Kompyuter tarmoqlari



Download 408,5 Kb.
bet4/7
Sana30.12.2021
Hajmi408,5 Kb.
#191313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot. Kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari Intern

Axborot ashyolari dеganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig`indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyutеrlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyutеrlar yordamida kirish mumkin.

Kompyutеrlardan tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda ko`p afzalliklarga ega. Masalan kompyutеr tarmog`iga ulangan bir printеrni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida xisobotni tеz tayyorlash uchun uni bo`limlarga bo`lib har bir bo`lagini alohida tarmoq kompyutеrida tayyorlash mumkin. Fayllar, kataloglar, printеr, disklar tarmoqda birgalikda foydalanishi mumkin.

Turli ko`rinishdagi kompyuter tarmoqlarini vazifasi ularning quyidagi 2 funktsiyasi bilan belgilandi.


  • qurilmali va dasturiy tarmoq manbalaridan birgalikda ishlay olishni ta`minlash;

  • ma’lumotlar manbasiga birgalikda egalik qilish.

Tarmoqlarni turli me`yorlarga ko`ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:

1) o`tkazish qobiliyati, ya`ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:

past 100 Kbit/ s gacha;

o`rta 0,5-10 Mbit/s gacha;

yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o`lchoviga muvofiq:

LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);

CAN (Campus-Area Network) – kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir–birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;

MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o`n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;

WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta`minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;

GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit`alararo) tarmoq;

3) tarmoq tugunlari turi bo`yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo`la oladi. Unchalik katta bo`lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog`i uchun tugun bo`ladi.

4) tugunlar munosabatiga ko`ra:

Bir xil rangli (peer-to-peer) tarmoq, uncha katta bo`lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya`ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya`ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko`rsatishni ta`minlovchi bo`lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog`i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko`rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;

server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).

5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo`yicha (tarmoq OS):

gomogenli – hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog`i);

geterogenli – bir vaqtning o`zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).

Kompyuter tarmog`i o`z navbatida ma’lum qoidalar asosida bir necha turdagi sinflanishga bo`linadi.

Hududiy chegaralanishlar va o`lchamlar bo`yicha: shaxsiy tarmoq (PAN, Personal Area Network); mahalli tarmoq (LAN, Local Area Network); homepna; shahar tarmog`i (MAN, Metropolitan Area Network); milliy tarmoq; xalqaro hisoblash tarmog`i (WAN, Wide Area Network).

Operatsion tizim tarmog`i bo`yicha: Windows asosida; UNIX asosida; NetWare asosida; aralashgan.

Funksional qo`llanilishi bo`yicha: ma’lumotlarni saqlash tarmog`i; serverli fermalar; soha tarmog`i.

O`zaro aloqadorlik bo`yicha: mijoz – server; ko`p qatlamli arxitektura; nuqta – nuqta; bir rangli (bir xillilik).

Tarmoq topologiyasi tipi bo`yicha: shina; yulduz; xalqa; panjara; aralashgan topologiya; to`liq aloqadagi topologiya.

Zaruriy holda doimiy aloqani ta`minlash bo`yicha: paketli tarmoq, misol uchun Fidonet va UUCP; onlayn (online) tarmoq, misol uchun Internet va GSM.

Kompyuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatdan quyidagi asosiy uchta turda tasniflanadi:


1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish