i orqali LSP ni tashkil qilishni qarab chiqadi; 2. Ne MPLS trafigi (kadrlarni retranslyastiya qilish, ATM, Ethernet va boshqalar) foydalanuvchi tarmog idan SE marshrutizatori orqali, kirish nuqtasidagi taromoqning sohasida ishlayotgan MPLS provayderining. RE marshrutizatoriga uzatiladi; 3. RE marshrutizatori, uni FEC (ekvivalent holatdagi manzilni aniqlovchi) bilan bog lash uchun, paketdagi axborotlarni qarab chiqadi, undan keyin paketga MPLS metka(belgi) larini qo shadi; 4. Paket LSP bo yicha xarakatini davom etdiradi, bunda har bir oraliq marshrutzator R, keyingi tranzit uchastkaga paketlarni jo natish uchun metka (belgi)larni almashtirish. 3. NGSDH texnologiyasi Uzoq vaqt SDH texnologiyasi raqamli birlamchi tarmoqlarni qurishning asosi sifatida ustuvorlik qilib kelgan, keyinroq esa magistral aloqa tarmoqlari uchun asosiy texnologiya bo lib qoldi. Juda yuqori ishonchlilikda, boshqaruvda va moslashuvchanlikda tezliklar diapazoni 10 Gbit/s ga etdi. An anaviy raqamli tarmoqlardan NGN ga o tishda SDH texnologiyasi oldida vaqt talablariga mos kelishi uchun o zining strukturasini jiddiy o zgartirish vazifasi yuzaga keldi. Buni bajarish oson bo lmadi, chunki avvaldan SDH tizimi birlamchi tarmoqdagi kanallar kommutastiyasiga mo ljallangan bo lib paketli trafik uzatish tizimi sifatida ishlatishga moslashmagan edi. NGN ning yangi talablariga SDH texnologiyasini moslashuvi uchun bir necha texnologiyalar ishlab chiqilgan edi: P 0 S, LAPS, ATM,GFP va boshqalar. NGNning demokratik dunyosida barcha texnologiyalar, SDH resurslarini ishlatish samaradorligini ba zi birlarini jiddiy pasayishiga qaramay, o z o rnini topdi. Ular SDH tizimining ikkinchi avlodi oilasini yoki NGSDH texnologiyasini tashkil etdi.
14 Shunday qilib, ko p yillik mehnat natijasida adaptastiya muammolari echilgan edi va NGSDH texnologiyasi NGN transport tarmoqlarining eng tarqalgan texnologiyalaridan biri bo ldi. Quyida NGSDH tizimlarida ishlatiladigan asosiy prinstiplarni ko rib chiqamiz. Paketli trafik uzatish sharoitlariga SDH texnologiyasining adaptastiyasi uchun birinchi texnik echim bo lib virtual konkatenastiya prostedurasi (VCAT) va NGSDH tizimida ixtiyoriy o tkazish qobiliyatiga ega koridorlarni shakllantirish bo ldi. Ma lumki, SDH tizimlarida uzatiladigan trafik, turli o tkazish qobiliyatiga ega konteynerlarga joylashtiriladi. Hammasi bo lib zamonaviy SDH tarmoqlarda oqimlarni uzatish uchun uch turdagi konteynerlar (S-12, S-3, S-4) mos ravishda ma lumotlarni uzatish uchun E1(2Mbit/s), E3 (8 Mbit/s) va E4 (140 Mbit/s) qo llaniladi. Bunday o tkazish qobiliyati NGN zamonaviy transport tarmoqlarining hozirgi kun holatiga mos kelmaydi, chunki ularda juda katta tezlikdagi oqimlar uzatiladi. Masalan, NGN ning ba zi texnologiyalari uchun ma lumotlarni uzatish tezligi quyida 1.1-jadval keltirilgan. 1.1-jadval. Texnologiyalarning ma lumotlarni uzatish tezligi Texnologiya Ethernet Fast Ethernet Gigabit Ethernet Fibre Channel Escon Ma lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit/s 10 Mbit/s 1,25 Gbit/s 1,06; 2,12; 10 Gbit/s 200 Mbayt/s yoki 1,6 Mbit/s Shunga o xshash ma lumotlar oqimlarini SDH da uzatish uchun, konkatenastiya mexanizmi ishlab chiqilgan edi, bunga binoan S-4 konteynerlari SDH tarmog i bo yicha ulangan holda uzatilishi mumkin. Konteynerlardagi axborot bu holda birlashgan deb hisoblanadi va yagona ma lumotlar oqimini shakllantiradi, hamda juda katta tezlikda uzatiladi. Turli tezliklarda konkatenastiya prostedurasi qo llanilishi
15 natijasida SDH tizimining chiqishida standart S -12, S-3 va S-4 konteynerlardan tashqari konkatenirlangan S-4-4s, S-4-16s, S-4-64s va S-4-256s konteynerlari hosil bo ladi. Bu yerda S harfi ketma-ket konkatenastiya usulini bildiradi. Konkatenastiya usuli SDH tarmog ida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ma lumotlar uzatish tezligini kengaytirish imkonini berdi va aniq o lchamdagi virtual trubalarning ma lum to plamini shakllantirdi. (1.2-jadval). 1.2-jadval. Konkatenirlangan VC-4-N C konteynerlarining sig imi. VC tipi Sig im, bit/s Tekislash intervali, bayt SDH transporti VC STM-1 VC-4-4s STM-4 VC-4-16s STM-16 VC-4-64s STM-64 VC-4-256s STM-256 Biroq konkatenatsiya ko rinishida SDH tizimlarida yuqori tezlikdagi trafikni uzatish muammosining yechimi bitta muhim kamchilikka ega bo ldi: u sezilarli darajada uzatish tizimsining FIK ni kamaytirdi. Masalan, kankatenastiya metodlari bilan Gigabit Ethernet (1,05 Gbit/s) trafigini uzatish uchun koridorni shakllantirish VC-4-16s konteyneridan foydalanishni talab qiladi, bu 2,5 Gbit/s tezlikka mos keladi. Shunday qilib, SDH tizimsining resursi faqat 42% ishlatiladi. SDH resursini boshqa ilovalar uchun ham ishlatish samaradorligi uncha yuqori emas (1.3-jadval). Bunday holat resurslardan foydalanish samaradorligi muammosi SDH texnologiyasida vujudga kelmaganda edi operatorlarni qoniqtirgan bo lar edi. Ma lumki, SDH tizimlarida uzatilayotgan oqimning 1:1 rezervlashi ishlatiladi. Bu degani, SDH tizimlarining FIK g oyaning o zida 50% ni tashkil etadi. Ma lumotlarni uzatishda egallaydigan sarlavhalarni ishlatish hisobiga, klassik SDH ning FIK yanada kamayib 42-45% tashkil etadi. Agar endi konkatenastiya prostedurasini ishlatish hisobiga FIKni kamaytirsak, unda biz yuqorida ko rilgan GE texnologiyasi uchun tizim
16 maxsuldorligini 17,6 %da olamiz. Bu hatto birinchi parvozlarning FIKdan ham kam. Albatta bunday mahsuldorlikni optimal deb bo lmaydi. Maqbul echim virtual konkatenastiya (VCAT) prinstipida topildi. VCAT g oyasi konteynerlarni to g ridanto g ri yopishtirish o rniga virtual yopishtirish qo llanilishidan iboratdir. 1.3-jadval. Konkatenastiya va VCAT ishlatilgan holda SDH resursini ishlatish samaradorligini baholash. Ilova Konkatenastiyani latish % VCATni ishlatish% Ethernet (10 Mbit/s) VC-3 20 VC-15-5V 92 Fast Ethernet VC-4 67 VC-12-47V 100 (100 Mbit/s) Escon (200 Mbit/s) VC-4-4s 33 VC-3-4V 100 Fibre Channel (1 Mbit/s) VC-4-16s 33 VC-4-60V 89 Gigabit Ethernet VC-4-16s 42 VC-4-7V 85 (1 Gbit/s) Chetki multipleksorda GE oqim tarqatiladi (Splitting) VC-4 konteynerlarga joylashtiriladi (mapping). So ngra konteynerlar tarmoq bo yicha oddiy SDH konteynerlar kabi avtonom ravishda uzatiladi. Keyingi chetda multipleksor yuklamani demultipleksorlaydi (demapping) va kontey-nerlarni yagona GE oqimiga birlashtiradi (recombining). Shu bilan birga koridorni shakllantirishda uning o lchamini VC-4 ga karrali qilib o rnatish mumkin.
Download 150,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish