Kon bosimini boshqarish


Ruda seliklari orqali qazilgan bo‘shliqni tabiiy saqlash



Download 0,5 Mb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#740901
1   2   3   4
Bog'liq
Kon bosimini boshqarish

Ruda seliklari orqali qazilgan bo‘shliqni tabiiy saqlash

T asmasimon selikning o‘lchamini quyidagi formula bilan hisoblanadi:



1-rasm. Tasmasimon seliklar
Bunda: selik kengligi, m;
kamera kengligi, m;
ust jinslarning qalinligi, m;
rudaning siqilishdagi chegaraviy chidamliyligi, t/m2;
zaxira koeffitsienti, k=2-3 ga teng;
tayanch selik balandligi, m;
ust jinslarni hajmiy og‘irligi, t/m3;
rudaning hajmiy og‘irligi, t/m3;
O ‘zaro bog‘lanmagan (izolirovanix) selikning o‘lchamlari quyidagicha hisoblanadi



.
Bunda: selik uzunligi, m;
2-rasm. O‘zaro bog‘lanmagan seliklar

3. Kon lahimlari mustahkamlagichi
Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ham sanoat qurilishlarida ishlatiladigan materiallar qo’llaniladi.
Yog’och materiallari. Kon laxmlarini mustahkamlashda qorag’ay, qora qarag’ay, oq qarag’ay, eman, zarang va boshqa daraxtlarning yog’ochlari qo’llaniladi. Yo’och materiallari ikki xil ko’rishda qo’llaniladi: aylana ya’ni silindr shaklidagi yog’ochlar va ishlov berilgan, tekis shakldagi yog’ochlar. Aylana yog’ochlar shaxta svollari va shurflar uchun mustahkamlagich tayyorlashda, shuningdek boshqa kon laxmlari uchun mustahkamlagich ramalarini yasash uchun qo’llaniladi. Tekis shakldagi yog’ochlar (pilomaterial) esa asosan yordamchi maqsadlar uchun ishlatiladi. Pilomateriallar plastina (arralangan), brus, doska, bukilgan va boshqa turlarda bo’lishi mumkin.
Gorizontal kon laxmlarining qarag’aydan yasalgan mustahkamlagichlari 1 yildan 5 yilgacha xizmat qila oladi. Xizmat muddatini uzaytirish uchun ular maxsus tarkibli antiseptiklarda shimdiriladi. Antiseptiklar sifatida xloridli rux , natriy ftoridi va kremniyli natriy qo’llaniladi. Shimdirishning ikki usuli mavjud: issiq-sovuq vannalarda va bosim ostida shimdirish. Bunday hollarda yog’ochlarning xizmat qilish muddati taxminan uch barobar oshadi.
Mustahkamlagich yog’ochlarning o’lchamlari ГОСТ bilan aniqlanadi. Aylana yog’ochga uzunligi 0.5 – 5 m, diametri 7-26 sm bo’lgan ustunlar va uzunligi 4 – 7 m, diametric 16 sm va undan yuqori bo’lgan xodalar kiradi.
Metall. Kon laxmlarini mustahkamlash uchun ma’lum bir shaklga keltirilgan va turli navli po’lat, cho’yan, kon sanoati uchun tayyorlangan po’lat, shuningdek bolt, gayka va boshqalar qo’llaniladi. Cho’yanlar tyubinglar, cho’yan ramalar tayyorlashda foydalaniladi. Metal mustahkamlagichlarning shakllari, o’lchamlari GOST ga muvofiq aniqlanadi.
Ulovchi moddalar havoli va gidravlik bo’ladi. Havoli ulovchi moddalar deb, o’z mustahkamligini faqatgina havoda saqlaydigan aralashmalarga aytiladi. Havoli ulovchi moddalar kon lamlarini mustahkamlashda deyarli qo’llanilamaydi. Gidravlik ulovchi moddalar deb, o’z mustahkamligini nafaqat havoda balki suvda ham yo’qotmaydigan moddalarga aytiladi.
Mustahkamlagichlar sifatida gidravlik sementlar: portlandsement, alyuminiy oksidli sement, kengayadigan sementlar ishlatiladi. GOST ga muvofiq sementning 6 ta markasi bor: 200, 250, 300, 400, 500 va 600. Portlandsement klinkerni juda maydalab olinadi. Portlandsementning asosiy kamchiligi agressiv suvga bardosh berolmasligidir.
Alyuminiy oksidli sement alyuminiy oksidini kuydirib, ohak yoki gil qo’shib olinadi. Bu tur sement portlandsementdan tarkibida alyumiy oksidi va temir oksidining ko’pligi ohak va kremniy oksidining kamligi bilan farqlanadi. Ayuminiy oksidli sement yuqori mustahkamligi, tez qotishi va mineral suvlarga bardosh bera olishi bilan xarakterlanadi va eng mas’uliyatli joylarda qo’llaniladi.
Kengayadigan sementlar alyumiy oksidli sement, gips va yuqori asosli kalsiy gidratining aralashmasidan olinadi. Ular gidroizolyatsion maqsadlarda ishlatiladi.
Beton sun’iy qurilish materiali hisoblanib, sement, suv va boshqa qo’shimchalarning aralashmasi qotirilishidan olinadi. Qo’shimchalar sifatida kvarsli qum, graviy va mayday toshlar qo’llaniladi.
Betondagi sementning miqdoriga qarab, ular qalin – 1 м3 betonda 250 kg sement, o’rtacha - 1 м3 betonda 200 – 250 kg sement, yupqa - 1 м3 betonda 200 kg dan kam sement.
Temirbeton beton bilan to’ldirilgan metal armatura bo’lan qurilish materiali hisoblanadi. Kon laxmlarini mustahkamlash uchun ko’pincha yig’iladigan temirbeton konstruksiyalari ishlatiladi.
Sun’iy toshlar. Hozirgi vaqtda kon laxmlarini mustahkamlash uchun g’isht qo’llanilmaydi. Ko’proq betonitlar qo’llaniladi. Betonitlar betondan, shlakabeton va yongan tog’ jinslaridan tayyorlanadi. Ular ponasimon va qo’g’ri burchakli parallelepiped shaklida bo’ladi. Betonitlar joyida tayyorlanadigan betonlardan mustahkamroq bo’ladi. Xizmat qilish muddati juda uzoq bo’lgan kon laxmlari betonitlar bilan mustahkamlanadi.

  1. Mustahkamlagich deb, kon laxmlarining berilgan shakl va o’lchamlarini saqlash va tog’ jinslari o’pirilishining oldini olish uchun o’tkaziladigan inshootga aytiladi. Mustahkamlagichga texnik, iqtisodiy va texnologik talablar qo’yiladi.

Texnik talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich yetarli darajada mustahkam va chidamli bo’lishi kerak, havo oqimi harakatiga katta qarshilik ko’rsatmasligi kerak.
Iqtisodiy talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich tanqis materiallardan tayyorlanmasligi, qimmat bo’lmasligi va ko’p vaqt chidashi kerak.
Texnologik talablarga quyidagilar kiradi: mustahkamlagich oddiy bo’lishi va yig’ishtirilishi mexanizatsiyalashgan bo’lishi kerak.
Xizmat qilish vaqtiga ko’ra mustahkamlagichlar doimiy – kon laxmining to’liq xizmat muddatiga o’rnatiladigan va vaqtinchalik – zaboy siljishi bilan ko’chib boradigan va keyinchalik doimiysi bilan almashtiriladigan. Ba’zan birdaniga doimiy mustahkamlagich o’rnatiladi.
Mustahkamlagich materialiga ko’ra ular yog’och, metal, toshli, betonli, temirbetonli va aralash bo’ladi.
Yon tomonlardagi tog’ jinslari bilan o’zaro ta’siriga ko’ra mustahkamlagichlar qattiq va yumshoq bo’ladi.
Laxmning ko’ndalang kesim yuzasi to’g’ri burchali to’rtburchak, trapetsiyasimon, chodirsimon, poligonal, gumbazsimon, arkasimon, tuxumsimon, aylana, ellipssimon va bochkasimon bo’lishi mumkin.
Laxm ko’ndalang kesimining yuzasi elektrovoz, vagonetka va boshqa uskunalarning hajmlari, rels yo’llari soni va xavsfsizlik qoidalariga binoan laxmga keluvchi havo miqdoriga muvofiq tanlanadi.
Gorizontal va qiya konlar mustahkamlagichlari

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish